Aminokislotalar almashinuvi va ammiakni zararsizlantirilishi

4000 so'm


Aminokislotalar almashinuvi va ammiakni zararsizlantirilishi

 

 

Slayd 1

Aminokislotalar almashinuvi va ammiakni zararsizlantirilishi

Slayd 2

Aminokislotalar almashinuvi
Ammoniy tuzlarining hosil boʻlishi
Periferik xujayralardan ammiakning jigarga olib oʻtilish yoʻllari
Ammiakni zarasizlantirilishi
Reja:

Slayd 3

Aminokislotalarning almashinuvi ularning barcha aminokislotalar uchun xos oqsillar gidrolizi natijasida hosil boʻlishi va oqsillar sintezi uchun sarflanishidan tashqari organizmda boshka birikmalardan kelib chikish va parchalanish yullarini xam oʻz ichiga oladi. Aminokislotalarning organizmda yangidan sintezlanishi almashinmaydigan aminokislotalar uchun taallukli emas.

Slayd 4

Shuni nazarda tutish kerakki, odam va xayvonlar uchun essentsial (tashqaridan majburiy kiritilishi) boʻlgan aminokislota oʻsimlik, mikroorganizmlar, achitqilarda yangidan hosil kilinishi mumkin. Oʻsimlik aminokislotalar almashinuvi xaqidagi asosiy maʼlumotlar organizmga bevosita nishonlangan birikmalarni kiritish va mikroorganizmlarga oid oʻtkazilgan tajribalar asosida olingan.

Slayd 5

Organizmda ammiak xosil bulish yullari:
Aminokislotalarning dezaminlanishi natijasida
Purin xosilalarining dezaminlanishida
Aminlarning zararsizlanishida
100 gr oksildan 19,4 gr ammiak xosil buladi

Slayd 6

Inson oqsilli ozuqa isteʼmol qilib, 15 minut oʻtgandan soʻng qon tarkibida yangi aminokislota paydo boʻlishini nishonlangan azot orqali kuzatilgan. Qonda aminokislotalar miqdori eng koʻp boʻlgan vaqti, ovqatdan soʻng 30-50 minut oʻtganda sodir boʻladi. Ovqat moddasi sifatida qabul qilingan oqsillar oshqozon-ichak yoʻlida fermentativ gidrolizga uchrab, aminokislotalargacha parchalanadi.

Slayd 7

Hosil boʻlgan aminokislotalar ingichka ichakdagi spetsifik transport tizimi orqali faol surilib, qon orqali toʻqima va aʼzolarga yetkaziladi.
Oqsillar oshqozon-ichak yoʻlida parchalanishidan hosil boʻladigan aminokislotalarning asosiy qismi qonga soʻrilsa, maʼlum qismi turli oʻzgarish va reaktsiyalarga uchraydi, oʻzlashtirilmay qolganlari esa ichakdagi mikroflora tomonidan foydalaniladi.

Slayd 8

Aminokislotalarning asosiy qismi oqsil sintezida ishtirok etsa ham, ayrimlari turli reaktsiyalarda qatnashib, turli xil oʻzgarishlarga uchraydi. Bir qism aminokislotalardan fiziologik faollikka ega boʻlgan moddalar hosil boʻladi. Masalan, tirozin buyrak osti bezida adrenalin gormoniga, qalqonsimon bezida esa tiroksinga aylanishi mumkin, triptofan esa markaziy nerv tizimining qator vazifasini izga soluvchi serotonin hosil boʻlishida asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Slayd 9

Oʻsimliklar organizmida barcha aminokislotalar sintezlansa, hayvonlarda esa ayrimlari sintezlanmaydi. Organizmda sintezlanmaydigan – almashmaydigan aminokislotalarga: treonin, metionin, valin, izoleytsin, fenilalanin, gistidin, triptofan, lizin, leytsin va argininlar kiradi. Qolgan aminokislotalar almashinadigan qatordan joy olgan.

Slayd 10

Aminokislotalar metabolizmida keng tarqalgan va muhim reaktsiyalardan transaminirlanish (pereaminirlanish), oksidlanishli dezaminirlanish va dekarboksillanishlarni koʻrsatish mumkin. Pereaminirlanish reaktsiyasi, bu aminotransferaza fermenti ishtirokida α-aminokislotalar va α-ketokislotalarning oʻzaro almashinuvidan iborat.

Slayd 11

Sut emizuvchi hayvonlarning toʻqimalarida ikki xil aminotransferaza-alanin-aminotransferaza va glyutamat-aminotransferaza fermentlari uchraydi. Ular koʻpchilik α- aminokislotalardan amino guruhini koʻchirib, alaninni (pirouzum kislotasidan) va gulatimin kislotalarini (α-ketoglutarat kislotasidan) hosil qiladilar. Har qaysi aminotransferaza α-amino-va α- ketokislota juftlari uchun spetsifik faoliyat koʻrsatadi.

Slayd 12

Α- Ketokislotalar aktseptori sifatida aksariyat, α-ketoglyutarat kislotasi xizmat qiladi:
Koʻpchilik α-aminokislotalar aminotransferaza fermentlari uchun substrat hisoblanib, istisno sifatida treonin, prolin va lizinlar hisoblanadi

Slayd 13

Transaminazalar ikki komponentli fermentlar boʻlib, ularning kofaktori sifatida piridoksalʼfosfat xizmat qiladi. Oksidlanish bilan boradigan dezaminlanish reaktsiyalarini jigarda, buyrakda va oʻsimlik toʻqimalarida kuzatish mumkin. Bunday reaktsiyalarning mahsuloti sifatida α-ketokislotalar hosil boʻladi. Mazkur reaktsiyalarni degidrogenaza fermentlari amalga oshirib, ularning kofermentlari Nad va NADFlar hisoblanadi.

Slayd 14

Ni­ko­ti­na­MI­da­de­nin­DI­nuk­le­o­tid (Nad)
Nikotinamidadenindinukleotidfosfat (Nadf)

Slayd 15

Kimyoviy oʻzgarishi ferment tomonidan katalizlanadigan moddaga substrat (S) deyiladi.
Kataliz (katalitik reaktsiyalar) ketma-ket uchta bosqichdan iborat boʻladi:
Faol markaz orqali oʻzaro taʼsir qilishda ferment-substrat kompleksining hosil boʻlishi
Substratni faollashtirish, bunday holda, substratning maʼlum bir kimyoviy modifikasiyasi va uning yangi mahsulot yoki mahsulotga aylanishi sodir boʻladi

Slayd 16

Ikkinchi bosqichda substratning bogʻlanishi faol markazning bir necha nuqtalarida sodir boʻladi, bu esa substrat strukturasining oʻzgarishiga, molekuladagi bogʻlanish energiyasining oʻzgarishi tufayli uning deformasiyasiga olib keladi.
Bunday transformasiya natijasida yangi modda (mahsulot) fermentning faol markazida saqlanish qobiliyatini yoʻqotadi va ferment-substrat, toʻgʻrirogʻi, ferment-mahsulot kompleksi dissosiasiyalanadi (parchalanadi)

Slayd 17

Bularni quyidagi reaktsiyalar orqali ifodalash mumkin:
A+Ye = Aye = Be = Ye + B
A+B +Ye = Aye+B = Abe = Ab + Ye
Ab+Ye = Abe = A+B+Ye
Bu yerda Ye – enzim, A va B – substratlar, yoki reaktsiya maxsuloti
Enzimlar yoki fyermentlar – bu har qanday oʻsimlik, hayvon va odamning har qanday hujayralarida mavjud boʻlgan oqsil birikmalari

Slayd 18

Organizmda keng tarqalgan degidrogenazalardan glutamatdegidrogenaza boʻlib, quyidagi reaktsiyani katalizlaydi:
Hosil boʻlgan ammiakning maʼlum miqdori tashqariga chiqariladi va uning bir qismi kislotali xususiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar bilan birikib, ammoniyli tuz hosil qiladi

Slayd 19

Organizmda dezaminlanishning boshqa yoʻllari ham bor.
Qaytarish orqali dezaminlanish:
Gidrolitik dezaminlanish:

Slayd 20

Molekula ichida dezaminlanish:
Bu uch xil dezaminlanish koʻproq mikroorganizmlar va oʻsimliklarda uchraydi. Aminokislotalarning dekarboksillanishi muhim metabolitik jarayon boʻlib, bu reaktsiya mahsuloti sifatida biologik faol aminlar hosil boʻladi
Aminokislotalarning dekarboksilaza fermentlari murakkab boʻlib, koferment sifatida piridoksalfosfat ishtirok etadi

Slayd 21

Glutamin va aminomoy (Gamk) kislotalar neyromediatorlar hisoblanadi. Ular neyromushaklar faoliyatida sodir boʻladigan elektrik potentsiallarni uzatilishida ishtirok etadilar. Nerv impulslarining uzatilishini Gamk ingibirlaydi, glutamin kislota esa faollantiradi.

Slayd 22

Gistidinning dekarboksillanishidan hosil boʻlgan gistamin ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi.
Shunday qilib, aminokislotalarning katabolizmi natijasida oxirgi mahsulot sifatida α-ketokislotalar, aminlar, So2 va ammiak hosil boʻladi.

Slayd 23

Ammiakning zararsizlantirilishi
Va mochevina sintezi
Organizmda aminokislotalar purin asoslari, amidlar va boshqa azot tutuvchi moddalar dezaminlanishidan ammiak hosil boʻladi. Ammiak markaziy nerv tizimsi uchun zaharli hisoblanib, organizm uni tez zaharsizlantirish (dezaktivatsiya) tizimiga ega.
Glutamin oqsil sintezida ishtirok etishidan tashqari yana u ammiakning zahirasi hamdir. Xuddi shu yoʻl bilan tegishli sintetazalar orqali asparagin ham hosil boʻladi.

Slayd 24

Miyada ammiakni glutamin kislotasi biriktirib, glutaminga aylanadi:
Maʼlumki, hayvon organizmida bir sutkada oʻrtacha hisobda 20 g ammiak hosil boʻlsa ham, qonda juda oz miqdorda uchraydi. Ammiakni organizimda zaharsizlantirishdagi asosiy yoʻl bu ornitin yoki mochevina sikli boʻlib, bu jarayon 1932 yilda Krebs va Xenseylat tomonidan aniqlangan

Slayd 25

Ornitin siklining birinchi reaktsiyasida karbamoilfosfat ammiak, So2 va Atf dan sintezlanadi.
Reaktsiyani karbamoilfosfatsintetaza fermenti katalizlaydi. Mazkur reaktsiyada ikki molekula Atf ishtirok etib, bittasi reaktsiya uchun fosfor kislotasining donori boʻlib, ikkinchi Atf esa energetik vazifani bajaradi:

Slayd 26

Reaktsiya muvozanati sitrullin sinteziga moyil boʻladi. Keyingi reaktsiyalarda azot almashinuvining oxirgi mahsuloti mochevina hosil boʻlishi bilan yakunlanadi:

Slayd 27

Aminokislotalar oshqozon-ichak yoʻlida patogen boʻlmagan bakteriyalar taʼsirida parchalanadi. Bunday mikroorganizmlar ingichka ichakning pastki qismida va yoʻgʻon ichakda koʻp miqdorda boʻladi. Oqsillarning parchalanishidan hosil boʻladigan aminokislotalarning asosiy qismi ichak devorlari orqali soʻriladi, oz qismi esa ichak mikroflorasi taʼsirida parchalanadi. Oqsillarning chirish yoʻLI bilan parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar-vodorod sulfid, ammiak, vodorod ichak gazlari sifatida ajratiladi.

Slayd 28

Hulosa qilinganda aminokislotalarning koʻpchilik qismi asosan, uch xil yoʻl bilan sintezlanadi: a) ketokislotalarning qaytarish yoʻLI bilan aminlanishi; b) toʻyinmagan kislotalarning bevosita aminlanishi; v) ketokislotalarning qayta aminlanishi. Hosil boʻlgan aminokislotalar biologik muhim boʻlgan moddalar uchun, jumladan oqsillar, gemoglabindagi gem, kreatinfosfat, ayrim kofermentlar va boshqa birikmalar uchun dastlabki hom ashyo hisoblanadi.

Slayd 29

Aminokislotalar almashinuvining xususiy yoʻllari
Glyukogen aminokislotlar: alanin, arginin, asparagin, sistein, glutamin, glitsin, gistidin, 4-gidroksiprolin, metionin, prolin, serin, treonin, valin
Ketogen aminokislota: leytsin
Glyukoketogen aminokislotalar: izoleytsin, lizin, fenilalanin, triptofan, tirozin

Slayd 30

Organizmda 24 soat davomida 2% ga yaqin kreatin kreatininga aylanadi. • Mushaklarda kreatin miqdori – 25-55 g/kg, yurak mushagida – 15-30 g/kg, miya toʻqimasida – 10-15 g/kg. • Kreatin siydik bilan faqat bolalarda ajratiladi, kattalarda 1 sutkada kreatinin siydik bilan 4,4- 17,6 mmol/sut. Ajratiladi. • Mushak massasi va kreatinin ajratilishi oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. • Siydikda kreatinning mavjudligi va mushakda kreatinfosfokinaza faolligining pasayishi mushaklarda distrofiya rivojlanishidan dalolat beradi.

Slayd 31

Slayd 32

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 33

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Aminokislotalar almashinuvi va ammiakni zararsizlantirilishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

19 − 18 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar