O’zbekiston xalqlarining udumlari va bayramlari
4000 so'm

Slayd 1
O’zbekiston xalqlarining udumlari va bayramlari
O’zbekiston muzeylari
Slayd 2
Reja:
O’zbekiston xalqlarining qadimiy va zamonaviy udumlari
O’zbekiston xalqlarining an’anaviy bayramlari
Davlat bayramlari va ularning tarixi.
O’zbekiston muzeylari.
Slayd 3
An’analar va urf-odatlar
O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Slayd 4
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir.
Bu eng qadimgi va O’zbekistronda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi:
Ayrim oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi.
Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi.
Beshik To’Yi
Slayd 5
Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’ng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.
Slayd 6
Xatna Qilish
Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi.
Slayd 7
Fotiha To’Yi
Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jarayonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi.
Slayd 8
Xon-Atlas
O’zbek etnosining to’qimachilik tarixi qadimgi Marg’ilondan boshlanadi. Qirol ipagi haqidagi afsonada aytilishicha, bir paytlar Marg’ilon hukmdorlaridan biri kambag’al to’quvchining qizini sevib qolib, uni beshinchi xotin qilishga qaror qilgan.Qizning otasi xonning oyog’iga yiqilib, yosh qizini qo’yib yuborishini so’radi. Hukmdor faqat bir shart bilan rozi bo’ldi: ertalabgacha to’quvchi qizining chiroyidanda betakror go’zallikka ega bo’lgan narsa yaratishi kerak edi.Xafa bo’lgan chol ariq qirg’og’iga borib, u yerda uzoq vaqt o’ylanib, yomg’ir tomchilari uning ko’z yoshlari bilan qanday aralashganiga e’tibor bermadi. Birdaniga yomg’ir to’xtab, osmonda bulutlar paydo bo’ldi va chol ularni suvning aksida ko’rdi. Kamalakning barcha ranglari bulutlarda mujassam bo’ldi. Va shu payt u: «Oh, osmon, g’oya uchun tashakkur!» deb xitob qildi. Ustaxonasiga borib, u tun bo’yi ishladi, ertalab esa u xonga kamalakning barcha ranglari mujassam, bulut kabi havodor va havo kabi yengil misli ko’rilmagan matoni taqdim etdi.
Slayd 9
SumalakMarkaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari, o’zbeklar ham tengkunlik kuni — Navro’zni nishonlaydilar. O’zbeklarning an’anaviy taomi sumalak hisoblanadi.Bu bayramona taom un qo’shilgan paxta yog’ida qaynatilgan unib chiqqan va maydalangan bugdoy donalari sharbatidan tayyorlanadi. Sumalak tagiga olmasligi uchun esa qozon tagiga bir nechta tosh va yong’oq tashlanadi. Uni tayyorlash — quvvat talab qiluvchi jarayon, 20-24 soat davom etadi. Qolaversa, sumalakni doimo aralashtirib turib, shu bilan salbiy fikrlardan xalos bo’lish kerak. Tayyorgarlik, raqslar, kuylar va umumiy o’yin-kulgilar bilan birga bo’lishi kerak, chunki u bir oila emas, balki butun mahalla tayyorlaydi. Nihollangan donalar yopishqoq va shirin atalaga aylanganda, u sovitiladi, keyin esa piolalarga quyilib qo’shnilarga ulashiladi.
Slayd 10
Oʻlkashunoslik muzeylari — ilmiy tekshirish va madaniymaʼrifiy muassasa. Maʼlum geografik yoki maʼmuriy hududning tarixiy yodgorliklari, tabiiy ilmiy va badiiy toʻplamlari, xalq sanʼati asarlarini yigʻadi, saqlaydi, ilmiy oʻrganadi, koʻrgazmalar uyushtiradi va targʻib qiladi. Muzeylarning keng tarqalgan turi boʻlgan Oʻlkashunoslik muzeylari kompleks yoʻnalishga ega: unda, asosan, tabiat, tarix, baʼzilarida shuningdek sanʼat, adabiyot va etnografiya, ayrimlarida qishloq xoʻjaligi, iqtisod, sport kabi boʻlimlar ham boʻladi. Oʻlkashunoslik muzeylari katalog, yoʻl koʻrsatkichlar va boshqalarni nashr qiladi.
Slayd 11
O’zbekiston Tasviriy san’at galereyasi 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ochildi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining rangtasvir, grafika, va numizmatika namunalaridan iborat to’plam Galereyaning qurilishiga asos bo’lib xizmat qildi.
Galereya XX asr O’zbekiston tasviriy san’atining barcha davrlari, maktablari, yo’nalishlari va etuk rassomlar ijodini o’zida aks ettirgan boy to’plamiga ega. Hozirgi vaqtda Galereyaning rangtasvir va grafika to’plamida 1000 dan ortiq eksponat mavjud.
Galereya binosi barcha zamonaviy dunyo muzeylari tajribasi talablariga javob beruvchi va Markaziy Osiyo xududida o’xshashi yo’q noyob ob’ektlardan hisoblanadi. Katta ekspozitsion-ko’rgazma maydonidan (3 500 .kv. M.) tashqari Galereyada 15 ta zal makoni, eksponatlarni saqlash fondi, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ma’ruzalar zali, ta’mirlash ustaxonasi, bolalar ijod studiyasi mavjud.
Galereya faoliyati davrida nafaqat respublika, balki xududiy va xalqaro ahamiyatga ega turli keng ko’lamli madaniy aktsiyalarni o’tkazdi. Hozirgi vaqtda Galereya – bu respublikamizda va xorijda mashhur bo’lgan o’ziga xos madaniyat markazidir.
Galereya mamlakatimiz va uning orti xududidagi turli tashkilotlar, vakolatxonalar bilan sermaxsul hamkorlik uchun xamisha tayyor.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Jizzax viloyatining ichki suvlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyodagi demografik vaziyat. Demografik bashorat va demografik siyosat. Dunyo aholisining rivojlanishiga taalluqli global muammolar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.