O‘lkashunoslik fanidan arxeologiya va foydali qazilmalar
4000 so'm

Slayd 1
O‘lka tarixi
Slayd 2
Reja:
Arxeologik yodgorliklarining
O’rganilishiarxeologik yodgorliklarga nimalarni o’z ichiga
Oladiarxeologik tadqiqotlar
Slayd 3
Arxeologiya tarix fanining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur fan insoniyatni qadimgi tarixini yozma manbalar keng tarqalgan davrgacha bo’lgan qismini o’rganadi. Insoniyatni qadimgi tarixini arxeologiya fani qadimgi manzilgohlarning, qal’alarning, uylarning, ustaxona va ishlab chiqarish korxonalarining, ibodatxonalar va dafn qilish inshoatlari qadimgi rasmlar qoldiqlari asosida o’rganadi. Mazkur yodgorliklar arxeologik qidiruv va qazilmalar yordamida o’rganiladi. Arxeologik tadqiqotlar ikkita katta guruhga bo’linadi: – dala ishlari. Dalada asosan arxeologik qidiruv va qazish ishlari oxirida xisobot yoziladi. Mazkur xisobotlar tarixiy manbaa xisoblanadi; – tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarni taxlil qilish ishlari. Arxeologik tadqiqotlarning asosiy manbai bo’lib arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklarga quyidagilar kiradi: qadimgi odamlarni manzillari; qadimgi odamlarni doimiy turar joylari; qadimgi shaxarchalar, shaxarlar, qal’alar va saqlanish joylari; shaxtalar; ustaxonalar, qadimgi qabrlar; ibodat joylari va binolari; qoyalardagi rasmlar, tasvirlar va yozuvlar, qadimgi inshoatlar (ko’priklar, to’g’onlar, kanallar, quduqlar), xazinalar (tangalar, turli xil taqinchoqlar). Arxeologik qidiruv ishlari dalada olib boriladiganasosiy tadqiqot ishlari xisoblanadi. Arxeologik qidiruv ishlari tugagandan so’ng arxeologik qazish ishlari olib boriladi.
Slayd 4
O’zbekiston hududida turli xil mineral resurslar tarqalgan. Respublika hududida yonuvchi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa, oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, ruh, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining orasida yetakchi o’rinlarda turadi.
O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha ajralib turadi. Mdh davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa sakkizinchi o’rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntog’, Ko’kpatas, Uchquduq, bundan tashqari, Zarmiton, Marjonbuloq, Chodak, Qo’ytosh va boshqalardir. Muruntog’ oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi Zarafshon shahri qad ko’targan.
Qashqadaryo viloyati gaz zahiralari jihatidan Respublikada yetakchi o’rinni egallaydi. Keyingi paytlarda Ustyurt platosida ham yangi-yangi gaz konlaritopildi.
Respublika hayotida ko’mirning ham o’ziga xos o’rni bor. Respublikada qazib olinadigan ko’mirning 95%i Toshkent viloyatida-Angren ko’mir havzasiga to’g’ri keladi. Bu yerda ko’mir ochiq usulda qazib olinadi. Shu sababli mahsulotning tannarxi ancha arzondir.
Slayd 5
Arxeologik qidiruv ishlarining asosiy maqsadlaridan biri joydagi barcha arxeologik yodgorliklarni aniqlashdan iborat. Odatda bunday keng qamrovdagi arxeologik qidiruv ishlari joyda yirik qurilish ishlarini boshlanish munosabati olib boriladigan (Ges, sanoat korxonasi, milioratsiya ishlari va x.k.). O’rta Osiyoda qadimgi odamlari manzillarini qidirish qadimgi sug’orish tizimlari tarqalgan joylarda olib boriladi. Chunki ko’pgina qadimgi manzilgohlar sug’orish tizimlari bo’ylab joylashadi. Arxeologik yodgorlik topilgan taqdirda u quyidagi tartibda o’rganiladi: yodgorlikning maxalliy nomi; yodgorlik topilgan joyning nomi; yodgorlikn geografik joylanishi (eng yaqin qishloq, daryo, ko’l, yo’l, topografik punkt va x.k. nisbatan joylanishi). Har bir oreintirgacha bo’lgan azimut beriladi; yodgorlikning o’lchamlari aniqlanadi; madaniy qatlamni tarqalish chegarasi aniqlanadi; yodgorlikning hozirgi holati tasvirlanadi; madaniy qatlamidan o’ra kavlanadi va unda uchragan topilmalar har bir 20 sm qatlamdan olinadi; yodgorlik topilgan joyning ko’z bilan chamalab plani olinadi. Aholi manzillarini arxeologik ovlash dalada olib boriladigan asosiy arxeologik ish xisoblanadi. Manzillarda kavlash ishlari olib borishdan oldin aniq bir ob’yekt tanlab olinadi. Kavlashni boshlashdan oldin tadqiq qilinadigan yodgorlik joylashgan joyning plani tuziladi.
Slayd 6
Katta yodgorliklar qator kuzatish ishlari natijasida tadqiq qilinadi. Qazish 100 m2 maydonda olib boriladi. Qaziladigan joy tomonlari 2 m dan bo’lgan kvadratlarga bo’linadi. Shunday qilib har bir qazish 25 ta kvadratdan iborat bo’ladi. Kvadratlar shimoldan janub tomon raqamlanadi, g’arbdan sharqqa tomon esa harflar bilan belgilanadi. Shundan so’ng tadqiqod ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:
Qazish joyidan chuqurlikni o’lchash uchun nuqta tanlanadi. Mazkur nuqtadan qazish ishlari boshlangunga qadar barcha kvadratlarning burchaklarini chuqurligi aniqlanadi. Shunday qilib qazilma bo’ladigan joy yuzasi makronivelerlanadi. Qazish ishlari boshlanishdan avvalgi joy yuzasi hozirgi joy yuzasi deb ataladi.
Har bir qatlam uchun plan tuziladi va unda aniqlangan topilmalar belgilanadi va inshoatning qoldiqlari chiziladi. Topilmalar raqamlanadi va ularning ro’yxati planning yon tomoniga yozib qo’yiladi. Har bir topilma qaysi kvadratdan va qaysi chuqurlikdan topilgani yozib qo’yiladi.
Har bir topilma o’raladi, etiketka yopishtiriladi, etiketkadan yodgorlikning nomi, yili, raqami, kvadrat raqami, chuqurligi yozib qo’yiladi.
Kvadratlar orasida hajmi 20 sm bo’lgan devorlar qoldiriladi. Ular yordamida qazilma joyini stratigrafiyasi aniqlanadi. Kundalikda har bir qatlamning tavsifi beriladi.
Slayd 7
Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukumronligi (1469-1493);
Toshkentda Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1469-1498);
Andijonda Umarshayx Mirzo hukmronligi (1469-1494)
Slayd 8
1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu yerda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo’lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo’ldi. XVII asrning birinchi yarmida Arab Muhammad hukmdorligi davrida xonlikning poytaxti Urganch shahridan Xiva shahriga ko’chirildi. XV asr o’rtalariga kelib temuriylar davlatining tarqoqligi kuchaydi. Bu davrda Movaraunnaxrning shimolida – Dashti Qipchoqda ko’chmanchi o’zbeklar davlati tashkil topdi. XV asr mobaynida Dashti qipchok o’zbeklari bilan Temuriylar o’rtasida to’xtovsiz kurash ketdi, oqibatda XVI asr boshida bu kurash Temuriylar davlatining engilishi bilan tugadi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchilar davlatining asoschisi Abulxayrxon 1428 yildan 1468 yilgacha hukumronlik qildi, so’ng bu davlat siyosiy inkirozga uchrab (parchalanib) tarqalib ketdi.
Slayd 9
Muhammad Shayboniyxon 1500-1510 yy.
Ko’chkinchixon 1510-1530 yy.
Abusaid xon 1530-1533 yy.
Ubaydullaxon 1533-1539 yy.
Abdullaxon I 1539-1540 yy. Abdulazizxon (Buxoro) 1540-1549 yy
Abdulatifxon (Samarqand) 1540-1551 yy
Navro’z Ahmad xon (Baroqxon) 1551-1556 yy. Pirmuhammad I 1556-1561 yy.
Iskandarxon 1561-1583 yy.
Abdullaxon II 1557 (1583)–1598 yy.
Abdulmo’min 1598-1599 yy.
Pirmuhammad II 1599-1601 yy.
Turkistonda hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.