Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi 2

4000 so'm


Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi 2

 

 

Slayd 1

Analizatorlarning Yosh Xususiyatlari Va Gigiyenasi

Slayd 2

Organizm faoliyatida sezgi organlarining roʻLI
Koʻrish, teri, hid va taʼm bilish organlaring yosh hususiyatlari
Eshitish organining yosh xususiyatlari
Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha
Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagifunksional ahamiyati
Reja:

Slayd 3

*Analizatorlarning fiziologshiyasi va gigiyenasi. Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog langan, bu bog lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, yaʼni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga taʼsir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi. Sezgi organlarga ko rish, eshitish, teri, hid bilish, taʼm bilish analizatorlari kiradi.
*I. P. Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po stloq qismida joylashgan.
*Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan.

Slayd 4

Analizatorning periferik qismi, yaʼni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi boʻlib, tananing turli qismlarida (teri, pay, koʻz, quloq, burun, til, ichki aʼzolar va qon tomir devorlarida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda koʻp, masalan, terining I sm’ sathida 200-400 tagacha, butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki aʼzolarda taxminan I mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha oʻzgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.
Retseptorlar joylashuviga koʻra ikki xil boʻladi:
A) tashqi retseptorlar – bular tashqi muhit taʼsirini (oʻzgarishlarini) qabul qiladi. Bularga koʻrish, eshitish, muvozanat, teridagi ogʻriqni, issiq-sovuqni, siypalashni sezuvchi, til va ogʻiz shilliq qavatidagi taʼm bilish, burun shilliq qavatidagi hid bilish retseptorlari kiradi;
B) ichki retseptorlar – bular odam tanasining ichki qismidagi oʻzgarishlarni qabul qiladi. Bularga meʼda-ichak va boshqa ichki aʼzolarda, qon tomir devorlarida, tana muskullarida, pay va boʻgʻimlarda joylashgan retseptorlar kiradi.

Slayd 5

Analizatorning oʻtkazuvchi qismi – bu sezuvchi nerv tolasidan iborat boʻlib, u retseptordan taʼsirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga oʻtkazadi
Analizatorning markaziy qismi bosh miya poʻstlogʻining turli sohalarida joylashgan sezuvchi nerv markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi aʼzolaridagi retseptorlardan kelgan taʼsir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga koʻra javob reaksiyasi hosil boʻladi
Koʻz toʻr pardasida joylashgan koʻrish retsep¬torlar;:
1- tayoqchasimon hujayralar;
2- kolbachasimon hujayralar.

Slayd 6

1- Hid bilish markazi bosh miya poʻstlogʻi chakka qismining oldingi yuqori sohasida;
2- koʻrish markazi ensa sohasida;
3- eshitish markazi bosh miya, poʻstlogʻi chekka qismining pastki sohasida;
4- taʼm bilish markazi bosh miya poʻstlogʻi chekka qismining yuqori oʻrta sohasida;
5- barmoq terisidagi paypaslash markazlari bosh miya poʻstlogʻi tepa qismining oʻrta sohasida.

Slayd 7

Koʻrish odamning mehnat fao Iiyatida muhim oʻrin tutadi. Koʻrish orqali inson oʻqishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini oʻrganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, koʻrish orqaIi odamning ichki dunyosi boyiydi, uning tevarakatrof, tabiat, sanʼat haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aql¬idroki, ongi rivojlanadi.
Koʻrish aʼzosi (koʻrish analizatori)

Slayd 8

Koʻz bosh suyagining maxsus chuqurchasida – koʻz kosasida joylashgan. Koʻz koʻz soqqasidan, koʻrish nervi va yordamchi qismlardan (koʻz soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ular¬ning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat. Koʻz soqqasi yumaloq tuzilgan boʻlib, oldingi va orqa qutblarga ega boʻladi. Koʻz soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi – fibroz, oʻrta – qon tomir va ichki – toʻrsimon pardadan tashkil topgan.
Koʻzning tuzilishi.

Slayd 9

Koʻz soqqasi:
1- koʻz soqqasining oq pardasi;
2- koʻz soqqasining shox pardasi;
3- koʻzning qon tomir pardasi;
4- koʻzning rangli pardasi;
5- koʻzning oldingi boʻshligʻi (suyuqlik bilan toʻlgan);
6- koʻz qorachigʻi;
7- koʻz gav¬hari;
8- gavharni oʻrab turuvchi kiprik¬simon muskul;
9- shishasimon tana;
10¬koʻzning toʻr pardasi;
11- koʻrish nervi

Slayd 10

Koʻrish analizatorining qismlari:
1- koʻz toʻr pardasida joylashgan yorugʻlik sezuvchi hujayralar (koʻrish analizatorining periferik qismi-retseptorlar);
2- koʻrish nervi (koʻrish analizatorining oʻtkazuvchi qismi);
3- bosh miya poʻstlogʻining ensa qismida joylashgan koʻrish markazi (koʻrish
Analizatorining markaziy qismi)

Slayd 11

Yangi bola koʻra olmaslik, bola va maktab yoshidagi bolalarda uzoqniyaxshi koʻra olmaslik uchrab turadi. Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi.
Narsalarning tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda ranglarni sezish asta sekin taraqqiy etadi. Avval sariq rangga nisbatan sezish shakllanadi. Yashil, koʻk ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi.
Bogʻcha bolalari narsani avval shakliga, soʻng oʻlchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobiliyati 25 yoshgacha ortib boradi. Qiz bolalarda rivojlanadi. Kitob bilan koʻz orasi 30-35 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
Koʻrish analizatorining yosh xususiyatlari

Slayd 12

Eshitish aʼzosi (eshitish analizatori)
Eshitish analizatorining ahamiyati. Odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining taʼsiri ostida oʻtadi: qushlar, hayvonlar, odamlarning ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning eshitish aʼzosiga taʼsir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish aʼzosi normal boʻlishi kerak, yaʼni u eshitgan soʻzlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tugʻilishidanoq eshitish aʼzosining faoliyati buzilgan boʻlsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan soʻzlarni takrorlay olmaydi, yaʼni uning nutqi rivojlanmaydi

Slayd 13

Muvozanat aʼzosi vestibulyar analiza tor deb ham ataladi. U odam tanasining fazoda maʼlum muvozanatda boʻlishini taʼminlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga koʻtarilganda va pastga tushganda, argʻimchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil transportda yurganda, yaʼni fazoda odam tanasi eng oddiy holatdan eng murakkab holatga oʻtganda tanasining muvozanatini taʼminlovchi asosiy aʼzo vestibulyar (apparat) analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi. Bu analizator juda qattiq zararlangan boʻlsa, odam hatto oʻrnidan turganida uning boshi aylanadi, koʻzi tinadi; koʻngli ayniydi, u tezda oʻtirishga yoki yotishga majbur boʻladi.
Muvozanat aʼzosi (vestibulyar analizator)

Slayd 14

Eshitish aʼzosi boʻigan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi, oʻrta va ichki quloqdan iborat.
Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshitish yoʻlidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega boʻlgan togʻaydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yoʻlining oxirida biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan 0,1 MM qalinlikdagi nogʻora parda boʻlib, u tashqi quloq yoʻlini oʻrta quloq boʻshligʻidan ajratib turadi.
Eshitish aʼzosi – quloqning tuzilishi.

Slayd 15

Oʻrta quloq- boʻshligʻi Evstaxiy naychasi yordamida burun halqumga tutashgan. Oʻrta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolgʻacha, sandon, uzangi) tovush toʻlqinlari taʼsirida nogʻora pardada hosiI boʻlgan tebranishni ichki quloqqa oʻtkazadi.
Lchki quloq – boʻshliq va ilonizisimon kanalchalar sistemasidan, yaʼni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina boʻshliqda perilimfa suyuqligi boʻladi. Parda labirintning ichida esa endolimfa suyuqligi boʻladi. Suyak labirintda chigʻanoq boʻlib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, yaʼni eshitish retseptorlari joylashgan. Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini taʼminlovchi vestibulyar analizator retseptorlari joylashgan.

Slayd 16

I. 1- quloq suprasi; 2- tashqi quloq yoʻLI;
3- nogʻora parda; 4- nogʻora boʻshligʻi;
5- oʻrta quIoq bilan halqumni tutashtiruvchi kanal; 6- ichki quloqning chigʻanoq qismi (bunda eshitish retseptorlari joylashgan);
7- ichki quloqning dahliz va yarim aylana kanalchali qismi (bularning ichida vestibulyar apparatning retseptorlari joylashgan)
II. 1- chigʻanoq, uning ichida eshitish retseptorlari joylashgan;
2- eshitish nervi;
3- bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining chakka qismida joylashgan eshitish markazi.

Slayd 17

Terida uch xil: ogʻriqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptor lar bor. Ogʻriqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan II millionga yaqin. Ular himoya vazifasini oʻtaydi, yaʼni ogʻriq sezish tufayli odam oʻzini noqulay taʼsirdan chetga oladi, himoyalanadi. Mashhur fransuz faylasufi Volter 200 yil muqaddam «hamma xavf-xatarda ogʻriq odamning eng ishonchli qoʻriqchisidir, u doim ehtiyot boʻling, hayotingizni avaylang va asrang, deb oʻqtiradi»,- deb yozgan edi. Teridagi ogʻriqni sezuvchi retseptorlarning qoʻzgʻalishi sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga, ulardan oraliq miyadagi poʻstloq osti markziga va nihoyat, bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida taʼsir analiz va sintez qilinib, ogʻriqning tabiati aniqlanadi.
Teri orqali sezish (teri analizatori)

Slayd 18

Teridagi haroratni sezuvchi retseptorlarning soni 300 ming atrofida boʻlib, ulardan 30 mingtasi sovuqni, qolganlari issiqni sezadi. Sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarogʻida, issiqni sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan.
Siypalashni va bosimni sezuvchi retseptorlar 500 ming atrofida. Bu retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismiarida bir xil emas. Burun uchida, lab terisida, qoʻl barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida sezuvchanlik juda rivojiangan boʻladi. Shuning uchun koʻzi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab qulay yoʻlni topadi, qoʻl barrnoqlari bilan paypaslash orqali pulni va boshqa buyumlami aniqlaydi. Koʻrinib turibdiki, siypalash retseptorlari maʼlum darajada koʻrish aʼzosi funksiyasini bajarishi mumkin.
Teri retseptorlarining muhim xossalaridan biri tashqi muhit taʼsirlariga moslashishdir. Masalan, qoʻl issiqroq suvga botirilganda oldiniga issiqlik kuchli sezilib, soʻngra u bilinmay qoladi. Bunga harorat sezuvchi retseptorning moslashuvi yoki adaptatsiya deb ataladi

Slayd 19

Teri retseptorlari:
1- ogʻriqni sezuvchi retseptor;
2-siypalashni sezuvchi retseptor;
3-sovuqni sezuychi retseptor;
4- issiqni sezuvchi retseptor;
5-bosimni sezuvchi retseptor

Slayd 20

Hid bilish aʼzosi (hid bilish analizatori)
Hid bilish retseptorlari burun boʻshligʻi shilliq pardasida joylashgan. Ularning soni oʻrtacha 30-40 mln atrofida. Bu hujayralarda koʻplab mayda tukchalar boʻlib, ularning uzunligi 1-2 mikronga teng. Burun boʻshigʻining hid biluvchi sathi 5 sm boʻlib, sezuvchi hujayra tukchalarining koʻp boʻlishi hisobiga hid bilish sathi 100 – 150 marta ortadi. Hid bilish retseptorlari tashqi muhit havosi tarkibidagi va ovqatdagi kimyoviy moddalar taʼsirida qoʻzgʻaladi. Ularning qoʻzgʻalishi hid bilish nervi tolasi orqali bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining ichki yuzasidagi hid bilish markaziga boradi. Bu markazdagi nerv hujayralarida taʼsir analiz va sintez qilinib, hidning tabiati aniqlanadi.

Slayd 21

Hid bilish aʼzos;
A- burun shilliq pardasidagi hid bilish retseptorlari;
B- hid bilish analizatorlarining qismlari:
1- hid bilish retseptorlari;
2- hid bilish nervi;
3- bosh miyada joylashgan hid bilish markazi.

Slayd 22

Taʼm bilish aʼzosi (taʼm bilish analizatori)
Taʼm bilish retseptorlari til soʻrgʻichlarida, yumshoq tanglay va tomoq shilliq pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida retseptorlar koʻp boʻladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar taʼsirida qoʻzgʻaladi. Ularning qoʻzgʻalishi til-halqum nerv tolalariga oʻtib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq miyadagi koʻrish doʻmbogʻi, soʻngra bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi chakka qismining yuqori sohasidagi taʼm bilish markaziga boradi. Bu markazda taʼsir analiz va sintez qilinib, uning tabiati taʼm sifatida aniqlanadi.
Odam toʻrt xil taʼmni: shoʻr, nordon, shirin va achchiqni bilish qobiliyatiga ega. Til uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari shoʻr va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar achchiqni sezadi. Oshpazlarda taʼm bilish analizatori yaxshi rivojlangan boʻladi.

Slayd 23

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 24

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi 2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

5 + twenty =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar