Geoekologik tadqiqot metodologiyasi va metodlari

4000 so'm


Geoekologik tadqiqot metodologiyasi va metodlari

 

 

Slayd 1

Geoekologik tadqiqot metodologiyasi
va metodlari

Slayd 2

Reja:
Geoekologik tadqiqot metodologiyasi
Yangi (zamonaviy) metodlar
Eng yangi (istiqbolli) tadqiqot metodlari
An’anaviy metodlar

Slayd 3

Metodologiya (yunoncha metod+logos) – mantiqiy tashkil etish, metod va vositalar haqidagi ta’limotdir. Metodologiya – metodlar to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Metodologik asos – tadqiqotchi maqsad sari qiladigan harakatida uning uchun prinsip vazifasini bajaruvchi maqsad ko‘rsatkichlari bilan shu harakat davomida amal qilinishi shart bo‘lgan qonuniyatlar majmui.
Metod (yunoncha metodos – ta’limot, nazariya, tadqiqot yo‘LI, bilish yo‘LI) – maqsadga eltadigan eng to‘g‘ri yo‘l, ilmiy bilish va asoslash usullar tizimi, haqiqatni amaliy va nazariy aniqlashda qo‘llaniladigan usul va tadbirlar majmui, maqsad va vazifalarni yechishda qo‘llaniladigan usullar tizimidir.
Usul – maqsadga yetishda muayyan to‘siqni engish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbir. Ya’ni tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tadqiq etishda, ularni ilmiy bilishda va haqiqatni aniqlashda qo‘llaniladigan maqsadli tadbirdir.

Slayd 4

The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film
Geoekologik tadqiqotlarning metodologik asosi bo‘lib dialektik materializm va undan kelib chiqadigan koevolutsiyani tan olish, ya’ni inson va tabiatning o‘zaro uyg‘un rivojlanishini tan olish hisoblanadi. Geografik qobiq va undagi jarayonlar odam paydo bo‘lishidan oldin ham bo‘lgan,
odamlarning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Shunday ekan, insoniyat Yer yuzida yashab qolishi uchun geografik qobiqdagi qonuniyatlarga, hodisa va jarayonlarning ro‘y berishidagi qonunlarga moslashib faoliyat yuritishi lozim. Koevolyusion jarayonlar Yerdagi geoekologik vaziyatning zamonaviy xususiyatlarini belgilaydi.

Slayd 5

Title text addition
The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation
Please entertitle content here

Slayd 6

202X
Qiyoslash metodi turli xil geoekologik ma’lumotlar ichidan eng asosiy va muhimlarini ajratib olishni osonlashtiradi. Qiyoslash yo‘LI bilan obyekt va predmetlarning umumiyligi, o‘xshashligi va tafovutlari aniqlanadi. Bu metod geoekologik tadqiqotlarda bir xil antropogen omil ta’sirida vujudga kelgan
ikki xil geoekologik vaziyatli geotizimlarni bir-biriga qiyoslab, har birining tabiiy sharoitidagi o‘ziga xos tomonlarini oydinlashtirishdan iborat.

Slayd 7

Geologik qidirish – foydali qazilma konlarini ochish va istiqbolini aniqlash uchun bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar. G. Q. Geologik sʼyomka bilan birga oʻtkaziladi. Shuningdek, avval bajarilgan geologik sʼyomka materiallari asosida ham G. Q. Olib boriladi. Qidirish oʻtkazilayotgan joylarda foydali qazilmalar borligi ehtimolini koʻrsatuvchi yoki foydali qazilmalar joylashishini bashoratlovchi haritalar keng koʻlamda ishlatiladi.

Slayd 8

Qo‘llanilishiga ko‘ra ushbu metodlarni 2 guruhga birlashtirish mumkin:
Mantiqiy va formallashtirilgan metodlar.
Tadqiqotchining ish davri va holatiga qarab ekspeditsiya, statsionar, kameral, laboratoriya, distansion metodlar ajratiladi.
Shakllanish tarixi va qo‘llanish tajribasiga ko‘ra, ya’ni tarixiy prinsip asosida barcha metodlarni an’anaviy, yangi (zamonaviy) va eng yangi (istiqbolli) guruhlarga ajratish mumkin.
An’anaviy metodlarga azaldan qo‘llanib kelinayotgan qiyosiy, tarixiy, adabiyotlar bilan ishlash va kartografik metodlar kiradi.

Slayd 9

Foydali qazilma konlarining hosil boʻlishi sharoitlarining joy geol. Sining ayrim unsurlari bilan bogʻlikligi G. Q. Ishlarida muhim. Foydali qazilma konlari borligidan yoki konlar hosil boʻlishi imkoniyati mavjudligidan darak beruvchi turli geologik omillar, struktura elementlari va b. Qidirish belgilari deb yuritiladi. Stratigrafik, litologik, tektonik, petrografik, geokimyoviy, geomorfologik va b. Qidirish belgilari bor. Tub jinslarning ochiqligi darajasi, boʻsh jinslar qoplamining qalinligi, joyning relyefi va b. Geologik sharoitlarga qarab G. Q.da maxsus dala va lab. Ishlari bajariladi.

Slayd 10

Yer ustida olib boriladigan geologik-mineralogik tadqiqotlar daryo tosh bulaklari, muzlik valunlari va shlix metodlarini Uz ichiga oladi. Antropogen boʻsh yotqiziqlar bilan qoplangan joylarda muzlik valunlari, daryo shagʻallari, qiyalik sochmalaridan ruda boʻlaklari qidirib topilib, ularning tarqalish sharoitlariga qarab ruda boʻlagi qaysi joydan keltirilganligi aniqlanadi. Shlix yuvish usulida daryo qumi va yon bagʻir boʻsh yotqiziqlardan shlix namunasi olinib, maxsus novda yuvilib, ogʻir fraksiya (shlix)aa qimmatbaho minerallar (oltin, platina, qalay-tosh, volframit, olmos va b.) aniqlanadi. Nazariy taxminlarga asoslanib chuqurlikda ruda konlari boʻlish ehtimoli bulgan joylarda G. Q.da burgʻi quduqlari goho chuqur shaxta va shtolnyalar kovlanadi.

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Geoekologik tadqiqot metodologiyasi va metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar