Biologik membranalar tuzilishi va funksiyalari
4000 so'm

Slayd 1
Membranalarning umumiy tuzilmalari
Slayd 2
Bu membranalar murakkab va o’ta spetsifik tuzilmalar bo’lib, hujayraning hayotiy jarayonini belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, membranalar bilan bog’liq bo’lgan bioximik jarayonlarni va membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayrada moddalar almashinuvi (metabolizm)ni boshqarib turadi. Membranalar chegaralash funksiyasini bajaradi. Turli modda molekulalari (masalan, oqsillar) spetsifik xususiyatlarga faqatgina ma’lum tartibda joylashishi va o’zaro munosabati natijasida ega bo’ladi. Moddalarning bunday munosabati biologik membranalarda kuzatiladi.
Slayd 3
Ma’lumki, hozirgi vaqtda hujayraviy tuzilishning ikki turi ajratiladi: prokariot va eukariotlar. Prokariot hujayralar yadro qobig’i bo’lmagan va Dnk sitoplazmada erkin yotuvchi hujayralardir. Prokariot hujayralarga ba’zi bakteriyalar va suv o’tlari kiradi. Asosiy ko’pchilik tirik organizm hujayralari eukariot hujayralar bo’lib, ularda yadro shakllangandir, bu hujayralarda murakkab tuzilgan yadro qobigp xro mosomalarni sitoplazmadan ajratib turadi.
Slayd 4
Eukariot hujayralar membrana tuzilmalariga boy bo’lib, bu membranalar turli funktsiyalarni bajaradi. Hujayraning tashqi qavatni hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi membranalar (sitomembranalar) Atf sintezlovchi mitoxondriyani, ma’lum moddalarni parchalovchi lizosomalarni, oqsil, yog’, karbonsuv va hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi endoplazmatik to’rni, plastinkasimon kompleksni, yadro qobig’ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi.
Slayd 5
Biologik membranalar hujayra qobig’i, hujayraning membranali organellalarini va yadro qobig’ini hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo’lgan lipoproteid tuzilmadir. Biologik membranalarning taxminan 40% lipiddan, 60% oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar turlicha bo’lib, ularning ichida fosfolipidlar (glitserofosfatlar), sfingomiyelin alohida o’rin tutadi.Lipid molekulalari ikki qavat bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) qismlari tashqariga , gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi.
Slayd 6
Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib aytganda «oqsil molekulalari lipid ko’llarida suzib yuradi» Biologik membranalar oqsil, lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va suv tutadi. Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar oqsillar fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga ega.Biologik membranalarning metabolik funksiyasi ularda joylashgan fermentlar bilan bog’liq. Biologik membranalar o’ziga xos baryerlardir, chunki ular hujayrani tashqi muhitdan, hujayra organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi.
Slayd 7
Biologik membranalar orqali hujayra organellalarining metabolizm bilan bog’liq bo’lgan moddalari o’tadi. Agar bu moddalar kontsentratsiyasi past bo’lgan tomonga yo’nalsa va bu transport energiyaning ishtirokisiz bo’lsa, bunday transport passiv transport (diffuziya) deyiladi. Moddalarning bunday transporti shu moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog’liq.Diffuziya yo’LI bilan transport maxsus o’tkazuvchan moddalar bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Bu moddalar oqsil tabiatiga ega bo’lib, membrana orqali o’tuvchi moddaga (substratga) nisbatan spetsifikdir. Bu moddalar substrat bilan komplekslar hosil qilib, moddalarni tezrok, membrana orqali o’tishini ta’minlaydi.
Slayd 8
Aktiv transport oqsil tabiatiga ega bo’lgan yetkazuvchi moddalar bilan bog’liq bo’lib, unda albatta energiya sarf bo’ladi. Aktiv transportda molekula kontsentratsiya gradiyentiga qarshi harakat qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o’ralgan turli strukturalarda malum moddalarning yetarli miqdorda to’planishini ta’minlaydi. Aktiv transport hujayra membranalarida hosil bo’luvchi elektrik potentsiallar asosida yotadi.
Slayd 9
Plazmolemmaning tuzulishi va vazifalariHujayrani tashqi tarafdan o’rab turuvchi sitoplazma qobig’i biologik membrananing o’zidan iborat bo’lishi mumkin. Lekin, ko’pincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 zonadan: tashqi, o’rta za ichki zonalardan tashkil topgan hujayra (sitoplazma) qobig’i bilan o’ralgan (6-rasm).Sitoplazma qobig’ining tashqi izo naciglikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil bo’lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida ko’rinadi. Glikokaliks tashqi qavat bo’lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o’ynaydi. Glikokaliks zonasining ximiyaviy tarkibi turli hujayralarda farqlanadi.
Slayd 10
Ba’zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boybo’lsa, boshqa xujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatga ega. Bu esa shu zonaning immunologik jarayonlarda muhim o’rin tutishini belgilaydi. Ichak epitelial hujayrasining (enterotsit) mikrovorsinkalari ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida, so’rilishida muhim rol o’ynaydi. U hujayra mikrovorsinkalarini apikal qismining mustahkamligini belgilab, ximiyaviy moddalar va ba’zi bir mikroblar ta’siridan enterotsit hujayralarini saqlaydi. Urta zonasi hujayra qobig’ining eng muhim va murakkab tuzilgan qismidir. U elementar biologik membrana tuzilishiga ega bo’lib, lipoproteiddan tashkil topgan.
Slayd 11
Ichki zona (kortikal qavat) lipoproteid membranaga tegib yotuvchi sitoplazmaning yupqa qismidan iborat. Bu yerda organellalar bo’lmay, sitoplazmadan mikrofilamentlar kelib tugaydi. Mikrofilamentlar qisqaruvchi oqsillar ushlagani uchun ichki zona hujayra membranasining harakatida muhim rol o’ynaydi. Bu harakat psevdopodiyalar hosil qilish va fagotsitoz , pinotsitoz protsesslarida botiqlar hosil qilish bilan belgilanadi.Elektron mikroskop ostida membrana 6-10 nm qalinlikda bo’lib, uch qavatdan tashkil topgan. Har bir qavatning qalinligi taxminan 2,5 nm. Ikki chetki qavati to’qroq, o’rta qavati oqish ko’rinadi.
Slayd 12
Sitoplazmatik qobiqning bunday tuzilishi hayvon hujayrasining evolyutsiyasi davrida paydo bo’lgan. Hujayra qobig’i modda almashinuvida ishtirok etish bilan barobar hujayra harakatini, ularning o’zaro bir-birini tanib olish, informatsiya almashish, bir-biri bilan birlashish, spetsifik ta’sirlarni qabul qilish kabi faoliyatlar majmuasini surunkali bajarib turadi
Slayd 13
Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari. Ko’pgina hujayralarning ustki yuzasida – apikal plazmatik membrananing mayda o’simtalari bo’lgan mikrovorsinkalar ko’rinadi. Ko’pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi. Ingichka ichak jiyakli hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli joylashgan.Oddiy mikroskopda mikrovorsinkalar jiyaklar holida ko’rinadi, har bir hujayrada mikrovorsinkalar taxminan 3000 ta bo’lib, hujayraning apikal qismi maydonini o’ta kattalashtiradi.Mikrovorsinkalar murakkab tuzilma hisoblanib , unda yuqorida aytib o’tilgan uch zonani (glikokaliks, plazmatik membrana va ichki zonani) farq qilish mumkin
Slayd 14
Mikrovorsinkaning glikokaliks zonasi nozik ipsimon va donador elementlardan tashkil topgan bo’lib, u glikoproteid va glikolipidlardan iborat. Glikokaliks enterotsit mahsuloti bo’lib, u sitoplazma qobig’ining tarkibiy qismidir. Plazmatik membrana tarkibida juda ko’p gidrolitik va transport ferment sistemalar joylashgan. Bu fermentlar glikokaliks fermentlari bilan bir qatorda moddalarning hujayra ichiga o’tishida katta rol o’ynaydi.Ichki zona (matriks yoki membrana osti qavati) donachalar, markazda joylashgan 20-40 parellel mikrofibrillalardan va amorf qismdan tashkil topgan. Mikrofibrillalarning bir uchi mikrovorsinkalar uchidagi zich donachada tugab , ikkinchi uchi terminal to’rni hosil qiladi. Tadqiqotchilar fikricha, matriks va mikrofibrillalar ba’zi bir moddalarning so’rilishida muhim o’rin tutadi.
Slayd 15
Hujayralarning o’zaro birikish turlari. Desmosoma
Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish ham farqlanadi. Elektron mikroskopda ko’rilganda desmosoma sohasida qo’shni hujayralar sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo’nalgan bo’rtmalari ko’zga tashlanadi. Bu bo’rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo’lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o’zaro birlashadi. Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib , ularni birlashtiruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi.
Slayd 16
Hujaura fiziologiyasi. Hujayraning o’sishi, hayot sikli va o’limi
Hujayra – ko’p hujayrali organizmning elementar qismidir. U biologik sistema bo’lib, tashqi muhit bilan uning o’rtasida doimo modda va energiya almashinib turadi. Ko’p hujayrali organizmda hujayra uchun tashqi muhit bo’lib hujayra tashqarisidagi suyuqlik hisoblanadi.Ko’p hujayrali organizmda har bir hujayra o’zining modda almashinuvi darajasi bilan farqlanib turadi. Tashqi muhitdan hujayraga hujayra ichki tuzilmalarini hosil qilishda ishtirok etadigan hamda hujayrada parchalanib energiya beruvchi moddalar va kislorod kiradi. Yuqorida aytilgan moddalar hamda suv , ionlar, vitaminlar, gormonlar (hujayra funktsiyasini boshqarib turuvchi) hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membrana orqali aktiv va passiv transport yo’LI bilan hujayraga kiradi.
Slayd 17
Xuddi shu yo’l bilan hujayra metabolizmi mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Moddalarning hujayra ichiga aktiv kirishi (moddalarning yig’ilishi) va tashqariga chiqarilishi (sekretsiya va ekskretsiya) energiya sarf bo’lishi bilan kechadi. Ko’pgina hujayra membranalarida shu protsessni ta’minlovchi Atf-aza sistemasi yaxshi rivojlangan bo’ladi. Moddalarning hujayra ichiga kirishida hujayra organellalari, xususan, endoplazmatik to’r va Golji kompleksi xam ishtirok etadi.
Slayd 18
Fagotsitoz.
Ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari zarur moddalarni eritmalar holida oladi. Plazmatik membrana orqali hatto yirik molekulalarning hujayralar ichiga kirishi ham elektron mikroskopda ko’rilgan.Ba’zi bir hujayralar esa qattiq moddalarni ham yutish qobiliyatiga ega. Bu jarayon fagotsitoz deb nomlanadi , buni birinchi marta I. I. Mechnikov tomonidan o’tgan asr oxirida aniqlangan. Fagotsitoz qobiliyati biriktiruvchi to’qima hujayralari makrofaglarida , jigar sinusoid kapillyarining endotelial hujayralarida, buyrak usti bezi, gipofiz, qon ishlovchi organlarning retikulyar hujayralarida (suyak ko’migi, taloq, limfa tuguni) ham bor.
Slayd 19
Fagotsitoz ketma-ket bo’ladigan 4 fazadan iborat: 1) fagotsit va fagotsitoz qilinuvchi moddaning o’zaro yaqinlashishi. Bu – fagotsitning moddaga nisbatan xemotaksisi bilan belgilanadi;2) fagotsit va fagotsitoz qilinuvchi moddaning juda ham yaqinlashishi (atraksiya davri); 3) moddaning yutilishi; 4) hazm qilinishi.Moddalarning fagotsitoz qilinishi fagotsit plazmatik membranasining invaginatsiyasi orqali ro’y beradi. Yutilgan moddalar gidrolitik fermentlarga boy lizosomalarda parchalanadi.
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.