Anatomiya fani, maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi

4000 so'm


Anatomiya fani, maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi

 

 

Slayd 1

Anatomiya fani, maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi

Slayd 2

Odam Anatomiyasining Mohiyati Va TaʼRifi
Biologiya Fanlari Orasida Anatomiyaning OʻRni
Anatomiya Fanini OʻRganish Usullari
Anatomiya Fanining Rivojlanish Tarixi
Reja:

Slayd 3

Odam anatomiyasi (Anatomiya – grekcha anateme – kesaman soʻzidan olingan) odam organizmining tuzilishini, uning rivojlanish prosessini oʻrganadi. Ayni vaqtda u har bir organning oʻziga xos tafovutlarini, shuningdek tashqi muhit sharoitining organlar tuzilishi va vazifalariga taʼsirini ham tadqiq qiladi. Shu jihati bilan ham anatomiya biologiya fanlarining bir qismi boʻlib hisoblanadi.
Odam Anatomiyasining Mohiyati Va TaʼRifi.

Slayd 4

Odam Anatomiyasi Shaxobchalari
Yoshgа dоir аnаtоmiya
Tоpоgrаfik аnаtоmiya
Pаtоlоgik аnаtоmiya
Sistematik anatomiya

Slayd 5

InʼEksiya Usuli
Har-Xil Suyuqliklarni Qon Va Limfa Tomirlariga, Bez YoʻLlariga Quyish Usulidir. Suyuqliklar Har- Xil Rangda BoʻLishi Mumkin.

Slayd 6

Tomir Yoki Kovak BoʻShliqlari Biror Qotuvchi Massa Bilan ToʻLdiriladi. SoʻNgra Ularni OʻRab Turgan Yumshoq Qismlari Yuvib Tashlanadi, Qon Tomirlari Va Boshqa BoʻShliqlar Shu Shaklda Qotib Qoladi Va OʻRganiladi. ToʻQimalarning Har-Xil Rang Bilan BoʻYash Usuli Ularning Mikroskopda KoʻRib OʻRganishga Yordam Beradi.
Korroziya Usuli

Slayd 7

Toʻqimalarning har-xil rang bilan boʻyash usuli ularning mikroskopda koʻrib oʻrganishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda eng koʻp qoʻllaniladigan usullardan rentgen nurlaridan va mikroskoplardan foydalanish hisoblanadi. Mikroskoplar har-xil boʻlib, asosiylari yorugʻlik, elektron mikroskoplar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda elektron mikroskop 100 000 marta va undan ham ortiq kattalashtirib koʻrsatish xususiyatiga ega.
Mikroskopda KoʻRib OʻRganish Usuli.

Slayd 8

Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Anatomiya haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatidan boshlanadi. Chunki u erda ruxoniylar xukumronligi u qadar avj olmagan, shu sababli koʻpgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi rivojlangan, natijada Kos va Knidos maktablari tashqil etilgan. Bu maktablardan turli xil olimlar bilan bir qatorda Gippokrat, Pifogor, Aleon ham taʼlim olgan.
Klavdiy Galen (130-210), Vilyam Garvey (1578-1657), M. Malpigi (1928-1994), oʻzbek olimi Abu Ali Ibn Sino (980-1037), A. Protasov (1727-1776), A. P. Zagaraskiy (1764-1864), N. Pirogov (1810-1881), I. Sechenov (1829-1905) kabi olimlar ham anatomiyaning rivojlanishiga katta xissa qoʻshganlar.
Anatomiya Fanining Rivojlanish Tarixi

Slayd 9

YUqorida nomlari keltirib oʻtilgan olimlar qatorida organizmning hamma sistemalarini oʻrganishda K. A. Zufarov, R. E. Xudoyberdiev, S. Dalimov, X. Zoxirov, N. Axmetov, N. Ibodov va boshqa oʻzbek olimlari anatomiya faniga oʻzlarining munosib xissalarini qoʻshdilar. Dastlabki anatomik maʼlumotlar qadimgi davrdan boshlanib, asrlar davomida toʻplana borgan. Jumladan Gippokrat (460-377) qonning aylanma harakati toʻgʻrisida fikr yuritgan. Shu davrning ikkinchi yirik olimi Aristotel (384-322) yurak qonni harakata keltiruvchi asosiy organ deb qarab, uning tuzilishi va ahamiyati toʻgʻrisida anchagina toʻgʻri tassavurga ega boʻlgan.

Slayd 10

Gerodil (eramizdan avval 300 yil) anatomiya sohasida ungacha toʻplangan hamma maʼlumotlarni umumlashtirdi va oʻliklarni yorib koʻrib, anatomiya faniga koʻp yangiliklar kiritgan.
Iskandariya maktabining boshqa atoqli arbobi Erazietrat (300-250) faqat anatomiya bilan emas, balki fiziologiya bilan ham shugʻullangan. Qadimgi Rim davrida meditsina fanlari va xususan anatomiyaning rivojlanishida Klavdiy Galen (130-201) juda katta oʻrni bor. Oʻrta asrning ilk davrida tabiiy fanlarning shu jumladan anatomiyaning rivojlanishi sezilarli darajada pasaydi.

Slayd 11

Oʻrta asrning ilk davrida Oʻrta Osiyoning atoqlik vrachi, anatomi, matematigi, faylasufi va shoiri Abu Ali Ibn Sino oʻzining ilmiy asarlari bilan koʻzga koʻrindi va nom chiqardi. Uning koʻp sonli asarlari ichida «Tib qonunlari» degan kitobi hozirgi kungacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Ibn Sino tirikligidayoq Osiyo, Evropa, Afrikada barchaga tanildi, tabiat va falsafa fanlarining yanada rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Slayd 12

Ular orasida Andrey Vezaliy (1514-1564) birinchi oʻrinni egallaydi. U «Odam tanasining tuzilishi» degan mashhur kitobni yozadi. U oʻz fikri va dalillarini anatom Vilyam Gorveyning (1578-1657) «Hayvonlarda yurak va qonning harakati» degan kitobida ifodaoab tabiatshunoslik va meditsinada xaqiqiy toʻntarish qildi.
V. Garvey ishning davomchisi Marchello Malpigi (1628-1694) kapillyarlarni kashf qildi. U yana taloq, oʻpka, buyrak, teri va bezlarning mikroskopik tuzilishini izohlab berdi.
Feodal Rossiyada vrachlar boʻlmagan, binobarin odam anatomiyasi ham oʻrganilmagan. Birinchi Rossiya olimlari A. P. Protasov, M. I. Shein, A. M. Shumlyanskiy, E. O. Mukin, P. A. Zagorskiy va boshqalar boʻlgan.

Slayd 13

E. O. Muxin
A. P. Protasov oshqozon va uning faoliyatini tekshirish ishlari bilan nom qozongan. Vrach anatom M. Shein birinchi rus anatomiya atlasini tayyorladi va nashr qildirdi. A. M. Shumlyanskiy buyraklar anatomiyasiga salmoqli hissa qoʻshdi. E. O. Muxin rus tilida «Anatomiya kursi» darsligini yaratdi.
Moskva anatomlari maktabining boshligʻi D. N. Zernov markaziy nerv sistemasi va sezgi organlar toʻgʻrisidagi ilmiy ishlarini bostirib chiqardi. Anatomiya fanining taraqqiyotida oʻzbek olimlarining xizmatlari ham kattadir. Masalan, akademik K. A. Zufarov ovqat hazm qilish sistemasini mukammal elektron mikroskop yordamida oʻrgangan; R. E. Xudoyberdiev va S. A. Dolimovlar qon – tomirlar sistemasini, X. Z. Zoxidov va N. K. Axmedovlar nerv sistemasini, nerv sistemasining embriologik rivojlanishini N. A. Ibodovlar oʻrganib, oʻzlarini katta hissalarini qoʻshdilar.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Anatomiya fani, maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

5 × 4 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar