Ishlab chiqarishning iqlim o’zgarishiga ta’siri
4000 so'm

Slayd 1
Ishlab chiqarishning iqlim o‘zgarishiga ta’siri.
Slayd 2
Sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning iqlim oʻzgarishiga ta’siri
Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari
Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot
Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillar
Slayd 3
Iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulyatsiyasining o‘ziga xos rejimini vujudga keltiradigan, ma’lum joy uchun eng ko‘p takrorlanadigan ob – havo xususiyatlari tushuniladi.
Iqlim va uning o‘zgarib turishi o‘simliklar va hayvonot olamining rivojlanishi va insonning inson sifatida shakllanishini ta’minlaydi.Bugungi kunda iqlim oʻzgarishining asosiy omillariga misol qilib bevosita inson faoliyati, jumladan sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning rivojlanishi natijasida iqlim oʻzgarishiga oʻzining salbiy ta’sirlarini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Pf-4947-son «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi toʻgʻrisida» gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʻyoriyhuquqiy hujjatlarda ham iqlim oʻzgarishi, hozirgi ekologik vaziyatni yaxshilashgaalohida eʻtibor qaratilgan.
Slayd 4
Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin koʻpaymoqda. Bu esa sayyoramizda «bugʻxona hodisasi»ni kuchaytirib, keskin iqlim oʻzgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar koʻpaymoqda.
Dunyoning koʻpgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yogʻingarchilik odatdagidan ancha koʻp boʻlsa, boshqa hududlarda qurgʻoqchilik avj olyapti. Joriy yilning oʻzida kuzatilgan «tabiiy meʻyorlarning buzilish» holatlari bunga yaqqol misol boʻladi.
Hisob-kitoblarga koʻra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Olimlarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga koʻtarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini koʻpaytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilishoʻrniga, Yerning oʻzida qolib, «bugʻxona hodisasi»ni keltirib chiqarmoqda.
Slayd 5
Oʻzbekiston hududi boʻyicha iqlim monitoringi ma’lumotlari XX asr va XXI asr boshlarida isishning turgʻun tamoyilini koʻrsatmoqda, uning surʻati oʻn yillik uchun 0,2 C dan oshadi, bu shimoliy yarimshar boʻyicha isishning oʻrtacha surʻatidan 40 % ga ortiqdir. Global isish mintaqadagi iqlimiy sharoitlarni murakkablashtirib, yozgi mavsumda – qurgʻoqchilik va jaziramani kuchaytirgan, qishki qahratonni esa uzaytirgan.
Orol boʻyida selsiy boʻyicha 40 daraja issiqdan ortiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan. Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda.
Ba’zi olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar.
Slayd 6
Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari.
Iqlim tizimi, iqlim tizimi komponentlari va ular orasidagi bogʻliqlik, teskari aloqalar mexanizmi, iqlim oʻzgarishi va shakllanishiga ta’sir etadigan ichki va tashqi jarayonlar, issiqlik va namlik almashinuvi, atmosfera sirkulyatsiyasi, geografik kenglik ta’siri, Yerda dengiz va quruqlikning taqsimlanishi, qor va oʻsimlik qoplami, orografiya va iqlim, iqlimning balandlik boʻyicha oʻzgarishi, iqlimning kontinentalligi. Iqlim tizimi oʻzida beshta muhim komponentlarni: atmosfera, gidrosfera, kriosferalar (muz va qor), quruqlik va biosferasi yuza qismi va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻz ichiga olgan murakkab tizim.
Slayd 7
Tashqi jarayonlar
Iqlim oʻzgarishi shakllanishini tashqi va ichki qismlarga boʻladi.
Ichki jarayonlarga
quyosh radiatsiyasining quyilishi;
atmosfera tarkibi oʻzgarishi, litosferada boʻladigan jarayonlar va koinotdagi aerozollar va gazlar oqimi;
okeanlar, materiklarning koʻrinishi oʻzgarishi;
atmosferaning okeanlar, quruqlikning yuza qismi va muzning (issiqlik almashuvi, bugʻlanish, yogʻingarchiliklar) bilan oʻzaro harakati;
muz-okean oʻzaro harakati;- atmosferaning gaz va aerozollar tarkibini oʻzgarishi;
bulutlilik; – qorli va oʻsimlik qoplami.
Slayd 8
Atmosfera – atmosfera sharoitida issiqlikni Yer tizimida olish, uzatish, oʻtkazish va yoʻqotish kabi murakkab jarayonlari bilan xarakterlanadi. Toʻgʻridantoʻgʻri quyosh radiatsiyasi atmosferadan oʻtib va tarqatilgan radiatsiya atmosferada qisman aks etadi. Ammo koʻp miqdorda u nurni oʻziga yutadi va suv havzalari, tuproq yuzalarini isitadi. Yer yuza qismi infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqarib, uni atmosfera yutib, isiydi. Yer va atmosfera radiatsiyasi birgalikda doimo dunyo miqyosiga chiqarib turiladi va quyosh radiatsiyasi bilan birgalikda quyosh radiatsiyasini sayyoramizga kelishini tenglashtiradi. Quyosh nuri energiyasining bir qismi Yer yuzasi va atmosferani isitishga yoʻnaltiriladi. Yer yuzasiga tushadigan issiqlikning katta qismi suvni isitishga sarflanadi. Atmosferada suv bugʻi yigʻilishi natijasida issiqlik chiqadi, u esa oʻz navbatida havoni isitishga yoʻnaltiriladi. Issiqlik almashuvi havo oqimi orqali issiqlikni gorizontal oʻtkazish muhim jarayondir.
Slayd 9
Olimlarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi koʻproq insoniyatning oʻz faoliyati davomida atmosferaga tobora koʻp parnik gazlarini chiqarishi tufayli yuz beradi. Va bu bilan yer kurrasining isib ketishiga sabab boʻladi.
Biz kazilma yoqilgʻisini yoqamiz. Zavodlar atmosferaga katta xajmdagi karbonat angdrid gazini chiqarib yubormoqda.
Atmosfera xuddi issiqxona oyna devorlari tarzida ishlaydi: koʻrinib turgan nurni kiritadi va ichida nurlangan infrakizil nurni saqlab qoladi.
Birtomondan, parnik gazlari koʻplab kaytgan quyosh nurlarini ushlab kolishga yordam beradi va bu bilan yerdagi xayotuchun eng makbul boʻlgan xaroratni saqlab turadi. Bu gazlarsiz sayyoramizdagi oʻrtacha xarorat hozirgidagidek 15 daraja issiq emas, balki 18 daraja sovuq boʻlgan.
Slayd 10
Aynan okean oqimlari yogʻinlarni olib keladigan bulutlarning qanday vaqancha hajmda hosil boʻlishiga javob beradi. Agar oqimlar oʻzgaradigan boʻlsa, barcha narsa, xamma global iqlim hosil qiluvchi jarayonlar xam oʻzgarib ketadi. Birok, iqlim oʻzgarishining sababi fakat insoniyat emas, balki yerdagi dinamik jarayonlar, iqlimni shakllantiruvchi tashki ta’sirlar, jumladan, quyidagilarni ham kiritish mumkin:
materiklar va okeanlarning ulchami, relefi va uzaro joylashuviningoʻzgarishi; quyosh yorituvchanliginingoʻzgarishi;
yer orbitasi va oʻqi koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;
atmosfera shaffofligi va tarkibining oʻzgarishi, jumladan, uning tarkibidagiparnik gazlari (So2 va Sn4) hissasining oʻzgarishi;
yer usti nur kaytarish xususiyatining oʻzgarishi;
okean tubidagi mavjud issiqlik miqdorining oʻzgarishi;
neft va gaz qazib olinishi oqibatida yer yadrosi va qobigi orasidagi tabiiyqatlamning oʻzgarishi.
Slayd 11
Iqlimga joʻgʻrofik kengliklarni ta’siri. Joʻgʻrofik kenglik iqlim belgilaritaqsimotining hududiylashganligini ifodalaydi. Quyosh radiatsiyasi choshgohdagi.
Quyoshning balandligi va nurlanishning davomiyligi aniqlanib, geografikkengliklarga bogʻliq holda atmosferaning yuqori chegaralariga kirib keladi.
Iqlimning balandlikda oʻzgarishi. Atmosfera bosimi yuqorida tushadi,quyosh radiatsiyasi va samarali nurlanish oʻsadi, daraja, solishtirma namlikkamayadi. Shamol yetarli darajada tezlik va yoʻnalishi boʻylab oʻzgaradi. Bundayoʻzgarishlar joyning tekisligiga qarab erkin atmosferada, katta va kichik ta’sirlar(yaqindagi yer yuza qatlami bilan bogʻliq) togʻlarda ham yuz beradi. Togʻlardabulut bilan qoplanganlik, yogʻingarchiliklar yuqoriligining xarakterli oʻzgarishlarikuzatiladi. Yogʻingarchiliklar qoidaga binoan avval joy balandligida kuchli qaydetiladi, lekin keyin ayrim bosqichlarda kamayadi.
Iqlimning daryolar va quruqlikka taqsimlanishining ta’siri. Quruqlik vadaryolar taqsimlanishi dengiz va kontinentalli iqlim turlariga boʻlinishiniifodalaydi. Iqlimning ta’rifining zonalashganligi quruqlik va daryolarning oʻzaninitoʻsish ta’sirida koʻrinadi. Okean sathi koʻtarilayotgan Janubiy yarim shardaShimolga nisbatan quruqlikning taqsimlanish darajasi simmetrik mintaqa,hududiylashganlik va daraja taqsimlanishi, bosimi, shamol tezligi yaxshiligianiqlangan. Markazalar koʻpyillik oʻrta kartalarida atmosfera bosimini harakatiniquruqlik va dengizlarni taqsimlanishiga bogʻliqligini koʻrsatmoqda: yozdamateriklar ustida yuqori bosimni subtropik hududlarida tarqaydi; materik ustidagimoʻtadil kengliklarda qishda yuqori, yozda esa past bosimni kuzatish mumkin.
Slayd 12
Iqlimni shakllantiruvchi tabiiy tashki ta’sirlar
Materiklar va okeanlarning ulchami, relefi va uzaro joylashuviningoʻzgarishi;
quyosh yorituvchanliginingoʻzgarishi;
yer orbitasi va oʻqi koʻrsatkichlarining oʻzgarishi;
atmosfera shaffofligi va tarkibining oʻzgarishi, jumladan, uning tarkibidagiparnik gazlari (So2 va Sn4) hissasining oʻzgarishi;
yer usti nur kaytarish xususiyatining oʻzgarishi;
okean tubidagi mavjud issiqlik miqdorining oʻzgarishi;
neft va gaz qazib olinishi oqibatida yer yadrosi va qobigi orasidagi tabiiyqatlamning oʻzgarishi
Slayd 13
Antropogen sabablari.
Antropogen omillar jumlasiga atrof-muhitni oʻzgartiruvchi va iqlimga ta’sir qiluvchi inson faoliyati xam kiritiladi.
Yerdan foydalanish, ozon qatlamining yemirilishi, chorvachilik va oʻrmonlarning kesilishi kabi boshqa omillar xam ikpimga ta’sir kiladi.
Parnik gazlari Parnik gazlari global isib ketishning asosiy sababchisi, deb sanaladi, Sugʻorish, daraxtlarni kesish va qishloqxoʻjaligi atrof-muxitni tubdan oʻzgartirib yuboradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada katta miqdordagi mollarning boqilishi sababali yaylovlar degaradatsiyasi kelib chiqdi. Bu nafaqat mahalliy iqlimga, balki global jarayonlarga salbiy ta’sir oʻtkazdi. Koʻplab hududlarda choʻllanish sodir boʻlmoqda.
Hozir shaharlarda sayyoraning yarim aholisi hayot kechiradi. 1 Million aholisi bor shaharlar kuniga 5 ming tonna Co2 va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan tashqari, katta shaharlarda havo darajasi «issiq» obʻektlari: binolar, mashinalar va boshqalar tufayli birmuncha yuqori.
Slayd 14
Iqlim oʻzgrarishi oʻn va yuz yillar yoki bundanda ham uzoq muddatlarda vulqonlarning harakati, quyosh faolligining oʻzgarishi, okeanlar oqimi sirkulyatsiyasi yoki Yerdagi tub oʻzgarishlar kabi tabiiy jarayonlar kechuvi bilan amalga oshadi.
Kishilik jamiyatining issiqxona va aerozol gazlarni atmosferaga koʻplab chiqarishi, Yer yuzining oʻzgarishi yoki ozon qatlamini oriqlanishi hisobiga ham iqlim oʻzgarishi mumkin.
Global iqlim, biologik, geologik va kimyoviy jarayonlar tabiiy ekotizimlar bilan oʻzviy bogʻlangan.
Ulardagi bir jarayonlar kechuvining oʻzgarishi boshqalariga ham ta’sir qiladi, aksariyat hollarda birinchisiga qaraganda ikkinchilarida ushbu oʻzgarishlar kuchliroq sodir boʻladi.
Slayd 15
Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablar nimalardan iborat?
Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillarga nimalar kiradi?
Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi antropogen ta’sirlarga aniq misollarkeltiring?
Iqlim oʻzgarishiga namlikning va harotatning ta’siri?
Qanday gazlar «issiqxona gazlari» deyiladi?
“Issiqxona gazlari» ga sabab boʻluvchi asosiy omillar nimalardan iborat?
Atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi oʻsishi iqlim oʻzgarishigaqanday ta’sir koʻrsatadi?
Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar va urbanizatsiya haqida qanday fikrdasiz?
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Aholi sonini hisoblash va tahlil qilish. Mehnat resurslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Jizzax viloyatining ichki suvlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.