Allergiya va allergik reaksiyalar tasnifi

4000 so'm


Allergiya va allergik reaksiyalar tasnifi

 

 

Slayd 1

Allergiya. Allergik reaksiyalar tasnifi

Slayd 2

Allergiya (allergik reaksiyalar – gipersezuvchanlik reaksiyalari) organizmning sogʻlom toʻqimalari zararlanishi bilan kechadigan immun tizimining reaksiyalari sanaladi. Immun tizimi «begona narsalardan» organizmni himoya qiladigan mexanizmlar va «oʻzining toʻqimalari» zararlaydigan gipersezuvchanlik reaksiyalari mexanizmlari bir biriga oʻxshaydi. Shunday qilib, immun tizimining komponentlari meʼyorida sanalgan antitelalar, limfotsitlar va boshqa xoʻjayralar infeksiyalar bilan kurashishdan tashqari allergik reaksiyalar rivojlanishida shuningdek qon quyishdagi reaksiyalarda, autoimmun kasalliklarida hamda koʻchirib oʻtkazilgan organlarning bitib ketmasligi jarayonlarida ham ishtirok etadi.

Slayd 3

Odatda, allergik reaksiya atamasi bilan E (IgE) immunoglobulinlar sinfi antitelasiga jalb etiladigan jarayonlarni anglatadi. Ushbu antitelalar qondagi bazofillar singari maxsus xoʻjayralar bilan hamda toʻqimalardagi yoʻgʻon xoʻjayralar bilan birikadi. IgE bilan bogʻliq xoʻjayraning atigeni bilan uchrashganda (mazkur holatda allergen nomlanadi) yon atroflardagi toʻqimalarni zaralovchi moddani ajrata boshlaydi. Nazariy jihatdan immun javobini chaqiruvchi har qanday narsa: chang, oʻsimlik gardi, dori yoki ovqat mahsulotlari singari har qanday antigen taʼsir qiluvchi narsalar allergenlar boʻlishi mumkin.

Slayd 4

Reaksiya turlariga koʻra allergiyaning toʻrt turi ajaratiladi, bular:  Tez sodir boʻladigan anafilaktik reaksiyalar boʻlib, allergen bilan inson organizmi uchrashgandan soʻng bir necha daqiqa yoki 2-3 soatdan keyin namoyon boʻladi. Mazkur holatda yorqin ifoda etilgan fiziologik taʼsir qiluvchi gistaminning kattagina miqdorini chiqarib yuborish holati sodir boʻladi. Mazkur turga anafilaktik shok, allergik rinit, Kvinke shishi, atopik (allergik) bronxial astma, eshak emi, va bolalarda uchraydigan deyarli barcha turdagi allergiyalar kiradi;  Sitotoksik yoki sitologik namoyon boʻlishlar. Avvalgi turdagidan tezroq sodir boʻladigan ushbu reaksiyalar albatda xoʻjayralarning emirilishi hamda nobud boʻlishiga olib keladi.

Slayd 5

Bunga gemolitik sariq kasal (gepatit) hamda chaqaloqning onasi bilan rezuskonflektiga immun tizimining javobi sifatida yangi tugʻilgan goʻdaklarning anemiyasi, baʼzi bir preparatlarni qabul qilishdan keyingi asoratlarning qolishi shuningdek qon quyish natijasida vjudga kelgan har qanday turdagi reaksiyalar kiradi.  Immunokompleksli reaksiyalar allergen bilan kontaktdan soʻng bir sutka mobaynida vujudga keladi. Shu kabi jarayonlar natidjasida kapillyarlarning ichki devorlarida jarohatlanishlar roʻy beradi. Odatda, bu erda zardob kasalligi, glomerulonefrit, allergik konʼyuktivit, revmatoidli artrit, sitemali qizil pildiriq, gemmorrogik vaskulit hamda allergik dermatit singari allergiya turlari mavjud.  Kechki gipersensibilizatsiya maʼlum bir faktorlarning inson organizmiga salbiy taʼsiridan soʻng bir necha kundan soʻng rivojlanishi mumkin. Koʻp hollarda bronxial astma, rinit hamda kontaktli dermatit kabi koʻrinishlarda namoyon boʻladi.

