Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari

4000 so'm


Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari

 

 

Slayd 1

Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari

Slayd 2

Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlar bir-birlaridan quyidagi xususiyatlar bilan farq qiladi.
Ekologik farqlari. Toʻgarak ogʻizlilar. Baliqlar va amfibiyalar bir-biridan farq qilsada. Lekin bir qator oʻxshash tomonlari ham bor. Ana shu oʻxshash tomonlarini hisobga olib ular anamniyalar guruhiga kirítiladi va amniota deb ataladigan yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlar guruhidan (sudralib yuruvchilar. Qushlar va sutemizuvchilarda) alohida oʻrganiladi.
Tuxum pardasining farqlari. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tuxumlari yopishqoq, yupqa parda bilan oʻralgan boʻladi amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tuxumlari esa juda qattiq poʻst bilan oʻralgan. Bu poʻst tuxumni atmosfera taʼsirida qurib qolishdan saqlaydi. Tuxum poʻsti pergamentsimon yoki ohak shimib qattiqlashgan boʻladi.

Slayd 3

Embrionlarining farqlari. Ikkala guruhga kiruvchi umurtqali hayvonlarda ham embrión dastlab faqat tuxum pardasi bilan oʻralgan holda. Tuxum ichida rivojlanadi. Anamniyalarda rivojlanishning keyingi davrlarida embrion tuxum pardasini yorib tashqariga, suvga chiqadi. Lichinka dastlab tuxum sariqligi bilan oziqlanadi va jabra orqali nafas olib, rivojlanishini suvda davom ettiradi. Amniotalarda esa rivojlanishning ilk davrlarida embrion atrofida tuxum yuzasidan halqasimon burma koʻtarilib chiqa boshlaydi. Bu burma borgan sari kattalashib, embrionni oʻrab oladi, uchlari bir-biriga yaqinlashib qoʻshilib ketadi va natijada ichki hamda tashqi varaqlari tutash boʻlib qoladi.
Voyaga yetgan individlarining farqlari. Anamniyalar bilan amniotalar oʻrtasidagi farq voyaga yetgan shakllarida ham kuzatiladi. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlaming terisi doimo nam boʻlib turadi. Suv va gazni yaxshi oʻtkazadi. Koʻp hujayrali teri bezlari ishlab chiqqan shilimshiq modda terini qoplab turadi. Himoya qiluvchi tangacha va qoplovchi suyaklar terining biriktiruvchi toʻqimasidan kelib chiqqan.

Slayd 4

Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfidan farq qiladi. Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham koʻrinadi. Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan koʻproq foydalanish imkoniyatini beruvchi boʻyin umurtqalari sonining koʻpayishi va ayniqsa birinchi boʻyin umurtqasi-atlant, ikkinchi boʻyin umurtqasi -epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida koʻrsatib oʻtish lozim.
Umumiy tavsifi

Slayd 5

Sudralib yuruvchilar faqat oʻpka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga boʻlingan bronxlari bor. Ularning terisi quruq, teri bezlari boʻlmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning ayirish organlari ham ancha takomillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilarning barchasida otalanish ichki. Yuksak umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat – murtak pardasi hosil boʻladi. Murtak pardalarining biri – amniotik qavat nomiga qarab yuksak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi.

Slayd 6

Sudralib yuruvchilar gavdasining shakli suvda hamda quruqlikda yashovchilarning gavda shakliga nisbatan xilma-xil boʻlib, ularning hayot kechirish tarzi va harakat usullari bilan bogʻliq.
Gavda shakllari

Slayd 7

Sudralib Yuruvchilar Gavda Shakli

Kaltakesaksimon shaklidagi sudralib yuruvchilar
Ilonsimon shakldagi sudralib yuruvchilar
Toshbaqasimon shakldagi sudralib yuruvchilar
Bunday shakldagi sudralib yuruvchilarga koʻplab turlar kiradi. Tanasining hamma qismlari yaxshi koʻrinadi. Ularning oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan, dumi uzun. Bunday shakldagi sudralib yuruvchilarga kaltakesaklar, xamelionlar, timsohlar, iguanalar kiradi.
Ularning tanasi silindrsimon boʻlib, oyoqlari va oyoq kamarlari hamda toʻsh suyagi yoʻqolib ketgan, faqat boʻgʻma ilonlarda va koʻr ilonlarda rudiment holda chanoq kamari va orqa oyoqlari saqlanib qolgan. Boʻyni tanasiga qoʻshilib ketgan. Tana va dum qismlari chegarasi ham bir-biridan aniq ajralmagan. Bularga ilonlar va oyoqsiz kaltakesaklar kiradi
Ularning tanasi muguz moddadan iborat qalqon ichida joylashgan. Qalqon gumbazsimon boʻrtiqli orqa va yassi qorin qismlardan iborat, oyoqlari qisqargan holda boʻladi. Bularga toshbaqalar kiradi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 metrgacha boradi.

Slayd 8

Epidermisning ustki qismi hamma vaqt shoxga aylanib turadi va toʻkilib tushadi. Uning regeneratsiyasi epidermisning ostki tirik qismi hisobidan boʻladi. Tashqaridan teri shox qavatlar bilan qoplangan. Epidermisning shox hosil qilishi va shox oʻsimtalarining (tangacha, qalpqonlar) boʻlishi hayvonni qurib qolishdan himoya qiluvchi muhim moslanishdir.
Kaltakesak terisining boʻyiga kesimi: 1-epidermis, 2-chin teri (korium), 3-shox qavat, 4-pigment hujayralari, 5-teri suyaklanmalari
Teri qoplami

Slayd 9

Quruq choʻl hududlarida yashaydigan sudralib yuruvchilar terisi orqali juda kam suv yoʻqotadi. Timsohlarda esa 75% namlik asosan terisi orqali yoʻqoladi. Reptiliyalarning terisi nafas olishda va parchalanish mahsulotlarini ajratishda ishtirok etmaydi. Terida bezlar deyarli yoʻq. Oz miqdordagi ter bezlari asosan yosh timsohlarda rivojlangan. Bu bezlar yelkasida, pastki jagʻida va kloaka atrofida joylashgan. Ilonlar va toshbaqalarning ham tumshugʻi va kloakasida hidli sekret ishlab chiqaruvchi bezlari bor. Sudralib yuruvchilarning terisi tanaga zich yopishib turadi. Shox qavat tullash yoʻLI bilan almashinib turadi.

Slayd 10

Sudralib yuruvchilarning skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elementlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining oʻq skeletiga mustahkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bogʻliq ekanligini aytib oʻtish lozim. Sudralib yuruvchilar skeletidagi xarakterli xususiyatlardan yana biri ularda toʻsh suyagi va qovurgʻalarning rivojlanganligi tufayli koʻkrak qafasining paydo boʻlganligidir (ilon va toshbaqalarda boʻlmaydi).
Skeleti

Slayd 11

Kaltakesak skeleti tuzilishi:
1-Oʻmrov suyagi, 2-kurak suyagi, 3-yelka suyagi, 4-bilak suyagi, 5-tirsak suyagi, 6-bilaguzuk, 7-kaft suyaklari, 8–barmoq falangalari, 9-qovurgʻalari, 10- chanoq kamari, 11-son suyagi, 12-katta boldir suyagi, 13-kichik boldir suyagi, 14-tovon suyagi, 15-oyoq kaft suyaklari, 16-dum umurtqalari.

Slayd 12

Umurtqa pogʻonasi koʻpchilik reptiliyalarda protsel umurtqalardan iborat. Tuban formalarda umurtqa tanasi amfitsel. Umurtqa pogʻonasi amfibiyalarga nisbatan harakatchan va qismlarga boʻlingan. U toʻrt boʻlimdan: boʻyin, bel va koʻkrak, dumgʻoʻza va dum qismlardan iborat. Kaltakesaklarda boʻyin qismida umurtqalar soni 8 ta. 1-nchi boʻyin umurtqasi atlant, 2-nchi boʻyin umurtqasi epistrofey deyiladi. Kaltakesaklarda bel va koʻkrak qismi 22 ta umurtqadan, dumgʻoʻza qismi 2 ta, dum qismi bir necha 10 ta umurtqadan iborat. Oldingi umurtqalar boshlangʻich qovurgʻalarning oʻsimtalariga ega. Dumning oxirgi qismidagi umurtqalar oʻsimtalarini yoʻqotib, tayoqsimon shaklga kiradi.
Echkemarning boʻyin va koʻkrak umurtqalari: A- atlant, B– epistrofey, V – koʻkrak umurtqasi, G- boʻyiga kesilgan koʻkrak umurtqasi: 1- epistrofeyning tishsimon oʻsimtasi, 2– umurtqa tanasi,
3- ustki yoy, 4- ostist oʻsimta, 5- orqa miya kanali, 6 – oldingi qoʻshuvchi oʻsimta,
7- keyingi qoʻshuvchi oʻsimta.
Umurtqa pogʻonasi

Slayd 13

Bosh skeleti birlamchi togʻay skeletining deyarli toʻliq suyakka aylanishi, bosh skeleti qopqogʻini, yonini va tubini shakllantiruvchi ancha koʻp teri-suyak hosil qilishi bosh skeletining umumiy xususiyatidir. 4 ta bir xil nomli suyakdan tashkil topgan ensa qismida 1 ta ensa oʻsimtasi boʻlishi xarakterlidir. Eshitish kapsulasi atrofi 3 juft quloq suyaklaridan tashkil topgan. Chakka atrofida pastki jagʻning miya qutisiga qoʻshilishida nihoyatda katta ahamiyatga ega boʻlgan tangachasimon suyakni alohida qayd qilish lozim. Miya qutisining qopqogʻi juft burun, peshana oldi, tepa va toq tepaaro suyaklaridan tashkil topgan. Bosh suyagining osti juft tanglay, qanotsimon, kvadrat suyaklaridan iborat. Oxirgi juft yuqoridan tangasimon suyaklarga birikadi, pastdan esa 3 juft: tish burchak va qoʻshilish suyaklaridan iborat boʻlgan pastki jagʻkelib qoʻshiladi.
Kaltakesakning bosh skeleti: I-yuqoridan, II-pastdan, III-yon tomondan koʻrinishi: 1- tepa suyagi (1-tepa organ teshigi), 2-peshona suyagi, 3-peshona oldi suyagi, 4-koʻz ostki suyagi, 5-koʻz keyingi suyagi, 6-burun suyagi, 7- usiki jagʻsuyagi, 8-jagʻlararo suyagi, 9-dimogʻsuyagi, 10-tanglay suyagi, 11-xoanalar, 12-qanotsimon suyak, 12-qanotsimon suyakdagi tishchalar, 13- kvadrat suyak, 14-koʻndalang suyaklar, 15- pastki jagʻsuyagi, 16-ensa boʻrtmasi, 17-asosiy ponasimon suyak, 18-parasfenoid qoldigʻi, 19- yonoq suyagi, 20-yosh suyagi, 21-pogʻonasimon suyak, 22-tangacha suyak, 23-chakka usti suyagi, 24-tish suyagi, 25-birikuvchi suyak, 26-burchak suyagi, 27-burchak ustki suyagi, 28-toj suyagi.
Bosh skeleti

Slayd 14

Amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan boʻlib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amniotalarga xarakterli boʻlgan qovurgʻalararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol oʻynaydi. Sudralib yuruvchilarda teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.
Muskul sistemasi

Slayd 15

Ovqat Hazm Qilish Organlari
Ogʻiz boʻshligʻining tubida goʻshtdor, yassi tili joylashgan. Sudralib yuruvchilarning tili turli shaklda boʻladi. Ilonlar va koʻpchilik kaltakesaklarning tili ingichkalashgan va uchi ikki ayrili, juda harakatchan boʻlib, ancha choʻzilib tashqariga chiqa oladi va qoʻshimcha tuygʻu organi vazifasini bajaradi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar asosan hayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat ayrim toshbaqalar va iguanalar oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Oziq koʻp sonli oʻtkir tishlar bilan qurollangan jagʻlari yordamida ushlab olinadi. Tishlar jagʻva tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda (alveolalarda) joylashadi. Tishlar asosan oziqni ushlash va tutib turish vazifasini bajaradi. Timsohlar va toshbaqalar katta oʻljadan bir boʻlagini uzib olish qobiliyatiga ega. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin boʻshligʻining oldingi qismini katta, koʻp pallali jigar egallagan. Uning ichki tomonida oʻt pufagi joylashgan, oʻt pufagi yoʻLI oʻn ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi.

Slayd 16

Kaltakesaklarning nafas yoʻLI tashqi burun teshigidan boshlanadi. Soʻngra havo ichki burun teshigi-xoana orqali ogʻiz boʻshligʻiga kiradi. Ogʻiz boʻshligʻidan keyin uchta togʻaydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bogʻlangan. Ogʻiz boʻshligʻidagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi – traxeyaga oʻtadi. Traxeya oldin tomoq, soʻngra koʻkrak boʻshligʻidan oʻtib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay – bronxga boʻlinadi. Bu nayning har qaysisi oʻziga tegishli oʻpkada tarmoqlanadi, ilonlarda chap oʻpka pallasi boʻlmaydi.
Oʻpka va nafas olish yoʻllarining birmuncha kuchli differentsiyalanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. Oʻpka qopcha shaklida boʻlib, uning ichki devori asalari uyasiga oʻxshash mayda-mayda murakkab toʻsiqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir boʻladi. Nafas olish akti qovurgʻalararo va qorin muskullari yordamida koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi orqali yuzaga keladi. Nafas olish aktida, ayniqsa, toshbaqalarda yelka va chanoq muskullari ishtirok etadi. Toshbaqalarda yana ogʻiz-halqum orqali havoni yutish mexanizmi saqlangan.
Nafas Olish Organlari

Slayd 17

Kaltakesakning yuragi 3 kamerali. Unda 2 ta – chap va oʻng yurak boʻlmasi hamda 1 ta yurak qorinchasi bor. Yurak qorinchasi chala toʻsiq bilan 2 ga – oʻng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga boʻlingan. Yurak qorinchasining oʻng (venoz) boʻlimidan oʻpka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) boʻlimidan esa oʻng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga oʻrnashgan chala toʻsiq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi oʻng va chap boʻlmalarini bir-biridan batamom ajratib qoʻyadi. Timsohlarda bu toʻsiq toʻliq, yaʼni yurak qorinchasi alohida ikkiga boʻlingan. Yurak qorinchasining oʻng qismidan oʻpka arteriyasi chiqadi va ikkiga boʻlinib, oʻpkaga vena qonini olib boradi. Dumidagi vena qoni dum venasiga yigʻiladi. Dum venasi chanoqda 2 ta yonbosh yoki chanoq venalariga boʻlinadi. Yonbosh venalari oʻziga keyingi oyoqlaridan kelgan venalarni qoʻshib oladi. Chanoq venalari oʻzidan buyrak qopqa venalarini ajratadi va keyin qorin venalari bilan qoʻshiladi. Qorin venasi ichki organlardan yigʻilgan venalarni oʻziga qoʻshib oladi va jigar qopqa venasi boʻylab jigarga kiradi.
Qon Aylanish Sistemasi

Slayd 18

Nerv sistemasi va sezgi organlari. Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Ayniqsa bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta boʻlib, kulrang miya moddasidan iborat poʻstlogʻi bor.
Koʻrish organlari. Koʻzlarida harakatchan ustki va pastki qovoqlari bor. Pastki qovoq yaxshi rivojlangan va harakatchan. Koʻzning oldingi burchagida bekituvchi uchinchi qovoq – pirpiratuvchi parda boʻladi. Ilonlar va gekkonlarda pastki va ustki qovoqlari oʻzaro qoʻshilgan va shaffof boʻladi. Akkomodatsiya ancha rivojlangan.
Eshitish organlari suvda hamda quruqlikda yashovchilarniki singari ichki va oʻrta quloqdan iborat.
Hid bilish organlari tumshugʻining uchiga oʻrnashgan bir juft burun teshigi bilan tashqariga, tanglayning oʻrta chizigʻiga yaqin turadigan bir juft tirqishsimon xoanalar bilan esa ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi.
Nerv Sistemasi Va Sezgi Organlari

Slayd 19

A b v
Kaltakesakning bosh miyasi: A-tepa tomonidan, B-ostki tomonidan, V-yon tomonidan koʻrinishi, 1-oldingi miya yarimsharlari, 2-yoʻl-yoʻl (targʻil) tanacha, 3-oʻrta miya, 4-miyacha, 5-uzunchoq miya, 6-voronka, 6΄-gipofiz, 7-xiazma, 8-hidlov boʻlaklari, 9-epifiz, II-XII-bosh miya nervlari.

Slayd 20

Hidlash organlari tuzilishida hidlash yoʻLI oʻrta qismining ostki, nafas olish, ustki va asosiy hidlash qismlariga differentsiallanishi diqqatga sazovordir. Hidlash yoʻlining oldingi qismida alohidalashgan eshik oldi qismi boʻlib, uning ostki tomoqqa ochiladigan qismi burun-tomoq yoʻlini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ogʻiz tepasidan chiquvchi, uchi berk ilonizi boʻshliq – Yakobson organi boʻladi. Bu organ ogʻizdagi ovqatning hidini sezadi deb taxmin qilinadi. Aksariyat reptiliyalar (kaltakesaklar) turli predmetlarni uzun tili bilan paypaslab koʻradi. Keyin ogʻizga tortilgan til yordamida narsa zarrachalari ogʻizga olinadi va u yerda taʼm Yakobson organi orqali seziladi.
Kaltakesakning hidlash va yakobson organlari
1-oldingi qismi; 2 – nafas olish qismi; 3-koʻrish qismi; 4-ogʻiz-burun yoʻLI; 5-Yakobson organi.

Slayd 21

Ayirish Va KoʻPayish Organlari
Ayirish organlari. Sudralib yuruvchilarning bir juft kompakt tanacha shaklidagi metanefrik buyragi chanoq boʻlimining orqa devoriga taqalib turadi. Bu buyraklarning har qaysisidan bittadan siydik yoʻLI chiqadi.
Jinsiy organlari. Sudralib yuruvchilarda ichki urugʻlanish boʻladi. Ularning jinsiy organi tana boʻshligʻida umurtqa pogʻonasining ikki yonida joylashgan. Jinsiy mayl qoʻzgʻalganda kopulyativ organlar kloaka teshigidan tashqariga boʻrtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulyativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq boʻladi. Gatteriyalarda kopulyativ organi boʻlmaydi. Urgʻochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan gʻadir-budur, notoʻgʻri shaklli oval tanacha koʻrinishidagi 2 ta tuxumdoni umurtqa pogʻonasi bel boʻlimining ikki yonboshida joylashgan.
Rivojlanishi. Kaltakesak quruqlikka teriga oʻxshagan qattiq parda bilan qoplangan ozroq (5-11 ta) yirik tuxum qoʻyadi. Uning tuxumida tuxum oqi boʻlmasligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Dastlabki rivojlanish davrini tuxum yoʻlida oʻtkazadi. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya jarayoni oʻziga xos tarzda oʻtadi. Tuxum tipik diskoidal yoʻl bilan boʻlinadi.

Slayd 22

A. Erkak kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi: 1 – buyragi, 2 – siydik pufagi, 3 – urugʻdoni, 4 – urugʻdon ortigʻi, 5-urugʻyoʻLI, 6 – siydik-tanosil teshigi, 7 – otalantiruvchi xaltachasi, 8 – kloaka boʻshligʻi, 9 – toʻgʻri ichagi. B. Urgʻochi kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi: 1 – buyragi, 2 – siydik pufagi, 3 – siydik teshigi, 4 – tuxumdoni, 5 – tuxum yoʻLI, b – tuxum yoʻLI voronkasi, 7 – jinsiy teshigi, 8 – kloaka boʻshligʻi, 9 – toʻgʻri ichagi.

Slayd 23

1-Otalangan tuxum hujayrasi, 2-oqsil parda, 3-tolali parda, 4-poʻst parda
Choʻl toshbaqasining tuxum yoʻLI boʻylab tuxum pardalarining hosil boʻlish sxemasi

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Anamniyalar va amniotalar guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

6 + sixteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar