Atmosfera qavati tarkibi va tuzilishi
4000 so'm

Slayd 1
Atmosfera qavati
Slayd 2
Reja:
Atmosfera qobig’ining ahamiyati.
Atmosferaning tarkibi va tuzilishi .
Quyosh raDIatsiyasi.
Atmosferada yog’inlarning xosil bo’lishi.
Slayd 3
Atmosfera (yun. Atmos — bug‘ va sfera) — yer sharini o‘rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig‘i.
Atmosfera yerning ximoya qatlami bo’lib, tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlardan, samodan tushadigan metyeoritlarning zarrachalaridan saqlaydi.
Atmosferaning Qalinligi 3000 Km ga yetadi.
Atmosferaning masasi 5,15X1015 tonnaga teng bo’lib, gidrosfera masasidan 100 marta, litosfera massasidan 1000 marta kam.
Atmosferada balandlikka ko‘tarilgan sari bosimi va zichligi kamayib boradi.
Atmosferaning qalinligi bir necha o‘n ming km bo‘lishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan
Slayd 4
Atmosfera tarkibiga ko’ra (100 km balandlakkacha), asosan, azot (78,08%), kislorod (20,93%), argon (0,93%), kabi gazlardan iborat bo’lib, qisman karbonat angidrid (0,03%), geliy, neon, ksenon, vodorod, ozon, yod va boshqa gazlar (0,01%) dan tashkil topgan.
Atmosferada ozon gazining miqdori oz bo’lsada, 20-25 km balandlikda to’planib ozon qatlamini hosil qiladi va u quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoladi.
Atmosferada ozon (O3) ko’rinishida uchraydi.
Slayd 5
Atmosferaning tuzilishi 5 ta asosiy sferaga va 4 ta o’tkinchi sferaga bo’linadi
Troposfera atmosferaning eng pastki qismi xisoblanib, balandligi qutbiy kelngliklarida 8-10 km, o’rtacha kelngliklarda 11-12 km, ekvator ustida 16-18 km. Atmosfera masasining 80% i, suv bug’larining deyarli hammasi troposferada bo’ladi
Tropopauza troposfera bilan stratosfera orasidagi o’tkinchi qatlam bo’lib, ko’proq troposferaga o’xshash, lekin, yuqori qismida suv bug’lari kamayib boradi, xarorat esa past bo’ladi.
Slayd 6
Strotosfera atmosferaning 55-60 km balandlikkacha bo’lgan qismini o’z ichiga olib, atmosfera massasining 10% ida joylashgan. Bu sferada havo siyrak bo’lib, tarkibi jixatdan troposferadagi gazlardan bo’lsa-da, lekin unda ozon gazining miqdori ko’proq, aksincha, suv buglari kam
Stratopauza stratosfera bilan mezosfera orasidagi o’tkinchi qatlam bo’lib, xavo ancha siyrak, xarorat esa ko’tariladi.
Slayd 7
Mezopauza mezosfera bilan termosfera orasidagi qatlam.
Mezosfera atmosferaning 55-60 km dan 80-85 km gacha bo’lgan qismini egallaydi, bosim kam, xavo troposferaga nisbatan 200 marta siyrak, xarorat past -600 -900.
Slayd 8
Termopouza-termosfera bilan ekzosfera orasidagi qatlam.
Termosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900 km gacha bo’lgan qismini o’z ichiga olib, asosan, azot va kisloroddan iborat
Slayd 9
Ekzosfera – 900 km dan 2000-3000 km gacha bo’lgan eng yuqori qatlamdir. Temputarurasi C. Bunday balandlikda gazlar (Vadarod va geley) juda ham tez-sekuntiga 11,2 km gacha harakat qiladi
Ekzosfera – 900 km dan 2000-3000 km gacha bo’lgan eng yuqori qatlamdir. Temputarurasi 〖2000〗^𝑜C. Bunday balandlikda gazlar (Vadarod va geley) juda ham tez-sekuntiga 11,2 km gacha harakat qiladi
Slayd 10
Quyosh radiatsiyasi – quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi.
Quyosh radiatsiyasi yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini quyosh radionurlanishlar quyoshning faolligi bilan bogʻliq.
Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi.
Yer yuzi bir Davrning o’zida quyoshdan kelayotgan issiqlikni qabul qiladi va uni turli yo’llar bilan sarflaydi. Mana shu jarayon quyosh radiatsiyasi balansi deyiladi.
Agar yer yuzasiga kelayotgan radiatsiya (issiqlik) sarf bo’layotgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, unda radiatsiya balansi Musbat, aks holda manfiy bo’ladi.
Slayd 11
Bir sutka ichida eng baland va eng past temperatura orasidagi farq temperaturaning sutkalik o‘zgarish miqdori yoki amplitudasi deyiladi.
Bir yil davomida ma’lum joyning eng issiq va eng sovuq oylarining o‘rtacha temperaturalari orasidagi farq o‘sha joyning yillik temperatura amplitudasi deyiladi. qutblarda va materik ichkarisidagi joylarda yillik temperatura amplitudasi katta ekvator atrofida va okeanlar ustida kichik bo‘ladi.
Slayd 12
Atmosferaning quyi qismida 12000 kub km suv bug‘i bo’lib, bu planetamizdagi suv miqdorining taxminan 0,001 % ini tashkil etadi
Havodagi namlik miqdori absolyut namlik va nisbiy namlik tushunchalarida ifodalanadi. Absolyut namlik – ma’lum vaqtda havoda bo’lgan suv bug’larining miqdoridir.
Ko‘pincha absolyut namlik emas, balki nisbiy namlik (havoning to‘yinishiga qancha qolganligi) amaliy ahamiyatga ega. Odatda nisbiy namlik foiz bilan ifodalanadi.
Masalan, 0° dagi bir kub metr havoning to‘yinishi uchun 4,85 g suv bug‘i kerak. Lekin o‘sha 1 kub metr havoda haqiqatda 3,88 g suv bug‘i bo‘lsa u taqdirda nisbiy namlik quyidagicha bo‘ladi. 3,88Kl00 / 4,85 = 80%.
Slayd 13
Atmosfera bosimi – atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga koʻrsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi.
Balandlikka ko‘tarilgan sari atmosfera bosimi kamayadi. Dengiz sathidan 6 km balandlikda atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi.
Atmosfera bosimi balandlik bilangina emas, balki yer yuzining bir nuqtasidan ikkinchi bir nuqtasiga oʻtganda, shuningdek vaqt oʻtishi bilan ham oʻzgaradi. Natijada yer yuzida bosimi pastlashgan siklonlar, bosimi yuqorilashgan antitsiklonlar va to‘lqinli bosim sohalarini kuzatamiz. Bu sohada havo temperaturasi, zichligi va oqimi o‘zgaradi,
Bosim bu – yuzaga perpendikular taʼsir qilayotgan kuchning shu yuzaga nisbatini ifodalovchi fizik kattalik.
Slayd 14
Atmosfera bosimini o’lchash
Demak, atmosfera bosimini naychadagi simob ustuni bergan bosim bilan o’lchash mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan balandligi 760 mm bo’lgan simob ustunining bosimi normal atmosfera bosimi sifatida qabul qilingan. Uning qiymati 1 atm = 101325 Pa ga teng. Radio yoki televideniyada ob-havo ma’lumotlari berilganda, atmosfera bosimi mm. Sim. Ust. Larida ifodalab aytiladi. 1 Pa = 0,0075 mm. Sim.ust yoki 1 mm.sim.ust = 133,3 Pa.
Atmosfera bosimi barometrlar yordamida, atmosfera bosimidan katta va kichik bosimlar manometrlar yordamida o’lchanadi
Slayd 15
Slayd 16
Mahalliy shamollar
Brizlar
Mussonlar
Atmosfera umumiy sirkulatsiyasi-ning shamollari
Passatlar
Siklon va antisiklon shamollari
Fyonlar, tog’ vodiy shamollari
Garmsel
Afg’on
Shamollar hosil bo‘lishiga qarab
Slayd 17
Slayd 18
B. P. Alisov temperatura xarakteri namlik miqdori hukmron havo massasiga va uning sirkulatsiyasiga qarab, har bir yarim shami 7 iqlim mintaqasiga ajratadi
Sovuq arktika va antarktika
Subekvatorial
Tropik
Subtropik
Mo‘tadil
Subarktika yoki subantarktika
Ekvatorial
Slayd 19
Ob-havoning qanday bo‘lishini kishilar o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari asosida mahalliy alomatlarga qarab ham aniqlaydi. Quyosh botayotganda osmon beg‘ubor bo‘lsa – ertasiga havo ochiq boiadi, qoramtir qizarib botsa, ya’ni shafaq to‘q qizil boisaertasiga ob-havo ayniydi. Mo‘ridan chiqqan tutun tik ko‘tarilsa – havo ochilib ketadi, aksincha yer bag‘irlab tarqalsa – havo ayniydi
Ertalab tuman tushsa, havo ochilib ketadi. Kechga yaqin shamol kuchaysa, havo ayniydi. Qora bulutlar pastlab, tez suzib yursa, yomg‘ir uzoq vaqt yog‘adi. Kechga yaqin shamol kuchaysa, havo aynishi mumkin. Yomg‘ir tomchisidan suvda pufakchalar hosil boisa, yogingarchilik uzoq davom etadi. Kamalak-havo ochilib ketishini bildiradi
Ba’zi mevali daraxtlar chunonchi olma yoz oxirida ikkinchi marta gullasa, kuz yaxshi keladi. Kuzda daraxtlar barglarini barvaqt to‘ksa, qish erta tushadi. Terak barglari kuzda pastdan sarg‘aya boshlasa, bahor kech keladi, uchidan sarg‘aysa erta keladi
Mushuk kerishib devomi timasa havo ayniydi. Mushuk kuchala bo‘lib yotsa havo sovuq bo‘ladi. Qaldirg‘och baland uchsa – havo ochiq va quruq bo‘ladi, pastlab yer bag‘irlab uchsa – yomg‘ir yog‘adi. Qishda sichqon va qong‘izlar yer betiga chiqsa havoning isishini bildiradi
Slayd 20
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar haqida bilganingizni yozib klasterni toʻldiring.
Atmosfera havosi ifloslanishi.
Tabiiy ifloslanish:
Vulqon otilishi
Togʻ jinslari emirilishi
Kosmik changlar
Shamol va boʻronlar
Vulqon aerozollari
Zilzila oqibatlari
Suv toshqinlari
Sun’iy ifloslanish:
Sanoat korxonalari
Energetika
Transport
Maishiy chiqindilar
Qishloq xoʻjalik faoliyati
Kimyo sanoati
Demografik ifloslanish
Radioaktiv ifloslanish
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Janubiy osiyo mamlakatlari. Hindiston mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholi sonini hisoblash va tahlil qilish. Mehnat resurslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.