Slayd 6

Giper sezuvchanlikni stimullovchi reaksiyalar. Reaksiyaning ushbu turi avvalgilaridan shunisi bilan farqlanadiki, antitela gormonlarning molekulalari uchun moʻljallangan retseptorlar bilan taʼsirlashadi. Shunday qilib, antitela gormonni uning tartibga soluvchi taʼsiri bilan «almashtiradi». Aniq bir retseptorga bogʻliq holda V tip (tur) reaksiyasida retseptorlar hamda antitelalar kontakti natijasida organ funksiyasining stimulyasiyasi yoki bosimga uchrashi holati sodir boʻlishi mumkin. Allergik holatlar rivojlanishi mexanizmlari: allergik reaksiyalar turlari oʻz asosida bir necha bosqichlarni ajratib koʻrsatish mumkin boʻlgan yagona mexanizmga ega.

Slayd 7

Gipersezuvchanlik reaksiyalari haqida tushuncha. Organizm bilan qayta uchrashishda antigenning muayyan shakllari oʻz asosida oʻziga xos boʻlgan alohida reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo ular oʻziga xos boʻlmagan oʻtkir yalligʻlanish javobining xoʻjayra hamda molekulyar faktorlarini (omillarini) oʻz ichiga oladi. YUqori reaktivlikning ikki turi: tez sodir boʻladigan tipdagi gipersezuvchanlik hamda sekin sodir boʻladigan tipdagi gipersezuvchanlik shakllari maʼlum

Slayd 8

Tez sodir boʻladigan tipdagi gipersezuvchanlik. Allergiya tez sodir boʻladigan tipdagi yuqori sezuvchanlikning antigen xususiyatli tashqi muhitning qator moddalariga javob reaksiyasidir. Reaksiyaning ushbu antigenlari bilan nmaoyon boʻlgani bois ularni allergenlar deb atashadi. Allergik reaksiyalar keng koʻlamda namoyon boʻladi – shilliq burun qavati-yu, aksirishdan tortib, to oʻlim bilan tugaydigan anafilaktik shokgacha koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Turli tuman simptomatikaga qaramasdan allergik koʻrinishlarning asosida umumiy mexanizmlar yotadi. Allergen bilan ilk uchrashuv yuqori sezuvchanlikning biror-bir belgisining namoyon boʻlishi bilan kechmaydi

Slayd 9

Sekin sodir boʻladigan tipdagi gipersezuvchanlik. Sekin sodir boʻladigan tipdagi gipersezuvchanlik – yalligʻnishning antgenga xos CD4 T-xoʻjayralarining ishi natijasidir. Javob berishning ushbu shakliga oʻxshash holat tuberkulin probasi boʻlib, hamon infeksion kaslliklarda klinikalarda qoʻllanilib kelinadi. Reaksiyaning namoyon boʻlishiga olib keladigan bir necha bosqichlar ajratiladi: 1. Antigenni organizmga birinchi bor kiritish yalligʻlanishning oʻziga xos CD4 T-xoʻjayralari yigʻilib qolishga olib keladi. 2. Antigenni takroran teri ostiga kiritganda uning regional mahalliy toʻqima makrofaglarini egallab olishi roʻy beradi. Ushbu antigenprezentatsiyalovchi xoʻjayralar II klass Mns molekulalari bilan kompleks holda antigen fermentlarini oʻz sirtiga (yuzasiga) chiqaradi. 3. Bundan avvalgi antigenga xos CD4 T-xoʻjayralari makrofag yuzasida immunogen kompleksi bilan taʼsirlashadi

Slayd 10

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 11

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Allergiya va allergik reaksiyalar tasnifi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

one + one =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar