Global mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar
4000 so'm

Slayd 1
Global, mintaqaviy va mahalliy miqyosdagi ekologik muammolarni aniqlash.
Slayd 2
Reja:
Global ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari
Ekologik muammolarning salbiy oqibatlari.
Turli ekologik kasalliklarning kelib chiqishi.
Muammolarning echimi va yo’llari.
Slayd 3
Tayanch tushunchalar:
global muammolar, dunyo issiqxonasi, ozon tuynuklari, cho’llashish, sho’rlanish muammolari, ichimlik suvi muammosi, ekologik kasalliklar.
Slayd 4
Keyingi yillarda sayyoramizning ekologik holati qanday o’zgarishlarga uchramoqda? Bu masala nafaqat soha mutaxassislarini, balki har bir kishini qiziqtiradi, chunki har bir insonning hayoti tabiatdagi sodir bo’layotgan o’zgarishlarga juda boliqdir. Televizor ekranidan, radio, gazeta va jurnallar orqali deyarlik har kuni sayyoramizning u yoki bu burchagida sodir bo’layotgan ekologik falokatlar haqida noxush xabarlar kelib turibdi:
Atmosfera havosi global darajada isimoqda,
Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda,
Ba’zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo’lmoqda,
Okean suvlarini isishidan to’fonlar paydo bo’lmoqda,
Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda,
Ichimlik suvi kamayib bormoqda,
O’rmonlar maydoni qisqarib bormoqda
Slayd 5
Slayd 6
Aholi soni inson paydo bo’lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo’lsa, 1830 yildan 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 2000 yilga qadar 6 mlrd.ga etdi. Shu darajada ko’payish davom etaversa, XXI asr o’rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga etishi mumkin. Odam sonining ko’payib borishi sayyoramizda yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Atmosfera havosining YEr yuzasi sathidan 15-25 km balandlik qismida mavjud bo’lgan ozon qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutib, YErdagi tirik organizmlarning hayotini muhofaza qilib turibdi. XX asrning 70-80 yillarida sayyoramizning har xil mintaqalari ustida «ozon tuynugi» sodir bo’layotganligi haqida olimlar ma’lumot berishdi. Rossiyalik olimlar Antarktida ustida 25 mln. Km2 kenglikda ozon qavatini siyraklashganligi haqida yaqinda (2004 yil) xabar qilishdi.
Slayd 7
Slayd 8
Ma’lumki sayyoramizning quruqlik yuzasining 40 mln.km2 maydoni quroqchil-arid hududlardan iborat. Dunyo aholisining 15% dan ortii (800 mln. Kishi) aynan shu mintaqada istiqomat qiladi. Suoriladigan erlardagi sho’rlanish, tuproq eroziyasi natijasida erlarning unumdorligi yo’qolmoqda. Yaylovlarda tartibsiz mol boqilishi, dov-daraxtlarning o’tin va boshqa maqsadlarda ayovsiz kesib yuborilishi yaroqsiz erlar maydonini uzluksiz kengayib borishiga sabab bo’lmoqda. Cho’llanish jarayonini keltirib chiqaruvchi sabablarning salkam 90% i inson faoliyati tufayli sodir qilinmoqda. Inson faoliyati tufayli yiliga 21 mln.ga er yaroqsiz holga kelmoqda, 6 mln.ga suoriladigan er cho’l tusini olmoqda, suoriladigan erlarning 90 mln.ga sho’rlanishga uchragan.
XX asrning keyingi choragida faqat cho’llanish jarayoni natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlarining yo’qotilishidan ko’rilgan zarar miqdori 520 mlrd. AQSh dollariga etdi. Kelgusida cho’llanish kengaymasligini oldini olish uchun ixota daraxtlari ekish va boshqa amaliy tadbirlar ko’rilmoqda.
Slayd 9
Slayd 10
Yer sharidagi namtropik o’rmonlar «sayyoramizning o’pkasi» hisoblanib, atmosfera havosidagi kislorod muvozanati aynan mana shu o’rmonlar yordamida saqlanib turadi. XX asrning o’rtalaridan to 70-yillargacha dunyodagi o’rmonlar maydoni ikki barobariga (50 mln. Km2 dan 25 mln. Km2 gacha) qisqardi. Hozirgi kunda namtropik o’rmonlar xududi yilida 16-20 mln.ga dan ziyod yoki har daqiqada 25-50 ga maydonga qisqarmoqda. Afrikadagi namtropik o’rmonlar maydoni XX asr mobaynida 65% qisqardi. O’rmon yoninlari, qishloq xo’jalik uchun yangi erlarni ochilishi, daraxtlarni o’tin va qurilish maqsadida ishlatish uchun kesib yuborilishi o’rmonlarni qisqarishiga sabab bo’lmoqda.
Hozirgi davrda Lotin Amerikasi mamlakatlarining 20%i, Afrikaning 60%i va Osiyo mamlakatlarining 10%i energiya ehtiyoji o’tin yoqish hisobiga qondirilmoqda. Shuning oqibatida faqat rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zida yiliga 2 mlrd. M3 o’rmon o’tinga aylanmoqda.
Yaqin chorak asr mobaynida okean suvlarining ifloslanishi 1,5-3 martaga ko’payishi kutilmoqda. Dunyo okeani suvlariga yiliga taxminan 10 mln. Tonna neft mahsulotlari qo’shilmoqda. Uning 44% ga yaqini daryolar orqali tushayotgan bo’lsa, qolgan qismi dengiz floti zimmasiga to’ri kelmoqda. Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlaridan chiqib okean suvini ifloslantirmoqda.
Slayd 11
Suv o’zining erituvchanlik hususiyati bilan yerda hayotni ta’minlab turibdi. Sayyoramizning to’rtdan uch qismini suv tashkil etsa ham, uning 1-2% ichishga yaroqlidir. Hozirgi vaqtda sayyoramizda ichimlik suvi katastrofik darajada kamayib ketmoqda. Uning kamayishini asosiy sababi oldingi ichishga yaroqli bo’lgan suv havzalarini ifloslantirish, ba’zi kimyoviy zavodlarda undan ko’p foydalanish orqali sodir bo’layapti.
Hozirgi davrda sayyoramizda ichimlik suvi etishmasligidan 2 mlrd. Kishi qiynalayapti. AQSh ning Sru (markaziy razvedka boshqarmasi) ning ma’lumotga ko’ra 2015 yilda sayyoramizdagi aholini yarmiga ichimlik suvi etishmasligidan qiynalib qoladi. Bmt ning bosh kotibi Kofi Annananni fikricha 2025 yilda sayyoramiz aholisini uchdan ikki qismiga ichimlik suvi etmay qoladi. Bu 7,5 mlrd. Kishini tashkil etadi.
Slayd 12
Slayd 13
Yuqorida keltirilganlarga binoan unchalik uzoq bo’lmagan kelajakda sayyoramizda global darajadagi ekologik krizislar sodir bo’lishi mumkin. Oqibatda iqtisodda umumiy krizis bo’lib, aholi soni keskin qisqaradi. Bu hodisani amerikalik olim Forrester va boshqalar o’zlarining «O’sish chegarasi» (1972 yil) nomli asarlarida ilmiy asosladilar. Ular aholi sonini o’sishini tabiiy boyliklarni iste’mol qilishini kuchayayotganligi bilan solishtirib (yilida YErdan 100 mlrd. Tonna tabiiy boyliklar-metall, neft, gaz, ko’mir va hokazolar olinayapti), aholining o’sishi, krizisga olib kelishini, bu esa aholini keskin kamayishiga olib keladi, deb bashorat qiladilar.
“O’sish chegaralari» nomli asarda yuqorida keltirilganlardan tashqari qo’shimcha fikrlar ham bildiriladi. Ammo bu fikr oldingi fikrni mazmunini o’zgartirmaydi, ya’ni agar zapas mineral boyliklar ikki barobar ko’p deb faraz qilsak ham XXI asrning o’rtalarida sayyoramiz aholisi keskin qisqaradi. Chunki, bu davrda atrof-muhitni ifloslanishi shunday darajaga etadiki, oqibatda aholini bir qismi qirilib ketadi.
Slayd 14
Slayd 15
Shunday qilib, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekologik falokatlarni oldini olish uchun aholini sonini o’sishini ongli ravishda to’xtatish, tabiiy resurslardan foydalanishni keskin kamaytirish (tejash), sanoat ishlab chiqarishini o’sishini to’xtatish, tashqi muhitni ifloslanishini oldini olish bo’yicha keskin choralarni ko’rishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish tadbirlarini ko’rish va hokazolar. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, XXI asrda iqtisodiy sharoit me’yorida bo’lishi uchun yuqorida keltirilgan tadbirlar zudlik bilan amalga oshirilishi kerak, aks holda kech bo’lib, muammolar chuqurlashadi. Yuqorida keltirgan falokatlar tez sodir bo’lishi mumkin.
Slayd 16
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I. A. «O’zbekiston XXI asr bo’saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O’zbekiston, 1997.
Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
To’xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O’qit. 1997.
To’xtayev A. Ekologiya. T. O’qituvchi,1996.
Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi, 1995.
Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi, 1994.
Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T. O’qituvchi, 1997.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.