Kalendar turlari va Sharq mamlakatlari kalendarlari
4000 so'm

Slayd 1
Kalendar va ularning turlari. Sharq mamlakatlari kalendarlari
Qadimgi Rim, Yunoniston kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti
Slayd 2
Reja:
«Kalendar» atamasining paydo bo‘lishi. Zamonaviy kalendarlar
Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari
Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari.
Qadimgi Grek va Rimda kalendarlar. Yulian kalendari
Milodiy yil hisobi
Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti
Slayd 3
Kalendar (lot. Calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi
Kalendar so‘zi lotincha «kalendarium» so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi.
Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to‘laganlar va bu «kalenda»ga qayd qilib borilgan, qarzdorlar qarz foizlarini oyning birinchi kunida to‘laganlar.
Kalendar – kecha kunduzlar hisobi tizimidir.
Sutka katta davrlarni o‘lchash uchun kichiklik qiladi.
Qadimdan insoniyat katta vaqt oralig‘ini o‘lchash uchun sutkadan tashqari hafta, oy va yildan foydalanib kelganlar.
Vaqtning katta oraliqlarini o‘lchash birligi tabiiy yil- Yerning Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanib chiqish davri qabul qilingan va u kalendar yili deb ataladi.
«Kalendar» atamasining paydo bo‘lishi. Zamonaviy kalendarlar
Slayd 4
Kun bilan tunning almashinuvi
Quyosh, Oy, sayyoralarning ko’rinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, Oy fazalari va yil fasllarining davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi.
Kunning paydo bo’lishi odamning xo’jalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bog’liq.
Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy o’rog’ining avval kattalashib, so’ng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning ufqdan qanchalik ko’tarilishini kuzatib yil tushunchalariga kelishgan.
Asta-sekin vaqtni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan soat, minut birliklari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan.
Vaqt hisobini to’g’ri yuritish uchun dastlabki rasadxonalar qurilgan, quyosh soati o’ylab topilgan
Kalendar hisobining asosiy birligi — yil. yil esa oylarga, oylar esa kunlarga bo’lingan.
Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi bilan bog’liq.
Slayd 5
Oy kalendar (qamariy taqvim)
Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga bo’lishni murakkablashtiradi.
Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan.Bular quyidagilar
Quyosh kalendari (shamsiy taqvim)
oy kalendar (qamariy taqvim)
oy-quyosh kalendar (shamsiy-qamariy taqvim)
Slayd 6
Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari
Quyosh kalendariga tropik yilning uzunligi asos qilib olinadi. Quyosh kalendarining uzunligi tropik yilning uzunligiga yaqin bo‘lishi kerak.
Agar kalendar yili tropik yildan qisqaroq bo‘lsa, biz o‘lchayotgan vaqt oralig‘ida ortiqcha vaqt qoladi. Shunday qilib, kalendar yili tropik yildan qisqa bo‘lsa, yil fasllari kalendar yilining keyingi kunlariga surila boradi
Bunday surilish bir necha avlod hayoti davomida sezilarli xatoga olib kelardi, ya’ni 60 yilda fasllar 15 sutkaga, 120 yilda bir oyga kech qolgan bo‘lardi, 720 yilda esa xato olti oyga yetib, martda kuz, sentabrda bahor bo‘lardi.
Agar kalendar yilini 366 sutka deb olsak, u holda bir sutka emas, balki uch sutka xatoga yo‘l qo‘yilardi va teng kunlik nuqtasi Quyosh bilan 21-martda emas, 18 yana to‘rt yildan so‘ng 15 -martda to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi.
Quyosh o‘zining ko‘rinma harakati bo‘yicha bahorgi teng kunlik nuqtasidan o‘tishi uchun ketgan vaqt tropik yil deb ataladi.
Uning davomiyligi 365 sutka 5 minut 46 sekundga teng. Tropik yilning 365 sutkadan ortiq qismi yil olib borishda ko‘p noqulayliklarga sabab bo‘ladi
Slayd 7
Sutka, oy, yil
Tabiatdan aniq bo‘lgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy, yil qadimdan ma’lum bo‘lib dastlabki kalendarlarning asosini tashkil etgan.
Biz kalendar deb shunday vaqt hisobi tizimini aytamiz-ki, uning asosida osmon yoritqichlari harakatiga bog‘liq tabiatning davriy hodisalari yotadi.
Bunday tizimni yaratish birinchi bo‘lib ilk neolit davrida sodir bo‘ldi
Bu ishlab chiqarish xo‘jalik shakllarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi.
Dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi tabiat (fasllar) hodisalari bilan bog‘liq edi.
Insoniyat tomonidan qo‘llanib kelingan kalendarlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Bular Quyosh va Oy hisoblaridagi kalendarlardir. Kalendarlarni mukammallashtirish uchun Oy-Quyosh kalendaridan ham foydalanganlar.
Slayd 8
Yuliy Sezar Misr Quyosh kalendarini o‘rganib chiqadi va Rim Oy-Quyosh kalendarini yangi Quyosh kalendari bilan o‘zgartiradi
Quyoshning harakatini kuzatishdan ko‘ra, Oyni kuzatish osonroq
Shuning uchun Oy harakatiga asoslangan vaqt o‘lchovi Quyosh harakatiga asoslangan vaqt o‘lchovidan avvalroq qo‘llana boshlagan
Oyning ko‘rinishi shakllari kun sayin o‘zgarib turadi
Qadimdan insonlar Oy shakllarini o‘zgarib turishiga nazar solganlar. Oyning Yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari Oy fazalari deyiladi
Oy o‘zidan nur chiqarmaydi, uni Quyosh nuri yoki Quyosh nurining qaytayotgan qismi yoritishi mumkin, shu tufayli Oyning fazoda Quyoshga va Yerga nisbatan qanday holatda turishiga ko‘ra, u yerdan qaralganda turli shaklda ko‘rinadi
Har oyda Oy taxminan Yer bilan Quyosh orasidan o‘tadi va Yerga o‘zining qorong‘i tomoni bilan turadi. Bunga astronomik yangi oy deyiladi.
Oy kalendari
Slayd 9
Oyning to’lishi
Bir-ikki kundan so‘ng Quyosh botgach, osmonning g‘arbiy qismida Oy ingichka o‘roq shaklida ko‘rinadi,
Yetti kundan keyin Yerdan Oyga va Quyoshga tomon yo‘nalishlari orasidagi burchak 900 ga teng bo‘ladi, bunda u yarim «kulcha» ko‘rinib
bu xalq tilida xilol yoki yangi oy deyiladi
Oyning bu fazasi birinchi chorak deyiladi
Taxminan 14-15 kunlik Oy Quyoshga qarama-qarshi turib, uning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasi to‘laligicha yerga qaraydi
Oyning bu fazasi to‘linoy deb ataladi
Keyingi kunlarda Oyning g‘arbiy tomoni yemirila borib, 22-sutkada faqat qabariq tomoni sharqqa qaragan yarim doira shaklida ko‘rinadi.
Buni Oyning oxirgi chorak fazasi deyiladi
29,5 sutkadan so‘ng Oy yana astronomik yangi Oy fazasida bo‘ladi. Ikki ketma-ket kelgan yangi Oy orasida o‘tgan vaqt
Bu Oyning sinodik davri deyilib, 29 sutka 12 soat 44 minut 2,28 sekundga teng
Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati orasida o‘tgan vaqt ya’ni 27 sutka 7 soat 43 minut 11,51 sekundga teng bo’lgan xolati
Siderik oy deyiladi (Oyning osmon sferasidagi harakati davomida 2 marta ketma-ket bitta vaziyatdan (yulduzlarga nisbatan) oʻtishi orasidagi davr)
Slayd 10
To‘liq oylar 30 kundan iborat bo‘lgan
to‘liq bo‘lmagan oylar 29 kundan iborat bo‘lgan
Oy – bu Yer sayyorasining tabiiy yo‘ldoshi samoviy jism sifatida va vaqt oralig‘i o‘lchovi, yuqorida aytganimiz sinodik oydir
Oy kalendari to‘liq va to‘liq bo‘lmagan oylarga bo‘linadi.
Toq oylar 30 qilib belgilangan
Juft oylar 29 sutka qilib belgilangan
Oy kalendarida bir yil 354 sutka qilib olingan. Oy kalendari musulmon olamining yil hisobiga asos qilib olingan
U milodiy 622 yilning 16 iyul juma kunidan boshlab hisoblanadi.
Hijriy yil hisobi o‘z navbatida hijriy-qamariy (Oy) va hijriy-shamsiy(Quyosh) yiliga bo‘linadi.
Oy kalendarida ham Quyosh kalendaridagi kabi yillarni hisoblashda ba’zi muammolarga duch kelinadi va Oy kalendarining «kamchiligi» uning fasllarga mos tushmaganidadir. Ammo Oy kalendarining o‘ziga xos jihati bu uning aniqligidadir.
Oy atamasini biz ikki ma’noda ishlatamiz
Slayd 11
Oy-Quyosh kalendari
Dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham Oy-Quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.
Slayd 12
Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari
Misr Quyosh kalendarining vatani hisoblanadi. Mamlakatda yuz berib turadigan qurg‘oqchilik va kutilmagan toshqinlar misrliklarni qattiq qayg‘uga solgan.
Nihoyat, Misr kohinlari Quyoshning yozgi tik turish davrida, 21 yoki 22 iyun – yoz kechasining eng qisqa kuni sahar paytida koinotda eng yorug‘ yulduz Sirius (Katta It turkumida)ning geliakik chiqishi (birinchi ko‘rinishi)ni va shu davrda ular Siriusning tong oldi chiqishi davrida Nil daryosi toshgan.
Qadimgi misrliklar tabiatning shu uch hodisasiga (Quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqini) ko‘ra yilni hisoblaganlar.
Demak, Quyosh, Nil va Sirius qadimgi misrliklarning kalendari vazifasini o‘tagan
Nil daryosining birinchi toshishidan ikkinchi toshishigacha bo‘lgan vaqt, Quyoshning ikki yozgi tik turishi orasidagi vaqt, Siriusning geliakik chiqishi oralig‘idagi vaqtlar qadimgi misrliklarning asosiy vaqt birligi bo‘lib qoldi
Bu Sotis va Nil yili nomlarini oldi. Siriusning bu yildan keyingi yilga qadar paydo bo‘ladigan kungacha orasidagi farq 365 kun ekanini hisoblab, uni 30 kundan iborat 12 bo‘lakka bo‘lganlar, qolgan 5 kunini yil oxiriga ilova qilganlar.
Slayd 13
Senenmut qabridagi qadimgi Misr taqvimi
Misrliklarda yulduzning namoyon bo‘lishi har to‘rt yilda bir sutkaga kechikkan.
Ular kunlarni yana qayta boshdan hisoblab chiqib bir yil 365 kun 6 soatga teng, degan xulosaga kelganlar
Lekin kalendarni o‘zgartirmay o‘z holicha qoldirganlar
Bu tuzatishni oradan ancha vaqt o‘tgach miloddan avvalgi 46 yilda Rim imperatori Yuliy Sezar amalga oshirgan.
Bunda oylar 30, 31, faqat bir oy – fevral 28 kun qilib olindi
Ana shu qisqa oy – fevralda 4 yilda bir marta bir kundan qo‘shiladigan va shu yil kabisa (orttirilgan) yili deb ataladigan bo‘ldi.
Bu tuzatish natijasida bir yil 365 kun 6 soat emas, balki 365 kun 5 soat 48 daqiqa 14 soniyadan iborat bo‘lib, bu faqat 400 yilda 3 kecha – kunduzni tashkil qiladi va kalendarni orqada qolishiga sabab bo‘ladi.
Slayd 14
Yuqorida ta’kidlangan Misr kalendari tabiiy va aniq edi
Unda bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka qisqa) teng edi
Bu kalendarda dastlab yil oylarga bo‘linmagan
U uchta mavsumdan iborat bo‘lgan
Bular «suv toshqini» (Nil toshqini)
«hosil» (qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullaniladigan davr)
«yo‘qlik» (suvning kam vaqti, hosilni yig‘ish davri) mavsumlari deb atalgan
Birinchi mavsum Quyoshning yozgi tik turishdan oktabrgacha
ikkinchi mavsum oktabrdan-martgacha
uchinchisi martdan-iyungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan.
Slayd 15
Har oy 30 kundan iborat edi.
Demak, bir yil 360 kundan va besh qo‘shimcha kundan iborat bo‘lgan
Bu qo‘shimcha kunlarni yunonlar «epagamen» deb atadi.
Miloddan avvalgi IV ming yillikda yaratilgan bu kalendarda dastlab, oylarning nomlari bo‘lmagan.
Ular har bir mavsumga (4 oydan) bo‘lingan va shu bilan farqlangan
Keyinchalik ular quyidagicha atalgan.
Keyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bo‘ldi va ular o‘n ikkitaga bo‘lindi
Slayd 16
Bular quyidagicha nomlangan
Tot
Faofi
Atir
Xoyyak
Tibi
Mexir
Famenot
Farmuti
Paxon
Payni
Epifi
Mesori
Slayd 17
O‘n ikkinchi oydan so‘ng «epagamenlar» yani qo’shimcha kunlar
Ikkinchi kun-Gora
Uchinchi-Seta
To‘rtinchi-Isida
Beshinchi kun-Neftida deb atalgan
Ular yer xudosi Geb va osmon ma’budasi Nutning bolalari hisoblangan
Gerodot misrliklarda yil 12 oy va beshta qo‘shimcha kundan iboratligi to‘g‘risida ma’lumot beradi
Misr kalendari qanchalik qishloq xo‘jaligi ishlari uchun qulay bo‘lmasin, u tropik yildan 0,25 sutka qisqa edi. Bu to‘rt yilda bir sutkani, 120 yilda bir yilni tashkil qiladi.
Birinchi kun-Osiris
Slayd 18
Kabisa yili
Miloddan avvalgi 26 yilga kelibgina Rim imperatori Oktavian Avgust Misrda kabisa yili mavjud bo‘lgan yulian kalendarini joriy qiladi
Qadimgi Misrda dastlab yagona era bo‘lmagan, ular fir’avnlarning hukmronligi davriga qarab yilni hisoblaganlar.
Ellinizm davriga kelib, Nabonassar erasidan foydalanganlar. Eraning boshlanish sanasi Yulian kalendari bo‘yicha miloddan avvalgi 747 yil 26 fevralga to‘g‘ri keladi.
Miloddan avvalgi 238 yilda Ptolomeylar sulolasidan bo‘lgan Yeverget kalendar islohotini o‘tkazadi. U har 4 yilda yilning oxirgi kunidan so‘ng xudolar kuni nishonlanadigan yana bir sutka qo‘shishga farmon beradi.
Bu hozirgi kun atamasi bilan aytadigan bo‘lsak, kabisa yilidir. Lekin bu islohot amalga oshmay qoladi. Faqatgina Yuliy Sezarning tashabbusi bilangina amalga oshadi.
III asrga kelib Misrda Diokletian erasi joriy qilinadi. Diokletian erasi boshi yulian kalendariga ko‘ra 284 yil hisoblanadi va bu eradan bugungi kunda nasroniy-koptlar diniy an’analarni o‘tkazishda foydalanib keladi.
Slayd 19
Mesopotamiya kalendarlari
Miloddan avvalgi 2500 yilda shumerlar Oy-Quyosh kalendarlaridan foydalanganlar.
Bobil Hammurapi (mil. av. 1792-1750 y.) hukmronligi davrida nafaqat Mesopotamiyada, balki Old Osiyodagi yirik siyosiy, madaniy markazga aylandi.
Hammurapi bir qancha islohotlar, jumladan kalendar islohotini ham o‘tkazib ikki daryo oralig‘idagi turli kalendarlarni bekor qilib Ur shahri kalendarini butun Bobilda yagona rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi.
Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo‘lib, har bir yildagi toq oylar o‘ttiz, juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n ikkita oydan iborat edi.
Slayd 20
Mesopotamiya kalendar oylari shunday nomlangan:
Nisanu 30
Ayru 29
Sivanu 30
Duuzu 29
Abu 30
Ululu 29
Tashritu 30
Araxsamna 29
Kislivu 30
Tebetu 29
Shaabatu 30
Addaru 29
Slayd 21
Mesopotamiya kalendarlari
Slayd 22
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq bo’lgan
“Nisanu»
“Ayru»
“Abu»
“Tashritu»
“Tebetu»
“Shabatu»
harakat qilmoq, qadam tashlamoq
yorqin, yorug‘
adovat
boshlanish
loyqa
vayronagarchilik (yomg‘ir natijasida)
“Addaru»
Bobilliklar kalendardagi «baxtli» va «baxtsiz» kun tushunchasiga katta e’tibor bergan
Ularda dastlab besh, so‘ngra yetti kunlik haftalar bo‘lgan. Besh kunlik hafta «hamushtu» deb atalgan.
Bulutli degan ma’nolarni bildirgan.
Slayd 23
Bobilliklar yarim kechani kunning boshlanishi deb hisoblaganlar
Shuning uchun Quyosh botgandan so‘ng yangi Oy ko‘rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan
Yahudiylar va musulmonlarning ham kalendarlarida ham shu tamoyilga amal qilingan
Bobilda Hammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan Oy-Quyosh kalendariga o‘tildi
Hammurapi farmonlaridan birida «Kalendar yilimiz orqada qolib ketmoqda. Shuning uchun keyingi Oy ham eluli (ikkinchi ululi) Oyi hisoblansin
Shuning uchun keyingi Oy ham eluli (ikkinchi ululi) Oyi hisoblansin. Tishritu Oyi bir Oy keyinga surilsin»,-deb buyruq beradi.
Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo‘shimcha oylarni joriy qildilar. Ular ikkinchi ululu oyini qo‘shadi. Bobilda bu usul miloddan avvalgi VI asrgacha qo‘llanilgan.
Bobil
Slayd 24
Hindlar taqvimi yoki Panchang yoki Panjika deganda Hindiston yarim orolida va Janubi-Sharqiy Osiyoda an’anaviy ravishda ishlatiladigan turli xil oy taqvimlari
Keyinchalik ijtimoiy va hindu diniy maqsadlari uchun mintaqaviy o’zgarishlar amalga oshiriladi.
Ular har bir uch yilda bir marta sayyora yiliga asoslangan va oy tsikllarini moslashtiradigan vaqtni saqlash uchun shunga o’xshash asosiy kontseptsiyani qabul qilishadi
ammo ular oy tsikliga yoki quyosh tsikliga va oy nomlariga nisbatan nisbiy urg’ulari bilan farq qiladi va Yangi yilni ko’rib chiqishda boshlanishi
Turli mintaqaviy taqvimlardan eng yaxshi o’rganilgan va taniqli hind taqvimlari Hindistonning janubiy qismida joylashgan Dekan mintaqasida joylashgan Shalivahana Shaka, Nepalda va Hindistonning shimoliy va markaziy mintaqalarida joylashgan Vikram Samvat (Bikrami) hisoblanadi
Ularning yangi yili bahorda boshlanadi. Aksincha, Tamil Nadu va Kerala kabi mintaqalar quyosh aylanishini ta’kidlaydi va bu tamil taqvimi deb nomlanadi.
Qadimgi Hindiston kalendari.
Slayd 25
Hindistonda Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari
Hindistonda Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari ishlatilgan
Hindiston qadimgi silivizatsiyaning o‘chog‘i sifatida kalendarlar tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi
Hindistonda eng ko‘p tarqalgan kalendarlardan biri Samvat kalendaridir
U Hindistonning shimoliy va markaziy viloyatlarida ishlatilgan
Bu Oy-Quyosh kalendari bo‘lib tropik yil va oylar asosida tuzilgan
Uni hindlar «adikmas» ataganlar.Shuningdek, kalendarda qo‘shimcha kunlar (burjiy kalendar asosida) joriy etilgan va ular «titxi» deb atalgan
Bu kalendar erasi miloddan avvalgi 57 yildan hisoblangan.
