Biosfera va moddalar aylanishi

4000 so'm


Biosfera va moddalar aylanishi

 

 

Slayd 1

Biosfera

Slayd 2

Reja:
Kirish
BiosferaBiosferada hayotning taqsimlanishi va uning chegaralari
I.1Tabiatda moddalarning aylanishi
I.2 Suvning tabiatda aylanishi
I.3Azotning tabiatda aylanishi
I.4 Uglerodning tabiatda aylanishi
Biosferadagi global muommolar
Hozirgi davrda inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari.

Slayd 3

Biosfera haqida tushuncha.
Yerda hayot paydo bo’lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida u rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernandskiy V.I (1920) Biosfera (grekcha – «bios» – hayot, «sfera»- shar) deb nomlagan.

Slayd 4

Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig’i hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi.
Biosferaga faqat yerning qobig’ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan balki uning tarkibiy qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosferaning yuqori qismi ham kiradi.

Slayd 5

Biosferada hayotning taqsimlanishi
Biosfera o’z ichiga atmosferaning quyi qatlamlari, ya’ni troposferaning (10-15 km) gacha balandlikkacha faol hayot mavjud bo’lgan, 20 km balandlikdagi stratоsfera qatlamida tinim holidagi organizmlarning chang donachalari va boshqalar uchrashi mumkin. Hamda suv qobii gidrosferani oladi.

Slayd 6

Slayd 7

Yerning yuzasi qattiq qobiq-litosferadan iborat bo’lib, uning qalinligi odatda 3060, ba’zan 100-200 m va undan ham ortishi mumkin. Hayot belgilar ushbu chuqurlikdan pastda uchrashiga tasodifiy hol deb qarash mumkin. Keyingi yillarda shunisi ma’lumki, 4500 m chuqurlikdagi neftni haydovchi suvlarda mikroorganizmlar uchrashi kuzatilgan.

Slayd 8

Slayd 9

Biosferaning chegaralari
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o’ta chidamli bakteriyalar, zamburug’lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o’rgimchaklar va ba’zi qushlar 6-7 km gacha ko’tarilishi kuzatil-gan.
Gidrosferani okеanlar, dengizlar, ko’llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosfеraning hamma qismida, hatto eng chuqur-11 km gacha bo’lgan joylarida uchraydi.

Slayd 10

Slayd 11

Shunday qilib, biosfera yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi.

Slayd 12

Slayd 13

Slayd 14

Atmosfera
Atmosfera qatlamida esa hayot chegaralari 25-40 kmni tashkil qiladi. Biosferaning ostida qalinligi 5-6 kmgacha boradigan chо’kindi tog’ jinslaridan iborat atmosfera qatlami yotadi. Uning hosil bo’lishida tirik organizmlarning roli katta. Cho’kindi tog’ jinslari gidrosferada hosil bo’lib, uning kelib chiqishida ham tirik organizmlar, suv, shamol muhim omillardan hisoblanadi.

Slayd 15

O’simlik va hayvonot olamining biosferadagi ahamiyati
O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig’i-biosferaning asosiy komponentlaridan bo’lib, tabiiy resurslar orasida alohida o’rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o’simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o’ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan o’simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan bog’liqdir.

Slayd 16

O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o’z o’rniga ega. Biosferada moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (So2 ) ning aylanma harakati misolida ham ko’rish mumkin. O’simlik va hayvonlarning mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo’lmaydi.

Slayd 17

Slayd 18

Tirik modda.
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan.
Organizmlar tirik massasining 99,9% ni 14 ta kimyoviy element tashkil qiladi va yer sharining tuzilishini tarkibini ham 98,9% ni shu elementlarga to’g’ri keladi. Shunday qilib hayot bu yer sharining ximiyaviy ishlab chiqarish mahsulidir. Tirik organizmlarda Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlar uchraydi.

Slayd 19

Suvning tabiatda aylanishi.
Suv biosferaning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. U suv havzalaridan tashqari tuproqda, havoda va boshqa tirik organizmlarning 80-90% biomassasini tashkil etadi. Suvni tabiatda aylanishi quyidagicha beradi. Suv yer yuziga atmosfera yog’inlari tarzida tushib, atmosferaga asosan o’simliklarning suv bug’lanishi va dengizlar yuzasining hisobiga bu holatda qaytadi.

Slayd 20

Slayd 21

Tabiatda moddalarni aylanishi.
Ma’lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh (elementlarning) organizmlarning bo’lishi shart. Hayotni produstetlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular birlamchi biomahsulotlarni hosil qiladi. Konsumentlar birlamchi va ikkilamchi mahsulotni iste’mol qilgan holda, organik moddalarni bir holdan ikkinchi holga o’tkazadi va hayot xilma-xilligini keltirib chiqaradi.

Slayd 22

Bu o’z navbatida turlarning evolyustiyasiga olib keladi. Redustentlar organik moddalarni meneral moddalarga parchalab, sayyoramizda o’lik qoldiqlardan iborat bo’lgan katta «mozor» ning kelib chiqishiga imkon bermaydi.
Tirik moddalar bir tekis tarqalgan joylar, suv qatlami-litosfera va troposferalar chegarasi, ya’ni tuproq va uning qatlamidagi o’simlik ildizlari, zamburug’lar, mikroorganizmlar, tuproqda

Slayd 23

Hayot kechiruvchi boshqa organizmlar, shuningdek troposferaning tuproq yuzasidagi qismi, joylashgan qatlam hisoblanadi. Bu yerda o’simliklarning sporalari, chang donachalari va urug’larning asosiy massasi ham uchib yuradi. Ushbu qatlam fitosfera deb yuritiladi va biosferada energiya to’plovchi organizmlar asosan o’simliklar hisoblanadi.

Slayd 24

Azot elementining tabiatda aylanishi.
Atmosferada erkin holatdagi azotning miqdori 70% dan ortiq bo’lsa, ham undan foydalanish uchun birikma holga o’tkazish kerak. Birikma holga o’tkazishning turli yo’llari mavjud bo’lib, ulardan tabiatda kuzatiladigan momaqaldiroq vaqtida chaqmoqchaqishi va ionlanish jarayonlari, meteoritlarning ko’yib ketishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Ammo erkin azotni birikma holga o’tkazishda tirik organizmlarning roli katta

Slayd 25

Azotning tabiatda aylanishiga inson juda katta ta’sir ko’rsatadi. Tabiatdagi azot sanoat miqyosida fiksastiya qilinadi. Dunyo boyicha 20 mln.t. Dan ortiqroq azot yilida fiksastiya qilinadi.
Har bir kimyoviy element uchun katta va kichik doiralarda kuchib yurish tezligi harakterli. Atmosferada mavjud bo’lgan kislorod tirik moddalar orqali 2000 yilda, Co2 300 yilda o’tadi.

Slayd 26

Uglerod elementining tabiatda
Biosferaning eng muhim jarayonlari uglerod elementining aylanishi bilan bog’liqdir. Biosferadagi murakkab birikmalar tarkibidagi uglerod yetakchi rol o’ynab, uning birikmalari doimo sintezlanib, o’zgarib, parchalanib turadi. Bunda uglerodning bir qismi aylanishdan chiqib ham ketadi.
Organik kelib chiqishga ega bo’lgan foydali qazilmalarda uglerod konservalangan holda to’plangan.

Slayd 27

Turli organizmlar to’qimalarida boradigan oksidlanish jarayoni natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va bu hodisa nafas olish deb ataladi. Bu hodisa har xil tartibdagi konsumentlar faoliyati tufayli ozuqa tarkibiga kirgan organik moddalar qayta o’zgarishida va pirovadida nafas olish jarayonida Co2 holida ajralib chiqadi.

Slayd 28

Biosferada global muammolar
Jahon hamjamiyati taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarni mohiyatini o‘quvchilarga yetkazish.
Global muammolar shu jumladan: Biosferadagi global muammolarni barcha mamlakatlar xalqlar ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta’sir ko‘rsatadigan muammo ekanligi mohiyatini pedagogik texnologiyalar asosida qo‘llab, o‘quvchilarga va talabalarga yetkazishdan iborat.

Slayd 29

Slayd 30

Ma’lumki keyingi yillarda aholi sonini o’sishi, ularning iste’mol tovarlarga bo’lgan talabining ko’payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko’p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Aholi soni inson paydo bo’lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo’lsa, 1830 yildan 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 2000 yilga qadar 6 mlrd.ga etdi.

Slayd 31

Shu darajada ko’payish davom etaversa, XXI asr o’rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga yetishi mumkin. Odam sonining ko’payib borishi sayyoramizda yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
XX asrning 70-80 yillarida sayyoramizning har xil mintaqalari ustida «ozon tuynugi» sodir bo’layotganligi haqida olimlar ma’lumot berishdi.

Slayd 32

Slayd 33

Rossiyalik olimlar Antarktida ustida 25 mln. Km2 kenglikda ozon qavatini siyraklashganligi haqida yaqinda xabar qilishdi.
Ozon qatlamini asosiy yemiruvchilar freonlar bo’lib, masalan, bir molekula xlor atomi 100 ming ozon molekulasini emira oladi. Bundan tashqari N, Sn lar hamda qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan azot o’g’itlari ham ozonni yemiruvchi manbalaridan ekanligi yaqinda aniqlandi

Slayd 34

CO2 gazi bir necha yilda tashqariga chiqadi. Atmosfera isib bormoqda. Metan CO2 ga nisbatan 20 marotaba zararliroq issiqxona gazi hisoblanadi. Iqlimiy o‘zgarishlarning ta’siri qutblarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Suv isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Yer shari qutb qopqog‘ining qalinligi so‘nggi 40 yilda 40% ga kamaygan. Grenlandiyada o‘rtacha harorat oshib bormoqda. Grenlandiya muzliklari Yer ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini tashkil etadi. Agar ular erisa, suv sathi 7 metrga ko‘tariladi.

Slayd 35

Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar ma’lum vazifani bajaradilar. Xususan is gaz (So2) Yerdagi haroratni bir xilda ushlab turishi tufayli sayyoramizning «ko’rpasi» hisoblanadi. Is gazining atmosfera havosi tarkibidagi ulushi foiz boyicha 0,3 ni tashkil etsada, mavsumlar davomida o’zgarib turadi.
Is gazi asosan sanoat korxonalaridan, avtotransport va o’rmonlarni yonishidan chiqadi.
Is gazi Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli nurlarni ko’p qaytarib, ayni vaqtda Yerdan qaytgan

Slayd 36

Uzun to’lqinli nurlarni tutib qolishi tufayli atmosfera havosini isishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari Sn4, N2O gazlar ham havo haroratini isishiga ta’sir etadi.
Iqlimdagi o’zgarishlar asta-sekin butun biosferaning dinamik mutanosibligini buzilishiga sabab bo’ladi.
Tarixda iqlimda bunday o’zgarishlar ilgarilar ham bo’lgan, biroq ular tabiiy yo’l bilan bo’lgan, biz yashab turgan asrdagi o’zgarishlar antropogen omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda.

Slayd 37

Biz o’zimiz Yer yuzining ko’rinishini o’zgartirmoqdamiz.Yomg’irlar sikllari o’zgaradi.Iqlim geografiyasi o’zgarmoqda. So’nggi 15 yil davomida o’rtacha harorat eng yuqori ko’rsatgichga etadi.

Slayd 38

Shuningdek, bunday o’zgarishlar tez sodir bo’lmoqda.
Yer sharidagi namtropik o’rmonlar «sayyoramizning o’pkasi» hisoblanib, atmosfera havosidagi kislorod muvozanati aynan mana shu o’rmonlar yordamida saqlanib turadi.

Slayd 39

Yiliga yer yuzidan 13 mln. Ga. O‘rmonzor yo‘qolib ketadi.
Amazoniya o‘rmonlari oxirgi 40 yilda 20%ga qisqargan. Tasavvur qiling, tanangiz 20% qisqarib qolsa.

Slayd 40

Dunyo okeani quruqlik (litosfera) va atmosfera bilan uzviy aloqada bo’lgan, alohida hususiyatga ega muhitdir. Dunyo okeanining ifloslanishi asosan
quruqlik, atmosfera va suv havzalari daryolarning ifloslanishi tufayli royobga chiqadi.
Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlaridan chiqib okean suvini ifloslantirmoqda. Okean suvlarini zaharli pestisidlar bilan ifloslanishi unda yashovchi tirik organizmlar uchun juda havflidir.
Atmosfera orqali yilida 130 ming tonna har xil pestisidlar yog’ilayotganligi ma’lum.
Suv o’zining erituvchanlik hususiyati bilan erda hayotni ta’minlab turibdi.

Slayd 41

Biosferaning inson hayoti uchun zarur bo’lgan barcha komponentlariga nihiyatda xushyorlik bilan qarash va hozirgi bosqichda insonning ularga bo’lgan ta’siri qanday darajada namoyon bo’layotganligini e’tiborga olib ish ko’rish nihiyatda dolzarb masaladir.
Biosferadagi tabiiy resurslar ikki gruppaga bo’linadi.
Qayta tiklanadigan bularga iqlim va suv.tuproq,o’simlik,hayvon va b.q.r.resurslari kiradi

Slayd 42

Qayta tiklanmaydigan er osti boyliklari temir, oltin, heft,gaz,ko’mir va h.k.o
Kislorod hamma tiriklik uchun zarur. Ovqatsiz odam 5 hafta, suvsiz 5 kun, kislorodsiz 5 minut yashashi mumkin. Keyingi 500 yil ichida er yuzidagi o’rmonlarni uchdan ikki qismi yo’q qilindi yoki hozir 1 sekundda 40 ga yaqin o’rmon kesiladi. Shunday borsa 40-50 yilda tropik o’rmonlar er yuzida qolmaydi.Hozir er yuzida O2 ning miqdori 1012 mld.t kamaydi, Co2 miqdori esa aksincha o’rta asrlarga nisbatan 1012% ortdi..

Slayd 43

-Yer yuzida 2 mlrd.dan ortiq aholi toshko‘mirdan foydalanadi.
Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 %i an’anaviy uglevodorod xomashyosi asosida ishlab chiqariladi
Tabiiy boyliklarning 80% i 20 % aholi tomonidan iste’mol qilinadi

Slayd 44

Bir dona reaktiv samolyot Amerikadan Evropaga uchib kelguncha 50-100 Co2 yoqadi, shuncha miqdordagi kislorodni 10 ming ta o’rmon bir kunda ishlab chiqaradi.
Sayyoramizda suv nihoyatda ko’p lekin 100 litr subning 97 litr sho’r suv, 3 litr esa chuchuk buning ham 2 litri Arktika va Antraktida muzliklarida zaxira holda etibdi. Shunday foydalanib borilsa, 2100 yilda chuchuk suv zaxiralari inson tomonidan ishlatilib bo’linadi. 2230 Yilda sayyoraning suv zahirasi tugaydi.

Slayd 45

Er sharidagi umumiy maydonning atigi 11% idan qishloq xo’jaligida foydalanialdi. Keyingi 100 yil ichida erroziya tufayli 2 mlrd.ga unumdor er yo’qotiladi. Ba’zi olimlarning hisob kitoblariga ko’ra 2500 yilga erda barcha metall zaxiralari tugaydi.
Sanoatning jadal rovojlanishi er yuzasi iqlimiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Yirik shaharlarda qishgi harorat atrofdagi qishloqlardan 3-40 yuqori.

Slayd 46

1Mlrd.aholi sanitar normalariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kun dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko’z yumdi.2025 yilga qadar suv tanqisligidan 2 mlrd. Aholi aziyat chekish ehtimoli bor.

Slayd 47

Noosfera – biosferaning yangi sifat holati.
Biosfera to’xtovsiz rivojlanib, shakllanib kelayotgan ekan unda insonning roli juda katta. Biosferada inson faoliyati tufayli turli ijobiy va salbiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Inson o’z mehnatini engillashtirish maqsadida yaratgan texnika vositalari, biosfera tarkibida texnosferani hosil bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida atrof muhit holatini salbiy tomonga o’zgartirdi.
Ekologik ongning shakllanishi natijasida ekologik madaniyat tarkib topadi.

Slayd 48

Demak kishilarning biosferadagi ekologik muvozanatni tiklashga harakat qilishlari ongli harakat hisoblanadi. Akademik V.I.Vernadskiy ta’biricha ongli harakat sohiblari noosferani tashkil etadi. Noosfera-ong, fikr, sfera-shar degan ma’nolarini bildiradi. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o’z aqli va mehnati bilan yashash makonini o’zgartiradi va qayta bunyod qiladi.

Slayd 49

Rus olimi V.I. Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgartirib turadi va u biosfera (yunoncha «bios» – hayot, «sfera» – shar ) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan

Slayd 50

. Bular litosfera, gidrosfera, atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. Qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.

Slayd 51

V.I. Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini «tirik modda» deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

Slayd 52

Noosfera bosqichi tushunchasi
Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga Yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida nafaqat sayyoramiz, balki kosmik fazoni ham o’zgartirib yubormoqda. Kelajakda inson va biosferaning rivojlanishi qanday ketadi, degan savol tug’iladi. Qanday qilib biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin? Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyatning rivojlanish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi.

Slayd 53

Ammo insonning biosferaga ta’sirini boshqarish orqali ularning har ikkisini ham rivojlanishiga ziyon yetkazmaslik mumkin. Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyutsiyasi aql yoki tafakkurning rivojlanish bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi. Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda. Noosferaning lug’aviy ma’nosi «fikrlovchi qobiq» demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo’lib, inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.

Slayd 54

Xulosa
Odam ekologik omillarning ta’siri ostida bo‘lishi bilan birga uning o‘zi ham muhitga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odam tabiatga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatadi, bu esa odamning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligidir. Har qanday biologik tur cheklangan energetik resurslarga ega. Shuning uchun uning tabiatga ta’sir etish imkoniyati cheklangandir. Yashil o‘simliklar quyosh energiyasidan foydalanadi. Boshqa organizmlar esa o‘zidan avvalgi oziq darajasining organik moddalar energiyasidan foydalanadi.

Slayd 55

Odam o‘zining aqliy faoliyati jarayonida juda kuchli energiya manbani (yadro va termoyadro reaksiyalarini) yaratadi.
Binobarin, insonning imkoniyati juda keng va u sayyoraning har qanday ekologik bo‘shliqlarini egallay olish qudratiga ega.
Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi yana uning faoliyatining faol, ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy muhit yarata olishi bilan ham boshqa ekologik omillardan ajralib turadi. Tabiiy va sun’iy muhit omillari insonga doimo ta’sir ko‘rsatadi. Sayyoraning turli joylarida har xil tabiiy omillarning ta’siri ostida insoniyat rivojlanish tarixi davomida Yer shari aholisining

Slayd 56

Ekologik ixtisoslashuvi natijasida odamlarning adaptiv (moslashgan) tiplari kelib chiqqan.
Yapon yozuvchisi Xirosi Noma: «Mabodo kelgusida erda hayot tamom bo’lsa, u atom urushidan emas, ichimlik suvi etishmasligidan bo’ladi» deb to’g’ri aytgan.
Shuning uchun biz hayot manbai bo’lgan suvni toza saqlash va ko’paytirish choralarini ko’ra olsak, kelgusida erdagi tiriklikni saqlagan, odamlarni sog’lom va farovon turmush kechirishini ta’minlagan bo’lamiz.
Yuqorida keltirilganlarga binoan unchalik uzoq bo’lmagan kelajakda sayyoramizda global darajadagi ekologik krizislar sodir bo’lishi mumkin.

Slayd 57

Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
Sug‘orishning tejamkor zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo‘llash
Suvdan foydalanish samaradorligini oshiruvchi tajribalarni qo‘llab quvvatlash
Siu faoliyatini rivojlantirish
Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish
Sug‘oriladigan yerlarningmeliorativ holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish

Slayd 58

Oqibatda iqtisodda umumiy krizis bo’lib, aholi soni keskin qisqaradi. Bu hodisani amerikalik olim Forrester va boshqalar o’zlarining «O’sish chegarasi» (1972 yil) nomli asarlarida ilmiy asosladilar. Ular aholi sonini o’sishini tabiiy boyliklarni iste’mol qilishini kuchayayotganligi bilan solishtirib (yilida Yerdan 100 mlrd. Tonna tabiiy boyliklar-metall, neft, gaz, ko’mir va hokazolar olinayapti), aholining o’sishi, krizisga olib kelishini, bu esa aholini keskin kamayishiga olib keladi, deb bashorat qiladilar.

Slayd 59

Shunday qilib, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekologik falokatlarni oldini olish uchun aholini sonini o’sishini ongli ravishda to’xtatish, tabiiy resurslardan foydalanishni keskin kamaytirish (tejash), sanoat ishlab chiqarishini o’sishini to’xtatish, tashqi muhitni ifloslanishini oldini olish boyicha keskin choralarni ko’rishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish tadbirlarini ko’rish va hokazolar. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, XXI asrda iqtisodiy sharoit me’yorida bo’lishi uchun yuqorida keltirilgan tadbirlar zudlik bilan amalga oshirilishi kerak, aks holda kech bo’lib,

Slayd 60

Biosferaga katta zarar yetadi va muammolar chuqurlashadi. Yuqorida keltirgan falokatlar tez sodir bo’lishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol oynaydi.

Slayd 61

Slayd 62

Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar etkazmasligi, ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo’shishi lozimdir.
Shunday qilib, yoshlarni o’simlik va hayvonlarni e’zozlashga o’rgatish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Biz solom, ahloqli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o’stira olganimizdagina kelajagimiz porloq bo’ladi.

Slayd 63

Slayd 64

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 65

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Biosfera va moddalar aylanishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar