O‘zbekistonning geografik o‘rni va iqlimi
4000 so'm

Slayd 1
O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari
Slayd 2
Reja:
Oʻzbekistoninggeografik oʻrni.
Tabiysharoyiti.
Qazilmaboyliklaril.
Slayd 3
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56°00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng.
Slayd 4
O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan. Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik okrugdan farq qiladi.
Slayd 5
O‘zbekiston chegarasining ko‘p qismi tekisliklar, ozroq qismi adir va tog‘lar orqali o‘tadi. Respublikamiz shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston bilan, sharqda Qirg‘iziston bilan, janubi sharqda Tojikiston bilan, janubi g‘arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda O‘zbekiston Surxon-Sherobod vodiysida Afg‘oniston bilan (Amudaryo orqali) chegaradoshdir.
Slayd 6
O‘zbekiston maydoni 448,9 ming kv.km bo‘lib, kattaligi jihatidan O‘rta Osiyoda Qozog‘iston va Turkmanistondan keyingi o‘rinda turadi. O‘zbekiston maydoni Yevropadagi Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O‘zbekiston hududi Belgiya, Niderlandiya va Daniya kabi davlatlarning yer maydonini qo‘shib hisoblasak ham, ulardan 4 marta, Shveysariyadan 10 marta, Belgiyadan 14 marta katta.
Slayd 7
O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Hududining katta qismini (78,7%) tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq botiqlardan iborat. O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer yuzining tuzilishi katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32 gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0 gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus, Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi.
Tabiiy sharoiti
Slayd 8
Ma’lumki O’zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi, hududiy bo’linish prinsiplari tabiiy geografiyaning eng muhim munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan prinsipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo’lib qilmasdan xalq xo’jaligining turli sohalari uchun ham muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Slayd 9
Tabiiy geografik rayonlashtirish bu hududda ma’lum qonuniyat asosida joylashgan va t abiatda obyektiv mavjud bo’lgan, bir-biridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy komplekslarni aniqlash jarayonidir. Tabiiy geografik rayonlashtirishning eng muhim prinsiplari: birlik prinsipi, komplekslilik prinsipi, obyektivlik prinsipi, nisbiy bir xillik prinsipi, genetik prinsip tashkil etadi.
Slayd 10
Tabiiy geografik rayonlashtirishning keyingi birligi qatoridan okrug o’rin olgan. Mamlakatimiz tekislik va tog’ oldi provintsiyalari bir biridan farq qiladigan kichik hududiy komplekslar ya’ni okruglardan tashkil topgan. Okruglar asosan hududning makroiqlim ko’rsatgichlarining o’xshashligi, geologik tuzilishi va tabiiy – tarixiy genetik jihatdan bir xilligiga ko’ra farqlanadi.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
ILK O‘RTA ASRLARDA GEOGRAFIK BILIMLARNING RIVOJLANISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.