O‘lkashunoslikda turizm obyektlarini o‘rganish
4000 so'm

Slayd 1
O‘lkashunoslikda turizm
obyektlarini o‘rganish
Slayd 2
Reja:
Turizm turlari
O’lkada turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
Xalqaro turizm haqida tushuncha
Slayd 3
Sayohatchilik bugungi kunga kelib faqat uzoq o’lkalarni o’rganish, yangi yerlarni qo’rishgina bo’lib qolmay, sog’lomlashtirish, dam olish, ko’ngil ochish kabi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi hamdir. Turizmni rivojlantirish bosqichlarida ilmiy eqspeditsiyalar, ma’rifiy haraqterdagi sayohatlar, ko’ngil ochish va sport yo’nalishidagi tadbirlar amalga oshirilgan. Sayohatchiliqning shakllanishi tabiiy, hududiy va ijtimoiy madaniy harakter kasb etadi. Tabiiy xarakterdagi sayohatchiliq asosan tabiati qiziqarli va chiroyli, betakror qo’rinishda bo’lgan hududlarda shakllanadi. Bu yo’nalish tabiat bilan ilmiy maqsadda shug’ullanuvchilar, tabiatga estetik zavq manbai sifatida qarovchilarni birlashtiradi.
Turizm (tourism)terminini birinchi bo‘lib 1830 yilda V.Jekmo tomonidan qo‘llanilgan edi. Bu tushuncha fransuz tilida «tour», sayohat ma’nosida ishlatilgan. Turizm va turist tushunchalari o‘z navbatida bir ma’nodagi tushuncha sifatida qarash noo‘rindir. Binobarin, bu termin va tushunchalarga Bern universiteti professorlari Xunziker va Krapflar aniqroq baho beradi. Jumladan, turizm-o‘zi yashaydigan joydan boshqa joyga, hududga, mamlakatga, mamlakatidan tashqariga bo‘sh vaqtlarida dam olish, sog‘lig‘ini tiklash, sog‘lomlashtirish, mehmonga borish, diniy va ish yuzasidan haq to‘lanadigan maqsadlaridagi tashrifidir.
Slayd 4
O’zbekiston Respublikasi «Turizm haqidagi» qonuniga muvofiq turizm bu – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan soglomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) xaq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan xolda uzog’i bilan bir yil muddatga junab ketishi (sayoxat kilishi);
Aholining o‘zi yashab turgan mintaqa, hudud, o‘lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish maqsadida uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, ya’ni turizm deyiladi. «Turizm» termini fransuzchadan olingan bo‘lib, «tour» – aylana, aylanma harakat va «sayr-sayohat» degan ma’noni anglatadi
1963 Yilda Bmt-ning Xalqaro turizmga oid Rim konferensiyasiga muvofiq «sayyoh» deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida o‘sha yerda turib, sayyohlik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi (Mironenko, Tverdoxlebov, 1981, b.11). Agar kishilarning ana shu muddat davomida mamlakat hududining boshqa joyida o‘zi yashab turgan manzildan tashqarida bo‘lishi mahalliy turizm deyiladi
R. Abdumalikovning fikricha, turizm- sayohat paytida «tur» (belgi) o‘rganish degan ma’noni bildirib, tog‘, adirlar va uzoq masofalarga sayohat qilish, oxirgi manzilga belgi qo‘yib kelish yoki cho‘qqiga chiqqanlikni bildirish uchun biron belgi qo‘yishni anglatadi, deb ta’riflaydi (Abdumalikov, 1978 ). Bu fikr ko‘proq maktab o‘lkashunosligi va turizmi bilan bog‘liqdir
Slayd 5
Turizm to’grisidagi qonunda turizmga shunday tavsif berilgan.
Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy – amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi);
Turist – O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs;
-turistik faoliyat – ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat;
Ekskursiya faoliyati – turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqaob’ektlar bilan tanishtirish maqsadidaoldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi;
Slayd 6
Tur – muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreasiya, ekskursiya xizmatlari va boshqaxizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat;
Turistik xizmatlar – turistik faoliyat sub’ektlarining joylash-tirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklamaxizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqaxizmatlar;
Turistik industriya – turistik faoliyatning turistlargaxizmat ko‘rsatishni taminlovchi turli subektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport kor-xonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui;
Turistik faoliyat sub’ektlari – belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar;
-turistik guruh rahbari – turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs;
Turistik resurslar – tegishli hududning tabiiy – iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy – madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy – maishiy ob’ektlari majmui.
Slayd 7
Rekreatsiya geografiyasi dam olish, hordiq chiqarish, sog‘liqni tiklash, tabiat go‘zalligidan zavqlanib, ruhini ko‘tarishga qaratilgan faoliyat majmuini o‘z ichiga oladi. Rekreatsiya so‘zi polyakcha «rekrasia» – dam olish, lotincha «rekratio» – sog‘liqni tiklash demakdir. Binobarin, uzoq muddatga mo‘ljallangan rekreatsion faoliyat turizmga mos keladi va shu nuqtai nazardan ham turizm geografiyasi an’anaviy rekreatsion geografiyaning bir qismidir.
Rekreatsion turizm bevosita sog‘liqni tiklash (sanatoriya, kurort, pansionat va h.k) bilan ham bog‘liq. Bizningcha, turizm geografiyasi bilan rekreatsiya turizmi bir biri bilan aloqador tushunchalardir. Chunki, rekreatsiya geografiyasi kishilar sog‘lig‘ini tiklash, sog‘lomlashtirish, dam olish paytida turistik ekskursiyalar uyushtirilib, ularning sayohatlarga chiqishi bevosita turizm bilan bog‘lanib ketadi.
Ba’zi olimlar fikricha, turizm o‘zining umumiy xususiyatlari va funksiyalariga ko‘ra uch tipga ajratildi; 1. Davolanish, 2. Sog‘liqni tiklash-sport 3. Tanishuv turizmi (Yerdavletov, 2000). Bizning fikrimizcha, yuqoridagi tipologik funksiyalarni hisobga olgan holda turizmni sog‘lomlashtirish va sport, tanishuv, diniy, kasbiy va boshqa turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Dmitrevskiy bulardan tashqari, ilmiy, ekskursion, festival, xizmat, qishloq turizmlarini ham belgilagan (Dmitrevskiy, 2000)
Ma’lumki, turizmning 2 asosiy bo‘limi mavjud bo‘lib, bular ichki (mahalliy) va tashqi (halqaro) turizmdir. Mahalliy turizm – bu o‘z mamlakati hududida qiyinchiliksiz (vizasiz, bojxona to‘siqlarisiz va h.k) istalgan joyga safar qilishi, dam olishi va boshqa turistik faoliyatda mashg‘ul bo‘lishidir. Mahalliy turizm bilan xalqaro turizm bir biri bilan chambarchas rivojlanib boradi. Ammo mahalliy turizmda so‘zlashuv, transport (ko’pchilik o‘z shaxsiy avtomobillarida sayohat qilishini hisobga olib) va boshqa muammolar ancha oson kechadi.
Xalqaro turizm – bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtiriladigan sayohatdir. U viza, meditsina tekshiruvi, valyuta almashtirish va boshqa ko‘pgina tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro turizm ma’lum maqsadda uyushtirilgan marshrut yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar Shu davlatning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati, san’ati, urf odati bilan tanishish hamda boshqa betakror turistik ob’ektlaridan zavq olishdan iboratdir.
Sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash turizmi bevosita rekreatsiya turizmi bilan bog‘liq bo‘lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatdir. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish rekreatsiya majmuiga kurort deyiladi. «Kurort» so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u «davolanadigan joy» ma’nosini anglatadi.
Slayd 8
Madaniy turizmni rivojlantirishda madaniy markazlar
Bugungi kunda 150 ga yaqin milliy-madaniy markazlar o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shu yo‘nalishda markazlar tuzish bo‘yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda.
Viloyatlar buyicha olinganda Qoraqalg‘istonda 5ta, Andijonda 5ta, Buxoroda 10 ta, Jizzaxda 5 ta, Qashqadaryoda 4 ta, Navoiyda 6 ta, Namanganda 4 ta, Samarqandda 11 ta, Sirdaryoda 9 ta, Surxandaryoda 4 ta, Xorazmda 2 ta, Toshkent viloyatida 33 ta, Toshkent shaxrida 23 ta va respublika miqyosida 13 ta milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmokda.
Bugungi kunda respublikamizning turli viloyat va shaharlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 73 ta muzeydan 22 tasi o‘lkashunoslik, 14 tasi tarix, 10 tasi badiiy, 12 tasi me’morial va bittasi tabiiy-ilmiy muzeydir.
Slayd 9
Saqlash xonalari arxivlar uchun belgilangan tartibda o’rnatilgan metall stellajlar bilan jixozlanadi:
-Asosiy o’tish yo’laklarining kengligi(stellajlar qator orasi 120 sm)
-Polkalar o’rtasidagi masofa 40 sm.dan oz bo’lmagan, o’zgaruvchi.
Devor bilan unga parallel bo’lgan stellajlar orasidagi masofa – 75 sm
Qog’oz asosidagi xujjatlarni uzoq muddat saqlanishi uchun saqlash xonalarida saqlashning optimal xarorat rejimi o’rnatilgan. Xarorat 17-19S, nisbiy namlik 50-55%.
Davlat saqloviga taaluqli xujjatlar quyidagi muddatlar tugagandan so’ng davlat arxivlariga qabul qilinadi:
Respublika xokimiyat va boshqaruv organlari, Oliy sud, Oliy Xo’jalik Sudi, Prokuratura, Fanlar Akademiyasi xujjatlari uchun – 10 yil;tumanlar va shaxarlar, kolxozlarga bo’ysinuvchi muassasalar uchun – 5 yil;fuqorolik xolati aktlari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo’yicha xujjatlar, notarial xarakat yozuvlari, sud yig’majildlar–75 yil;ilmiy texnik xujjatlar – 25 yil; kinofil’m, kinoturial, kinoyilnoma syujetlari, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar – nusxa ko’chirish tugagandan so’ng, lekin ko’rish bilan – 3 yil; fotosuratlar – 3 yil; magnit lentalari va disklar – 5yil.
Slayd 10
Toshkent turistik mintaqasi.
Farg‘ona turistik mintaqasi
Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasi
Samarqand turistik mintaqasi
Slayd 11
Navoyi viloyati
Qaraqalpog‘iston Respublikasi
Xorazm viloyati
Buxoro-Navoiy turistik mintaqasi.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Eng qadimgi dunyo geografik bilim va tasavvurlarining rivojlanishi (eramizning V asrigacha) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI RIVOJLANISHI HAQIDA NAZARIYA VA QONUNLAR. AHOLINING TARKIB TOPISHI. AHOLINING HUDUDIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.