Slayd 26
Saka kalendari
Hindistonda amal qilingan yana bir kalendar Saka kalendaridir
Bu kalendar Quyosh kalendari bo‘lib, Hindistonning janubiy viloyatlarida qo‘llanilgan
Saka kalendarida bir yilda olti fasl bo‘lib, har biri 29, 32 kundan tashkil topgan o‘n ikki oydan iborat bo‘lgan
yilning boshi bahorgi teng kunlikdan boshlangan
Bu kalendar erasi Saka erasi hisoblangan (milodning 78 yil 15 martdan boshlangan)
Hindistonda mazkur kalendar va eralardan tashqari Kalyuga erasi (boshlanishi mil. av. 3102 yil 18 fevraldan)
Nirvana erasi (mil. av. 543 yilidan) Mahavira (mil. av. 527 yildan)
Graxaparivritti erasi ( mil. av. 24 yildan), Nevar erasi (mil. av. 879 yil 20 oktabrdan), Fazli eralari mavjud bo‘lgan
Slayd 27
Fasl nomi
Oyning
tartib
raqami
Oy
nomi
Oydagi
kunlarning
soni
Grigorian kalendari
bo‘yicha
oylarning nomi
1
Bahor (vasant)
1
Chaytra
30
Mart-aprel
2
Vaisakxa
31
Aprel-may
2
Yoz (grishma)
3
Jaishtxa
31-32
May-iyun
4
Asadxa
32
Iyun-iyul
3
Yomg‘irli fasl
5
Sravana
31-32
Iyul-avgust
(Varsha)
6
Bxadra
31-32
Avgust-sentabr
4
Kuz
7
Azvina
30-31
Sentabr-oktabr
(Sharat)
8
Kartika
30
Oktabr-noyabr
5
Qish
9
Agraxayana
29
Noyabr-dekabr
(Xemanta)
10
Pauza
29-30
Dekabr-yanvar
6
Sovuq fasl
11
Magxa
29-30
Yanvar-fevral
(Shishira)
12
Pxalguna
30
Fevral-mart
Slayd 28
Oyning tartib
raqami
Oy
nomlari
Oydagi kunlarning
soni
Grigorian kalendari bo‘yicha
qaysi kunga to‘g‘ri kelishi
1
Chaytra
30
22 (21) Mart -20 aprel
2
Vaisakxa
31
21 Aprel-21 may
3
Jaishtxa
31
21 May -21 iyun
4
Asadxa
31
22 Iyun -22 iyun
5
Sravna
31
23 Iyul-22 avgust
6
Bxadra
31
23 Avgust -22 sentabr
7
Azvina
30
23 Sentabr -22 oktabr
8
Kartika
30
23 Oktabr-21 noyabr
9
Agraxayana
30
22 Noyabr-21 dekabr
10
Pauza
30
22 Dekabr-20yanvar
11
Magxa
30
21 Yanvar-19 fevral
12
Pxalguna
30
20 Fevral-20 mart
XVIII asrga kelib Hindistonda grigorian kalendari qo‘llanilgan. 1957 yilda Saka erasi – grigorian kalendariga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud. Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Oylar 30- 31 kundan, oddiy yilda birinchi 6 oy 30 kundan, qolgan 6 tasi 31 kundan iborat. Kalendar quyidagi jadvalda berilgan.
Slayd 29
Qadimgi Hindiston kalendarlarining ko’rinishi
Slayd 30
Xitoy, Misr, Bobil va Hindistonda astronomiya fani insonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, bir davrda shakllangan
“Shuszin» (tarix kitobi) nomli tarixiy kitobda ma’lumot berishicha, Xitoy kohinlari Quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta olgan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi.
Miloddan avvalgi 360 yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi
Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendarlaridir.
Bir qancha Xitoy yilnomalari, arxeologik malumotlarga ko‘ra, Shan in sulolasi davri (mil. av. XVIII-XII asrlar)da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan.
Vaqti-vaqti bilan qo‘shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatish natijasida oylarni 29,5 Quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar
Xitoyda asosan Oy-Quyosh kalendaridan foydalanilgan. Oy–Quyosh asosida tuzilgan Xitoy yilida bir yil 29 va 30 kunlik 12 oy ya’ni, 354 kundan iborat bo‘lgan.
Xitoy kalendari
Slayd 31
Quyosh yili Oy yilidan 10 kun 21 soat uzun bo‘lgani uchun, o‘n to‘qqiz yilda yetti marta qo‘shimcha o‘n uchinchi oy qo‘shilgan.
O‘n to‘qqiz yilning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi, o‘n birinchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n oltinchi, o‘n to‘qqizinchi yillarida qo‘shimcha oylar bo‘lgan
Shuningdek, qo‘shimcha oylar Quyoshning qishki tik turishidan keyin kelgan. Kalendar oylari hiloldan boshlangan
Oylarning maxsus nomlari bo‘lmagan. Ular tartib raqami bilan (birinchi, ikkinchi, uchinchi) nomlangan.
Bir oy o‘n kunlik haftaga bo‘lingan va oyning birinchi, o‘n birinchi, yigirma birinchi kunlari maxsus iyerogliflar belgilangan va dam olish kuni hisoblangan.
Slayd 32
«Chjuan-yuyli» qadimgi kalendarlardan biri hisoblanadi. U mukammalligi jihatidan yarim asr keyin yaratilgan yulian kalendari bilan bahslasha olardi.
Xitoyda Sin sulolasi (mil. av. 246-210) Davrida yigirma to‘rt mavsumga bo‘lingan qishloq ho‘jaligi kalendari ishlab chiqilgan. Unda yillarni, mavsumlarning harakatiga ko‘ra bo‘lishgan. Dehqonlar shu kalendardan urug‘ ekish, hosil yig‘ish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalanishgan.
“Tay-chu-li» yoki Santun
Miloddan avvalgi 104 yilda kalendar islohoti o‘tkaziladi va «Tay-chu-li» keyinchalik «Santun» nomini olgan kalendar qabul qilinadi. Kalendar mualliflari tropik yilning uzunligini, har bir qishloq ho‘jaligi mavsumining boshlanish vaqti va sinodik oyning uzunligini aniq hisoblab chiqadi. Ular bir oyni 29,4381, sutka deb hisoblaganlar. Bu esa zamonaviy hisobdan 24 sekund farq qilgan.
Santun kalendaridan ikki asr davomida foydalaniladi. Kalendar tuzish uchun astronom va matematik Szu Chun-Chji ishlagan. U Santun kalendaridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.
“Chjuan-yuyli»
Slayd 33
Davriy kalendar
Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar hisoblanadi. Bu kalendar miloddan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mongoliyada ham keng tarqalgan. Bu kalendar boshqalaridan tuzilishi jihatidan butunlay farq qilib, unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki «yer» va «fazoviy» tarmoqlarga bo‘linadi.
Slayd 34
Davriylikda beshta «fazoviy tarmoq» mavjud
Olov (xo)
Yer (giu)
Metall ( szin’)
Suv (shuy)
Daraxt (mu)
Har bir fazoviy tarmoqlar ham ikkiga bo‘linadi. Masalan: daraxt-o‘simlik, daraxt-buyum shaklidagi, olov-tabiiy olov va yoqilgan olov, metall-tabiatdagi va metall buyum, yer-haydalgan va haydalmagan yer, suv-oqayotgan va oqmayotgan suv tarzida.
Slayd 35
Siklik jadval kalendari
Sharqiy Osiyo mamlakatlari «fazoviy tarmoq», «yer tarmoqlar»i belgilaridan tashkil bo‘lgan yilni o‘z ichiga olgan siklik jadval kalendarini tuzganlar
Mazkur kalendar ma’lum yil «fazoviy tarmoq»ning vertikal ustuni va «yer tarmog‘i»ning gorizontal yo‘li kesishgan katakda joylashib
Qo‘shma «quyon-olov», «maymun-metall» yoki «olov-suv» kabi nomlar bilan ataladigan bo‘lgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan so‘nggina qaytarilgan
60 yillik siklga ega bo‘lgan bu kalendar hozirgi kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam va Mongoliyada qo‘llaniladi
Xitoy va Koreyada «fazoviy tarmoq»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi ijobiy va salbiy xususiyatlarga ko‘ra ikkiga bo‘lingan holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlarga ko‘ra katta va kichik nom bilan, Mongoliyada esa besh unsur faqat ranglar bilan ko‘k (ba’zan yashil), qizil, sariq, oq va qora bilan qo‘llanilgan.
Slayd 36
Qadimgi Xitoy kalendarining ko’rinishi
Qadimgi Xitoy kalendarining tasvir orqali ko’rinishi
Slayd 37
Qadimgi Yunon kalendarlari
Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida Oy-Quyosh kalendari tuzildi.
Bu davrda har bir polis o‘z kalendarini ishlab chiqadi
Ular bir-biriga mos kelsa-da, har bir kalendarning afzallik tomonlari bor edi.
Ular bir yilni har biri yangi Oy bilan boshlanadigan o‘n ikki oyga bo‘lib chiqdi
Kalendarni fasllarga moslashtirish uchun qo‘shimcha o‘n uchinchi oy ham joriy qilingan.
Yunonistonning turli shaharlarida oylarning o‘z nomlari bo‘lsa-da, Afina kalendaridagi oy nomlari bir muncha keng tarqalgan edi.
Slayd 38
Gekatombeon (iyul)
Metageytnion (avgust)
Boedromion (sentabr)
Pianepsion (oktabr)
Memakterion (noyabr)
Poseydeon (dekabr)
Gamelion (yanvar)
Antesterion (fevral)
Elafebolion (mart)
Y.Munixion (aprel)
I.Fargelion (may)
Skiroforion (iyun)
Afina kalendari
Slayd 39
Yil
Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon – iyul) boshlangan. Embolistik oylar ikkinchi poseydonga, ba’zida ikkinchi skiroforionga qo‘shilgan.
Miloddan avvalgi 432 yilda Olimpiada o‘yinlarining 86 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv, kalendar ma’nosini beradi) o‘rnatiladi.
Unda oylarning kunlari ko‘rsatib turilgan. Yunon kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparxlar katta rol o‘ynagan. Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalarigacha voqealarni yozishda hukmron shaxslarning nomidan foydalanilgan.
Afinada yil hisobi kalendar uchun ma’lum bo‘lgan eponimlar-ijroiya hokimiyat (arxontlar)ning rahbarlari ismi bilan belgilangan. Miloddan avvalgi IV asrda Olimpiada asosidagi umumellin yil hisobi keng tarqaldi.
Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan sport o‘yinlari xalq tantanalaridan biriga aylandi.
Olimpiya o‘yinlari yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan, chunki kalendar tizimidagi xatolar tufayli Olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi.
Olimpiya o‘yinlarining vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilganlar. Olimpiya yil hisobi qadimgi yunonlar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldi-ki, ular o‘z erasining boshlanishini miloddan avvalgi 766 yil birinchi iyul qilib belgiladi, chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi.
Slayd 40
Qadimgi Yunoniston yodgorliklari – neolit va bronza davri
Birinchi oy kalendari
Slayd 41
Yunonlarda ilk kalendar
Yunonlarda ilk kalendar qachon va kim tomonidan yaratilganligi ma’lum emas
Krit-Miken matnlarida saqlanib qolgan ba’zi oy nomlarini o‘qishning iloji bo‘lmagan. Ularda oy hisobi mavjud bo‘lib, yangi oylarning kelishi bayram bilan kutib olingan.
Dastlab yunonlar oy nomlarini va yilda necha oy borligini hisoblamaganlar. Miloddan avvalgi VIIasrda yunon polislardan biri Delfa shahrida kalendar islohoti o‘tkazilgan.
Bu delfalik Frakul ijodida uchrab, undagi oy nomlari bayramlar nomi bilan bog‘liq holda ko‘rsatilgan.
Yunon polislarida Oy – Quyosh kalendarlaridan foydalanilgan. Afina va Delfada yil hisobi yangi oyning chiqishi bilan boshlangan. Sparta, Rodos, Krit va Miletda yil kuzdagi tengkunlikdan boshlangan.
Yunonlarda oylarning nomlanishi alohida e’tiborli bayramlar va aynan fasllar almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Slayd 42
Yunonlarda qishloq xo‘jaligi ishlari
Yunonlarda qishloq xo‘jaligi ishlari ham yulduzlarni kuzatuv asosida olib borilgan.
Bunda yil boshi bo‘lib yozgi Quyosh tushishi iyundan olib borilgan. Ularda hafta bo‘lmagan.
Afinaliklarda kalendar 12 oydan iborat bo‘lgan. Oylarning qachon boshlanishi belgilanmagan. Bu kalendar boshqa yunon polislaridagi kalendarlarga nisbatan ancha mashhur bo‘lgan.
Undagi oylar 29 yoki 30 kundan iborat bo‘lib, yil 354 sutkani tashkil qilgan. Afinada yilning boshlanishi gekatabeon oyi iyul-avgustga to‘g‘ri kelgan.
Afinada yilni to‘g‘irlash uchun ikkinchi poseydon oyi 29-30 sutkali oy kiritilgan edi. Milodgacha 432 yilda afinalik astronom Metan 235 oy yili oylarini 19 Quyosh yiliga teng deb, 19 yillik davr 7 embolistik yil degan g‘oyani olib chiqdi.
Bu Metan sikli nomini oldi. U aniqligi bilan ajralib turardi. Afinada voqealarni hisoblash mansabdor-arxontlar nomi bilan olib borilardi.
Slayd 43
Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi sanasi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q.
Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (mil. av. VIII asrning o‘rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanilgan.
Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bo‘lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, … O‘ninchi) bilan nomlangan. To‘rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8 oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo‘lgan.
yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. «Romul yilini» astronomik yiliga tenglashtirish maqsadida 10 oyning oxiriga qo‘shimcha kunlarni qo‘shganlar.
Miloddan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to‘rtta kalendar oylariga nom berildi.
Miloddan avvalgi VI asrda rimliklar mazkur oy kalendarini Oy-Quyosh kalendariga aylantirishga urinib ko‘rdilar. Buning uchun ular interkalyatsiya tizimidan (qo‘shimcha oylarni qo‘shish) foydalandilar.
Qadimgi Rim kalendariga har ikki yilda 20 kunlik qo‘shimcha oyni joriy qildilar. Bu oy «Marsedonius»- marsedoniy oyi nomini oldi. Juft raqamlarni baxtsizlik ramzi hisoblangan rimliklar marsedoniy oyini 23-24 «februarius»ning o‘rtasiga joylashtirdilar. Mazkur islohotdan so‘ng kalendar yili 365 kunni tashkil qildi va ularning yili ham Misr «daydi» yiliga teng bo‘lib qoldi.
Qadimgi Rimda kalendarlar. Yulian kalendari
Slayd 44
Rim kalendari
Birinchi oy martius – ilgari chorvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qo‘yilgan
O‘n birinchi oy – yanuaris deb atalib, ikki yuzli xudo Yanus nomiga qo‘yilgan
O‘n ikkinchi oy – februarius – yer osti podshosi februus nomiga qo‘yilgan
Ikkinchi oy – aprilis – lotincha «aprire»- «namoyon bo‘lmoq», «ochmoq» ma’nolarini bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va o‘simliklar ochilib gullay boshlagan.
Uchinchi oy mayus – xudo Merkuriyning onasi yer ma’budasi Maya nomi sharafiga qo‘yilgan.
To‘rtinchi oy yunius – Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qo‘yilgan.
Beshinchi oy – kvintilis (lotincha beshinchi)– imperator Yuliy Sezar sharafiga yulius deb qo‘yilgan.
Oltinchi oy – sekstilis (lotincha oltinchi) – imperator Oktavian Avgust (muqaddas kishi) nomi bilan atalgan.
Yettinchi oy – september (lotincha yettinchi),
Sakkizinchi oy – oktober (lotincha sakkizinchi)
To‘qqizinchi – november (lotincha to‘qqizinchi)
O‘ninchi oy – detsember (lotincha o‘ninchi) degan ma’noni bildiradi
Slayd 45
Miloddan avvalgi VII asrda Rim podshosi Nume Pompiliye kalendar islohotini o‘tkazdi
U bir yilda kunlar sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi
Nume Pompiliye islohoti natijasida qo‘shimcha yangi ikki oy paydo bo‘lib, «yanuarius» va «februarius» nomini oldi.
Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy «februarius» 23 sutkadan iborat bo‘ldi.
“Februarius» oyiga har yili 5 kun qo‘shiladigan bo‘ldi
Islohotlar natijasida «Nume yili» astronomik bir oy yilidan bir sutka ortiq, tropik yildan esa 10,5 sutka qisqa edi
Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Bu kalendarda ham yil bahorgi tengkunlik davridan boshlangan.
Nume Pompiliye kalendar islohoti
Slayd 46
Yulian va grigorian kalendari
Rim imperatori Yuliy Sezar (mil.av. 100 y. Mil. 44 y.) miloddan avvalgi 46 yilda kalendar islohotini o‘tkazdi
Yuliy Sezarni Misrda bo‘lganida mahalliy kalendar qiziqtirib qo‘ygandi.
Yangi kalendarni tuzishda aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi.
Kalendar islohotchilari oldiga Misr «daydi kalendari»ni tuzatib, so‘ngra uni qabul qilish vazifasi qo‘yilgan edi.
Sozigen tuzgan bu kalendar Yuliy Sezar sharafiga tarixga Yulian kalendari nomi bilan kiradi.
Yulian kalendarida yilning boshi, davomiyligi va qo‘shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi.
Kalendarda yilning birinchi oyi yanvar qabul qilindi. Miloddan avvalgi 153 yildan boshlab Rim konsullari yanvarda o‘z xizmat vazifasini boshlardilar.
Yangi kalendarda eski kalendaridagi oylar nomi saqlanib qoldi.
Slayd 47
Yulian kalendari
Yanuaris
Februarius
Martius
Aprilis
Mayus
Yunius
Kvintilis
Sekstilis
September
Oktober
November
Detsember
Slayd 48
Oyning to’lishi
(Yanuaris, martius, mayus, kvintilis, september, november)
(aprilis, yunius, sekstilis, oktober, detsember) fevral 29, (30) kundan qilib belgilandi
Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan
juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan
Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda o‘tgan sutkalar sonini topish ham ancha oson edi
Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo‘lib to‘rt yillik sikl joriy qilindi
To‘rt yildan uch yili 365 kun to‘rtinchi yili esa 366 kun bo‘lib kabisa yildan iborat edi
Miloddan avvalgi 44 yilda Yuliy Sezarga suiqasd qilib o‘ldirilganidan keyin kalendarda yana o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Kvintilis oyi Yuliy Sezar sharafiga yulius (iyul) deb o‘zgartirildi.
Mazkur kalendarda yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo‘ladi
Unda har to‘rt yilning 3 yili 365, to‘rtinchi yili esa 366 kunga kabisa yili qilib qabul qilinadi. Lekin yulian kalendari tropik yildan 0,0078 sutka (11 daqiqa 23,9 sekund) uzun edi. Natijada, har 128 yilda bu xatolik bir sutkani tashkil qilardi. XVI asrga kelib yulian kalendari bo‘yicha bahorgi teng kunlik 21 martga emas, balki 11 martga to‘g‘ri kelib qoldi.
Yulian kalendaridagi xatoliklarni ko‘pgina olimlar, jumladan Mirzo Ulug‘bek o‘z vaqtida ta’kidlab o‘tgan edi.
Slayd 49
Taqvimni isloh qilish g’oyasi ilgari miloddan avvalgi 238 yilda sinab ko’rilgan. Misrda Ptolemey III Euergetes tomonidan, lekin uning izdoshlari yangilikni qo’llab-quvvatlamadilar
Mil. Avv. 46 yilda Yuliy Tsezar tomonidan Yuliy kalendarini ishlab chiqish uchun Rimga taklif qilingan
Sosigenes oy taqvimidan voz kechib, unga kabisa yili qo’shilgan holda 365 kundan iborat bo’lgan Misr quyosh taqvimidan foydalanishni taklif qildi
Taqvimni fasllarga moslashtirish uchun noyabr va dekabr oylari orasida ikki oyga bo’lingan (Intercalaris Prior va Intercalaris Posterior) 67 qo’shimcha kun qo’shildi
Mensis Intercalaris bilan birgalikda miloddan avvalgi 46 yil. E. 445 Kun davom etdi. Julian taqvimi miloddan avvalgi 45-yil 1-yanvarda kuchga kirgan
Xato tufayli Rimda qabul qilingan inklyuziv qoʻshimcha tufayli har 4-yilda emas, balki har 3-yilda qoʻshimcha kun qoʻshildi (joriy yil har 4-yilda hisoblash uchun nol emas, balki birinchi sanalgan).
Xato 36 yil davomida e’tibordan chetda qoldi, natijada bu muddat ichida qo’shimcha 3 kun qo’shildi. Imperator Oktavian Avgust davrida xato qo’shimcha kunlarni olib tashlash orqali tuzatildi.
Yulian kalendari
Slayd 50
Qadimgi Rim kalendari
Slayd 51
Oy-Quyosh kalendari
Dehqonchilik xo‘jaligining rivojlanishi natijasida ekish, hosilni yig‘ishtirib olish uchun aniq vaqt hisobi zarur ediki, bu narsa Oy fazalarining o‘zgarishi va Quyoshning harakati bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham Oy-Quyosh kalendarlari tuzila boshlandi. Hozirgi kunga kelib Quyosh kalendari jahonda xalqaro kalendar sifatida tan olingan.
Slayd 52
Yulian kalendaridagi xatolikni tuzatish maqsadida 1582 yilda Rim papasi Grigoriy XIII boshchiligida kalendar islohoti o‘tkaziladi
Natijada, yangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan grigorian kalendari tuziladi. Grigorian kalendarining uzunligi 365,24 sutkaga teng va tropik yildan 0,000304 sutkaga farq qiladi. Bu 3300 yilda bir sutkani tashkil qiladi.
Tarixda grigorian kalendaridan ham aniqroq kalendarlar mavjud. Shunday kalendarlardan biri 1079 yilda tuzilgan Umar Xayyom kalendaridir
Miloddan avvalgi 8 yilda imperator Oktavian Avgust kalendar islohotini o‘tkazdi
Chunki bu davrda (Sezarning vafotidan keyin) Rimdagi kalendar bo‘yicha mas’ul kohinlar kollegiyasi yilni hisoblashda xatolikka yo‘l qo‘yib kelinmoqda edi.
Ular to‘rtinchi yilni emas, balki uchinchi yilni kabisa yili qilib hisoblaydilar.
Kalendar islohoti
Slayd 53
Avgust islohoti natijasida kohinlar yo‘l qo‘ygan xatolik tuzatildi
Natijada, milodimizning 4 yili 1 martidan boshlab, Yulian kalendari oldingi holatiga qaytarildi
Rim senati tomonidan imperator Oktavian Avgustning g‘alabalari va kalendarni tuzatishdagi xizmatlari uchun «sekstilis» oyiga «Augustus» nomini beradilar
Sekstilis oyi 30 kundan iborat edi.
Rimda juft son baxtsiz raqam sanalgani va imperator nomi berilgan oy boshqalardan qisqa bo‘lmasligi kerak deb hisoblab, u oyga yana bir kun qo‘shdilar (fevral oydan bir kun olindi).
Natijada uchta oy (yulius, augustus, september) ketma-ket 31 kundan bo‘lib qoldi.
Shuning uchun yilning oxiridagi to‘rtta oyni o‘zgartirdilar
September va november 30 (ilgari 31) kundan, oktober, detsember oylari 31 (ilgari 30) kundan bo‘ladigan bo‘ldi.
Bu o‘zgarish yulian kalendarining belgilangan tashqi ko‘rinishini (toq oylar 31, juft oylar 30 kundan bo‘ladi degan) o‘zgartirib yubordi.
Oktavian Avgustn.
Slayd 54
Lekin, bu nomlar o‘sha davrdayoq qabul qilinmagan
Imperator Tiberiy (14-37), nomiga senat september Oyini – Tiberius
Avrelia Kommoda (176-192) nomiga ham sentabr oyini – Kommodus
Oktouberni – Domitsian (81-96) sharafiga – Domitsianus deb atashga harakat qilganlar
Rimga hafta tushunchasi Sharqdan I asrda kirib kelgan bo‘lsa, faqatgina IV asrga kelibgina Rimda yetti kunlik hafta qabul qilindi.
Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasida ham yulian kalendaridan foydalanilgan. Yulian kalendari keyinchalik zamonaviy kalendarni tuzishda asos bo‘ldi
Hisobda qulay bo‘lishi uchun bu oyga bir kunni februariusdan olib berishdi. Boshqa ba’zi oylarning sutkalari ham o‘zgartirildi
Yangi kalendar nasroniy cherkovi tomonidan Nikeya soborida 325 yilda qabul qilingan.
Slayd 55
Milodiy yil hisobi
Milodiy yil hisobining boshlanishi Iso payg‘ambarning tavalludi bilan bog‘liq.
Nasroniylik tarqala boshlagan ilk davrda bir qancha yil hisoblari mavjud edi va ulardagi har xillik tufayli turli noqulayliklar tug‘ilgan
Bular bartaraf etish uchun yangi yil hisobini tuzishga ehtiyoj sezildi. VI asrda Rim monaxi Dionskiy hech bir dalil – hujjatsiz Iso payg‘ambar tavalludi bundan 500 yil oldin sodir bo‘lgan deb e’lon qilgan va shundan yil hisobi yuritishni taklif etgan
XVIII – XIX asrda Yevropadagi aksariyat davlatlar milodiy yil hisobini qabul qilganlar. Rossiyada Pyotr I ning farmoni bilan 1700 yil 1 yanvardan boshlab milodiy yil hisobiga o‘tgan. Chor Rossiyasining bosqini bilan Markaziy Osiyoda milodiy yil hisobi XIX asrning II yarmidan amalga oshirilgan
325 yilda Nikeya soborida yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21 martni bahorgi teng kunlik kuniga mos keltirdik deb, o‘yladilar.
Nasroniylarda diniy pasxa bayramini o‘tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan so‘ng haqiqiy bahorgi teng kunlik nuqtasi kalendarga to‘g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar
XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi teng kunlik nuqtasi 21 mart emas, 11 martga to‘g‘ri kelib qoldi.
Slayd 56
Nikifor Grigora
Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324 yilda vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi va bunga imperator Andronika II ning diqqatini qaratdi
Lekin imperator kalendarni isloh qilishga ruxsat bermadi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida Vizantiyada yashovchi olim – Matvey Vlastar ham ta’kidladi
1373 yilda vizantiyalik olim Isaak Argir yulian kalendarini isloh qilish zarurligini asoslab berdi. Bu fikrni katolik cherkovi vakillari ham ta’kidladilar.
1414 yilning martida kardinal Pyer d’Ali tashabbusi bilan kalendar masalasi muhokama qilindi. 1437 yilda bu masala Bazzel soborida ko‘rib chiqildi.
Uni uyg‘onish davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) o‘zining loyihasida tanishtiradi. 1457 yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini to‘g‘irlashga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi
Lekin olimning bevaqt o‘limi tufayli papa bu ishni keyinga surishga majbur bo‘ladi.
