Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish

8000 so'm

Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.

  • Slaydlar soni: 35 ta
  • Fayl formati: PPTX
  • Tili: o‘zbek tili
  • Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish

 

 

Slayd 1

Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish

Slayd 2

Reja:
Jismoniy sifatlar haqida umumiy tushuncha
Tezkorlik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Kuchlilik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Egiluvchanlik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Chaqqonlik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Chidamlilik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash

Slayd 3

Jismoniy tarbiya dars jarayonida ham hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri insonga xos bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir.

Slayd 4

Egiluvchanlik
Chiadkolik
Tezkorlik
Jismoniy sifatlar
Chaqqonlik
Kuchlilik

Slayd 5

Jismoniy sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish dinamikasi
Jismoniy rivojlanish atamasi
Jismoniy tayyorgarlik atamasi
Ta’lim sifat ko’rsatkichlarining o’sishiga faol va maqsadli ta’sir qilish atamasi
Jismoniy sifatlar atamasi
Jismoniy (harakat) qobiliyatlar atamasi

Slayd 6

Tezkorlik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Individual harakat tezlik xaraktirestikasining, asosan harakat reaksiyasining vaqtini bevosita bog’lovchi funksional xususiyatlar yig’indisiga Tezkorlik sifati deb aytiladi.
Boshqacha qilib aytganda – Bu insonning ma’lum sharoiti uchun qisqa vaqt ichida harakatlarni yuqori tezlikda samarali bajarish qobiliyatiga aytiladi.

Slayd 7

Yugurish mashqini bajarishda yuz muskullari va boshqa turli xildagi ortiqcha harakatlar.
Yugurish mashqini bajarishda ortiqcha zo’riqishlar.
Yugurish mashqini bajarish qoidasini bilmasligi.
Yugurish mashqini bajarishda 3-5 daqiqa dam olishi.
Yugurish mashqini bajarishda qadamlarni hisobga olishi.
Yugurish mashqini bajarishda har bir urinish uchun ularni yangidan sozlash.
Yugurish mashqini bajarganda oldingidan tez bajaraman», degan fikrni har urinishda o’ziga singdirishidek ruhiy xolatini ko’tarish.
Tezlikni aniqlashda metr/sekunddan foydalanish.
Tezkorlikni rivojlantirishda yugurish mashqi.

Slayd 8

Tezkorlikni tarbiyalovchi ba’zi bir mashqlar va harakatli o’yinlarni namuna sifatida keltiramiz.

Qisqa masofaga 30-60 metrgacha.
Moksimon yugurish.
Bir joyda yugurganda qadamlar sonini ko’paytirish.
Bir joyda ma’lum balandlikda sakrash.
Arqoncha bilan sakrash. 6. Bayroqchani olib kelish.

Slayd 9

Tezkorlikni tarbiyalovchi ba’zi bir mashqlar va harakatli o’yinlarni namuna sifatida keltiramiz.
1-Sinf o’quvchilariga yengil atletika darsi orqali tezkorlik jismoniy sifati quyidagi mashqlar orqali rivojlanadi.

Slayd 10

Qiz bolalar uchun 30 metrga yugurish «5» baxo olish uchun 6.5 soniyada masofani yugurib o’tsa, tezkorlik jismoniy sifati yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. «4» Baxo olish uchun 7.0 soniyada masofani yugurib o’tsa, tezkorlik jismoniy sifati o’rta darajada rivojlangan bo’ladi. «3» Baxo olish uchun 7.5 soniyada masofani yugurib o’tsa, tezkorlik jismoniy sifati past darajada rivojlangan bo’ladi. Agar yuqoridagi soniyalarda yugurib o’tmasa, demak, tezkorlik jismoniy sifati yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. O’qituvchining vazifasi past darajani o’rtaga, o’rta darajani yuqoriga maxsus tanlangan mashqlar yoki harakatli o’yinlar orqali ko’tarishdan iborat.

Slayd 11

Kuchlilik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash
Tashqi qarshiliklarni muskul kuchlanishi orqali yengish qobiliyatiga – Kuch jismoniy sifati deyiladi.
Muskullarning cho’zilishi qisqarishi – Kuch deyiladi

Slayd 12

Kuchning turlari
(Dinamik kuch), (portlash) kuchi deb ham ataladi.
Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan o’lchanadi
Kuchni o’lchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko’rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko’tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi

Slayd 13

(Dinamik kuch), (portlash) kuchi
Bunga qisqa vaqt ichida eng ko’p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo’ladi.

Slayd 14

Absolyut kuch
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor – muskul zo’riqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni) ham ma’lum darajada roll o’ynaydi. Shunga ko’ra, absolyut va nisbiy kuch deb ham farqlanadi.

Slayd 15

Absolyut kuch
Absolyut kuchda insonning tanasi vaznini hisobiga olmay, qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko’rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko’tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug’ullanganlikka ega bo’lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo’shilishi bilan uning og’irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi. Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch hisobigagina qo’lga kiritiladi.

Slayd 16

Nisbiys kuch
Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan o’lchanadi
Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko’p marotalab o’rni almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo’lga kiritiladi.

Slayd 17

Kuchning namoyon bo’lishi harakatning biomexanik sharoitiga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan, elka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi, muskullarning fiziologik-yo’g’on yoki ingichgaligi, cho’ziluvchanligi, chayir yoki mo’rtligi va h. k. Larida e’tiborga olinadi.

Slayd 18

Kuchni rivojlantirish denamikasi va vositalati.
Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat.
Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar.
Individning o’z tanasi og’irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar.

Slayd 19

Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar.
Qarshilik sifatida jismlar vazni
(Girlar, toshlar, shtanga va boshqalar)
Raqibining qarshiligidan
Boshqa jismlar qarshiligiga
(Prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslamali snaryatlar)
Tashqi muhit qarshiligi
(Qumli yo’lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi
Individning o’z tanasi og’irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar
(Tayanib yotib qo’llarni tirsakdan bukish)

Slayd 20

Egiluvchanlik jismoniy sifati to’g’risida tushuncha.
Egluvchanlik jismoniy fazilat bo’lib, harakat tayanch aparatlarining funksional xususiyatlari demakdir. Bu xuxusiyatlar shu aparat bo’g’inlarining harakatchanligi, uning maksimaal amplitudasi (og’ishi, eglishi, chozilishi, buklana olishi, qayishqoqligi) bilan o’lchanadi

Slayd 21

Egiluvchanlik aktiv, passiv bo’lishi mumkin
Passiv
Aktiv
O’z muskul kuchi evaziga egilish aktiv (faol) egliluvchanlik deyiladi.
Tashqi qarishilikni yengish evaziga ro’y beradigan egililuvchanlik passiv (nofaol) egliluvchanlik deyiladi.

Slayd 22

Emotsionallik ko’tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchanlikning namoyon bo’lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi amaliyotda isbotlangan.

Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho’ziladigan muskullarning qo’zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega.

Slayd 23

Egiluvchanlikni namayon bo’lishi
Egiluvchanlikni namoyon bo’lishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog’liq.
Erta tongdan tungacha bo’lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko’p ta’sir qiladi ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi.
Temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ortib boradi.
Mashg’ulot vaqtida egiluvchanlik turli sharoitlar (Harorat, kunning vaqti) o’zgaradi.

Slayd 24

Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o’zgaradi, aktiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi.
Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo’ladi, degan fikr unchalar to’g’ri emas.
Bu fikrni boshqacharoq – bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko’chadi, deb tushunsak to’g’riroq bo’ladi.

Slayd 25

Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo’g’inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta’sirni yengish mumkin. Egiluvchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qo’shib olib borish yo’li bilan egiluvchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.

Slayd 26

Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar me’yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin.
Zaruriy harakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini ta’minlaydigan holatda rivojlantirish, uning me’yori esa harakat bajariladigan maksimal amplitudadan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik zahirasini boyitishga olib keladi.

Slayd 27

Bolalik va o’smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo’lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.

Slayd 28

Chaqqonlik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash.
Kutilmagan sharoitda zaruriy harakatlarni tez, shiddatli va aniq bajarish qobiliyatiga – Chaqqonlik jismoniy sifati deb aytiladi.

Slayd 29

1-Sinf o’quvchilariga yengil atletika darsi orqali chaqqonlik jismoniy sifati quyidagi mashqlar orqali rivojlantiriladi. O’g’il bolalar uchun turgan joyda uzunlikka sakrash. «5» Baxo olish uchun 120 sm masofaga sakrasa, yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. «4» Baxo olish uchun 100 sm masofaga sakrasa, o’rta darajada rivojlangan bo’ladi. «3» Baxo olish uchun 80 sm masofaga sakrasa, past darajada rivojlangan bo’ladi. Agar yuqoridagi masofaga sakray olmasa, demak chaqqonlik jimoniy sifati yaxshi shakllanmaganligidan dalolat beradi. O’qituvchining vazifasi past darajani o’rtaga, o’rta darajani yuqoriga maxsus tanlangan mashqlar yoki harakatli o’yinlar orqali ko’tarishdan iborat.

Slayd 30

Qiz bolalar uchun turgan joyda uzunlikka sakrash. «5» Baxo olish uchun 110 sm masofaga sakrasa, yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. «4» Baxo olish uchun 90 sm masofaga sakrasa, o’rta darajada rivojlangan bo’ladi. «3» Baxo olish uchun 70 sm masofaga sakrasa, past darajada rivojlangan bo’ladi. Agar yuqoridagi masofaga sakray olmasa, demak chaqqonlik jimoniy sifati yaxshi shakllanmaganligidan dalolat beradi. O’qituvchining vazifasi past darajani o’rtaga, o’rta darajani yuqoriga maxsus tanlangan mashqlar yoki harakatli o’yinlar orqali ko’tarishdan iborat.

Slayd 31

«Cho’nqa shuvoq» o’yini chaqqonliknitarbiyalaydigan harakatli o’yin

Slayd 32

Maktab o’quvchilariga chaqqonlik harakat sifatini tarbiyalashda quyidagilar asosiy vosita hisoblanadi.
Harakatli o’yinlar.
Gimnastika.
Akrabatika va boshqalar.
Chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlar darsning tayyorlov qismida beriladi. Chunki charchagan holatda chaqqonlikning rivolanishi past bo’ladi.

Slayd 33

Chidamlilik jismoniy sifati va ularni tarbiyalash.
Chidamlilik – Muskullar ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida charchoqqa qarshilik ko’rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.

Slayd 34

Charchoq o’zi nima – Jismoniy mashq qilish davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi Charchoq deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo’lishi amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.

Slayd 35

Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida charchash mavzusiga katta e’tibor berilgan. Uning «Kitob ul qonun fit Tib» da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to’xtalib uni to’rt xilga ajratib izoh bergan:
Yaralicharchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
Qotib charchash – unda kishi go’yo gavdasini ezilgan yoki majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo’shashishni sezadi
Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo’lib, g’ovlaganga o’xshash hissiyat sezadi.
Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.

Slayd 36

Jismoniy tarbiya, sport faoliyati mashg’uloti bilan shug’ullanishda quyidagi xollar kuzatiladi.
Mashg’ulot bilan shug’ullanayotgan kishi asta-sekin mashqlarning qiyinchilik darajasini sezadi.
Ter quyuilib oqa boshlaydi.
Yuzida qizillik kuchayadi.
Rangi o’zgaradi.
Harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi.
Nafas olishi ritmi va uning chuqurligi o’zgaradi.
Bajarayotgan harakat tarkibida qo’shimcha keraksiz harakatlar paydo bo’ladi.
Organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o’zgarishlar yuzaga keladi.

Slayd 37

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 38

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

fifteen − 10 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar