Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari geografiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari
Slayd 2
Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi dunyodagi eng yirik tabiiy-geografik, etnomadaniy, va iqtisodiy rayonlardan biridir. Uning tarkibiga Hindihitoy yarim oroli, Malya arxipelagi orollari, Yangi Gvineya orolining g’arbiy qismi kiradi.
Mintaqaning umumiy maydoni 4,5 mln km2 atrofida, bu umumiy quruqlikning 3% ini tashkil qiladi. Aholisi 500 mln kishi atrofida. Bu yerda 10 ta davlat joylashgan, ular maydoni, aholi soni, iqtsodiy taraqqiyot tipi va darajasi bo’yicha ancha tafovutlarga ega. Jsho ning geografik o’rni Tinch va Hind okeanlari havzalari oralig’ida bo’lib, bu mintaqa tarixiga uzluksiz ravishda Hindiston va Xitoy sivilizatsiyalari katta ta’sir ko’rsatib kelgan. Buyuk geografik kashdiyotlar davrida Hind okeanida kemalar qatnovi kuchaydi va mintaqa dunyo dengizchiligi va savdosida ulkan ahamiyat kasb eta boshladi. Mintaqa mamlakatlarining hududiy tafovutlari va hududiy parchalanganlik holatiga qaramay, mamlakatlar tabiiy-iqlimiy sharoiti va geografik xususiyatlari bilan umumiylikka egadir. Bu o’xhsahslik issiq iqlim mintaqasida joylashganlik, musson iqlimi, geologic tuzilish, shuningdek Laosdan tashqari barcha mamlakatlarning dengizbo’yida joylashganligida ko’rinadi.
Slayd 3
Janubi-sharqiy Osiyo ikki yirik tabiiy-geografik submintaqaga ajraladi: orol va yarim orol mintaqalari. Hindixitoy yarim orolining yuzasi Tibet-Himolay tog’laridan yelpig’ichsimon tarzda tarqaladigan tog’ tizmalari va ular orasidagi daryo vodiylardan tashkil topadi. Iravadi, Chao-Praya, Mekong, Xongxa kabi yirik daryolarning vodiylari o’rta va quyi oqimlarida kengayadi va ulkan tekisliklar (Iravadi, Chao-Praya va Kamboja) ni hosil qiladi. Tekisliklarning unundor, allyuvial tuproqlapri ularni yarim oroldagi asosiy yashash hududlariga aylantirgan. Daryolar muhim transport yo’llari hamdir. Submintaqaning iqlimi – subekvatorial, yil davomida yuqori haroratga ega, quruq va nam davrlarga ajraladi, bu esa o’z navbatida mahalliy dehqonchilik sharoitini belgilab bergan. Janubi-sharqiy Osiyonining yarim orol qismidagi tabiiy o’simlik qoplamida aralash doimiy yashil va bargi to’kiladigan daraxtli o’rmonlar katta o’rin tutadi, ualr tog’larda yaxshi saqlanib qolgan. Bu o’rmonlardagi daraxtlar ichida eng qimmatli va asosiy tur tik daraxtidir.
Slayd 4
Submintaqaning orol qismini asosan Malaya arxipelagi tashkil etadi. Bu arxipelag dunyodagi eng katta arxipelag hisoblanadi va uning maydoni 2 mln km2 dan ortiq. Uning tarkibiga Katta Zond, Kichik Zond, Molukka va Filippin orollari va Yangi Gvineyaning g’arbiy qismi kiradi. U ekvatorial iqlim zonasida joylashgan va yillik yog’inning yil davomida teng tqsimlanganligi bilan ajralib turadi. Yer yuzasining tuzilishida tog’ va tekisliklar uyg’unlashgan, ular ulushi deyarli teng. Shu bilan birga ulkan tekisliklar yo’q. Tekisliklar asosan dengiz qirg’ogi bo’ylab cho’zilgan va botqoqlashgan. Ular qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan, keyinchalik odamlarning o’zlashtirganligi natijasida yonbag’ir terrasalari ko’rinishidagi antropogen landshaftlar shakllangan. Orollar hududining asosiy qismini o’rmonlar qoplagan. Ularda o’sadigan eng qimmatli turlar temir, qora, qizil palisandr daraxtlari bo’lib, ularning yog’ochlari qattiqligi va suvga bo’kmasligi bilan ajralib turadi. Shuningdek kamfora, sandal, xina va boshqa efir moyi va smola beradigan noyob daraxtlar o’sadi.
Slayd 5
Janubi-sharqiy Osiyoning turli hududlari bo’ylab vayron qiluvchi tropic dovullar – tayfunlar esadi, ulardan ayniqsa ko’proq Filippin orollari zarar ko’radi.
Janubi-sharqiy Osiyo turli foydali qazilmalarga ega. Ularning ba’zilarining zahiralari dunyo bo’yicha ahamiyatga ega. Bunday foydali qazilmalarga qalayi, surma, nikel, mis, kobalt, molibden, simob, titan, temir va oltin kabilar kiradi. Mintaqa tabiiy boyliklariga neft va tabiiy gaz ham kiradi, ularning zahiralarining katta qismi Indoneziya, Malayziya va Bruney davlatlari hududidadir.
Slayd 6
Mintaqaning qadimiy tarixi, eradan oldingi I asrdan ma’lum va u Xitoy a Hindiston tarixi bilan bog’lanib ketadi. Qadimgi davrlardan saqlanib qolgan yodgorliklarga Yava orolidagi Borobodur ehromi, Kambojadagi Angkor saroy-ehrom komplekslaini kiritish mumkin, mintaqaning tropic tabiati yodgorliklarning yaxshi saqlanib qolishiga yo’l qoymaydi.
Slayd 7
Indoneziya, Jakarta, xram Borobudur VIII a
Slayd 8
Xram Angkor VatKambodja, Siyemreap, xram XII v
Xram Angkor Vat
Kambodja,Siyemreap, xram XII v
Slayd 9
Butan, Punakxa-dzong XVII a
Slayd 10
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari aholisi 500 mln kishidan ortiqni tahkil etadi. Ulardan eng ko’p aholi Indoneziyada yashaydi, eng kam aholi Singapurda.
Aholi ko’payisining eng yuqori jadalligi XX asrning 80 yillarida kuzatilgan keyinchalik bu jadallik pasaydi va ayni kunda o’rtacha yillik 1,9% tashkil etadi. Mintaqa ichida bu ko’rsatkicha katta tafovutlarga ega. Hindixitoyda aholi o’sishining yuqori ko’rsatkichlari saqlanib turibdi. O’z vaqtida uzoq davom etgan harbiy harakatlar bu o’sishni sekinlashtirgan va hatto qisqarishga ham tushirib qo’ygan edi. Aholi tabiiy o’sishining past darajasi Singapur, Tailand va Filippinda kuzatiladi, bu davlat demografik siyosatining natijasi sifatida ham baholanadi.
Mintaqadagi aholining yosh strukturasida bolalar ulushi 35-40% ni tashkil etadi. Bundan Singapur mustasno bo’lib 25% ga ega. Mintaqada mehnatga qobil aholi ham ko’pchilikni tashkil etadi va bu mamlakatlarning rivojlanishida katta o’rin tutadi. Aholi soni dinamikasida migratsiya saldosining manfiyligi buning oqibatidir. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan yiliga 4-5 mln aholi chiqib ketadi. Mehnat migrantlari asosan Tailand, Indoneziya va Filipindan Avstraliya, Aqsh, Yaqin Sharqning neftga boy davlatlari, shuningdek qo’shni Singapur va Bruneyga chiqishadi.
Slayd 11
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlaktlarida qishloq xo’jaligi eng yirik bandlik sohasi hisoblanadi, bu sohada iqtisodiy faol aholining ¼ qismi banddir. Qishloq xo’jaligida Filippinda 40% dan ortiq, Indoneziya, Taland, Myanma, Vyetnamda 70% gacha, Laos va Kambojada 90% gacha aholi band hisoblanadi.
Mamlakatlarning aksariyati ko’pmillatli. Hindixitoy yarim orolining xalqlari xitoy-tibet(myanma), paratai(tai, lao, shan), avstoosiyo(vyet, kxmer, mon) til oilalariga mansub. Malakka yarim oroli va Malaya arxipelagida avstroneziya til oilasiga mansubxalqlar istiqomat qiladi. Yangi Gvineyada papuaslar yashaydi. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida tub joy bo’lmagan aholining eng ko’p sonlisi xitoylar va Janubiy Hindiston xalqlari (tamillar, teluglar) dir.
Slayd 12
Xitoyliklar o’zlari ko’chib kelgan mamlakatlar iqtisodiyotida faol qatnashadilar. Ko’plab mamlakatlarda xitoy biznesmelari yetakchilik qiladilar, ularning kapitali tez o’sadi va ular Xxr va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydilar. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida xitoylarning soni 15 mln deb baholangan. Xitoylrning eng yirik jamoalari Indoneziya, Tailand, Malayziya, Singapurda.
Mintaqa aholisining 70% I qishloq joylarda yashaydi. Minaqada urbanizatsiya darajasi mamlakatlar bo’yicha farq qiladi. Urbanizatsiya darajasi eng yuqori bolgan davlat Singapur hisoblanadi, eng past darajasi Hindixitoy yarim oroli mamlakatlaridir. Uranizatsiya darajasining pastligiga qaramay ba’zi shaharlar, ya’ni poytaxt aglomeratsiyalari bo’lgan Manila-Keson Siti, Jakarta, Bangkok, Singapur kabilar gavjumligi va bajaradigan funksiyalari bo’yicha dunyo shaharlari qatorida turadi.
Slayd 13
Yoqilg’i – energetika sanoati.
Janubi-sharqiy Osiyo – neft va tabiiy gaz qazib olinadigan yirik regionlardan biridir. Mintaqa hududida yirik Sumatra neft va gaz havzasi joylashgan. Yiliga bu havzada 100 mln tonnakdan ortiq neft qazib olinadi. Shu jumladan Indoneziyda 70 mln tonna, Malayziyada 30 mln t, Bruney va Vyetnamda 9 ML;n t, Myanmada 2 mln t. Neft qazib olinadi. Boshqa mamlakatlarda neft qazib olish darajasi ahamiyatli emas va o’z ehtiyojlarini ham qondirmaydi. Indoneziya gaz qazib olishda ham, shuningdek suyultirilgan gaz eksportida ham yetakchilik qiladi. Tabiiy gaz qazib olishda oldingi o’rinlarda Malayziya va Bruney ham turadi. Neft va gaz qazib olishning eng yirik rayonlari – Sumatra (Indoneziya), Shimoliy Kalimantan (Malayziya va Bruney), Iravadi daryosi o’rta oqimidagi tekislik (Myanma), shuningdek Janubiy Xitoy dengizining konti’nental kshelfi uchastkalaridir. Neftni qayta ishlash markazlari uni olpib kiradigan va chiqadigan portlar hududidlarida shakllangan. Mintaqaviy jihatdan eng yirik markaz – Singapur. Yirik zavodlar Jakarta, Palembang, Surabaya, Telukbetung (Indoneziya), Limaya, Batangas (Filippin), Bangkok, Siriam, Chau (Maynma), Miri, Lutong, Kelang, Port-Dikson(Malayziya), Xoshimin, Xayfon (Vyetnam) da joylashgan.
Slayd 14
Tog’-kon va metallurgiya sanoati.
Bu sanoat turi mintaqada eng eski tarmoq bo’lib, eksport ahamiyati kattadir. Rangli metal;l rudalari va ularning qotishmalaprini olish katta o’rin tutadi. Eng katta qalayi eritish markazlari sifatida Singapurdagi Brani orolida joylashgan. Boshqa markazlari Jorjtaun, Betteruert, Kelang (Malayziya), Pxuket (Tailand), Muntok (Indoneziya) kabilardir.
Alyuminiy sanoati markazlari Tanjung (Sumatra o.) mis Filippindagi Iligan, Toledo, Sipal va boshqa korxonalarda ishlab chiqariladi. Singapurda to’la siklli metallurgiya zavod bor.
Slayd 15
Kimyo va mashinasozlik sanoati.
Kimyo sanoati mineral o’gitlar va plastmassa ishlab chiqarishga asoslangan. Markazlari Singapur, Manila, Bangkok, Jakarta va Surabaida. Ushbu markazlarda farmasevtika va parfyumeriya tarmoqlari ham rivojlangan.
Kauchukni qayta ishlash korxonalari Malayziya yarim oroli qismining g’arbida, Tailand janubida va Yava khamda Sumatra orollarida joylashhgan. Mashinasozlik sanoati bu mintaqada alohida o’rin tutadi. Elektron mashinasozlik eksportning asosiy ulushini beradi. Uning markazlari Singapur, Malayziya, Filippin, Tailandda joylashgan.
Transport mashinasozligida kemasozlik asosiy o’rin tutadi. Markazlari Singapur, Jakarta, Surabaya, Bangkok, Manila, Xanoy kabilardir.
Slayd 16
Tekstil, oziq-ovqat va yog’ochni qayta ishlash sanoati.
Bu sohalar Singapur, Malayziya va Bruneydan tashqari barcha mamlakatlarda bandlik va mahsulot hajmi bo’yicha yetakchilik qiladi. Eng yirik tekstil korxonalari Yava orolidagi shaharlar, Visay orollari (Filippin)da joylashgan. Guruch oqlash, qand, yog’-moy, tamaki ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Port pshaharlarida yog’ochni qayta ishlas korxonalari joylashgan va mahsulotlari asosan eksport uchun tayyorlanadi.
Slayd 17
Qioshloq xo’jalik mydonlari mintaqaning 20% hududini egallaydi. Eng yuqori ulush Tailandda (45%), enkg kam ulush Bruney, Singapur va Laosda (2-7%).
Indoneziya va Laosda yaylovlar yerlarning 1/3 qismini egallkagan. Asosiy ekin turu sholi. Tailand, Myanma va Indoneziyada sholi ekin maydonlarining yarmini tshkil qiladi. Geveya daraxti Malayziya, Indoneziya, Tailand va Janubiy Vyetnamda katta maydonlarga ekilgan. Ikkinchi muhim ekin moy olinadigan Palmadir. Bu ekin G’arbiy Malayziya, Filippin, Indoneziyada ko’p ekiladi. G’o’za Tailand va Myanmada, Filippinda abaki nomli tolali ekin ekiladi. Tailand va Indoneziyada shakarqamish yetishtirish yaxshi rivojlangan.
Mintaqada yana kokos palmasi, ananas, choy, kofe, tamalki va ziravorlar yetishtiriladi.
Ziravorlar Molukka orollari, Filippin, Vyetnam va Kambopjada yetishtiriladi.
Chorva mollarining soni bo’yicha Tailand birinchi o’rinda turadi. Madura va Timor orollaprida chorvachilik yetakchi sohadir. Islom diniga e’tiqod qilinmaydigan davlatlarda cho’chqachilik rivojlangan.
Slayd 18
Slayd 19
Slayd 20
Slayd 21
Slayd 22
Janubiy sharqiy Osiyo mintaqasi tarixida dengiz transporti katta ahamiyatga ega bo’lgan. Mamlakatlar orollarda joylashgan ,va materik pqismi davlatlari ham dengiz qirg’og’ida shakllanganligi uchun tarixiy rivojlanishda dengizlar orqali aloqa qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Quruqlik transporti asosan XX asrda rivojlanjgan. Ba’zi davlatlarda temir yo’llar juda kam shakllangan. Mamlakat ichidagi aloqalar ko’p hollarda daryolar va dengiz qirg’oqlari orqali amalga oshadi.
Transport.
Slayd 23
Slayd 24
Slayd 25
Slayd 26
Slayd 27
Slayd 28
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
ILK O‘RTA ASRLARDA GEOGRAFIK BILIMLARNING RIVOJLANISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.