Slayd 57
XVI asrda kalendar masalasi bilan Lyuteran (1512-1517) va Triden (1545-1563) soborlari shug‘ullanadi.
1514 yilda Lyuteran sobori kalendar islohoti bo‘yicha maxsus komissiya tuzadi
Yevropada mashhur bo‘lgan astronom Nikolay Kopernik (1473-1543)ni Rimga taklif qiladi.
Nikolay Kopernik o‘sha davrda tropik yilning uzunligi aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi.
Nikolay Kopernik
Triden sobori
Slayd 58
Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti
1582 yilda Rim papasi Grigoriy XIII maxsus komissiya tuzdi.
Uning tarkibida Baloniya universiteti professori, astronom va matematik Ignatiy Danti (1536-1586) ham bor edi
Bu komissiyaga yangi kalendar loyihasini tuzish vazifasi topshiriladi
Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini ko‘rib chiqib, italiyalik matematik va vrach Luidji Lilio (Aloiziy Liliy) (1520-1576) loyihasini ma’qul topdi
Luidji Lilio Perudji shahridagi universitetda meditsinadan dars bergan.
Ushbu kalendar loyihasini uning o‘limidan so‘ng ukasi Antonio Luidji nashr qiladi
Kalendar loyihasi papa Grigoriy XIIItomonidan qabul qilinadi va kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi.
Slayd 59
1582 yil 4 oktabr payshanba kunining ertasi 5 oktabr emas, balki 15 oktabr juma kuni deb hisoblansin. Bu bilan yuqoridagi 10 sutka xato tuzatilib, bahorgi teng kunlik 21 martga to‘g‘ri keldi
Kelgusida yana shunday xato yig‘ilmasligi uchun 400 yilda 3 sutka kam hisoblanishi kerak, buning uchun yulian kalendarida 400 yilda 100 ta kabisa yili o‘rniga 97 ta kabisa yili hisoblanadi. Yulian kalendarida asrni ifodalaydigan raqamlarning to‘rtga bo‘linmaydiganlari kabisa yili emas, balki oddiy yil hisoblashga qaror qilindi.
Qabul qilingan loyihadagi tuzatishlar quyidagicha edi:
Slayd 60
1582 yil
1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan kalendarga yana yangi tuzatish kiritildi
Yevropa mamlakatlari asta-sekin shu kalendarga o‘ta boshladilar. Faqat Rossiyagina yulian kalendaridan foydalanishda davom etdi. 1918 yilga kelganda yulian va grigorian kalendari orasidagi farq 13 kunga yetgan edi.
Maslahat bilan ana shu 13 kun tashlab yuboriladigan bo‘ldi va 1918 yilning 31 yanvaridan keyin birdaniga 14 fevralga o‘tishga qaror qilindi. Minut va sekundlar yig‘ilib 3300 yildan keyin bir sutkaga yetar ekan
Grigorian kalendarida yilning davomiyligi 365, sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 116 sekundga ortib boradi va salkam 3300 yilda bu bir kunni tashkil qiladi.
4000 yilda bir marta kabisa yili kamaytiriladi. 4000 yilda 1,22 sutka farq paydo bo‘ladi. Grigorian kalendarida yulian kalendariga nisbatan kabisa yillarini hisoblash murakkab.
Har ikkala vaqt oralig‘ining isloh qilingan vaqtida farq 10 sutka bo‘lsa, 1700 yilning 29 fevralidan, boshlab bu farq 11 sutka bo‘ladi, 1800 yilning 29 fevraldan, 12 sutka, 1900 yil 29 fevralda 13 sutkaga yetdi.
2000 yilda har ikkala hisobda ham kabisa yili bo‘lganligidan 13 sutka farq 2100 yilning 29 fevraligacha o‘zgarmay qoladi, undan so‘ng 14 sutka bo‘ladi.
Slayd 61
Gregori XIII portreti
Grigorian kalendarining umum Yevropa kalendari dastlab katoliklar hukmronlik qilgan davlatlarda qabul qilindi
Angliyada kalendar islohotini o‘tkazishda tashabbuskor bo‘lgan lord Chesterfildga qarata xalq «bizning uch oyimizni qaytar» shiori ostida namoyishlar o‘tkazgan edi.
Lyuteran va provoslavlar bu kalendarga ancha vaqt qarshilik qildilar.
Bir qator mamlakatlarda qiyinchiliklar bilan bu kalendar qabul qilindi.
Tarixda 1584 yilda Rigada Polsha qiroli Stefan Batoriyaning farmoniga qarshi bo‘lgan «kalendar tartibsizliklari» bo‘lib o‘tdi.
Latishlar yangi kalendarga qarshi bir necha yil kurashdilar. Kurash 1589 yilda qo‘zg‘olon rahbarlari Gize va Brinkenlar osib o‘ldirilgandan keyingina to‘xtadi.
Grigorian kalendari Angliyada 1751 yilda qabul qilindi. Ular yilning boshini 25 martdan 1 yanvarga ko‘chirdilar va o‘sha yili Angliyada bir yil 282 kunni tashkil etdi.
Slayd 62
Jumladan, Daniya, Norvegiya, Germaniyada 1700 yilda joriy etildi
Protestant davlatlar grigoriankalendarini uzoq yillar davomida qabul qilmay keldilar, ammo undagi aniqlik va qulaylik tufayli keyinchalik ko‘pgina davlatlar tan oldilar.
1707 yil Shimoliy Nederlandiya, 1751 yil Angliya, 1753 yil Shvetsiya va Finlyandiyada qabul qilindi
Imperator Iosif IIIning dekreti bilan 1776 yilda Germaniyaning so‘nggi protestant yerlarida, 1812 yilda esa Shveysariyada qabul qilindi.
1873 yildan boshlab Osiyo mamlakatlari ham grigorian kalendarini qabul qila boshladilar
Ushbu kalendarni 1873 yilda Yaponiya, 1911 yilda Xitoy qabul qildi.
Diniy farqlar tufayli Bolqonda ushbu kalendarning qabul qilinishi biroz kechikdi
1916 yilga kelib Bolgariyada, 1919 yilda Ruminiya va Serbiyada joriy qilindi. 1918 yil 28 yanvarda Rossiyada qabul qilindi. (Dekretga muvofiq 1918 yil yil 31 yanvardan so‘ng 1 fevral deb emas, balki 1918 yil 14 fevral deb belgilandi).
1924 yildan buyon grigorian kalendari Yunoniston, 1927 yildan Turkiya, 1928 yildan buyon esa Misrda qo‘llanilmoqda.
Slayd 63
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 64
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI RIVOJLANISHI HAQIDA NAZARIYA VA QONUNLAR. AHOLINING TARKIB TOPISHI. AHOLINING HUDUDIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Jizzax viloyatining ichki suvlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholi sonini hisoblash va tahlil qilish. Mehnat resurslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.