Aminokislotalar ishlab chiqarish texnologiyalari

4000 so'm


Aminokislotalar ishlab chiqarish texnologiyalari

 

 

Slayd 1

Aminokislotalar ishlab chiqarish texnologiyalari

Slayd 2

Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga alohida eʼtibor berilmoqda. Aminokislotalarni yyetarli miqdorda ishlab chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoniyatlari paydo boʻldi. Ratsion tarkibida u yoki bu aminokislotaning, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalarning yetishmasligi yoki umuman boʻlmasligi organizmning oʻsishi va rivojlanishiga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, gistidin, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilalaninlar kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam miqdordagi ulushini qoʻshib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab chiqarilmoqda.

Slayd 3

Yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga boʻlgan talab yuqori (130 ming t) boʻlishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60% mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar ishlab chiqarishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqtisodiy jihatdan ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining oʻzida induvidual aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yem-oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mumkin boʻladi. Bugungi kunda metionin, glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi.

Slayd 4

Lekin buuslubning kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni koʻp tonnali miqdorda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi. Odatda yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib olinadigan aminokislotalar faqat L-shaklda boʻlishi shart. Mikrobiologik uslubda ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, yaʼni mahsulot tarzida ajratib olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat boʻladi. Bu aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshirish ancha qimmatga tushadi. Tayyor mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning boʻlishi maqsadgamuvofiq emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan oʻzlashtirilmaydi, ularning baʼzilari esa organizm uchun zaharli boʻladi. Bu qoidadan glitsin va metionin mustasno boʻlib, glitsinning optik izomeri yoʻq, metioninning har ikkala izomeri ham odam va hayvonlar tomonidan bir xil oʻzlashtiriladi.

Slayd 5

Oziq muhitlar. Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida koʻpaytirish uchun qoʻllaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy birikmalardan tashkil topgan ozuqa moddalarga oziqli muhit deb ataladi. Oziqli muhitlarga qoʻyiladigan talablar: 1. Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) – maʼlum mikroorganizmlarning koʻpayishi uchun barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi oʻsimlik, xayvon oqsillari) kerak; 2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson oʻzlashtirishlari zarur; 3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga xos rN ga ega boʻlishi; 4. Izotonik holatda tiniq boʻlishi kerak; 5. Har bir muhit albatta sterillangan boʻlishi kerak.

Slayd 6

Tarkibi boʻyicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi. Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab boʻlinadi- tabiiy va suniiy. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, oʻt safro, mol goʻshti, tuxum va bosh.) va oʻsimliklardan (meva va sabzavotlar) olinadi. Sunʼiy muhitlar esa yuqoridagi moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va joʻxori ekstraktlari) tayyorlanadi. Oziqli muhitda oʻstiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va boshqalar shular qatoriga kiradi. Yumshoq – qattiqligiga (konsistensiyasiga) koʻra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va yarim suyuq boʻladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5-2% arap, yarim suyuq muhitga 0,3-0,7% agar qoʻshish natijasida tayyorlanadi.

Slayd 7

Agar-agar-maxsus dengiz oʻsimligini qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulot boʻlib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80-86°C da eriydi, 40°C da qotadi. Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%) jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oqsili oʻz-oʻzidan qattiq holatda boʻladi. Bakteriologiya amaliyotida koʻpincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat koʻlamida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq chiqindilari, goʻsht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart, oʻzgarmagan holda saqlanadi. Oziqli muhitlar qoʻllanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga koʻra saqlab turuvchi, koʻpaytiruvchi asosiy, elektiv, maxsus va differensial-diagnostik turlarga boʻlinadi. Saqlab turuvchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni koʻpayishini toʻxtatishi mumkin. Amaliyotda glitserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik eritma, glitserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. Qoʻlaniladi

Slayd 8

Fermentatsiya – bu organik substratlarning, asosan uglevodlarning oddiy birikmalarga fermentativ aylanishi bilan tavsiflangan metabolik yoʻl boʻlib, bu energiya, birinchi navbatda, adenozin trifosfat (Atp) shaklida ishlab chiqarishga olib keladi.
Bu jarayon kislorod yoʻqligida sodir boʻlib, uni tabiatda anaerob holga keltiradi. Fermentatsiyaning asosiy maqsadi energiya olishning dastlabki bosqichi boʻlgan glikoliz uchun zarur boʻlgan nikotinamid adenin dinukleotid (Nad +) koenzimini qayta tiklashdir.
Biokimyoviy nuqtai nazardan fermentatsiya uglevodlardan energiyani elektron tashish zanjiri yoki oxirgi elektron qabul qiluvchi kislorod ishtirokisiz olish bilan belgilanadi.
Buning oʻrniga, fermentatsiyada piruvat yoki asetaldegid kabi organik molekulalar terminal elektron qabul qiluvchilar sifatida ishlaydi. Bu fermentatsiyani anaerob nafas olishdan ajratib turadi, bu erda sulfat ionlari (So4-2) yoki nitrat ionlari (No3-) kabi molekulalar elektron tashish zanjirida oxirgi elektron qabul qiluvchi boʻlib xizmat qiladi.
Fermentatsiya mahsulotlari yoʻlga va ishtirok etadigan organizmlarga qarab farqlanadi. Ikkita keng tarqalgan turga sut kislotasi fermentatsiyasi kiradi, natijada sut kislotasi ishlab chiqariladi va spirtli fermentatsiya, etanol va karbonat angidrid hosil boʻladi.

Slayd 9

Fermentatsiya – bu organik substratlarning, asosan uglevodlarning oddiy birikmalarga fermentativ aylanishi bilan tavsiflangan metabolik yoʻl boʻlib, bu energiya, birinchi navbatda, adenozin trifosfat (Atp) shaklida ishlab chiqarishga olib keladi.
Bu jarayon kislorod yoʻqligida sodir boʻlib, uni tabiatda anaerob holga keltiradi. Fermentatsiyaning asosiy maqsadi energiya olishning dastlabki bosqichi boʻlgan glikoliz uchun zarur boʻlgan nikotinamid adenin dinukleotid (Nad +) koenzimini qayta tiklashdir.
Biokimyoviy nuqtai nazardan fermentatsiya uglevodlardan energiyani elektron tashish zanjiri yoki oxirgi elektron qabul qiluvchi kislorod ishtirokisiz olish bilan belgilanadi.
Buning oʻrniga, fermentatsiyada piruvat yoki asetaldegid kabi organik molekulalar terminal elektron qabul qiluvchilar sifatida ishlaydi. Bu fermentatsiyani anaerob nafas olishdan ajratib turadi, bu erda sulfat ionlari (So4-2) yoki nitrat ionlari (No3-) kabi molekulalar elektron tashish zanjirida oxirgi elektron qabul qiluvchi boʻlib xizmat qiladi.
Fermentatsiya mahsulotlari yoʻlga va ishtirok etadigan organizmlarga qarab farqlanadi. Ikkita keng tarqalgan turga sut kislotasi fermentatsiyasi kiradi, natijada sut kislotasi ishlab chiqariladi va spirtli fermentatsiya, etanol va karbonat angidrid hosil boʻladi.

Slayd 10

Metabolik jarayon boʻlgan fermentatsiya natijasida oʻziga xos xususiyatga qarab turli xil birikmalar hosil boʻladi fermentlar va mikroorganizmlar ishtirok etadi. Bu jarayon turli sanoat, oziq-ovqat va tibbiyotda qoʻllaniladi. Bu erda biz asosiy mahsulotlarni va ularning ahamiyatini yoritib beramiz.

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Aminokislotalar ishlab chiqarish texnologiyalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

2 × 1 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar