Aholini ro’yxatga olish tadbiri tushunchasi va ahamiyati

4000 so'm


Aholini ro'yxatga olish tadbiri tushunchasi va ahamiyati

 

 

Slayd 1

“Aholini ro’yxatga olish tadbiri haqida tushuncha va uning ijtimoiy ahamiyati»

Slayd 2

Aholi haqida manbalar
Aholi ro‘yxatlari
Joriy hisob
Statistika idoralarining faoliyati
Fuqarolik holatlarini qayd etish
Ichki ishlar, maorif va meditsina idoralari

Slayd 3

Aholi haqida ma’lumotlar joriy va davriy ravishda to’planadi. Joriy aholi hisobi uzluksiz, yil davomida yig’iladi. Bu ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi barcha davlat tashkilotlarining vazifasidir.
Davriy hisob muyyan davr oralig’ida o’tkaziladi va u aholi ro’yxatlari deb ataladi.
Aholi ro’yxatlari – aholiga tegishli demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilishning yaxlit jarayoni bo’lib, holati bo’yicha muayyan vaqt ichida mamlakatning barcha aholi qatlamlari yoki aniq belgilangan alohida guruhiga tatbiq etiladi. Barcha ro’yxatga olish tadbirlari kabi aholi ro’yxatlarining yakunida ham yig’ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va e’lon qilish amalga oshiriladi. Barcha jarayonlar singari bu tadbirda o’ziga xos tushunchalar, xususiyatlar va qoidalar mavjud.

Slayd 4

Ro’yxatga olish tadbirida aholining uchta kategoriyasi farqlanadi
Birinchi
Jami aholi – ro’yxatga olishning kritik momentida o’rganilayotgan hududda mavjud bo’lgan barcha odamlar, shu jumladan vaqtincha turganlar ham tushuniladi
Ikkinchi
Doimiy aholi – o’rganilayotgan hududda doimiy yashovchi aholi (6 oy yoki 1 yildan ortiq yashayotgan kishilar)
Uchinchi
Yuridik aholi – muayyan hududlarga yuridik jihatdan bog’langan aholi (pasporti ro’yxatga olingan)

Slayd 5

Aholi ro’yxatlarini o’tkazish tadbirida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
Umumiylik;
Bir vaqtlilik;
Aholi ro’yxatlarining yagona dasturi;
Har bir kishi uchun tegishlilik;
O’zi beradigan ma’lumotlarga asoslanish;
Konfidentsiallik (ma’lumotlarning sir saqlanishi);
Ro’yxat tadbirini boshqarishning qat’iy markazlashganligi;
Ro’yxat o’tkazishning muntazamligi

Slayd 6

So’rov – ro’yxatga olishning bu usulida ro’yxat varag’i ro’yxatga oluvchi tomonidan to’ldiriladi. Bunda ro’yxatga olinayotgan kishidan ma’lumotlar shaxsan olinadi. Sobiq Ittifoq va Rossiyada ushbu usulda ro’yxatlar tadbiri o’tkazib kelingan.
Aholi ro’yxatlarini o’tkazish usullari

Slayd 7

Shaxsiy – ro’yxatga olinuvchilar varaqni o’zlari to’lidiradiaor, ro’yxatga oluvchi faqat to’g’ri to’lidirilayotganligini nazorat qiladi va noaniqliklarni tushuntiradi. Ayrim Yevropa mamlakatlarida qo’llaniladi.

Slayd 8

Aralash (anketa) usuli (dunyo bo’yicha eng ko’p qo’llaniladi) – bunda anketa varag’i ro’yxatga olinuvchilarga tarqatiladi va ular varaqni to’ldirib ro’yxatga olish byurosi yoki statistik xizmatlar tashkilotiga jo’natadilar. To’lidirilgan anketa varaqlari yig’ib bo’lingach, statistik xizmat (ro’yxat byurosi), ularni tekshiradi hamda anketa jo’natilmagan manzillarga yangi varaqlarni jo’natadi. Bu usulda chiqim ancha kam bo’ladi, lekin to’ldirilgan anketa varaqlarining qaytarilish darajasi eng faol targ’ibot o’tkazilganida ham 15-20% dan ortmaydi.

Slayd 9

Aholi ro’yxatlari dasturi quyidagi tarkibga ega:
Manzil qismi (ro’yxatga olinuvchining ismi-sharifi, manzili, oila (uy xo’jaligi) boshlig’iga nisbatan o’rni)
Aholi ro’yxatlarining asosiy dasturi (shaxsiy demografik (jinsi, yoshi, nikoh holati), ijtimoiy iqtisodiy (ma’lumot darajasi, kasbi, mashg’ulot turi, daromad manbai, ijtimoiy holati), etnik (etnik mansublik, ona tili, turli tillarni bilishi, diniy mansublik), xarakteristikalari; aholi takror barpo bo’lishiga ta’luqli savollar; migratsiya haqida savollar);
Boshqa maqsaddagi tadqiqotlarga tegishli savollar (muayyan ro’yxatga olishga ta’luqli maqsadlarda belgilanadi).

Slayd 10

Jamoatchilik hayotining o’zgaruvchanligidan kelib chiqib, aholi ro’yxatlari maksimal tezlikda o’tkazilishi va hodisalar muayan vaqt kesimida qayd etilishiga erishilishi kerak
Ro’yxat mamlakat hududining barcha qismida bir vaqtda o’tkazilishi kerak
Aholi ro’yxatlari aholining eng muqim va kamharakat davrida o’tkazilishi kerak
Aholi ro’xatlari ususllari imkoni boricha o’zgartirilmasligi kerak
Aholi ro’yxatlari bir xil davriy oraliqda o’tkazilishi kerak

Slayd 11

Aholini ro’yxatga olishning birinchi xususiyati – mamlakatning butun hududi qamrab olinadi barcha aholi ham hech qanday cheklovlarsiz jalb etiladi
Aholi ro’yaxatlarining ikkinchi xususiyati – aholi tarkibi haqidagi ma’lumotlar olinadi. Demak bunda aholi bo’yicha qandaydir beklgilarni aniqlab olish mumkin bo’ladi. Bular aholi ro’yxatini o’tkazish davrida qayd etladi
Uchinchi xususiyat – o’tkazish dasturining barcha uchun bir xilligi
To’rtinchi xususiyat – ma’lumotlarning individuallar bo’yicha alohida-alohida olinishidir
Beshinchi xususiyat – ma’lumotlar hujjat yoki ro’yxatlar bo’yicha emas balki shaxsning o’zidan olinadi

Slayd 12

Aholi ro’yxatlari tadbirini o’tkazish jaryoni
Aholi ro’yxatlarini o’tkazishning kritik momentini tanlash
Aholi ro’yxatlari dasturini tuzish
Ro’yxat o’tkazish muddatini belgilash
Aholini ro’yxatga oluvchilarni to’plash
Ro’yxat o’tkazish
Aholiga beriladigan savollarning optimal sonini belgilash
Aholi ro’yxatlari natijalarini e’lon qilish

Slayd 13

Aholi ro’yxatlari o’tkazilganlik xaritasi

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Aholini ro’yxatga olish tadbiri tushunchasi va ahamiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar