O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I
7000 so'm

Slayd 1
O‘zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlari. O‘zbek tili leksikasining emotsional-ekspressiv jihatdan qatlamlanishi. So‘zning uslubiy bo‘yog‘i
Slayd 2
Tayanch tushunchalar
Hozirgi o‘zbek tili, eskirgan so‘zlar, eski leksika, yangi so‘z, yangi leksika, betaraf leksika, o‘zbek tili leksikasi, tarixiy so‘zlar, o‘zbek tili leksikasining emotsional-ekspressiv jihatdan qatlamlanishi, so‘z, so‘zning uslubiy bo‘yog‘i.
Slayd 3
So‘zning uslubiy bo‘yog‘i.
Betaraf leksika.
Eskirgan leksika.
Yangi leksika.
Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning nutqda qo‘llanishi.
Xulosa.
01
02
03
04
Reja:
05
06
Slayd 4
Betaraf leksika
01
Slayd 5
Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning barcha sohalarida u yoki bu darajada o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kechadi.
Slayd 6
Bunda to‘rt holat kuzatiladi.
Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta “jonlanadi”, “tiriladi”, uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘zlar faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’noviy tabiatida o‘zgarish yuz beradi.
Bu hodisalarning barchasi ma’lum bir obyektiv sabab asosida ro‘y beradi.
Slayd 7
Hozirgi tildagi eskirgan so‘zlar eski leksika, yangi so‘zning jami yangi leksika, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar betaraf leksika deb yuritiladi.
Slayd 8
Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Betaraf leksika.
2. Eskirgan leksika.
3. Yangi leksika.
Slayd 9
Hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol leksika, qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atama bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to‘g‘riroq. Zero, na eskilik, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zaryad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi.
Betaraf leksika:
Slayd 10
Biroq ular faol ham, umumiste’mol so‘zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste’mol yoki qo‘llanishi chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan leksema hozirgi o‘zbek tilining betaraf leksikasi deyiladi.
Slayd 11
Eskirgan leksika
02
Slayd 12
Tarixiy leksema
Arxaik leksema
Eski qatlamga oid leksemalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
Slayd 13
Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin.
Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi.
Tarixiy leksema
Slayd 14
Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin.
Slayd 15
Misollar:
1. Dehqonlarning so‘nggi hisoblariga ko‘ra, bug‘doylari besh botmon chiqishi kerak edi (S.Ayn.).
2. Bir chekkada bizning chilimga o‘xshagan, lekin nay o‘rniga uzun rezinka o‘rnatilgan bir balo (M.Ism.).
3. U qishloqlarda faqat qiz cho‘rilardan qirq nafar bo‘lib, ularga egalari ko‘p zulm qilar ekanlar (S.Ayn.).
4. Xo‘jayin podshoga o‘lpon to‘laganda biz to‘lamaymizmi? (N.Saf.).
5. Said Abdullaxon to‘ra ot ustida turgan holda o‘zining ingichka ovozi bilan biyga savol qildi (Mirm.).
6. Choyxonada uzun bo‘yli, uzun quloqli qalandar ko‘zlarini yumib… Mashrabdan g‘azallar o‘qiydi. (Oyb.).
Slayd 16
Ayrim polisemantik leksemalarning ba’zi ma’nolari tarixiylashib, boshqa ma’nosi umumiste’molda saqlanib qolishi mumkin. Masalan, millat leksemasining quyidagi gaplardagi ma’nosiga diqqat qiamiz.
Slayd 17
Yoshlar, keksalar, qizlar, juvonlar orasida turli millat vakillari – qozoq, qirg‘iz, arman va yahudiylar ham ko‘rinar edilar (P.Turs.).
Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati. (“Diniy rivoyatlar”dan).
Slayd 18
Birinchi gapda millat leksemasining “tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi” sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning “biror dinga mansublik” tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin.
Slayd 19
Arxaizm o‘z o‘rnini boshqa leksemaga bo‘shatib bergan leksik birlik. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste’moldan chiqib ketadi.
Misollar: ulus (xalq), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon).
Arxaik leksema o‘zining neytral leksika tarkibidagi “o‘rinbosar”ining “tarixiylik bo‘yog‘I” ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimidir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar.
Slayd 20
Tilda bo‘ladigan o‘zgarish uzoq davom etadigan tadrijiy jarayon. Shu boisdan yangi leksema tilga birdan kirib kelmaganligi kabi leksemaning tarixiylashuvi va arxaiklashuvi ham asta-sekinlik bilan yuz beradi. Shu boisdan tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin.Tarixiylashish yoki arxaiklashishning quyi darajasidagi leksema tilning bugungi bosqichida kam bo‘lsa ham, iste’molda bo‘lsa, yuqori darajadagi eskirish natijasida leksema butkul iste’moldan chiqib ketadi.
Slayd 21
Yangi leksika
03
Slayd 22
Yangi leksika tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizm deb yuritiladi. Yangi leksema va yangi so‘zni farqlash lozim.
Masalan, kitobchi, kompyutershunos, zakovatchi birliklari.
Yangi leksika esa tilimizdan joy olgan yangi leksemadan tarkib topadi.
Slayd 23
Yangi leksikani ikkiga bo‘lish mumkin:
a) sof yangi leksema tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib o‘rnashgan boshqa tilga xos leksik birlik lizing, audit, vebsayt, subsidiya, ITsohasi kabi. Yangi leksema, asosan, terminologik birlik. Yangi leksema davr o‘tishi bilan neytral leksika tarkibiga o‘tib ketadi. Masalan, yaqin vaqtgacha neologizm sifatida qaralgan kosmos, televideniye, internet, market kabi leksemalar bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotdi;
Slayd 24
b) faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo‘lib, ular iste’moldan chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo‘llanila boshlagan birliklardir. Hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi leksema shular jumlasidan. Shuningdek, yangi ma’no kasb etgan birliklar ham yangi leksika tarkibida qaralishga haqli: savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes kabi.
Faollashgan leksema sof yangi leksemadan farqli o‘laroq, o‘z qatlamga oid ham, o‘zlashma qatlamga oid ham bo‘lishi mumkin. Bu leksemaning umumiste’mol leksema sirasiga o‘tib ketishi juda tez yuz beradi.
Slayd 25
So‘zning uslubiy bo‘yog‘i
04
Slayd 26
O‘zbek tili leksikasida so‘zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga ajratiladi.
Slayd 27
1. Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so‘zlar.
Bunday so‘zlarning semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo‘ladi: yuz, oriq, ozg‘in, jilmaymoq kabi.
Slayd 28
2. Emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar.
Bunday so‘zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo‘yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo‘ladi:
turq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq),
dirdov (denotativ ma’no+uslubiy bo‘yoq),
qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq),
irshaymoq (denotativ ma’no + uslubiy bo‘yoq) kabi.
Slayd 29
Izoh:
yaxshi va yomon, g‘azab va nafrat kabi so‘zlarda uslubiy bo‘yoq bordek tuyuladi, aslida esa ularda uslubiy bo‘yoq yo‘q, bu so‘zlar belgi yoki voqelikni atash (nomlash) bilan cheklanadi, shunga ko‘ra emotsional – ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar sanalmaydi.
Slayd 30
Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning nutqda qo‘llanishi.
05
Slayd 31
Uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘zlardan nutqda his-tuyg‘ularni, so‘zlovchining voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifodalash maqsadida foydalaniladi.
Masalan: Mamlakat bizlarga ishonsin! Biz shalvirab ishni xurjun qilaylik… (Uyg‘un).
Tursang-chi, muncha shalpayasan (H.SH.).
Bu misollarda bo‘shashmoq leksemasi o‘rnida shalviramoq va shalpaymoq so‘zlari qo‘llangan va shu so‘zlarning mazmun planidagi uslubiy bo‘yoqlar (“kinoya”, “mazax”, “kesatiq” semalari) hisobiga nutqda ekspressivlik ta’minlangan.
Slayd 32
Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi:
Leksik usul.
Kontekstual usul.
Affiksatsiya usuli.
Fonetik usul.
So‘zni metaforik qo‘llash usuli.
Slayd 33
Leksik usul. Bunda uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘z nutqqa kiritiladi (yuqoridagi misollar).
Kontekstual usul. Bunda uslubiy bo‘yog‘i yo‘q bo‘lgan so‘z ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so‘zga aylantiriladi.
Affiksatsiya usuli. Bunda betaraf ma’noli so‘zlarga subyektiv baho ifodalovchi afifiksal morfemalar qo‘shiladi.
Slayd 34
Fonetik usul. Bunda so‘z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya), unlilar cho‘ziladi, urg‘uning o‘rni o‘zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi. Misollar: Ishqilib, Zamira bechora uyatga chidayolmay ketib qolgan. Yashshamagurlar… (P.Q.). Akam bechora go‘shangada ko‘rib, xayro-o-o-on bo‘lib qolganlar. (Mirm.).
Slayd 35
So‘zni metaforik qo‘llash usuli. Bunda ko‘p ma’noli so‘zning metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi.
Masalan: 1. Muhtaram qayin otamizg‘a! Siz bilan meni qorong‘i zindonlarga tushirib, dor ostlarigacha tortgan … Homid ismli bir to‘ng‘izni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so‘ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo‘ldim. (A.Qod.).
2. Mamajon lochin yigit, serharakat, betinim. (Q.M.).
Slayd 36
Xulosa
06
Slayd 37
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, sevimli adibimiz Erkin Vohidov aytganlaridek:
So‘z – zabarjad,
So‘z – gavhar, oltin,
Zargarlikning mashaqqati ko‘p.
So‘zni baytga qadashdan oldin
Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!
Slayd 38
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 39
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.