- Savatga boshqa "BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I
7000 so'm

O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I
O‘zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlari
O‘zbek tili leksikasi doimiy ravishda o‘zgarish va yangilanish jarayonida bo‘ladi. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tildagi so‘z boyligiga bevosita ta’sir etadi. Ba’zi so‘zlar eskirib iste’moldan chiqsa, boshqalari yangilanib, faollashadi yoki yangi so‘zlar paydo bo‘ladi. Shu bois o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uch qatlamga ajratish mumkin: betaraf leksika, eskirgan leksika va yangi leksika.
Betaraf leksika
Betaraf yoki neytral leksika — eskilik yoki yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar qatlamidir. Ular ijtimoiy o‘zgarishlardan kam ta’sirlanadi va asosan ilmiy, kundalik yoki texnik nutqda qo‘llaniladi. Masalan: sinus, kosinus, zaryad kabi so‘zlar betaraf leksikaga kiradi. Ular faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin, ammo tarixiylik belgisi yo‘q.
Eskirgan leksika
Eskirgan leksika ikki guruhga bo‘linadi: tarixiy leksemalar va arxaik leksemalar.
- Tarixiy leksemalar — o‘tmishdagi narsa-hodisalarga oid so‘zlar: amir, xon, qalqon, qozi, qul, kashkul kabi. Ular hozir iste’molda bo‘lmasa-da, tarixiy asarlar yoki badiiy matnlarda ishlatiladi.
- Arxaik leksemalar — o‘z o‘rnini yangi so‘zlarga bo‘shatgan birliklar: ulus (xalq), tilmoch (tarjimon), lang (cho‘loq) kabi. Ularning o‘rnini yangicha atamalar egallagan.
Til taraqqiyoti davomida bu leksemalar asta-sekin iste’moldan chiqadi, ba’zilari esa yangi ma’no bilan qayta faollashadi. Masalan, hokim, viloyat, sardor kabi so‘zlar tarixiy bo‘lishiga qaramay, bugun yangicha ma’noda faol ishlatiladi.
Yangi leksika
Yangi leksika — zamonaviy hayot, texnika va fan taraqqiyoti bilan tilga kirib kelgan yangi so‘zlar qatlamidir. Ular, asosan, neologizmlar deb yuritiladi. Masalan: lizing, audit, vebsayt, IT, bloger. Vaqt o‘tishi bilan ayrim yangi so‘zlar (masalan, internet, televideniye, kosmos) betaraf leksika tarkibiga o‘tadi.
Shuningdek, faollashgan leksemalar ham yangi leksikaga kiradi — ya’ni ilgari kam ishlatilgan, lekin bugun qayta ommalashgan so‘zlar: tadbirkor, biznes, ishbilarmon kabi.
So‘zning uslubiy bo‘yog‘i
O‘zbek tili leksikasida so‘zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ham qatlamlanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:
- Betaraf so‘zlar — faqat denotativ ma’noga ega: yuz, ozg‘in, jilmaymoq.
- Bo‘yoqdor so‘zlar — ma’nosida his-tuyg‘u, kayfiyat yoki baho bor: dirdov, qiltiriq, irshaymoq kabi.
Masalan, “shalviramoq”, “shalpaymoq” so‘zlari kinoya yoki mazax bo‘yoqlarini beradi. Shunday qilib, uslubiy bo‘yoq so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
Ekspressivlikni ifodalash usullari
- Leksik usul — bo‘yoqdor so‘zlarni tanlab ishlatish;
- Kontekstual usul — neytral so‘zning ma’nosini kontekst orqali bo‘yoqdor qilish;
- Affiksatsiya usuli — subyektiv baho bildiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish;
- Fonetik usul — tovushlarni cho‘zish, urg‘uni o‘zgartirish orqali hissiyot yaratish;
- Metaforik usul — ko‘p ma’noli so‘zning majoziy ma’nosidan foydalanish.
Masalan, “Mamajon lochin yigit” birikmasida “lochin” so‘zi majoziy ma’noda ishlatilib, ijobiy baho beradi.
Xulosa
O‘zbek tili leksikasi — bu doimo rivojlanib boruvchi tirik tizim. U zamon bilan yangilanadi, eski so‘zlar tarixiy xotira sifatida yashaydi, yangi so‘zlar esa davr ruhi va tafakkurini ifodalaydi. Adib Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda:
So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin,
Zargarlikning mashaqqati ko=== Taqdimot 1 ===
O‘zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlari. O‘zbek tili leksikasining emotsional-ekspressiv jihatdan qatlamlanishi. So‘zning uslubiy bo‘yog‘i
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar
Hozirgi o‘zbek tili, eskirgan so‘zlar, eski leksika, yangi so‘z, yangi leksika, betaraf leksika, o‘zbek tili leksikasi, tarixiy so‘zlar, o‘zbek tili leksikasining emotsional-ekspressiv jihatdan qatlamlanishi, so‘z, so‘zning uslubiy bo‘yog‘i.
=== Taqdimot 3 ===
So‘zning uslubiy bo‘yog‘i.
Betaraf leksika.
Eskirgan leksika.
Yangi leksika.
Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning nutqda qo‘llanishi.
Xulosa.
01
02
03
04
Reja:
05
06
=== Taqdimot 4 ===
Betaraf leksika
01
=== Taqdimot 5 ===
Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning barcha sohalarida u yoki bu darajada o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kechadi.
=== Taqdimot 6 ===
Bunda to‘rt holat kuzatiladi.
Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta “jonlanadi”, “tiriladi”, uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘zlar faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’noviy tabiatida o‘zgarish yuz beradi.
Bu hodisalarning barchasi ma’lum bir obyektiv sabab asosida ro‘y beradi.
=== Taqdimot 7 ===
Hozirgi tildagi eskirgan so‘zlar eski leksika, yangi so‘zning jami yangi leksika, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar betaraf leksika deb yuritiladi.
=== Taqdimot 8 ===
Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Betaraf leksika.
2. Eskirgan leksika.
3. Yangi leksika.
=== Taqdimot 9 ===
Hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol leksika, qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atama bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to‘g‘riroq. Zero, na eskilik, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zaryad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi.
Betaraf leksika:
=== Taqdimot 10 ===
Biroq ular faol ham, umumiste’mol so‘zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste’mol yoki qo‘llanishi chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan leksema hozirgi o‘zbek tilining betaraf leksikasi deyiladi.
=== Taqdimot 11 ===
Eskirgan leksika
02
=== Taqdimot 12 ===
Tarixiy leksema
Arxaik leksema
Eski qatlamga oid leksemalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
=== Taqdimot 13 ===
Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin.
Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi.
Tarixiy leksema
=== Taqdimot 14 ===
Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
Misollar:
1. Dehqonlarning so‘nggi hisoblariga ko‘ra, bug‘doylari besh botmon chiqishi kerak edi (S.Ayn.).
2. Bir chekkada bizning chilimga o‘xshagan, lekin nay o‘rniga uzun rezinka o‘rnatilgan bir balo (M.Ism.).
3. U qishloqlarda faqat qiz cho‘rilardan qirq nafar bo‘lib, ularga egalari ko‘p zulm qilar ekanlar (S.Ayn.).
4. Xo‘jayin podshoga o‘lpon to‘laganda biz to‘lamaymizmi? (N.Saf.).
5. Said Abdullaxon to‘ra ot ustida turgan holda o‘zining ingichka ovozi bilan biyga savol qildi (Mirm.).
6. Choyxonada uzun bo‘yli, uzun quloqli qalandar ko‘zlarini yumib… Mashrabdan g‘azallar o‘qiydi. (Oyb.).
=== Taqdimot 16 ===
Ayrim polisemantik leksemalarning ba’zi ma’nolari tarixiylashib, boshqa ma’nosi umumiste’molda saqlanib qolishi mumkin. Masalan, millat leksemasining quyidagi gaplardagi ma’nosiga diqqat qiamiz.
=== Taqdimot 17 ===
Yoshlar, keksalar, qizlar, juvonlar orasida turli millat vakillari – qozoq, qirg‘iz, arman va yahudiylar ham ko‘rinar edilar (P.Turs.).
Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati. (“Diniy rivoyatlar”dan).
=== Taqdimot 18 ===
Birinchi gapda millat leksemasining “tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi” sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning “biror dinga mansublik” tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 19 ===
Arxaizm o‘z o‘rnini boshqa leksemaga bo‘shatib bergan leksik birlik. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste’moldan chiqib ketadi.
Misollar: ulus (xalq), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon).
Arxaik leksema o‘zining neytral leksika tarkibidagi “o‘rinbosar”ining “tarixiylik bo‘yog‘I” ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimidir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar.
=== Taqdimot 20 ===
Tilda bo‘ladigan o‘zgarish uzoq davom etadigan tadrijiy jarayon. Shu boisdan yangi leksema tilga birdan kirib kelmaganligi kabi leksemaning tarixiylashuvi va arxaiklashuvi ham asta-sekinlik bilan yuz beradi. Shu boisdan tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin.Tarixiylashish yoki arxaiklashishning quyi darajasidagi leksema tilning bugungi bosqichida kam bo‘lsa ham, iste’molda bo‘lsa, yuqori darajadagi eskirish natijasida leksema butkul iste’moldan chiqib ketadi.
=== Taqdimot 21 ===
Yangi leksika
03
=== Taqdimot 22 ===
Yangi leksika tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizm deb yuritiladi. Yangi leksema va yangi so‘zni farqlash lozim.
Masalan, kitobchi, kompyutershunos, zakovatchi birliklari.
Yangi leksika esa tilimizdan joy olgan yangi leksemadan tarkib topadi.
=== Taqdimot 23 ===
Yangi leksikani ikkiga bo‘lish mumkin:
a) sof yangi leksema tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib o‘rnashgan boshqa tilga xos leksik birlik lizing, audit, vebsayt, subsidiya, ITsohasi kabi. Yangi leksema, asosan, terminologik birlik. Yangi leksema davr o‘tishi bilan neytral leksika tarkibiga o‘tib ketadi. Masalan, yaqin vaqtgacha neologizm sifatida qaralgan kosmos, televideniye, internet, market kabi leksemalar bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotdi;
=== Taqdimot 24 ===
b) faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo‘lib, ular iste’moldan chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo‘llanila boshlagan birliklardir. Hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi leksema shular jumlasidan. Shuningdek, yangi ma’no kasb etgan birliklar ham yangi leksika tarkibida qaralishga haqli: savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes kabi.
Faollashgan leksema sof yangi leksemadan farqli o‘laroq, o‘z qatlamga oid ham, o‘zlashma qatlamga oid ham bo‘lishi mumkin. Bu leksemaning umumiste’mol leksema sirasiga o‘tib ketishi juda tez yuz beradi.
=== Taqdimot 25 ===
So‘zning uslubiy bo‘yog‘i
04
=== Taqdimot 26 ===
O‘zbek tili leksikasida so‘zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga ajratiladi.
=== Taqdimot 27 ===
1. Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so‘zlar.
Bunday so‘zlarning semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo‘ladi: yuz, oriq, ozg‘in, jilmaymoq kabi.
=== Taqdimot 28 ===
2. Emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar.
Bunday so‘zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo‘yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo‘ladi:
turq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq),
dirdov (denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq),
qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq),
irshaymoq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq) kabi.
=== Taqdimot 29 ===
Izoh:
yaxshi va yomon, g‘azab va nafrat kabi so‘zlarda uslubiy bo‘yoq bordek tuyuladi, aslida esa ularda uslubiy bo‘yoq yo‘q, bu so‘zlar belgi yoki voqelikni atash (nomlash) bilan cheklanadi, shunga ko‘ra emotsional – ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar sanalmaydi.
=== Taqdimot 30 ===
Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning nutqda qo‘llanishi.
05
=== Taqdimot 31 ===
Uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘zlardan nutqda his-tuyg‘ularni, so‘zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi.
Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik… (Uyg‘un).
Tursang-chi, muncha shalpayasan (H.SH.).
Bu misollarda bo‘shashmoq leksemasi o‘rnida shalviramoq va shalpaymoq so‘zlari qo‘llangan va shu so‘zlarning mazmun planidagi uslubiy bo‘yoqlar (“kinoya”, “mazax”, “kesatiq” semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta’minlangan.
=== Taqdimot 32 ===
Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi:
Leksik usul.
Kontekstual usul.
Affiksatsiya usuli.
Fonetik usul.
So‘zni metaforik qo‘llash usuli.
=== Taqdimot 33 ===
Leksik usul. Bunda uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘z nutqqa kiritiladi (yuqoridagi misollar).
Kontekstual usul. Bunda uslubiy bo‘yog‘i yo‘q bo‘lgan so‘z ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so‘zga aylantiriladi.
Affiksatsiya usuli. Bunda betaraf ma’noli so‘zlarga subyektiv baho ifodalovchi afifiksal morfemalar qo‘shiladi.
=== Taqdimot 34 ===
Fonetik usul. Bunda so‘z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho‘ziladi, urg‘uning o‘rni o‘zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. Misollar: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar… (P.Q.). Akam bechora go‘shangada ko‘rib, xayro-o-o-on bo‘lib qolganlar. (Mirm.).
=== Taqdimot 35 ===
So‘zni metaforik qo‘llash usuli. Bunda ko‘p ma’noli so‘zning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi.
Masalan: 1. Muhtaram qayin otamizg‘a! Siz bilan meni qorong‘i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan … Homid ismli bir to‘ng‘izni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so‘ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo‘ldim. (A.Qod.).
2. Mamajon lochin yigit, serharakat, betinim. (Q.M.).
=== Taqdimot 36 ===
Xulosa
06
=== Taqdimot 37 ===
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, sevimli adibimiz Erkin Vohidov aytganlaridek:
So‘z – zabarjad,
So‘z – gavhar, oltin,
Zargarlikning mashaqqati ko‘p.
So‘zni baytga qadashdan oldin
Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!
=== Taqdimot 38 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!Slaydchi.uz — tilshunoslik va pedagogika yo‘nalishidagi taqdimotlar uchun ishonchli manba.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.