O‘zbek adabiyotshunosligining ilk qadamlari
4000 so'm

Slayd 1
O‘zbek adabiyotshunosligining ilk qadamlari
Slayd 2
Reja:
Sharq va G‘arb she’rshunosligi: o‘zaro ta’sir va aloqalar.
Ilmi adabga oid asarlarning vujudga kelishi.
Adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlar masalasi.
Xulosa.
01
03
02
04
Slayd 3
Adab o‘rta asrlarda Sharqda insonni ma’naviy kamol toptiruvchi ilmlar majmuasi sifatida qaralgan. “Adab” so‘zi “adaba” (ko‘pligi “odob”), ya’ni ruhni, axloqni poklash so‘zidan olingan bo‘lib, ilm o‘rganish ma’nosida ham qo‘llangan.
Slayd 4
“Komil adib” deb zohiri va botini barobar, axloqi go‘zal va qavli hamda niyatlari to‘g‘ri, rost kishiga aytadilar, uning axloqi, so‘zlari va ishlariga mos bo‘lsin hamda niyatlari a’moliga muvofiq, ko‘rinishi ichki olami bilan bir, ishi va so‘zi muvofiq bo‘lsin, deyiladi.
Slayd 5
Ilmi adab haqida
Ilmi adab (G‘arb istilohiga ko‘ra, poetika) zaruriy, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblanib, quyidagi filologik sohalarni o‘z ichiga oladi: lug‘at (1), sarf, ya’ni morfologiya (2); ishtiqoq – so‘z yasalishi (3); nahv — sintaksis (4), maoniy (5), bayon ilmi (6), aruz (7), qofiya (8), insho (9), she’r farzi — badoe’ (10), muxozara – tarixiy voqea va rivoyatlardan foydalanish (11), rasm-u xat (12).
Slayd 6
Arab poetikasining asosi sanalgan ma’no istilohi mashhur G‘arb arabshunos olimlari tomonidan “fikr, g‘oya” (Goldsier, 1896; Krachkovskiy, 1927), “poetik motiv” (Gryunebaum, 1944; Ritter, 1954), “fikr, mohiyat, obraz” (Shidfar, 1974) deb tarjima qilingan bo‘lsa, lafz (ko‘pligi “alfoz”) – “ifoda” (Goldsier, 1896), “so‘z, ifoda” (Gryunebaum, 1944), “ifoda, tovushlar birikmasi” (Krachkovskiy, 1927), “so‘zlar, nutq ifodasi” (Kiktev, 1969; Ritter, 1974) tarzida ruschaga o‘girilgan.
Slayd 7
Mashhur arab olimlaridan Ibn Qutayba “She’r va shoirlar kitobi” (850-870) asarida badiiy matnlarni ma’no va lafzga ko‘ra quyidagi turkumlarga ajratgan:
yaxshi lafz va ma’noli asarlar
lafzi yaxshi va ma’nosi yomon asarlar
lafzi yomon va ma’nosi yaxshi asarlar
lafzi yomon va ma’nosi ham yomon asarlar
1
3
2
4
Slayd 8
Abu Abdullo Rudakiy ham o‘z asarlarida she’r va shoirlik to‘g‘risida fikrlar bayon etgan.
XI asrning mashhur mualliflaridan biri Yusuf Xos Hojib ham o‘zining “Qutadg‘u bilig” nomli asarida shoirlar to‘g‘risida mulohaza qilib, badiiy so‘zning ijtimoiy hayotda va kishilar hayotidagi mavqeyidan bahs yuritadi.
Abu Nasr Forobiy (873-950) o‘z zamonasining mashhur qomusiy olimlaridan bo‘lib, ilmning turli sohalarini mukammal bilgan, ulami rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan mutafakkir- lardandir.
Slayd 9
Forobiyning “Kitob ush-she’r” asari arab va yunon she’r tizimini o‘zaro uqtiradi. Forobiy “Ixso ul-ulum” (“Ilmlarning xosiyatlari”) da she’riyat haqidagi qisqa mulohazalarini asarning tilshunoslik va mantiq qismlarida keltiradi.
Slayd 10
Forobiy fikricha, shoir ona tilining leksik-semantik boyligi, Alisher Navoiy iborasi bilan aytsak, ma’nolar xazinasini yaxshi bilishi zarur. “Har xalqning tilini inja (go‘zal, nafis) qiluvchi yetti katta bo‘limi bor:
yakka so‘zlar ilmi (sarf);
birikuvdagi so‘zlar ilmi (nahv);
yakka so‘zlarning qonun-qoidalari;
so‘z birikmalarining qonun-qoidalari;
to‘g‘ri yozish qoidalari;
to‘g‘ri o‘qish qoidalari (bu ikki bo‘lim arab alifbosida yozish va o‘qishga taalluqli);
to‘g‘ri she’r (yozish va o‘qish) qoidalari;
she’r qonunlari ilmi.
Slayd 11
Forobiy fikricha, she’r ilmi til jihatidan qaraganda uch bo‘limdan iborat:
oddiy va murakkab vaznlarning qo‘llanishi, ya’ni nutq tovushlariga ko‘ra vaznlarning turli (ochiq, yopiq bo‘g‘inlar) hijolarini bilish;
baytlarning oxirida keladigan so‘zlarning tovushlari bir-biriga muvofiq kelishi (radif va qofiya);
qaysi so‘zlami she’r-nazmda va qaysi so‘zlarning nasrda qo‘llanish mumkinligi (she’riy til va nasriy til qoidalari).
Slayd 12
Adabiyot va she’r to‘g‘risidagi fikrlar Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) asarlarida (“Najot”, “Risolayi sharh”) ham bayon etilgan.
Abu Rayhon Beruniyning jahon ilmi taraqqiyotidagi mavqeyi soha mutaxassislari tomonidan keng va batafsil yoritilgan, ammo ulkan olimning adabiyot va adabiyotshunoslik sohasidagi xizmatlarini yoritish o‘zining tekshiruvchisini kutar edi.
Slayd 13
Abu Rayhon Beruniyning adabiyot masalalariga doir qarashlari, bir tomondan, “Fazl ahlining she’rlarda aytilgan fikrlarini bayon qilish kitobi”, “Tanlangan asarlar va she’rlar kitobi” kabi adabiyotga bag‘ishlangan maxsus asarlarida bayon qilingan bo‘lsa (afsuski, bu asarlar o‘zi hali tadqiqotchilarga ma’lum bo‘lgan emas), ikkinchi tomondan, fanning boshqa sohalaridan bahs etuvchi asarlarida, jumladan “Hindiston”, “Ma’danshunoslik”, “Kitob us-saydana” kabilarda ham she’r va shoirlik haqidagi fikrlari bayon etilgan.
Slayd 14
Beruniy “Ma’danshunoslik” va “Kitob us-saydana”da biror ma’dan yoki o‘simlikning xususiyatini belgilashda turli shoirlarning she’rlaridan foydalanadi. Jumladan, “Kitob us-saydana”da kulkula degan o‘simlik haqida so‘z yuritib, u qurib qolgach, bir xil ohang-tovush chiqarishini yozadi.
Slayd 15
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”i o‘z asrininggina emas, balki keyingi davrlarning ham nodir asarlaridandir.
“Devoni lug‘otit turk”dagi adabiyotshunoslik atamalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: biri nasriy asarlarga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi esa she’riy asarlarga nisbatan qo‘llangan.
Slayd 16
Birinchi guruhga mansub atamalardan “etuk”, “o‘tkunch”, “sov”larni ko‘rsatish mumkin. Xalq og‘zaki ijodida nasriy tarzdagi ertaklar ham, keyinchalik yozma adabiyotdagi nasriy hikoya ham “etuk” va “o‘tkunch” nomlari bilan atalgan ko‘rinadi. Ehtimol, bulardan biri “o‘tkunch” o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealarning nasriy bayoni uchun qo‘llanilgan kichik janr bo‘lsa, ikkinchisi – etuk ma’lum darajada yaqin o‘tmish va hozirgi zamonda sodir bo‘layotgan voqealarning nasriy bayoniga bag‘ishlangan kichik adabiy janr bo‘lishi ham mumkin.
Slayd 17
Sov – qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish yoki: “risola, xat, kichik kitobcha, so‘z, nutq”. Bu sharhda, birinchidan, hikoya yoki ertak so‘zi ishlatilmagan, ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan vaqt aniq ko‘rsatilgan, uchinchidan esa asar hajmiga ishora qilingan. Shundan kelib chiqqan sovning yetuk va o‘tkunchlardan hajm jihatidan kattaroq ko‘pligi jihatdan muallif uni qissa deb tarjima qilgan. Sov keyinchalik doston tarzida mashhur bo‘Igan janrning qadimiy nomlaridan bo‘lib chiqadi va shunday qilib, uning nasr-u nazmda aytilgan adabiy asardir.
Slayd 18
Ikkinchi guruh atamalari she’riy janrlarga tegishlidir. Bular qo‘shug‘ va yir deb atalgan: “Qo‘shug‘ – she’r, qasida, qo‘shiq. She’rda shunday kelgan: Malika (shoh) xotinga mendin maqtov, qasida (qo‘shiq) yetkur xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llandi, deb ayt”. Ikkinchisi yir bo‘lib, muallif uni quyidagicha izohlaydi: yir –g‘azal, maqom, kuy. Bu ikki izohdan qo‘shug‘ va yirning janr xususiyatlarini ma’lum darajada tasavvur qilish mumkin.
Slayd 19
Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘sha davrdagi mualliflar singari “so‘z”ni keng ma’noda – badiiy adabiyot ma’nosida tushungan. Jumladan, “tizdi”- u marvaridni tizdi. Birov so‘z tuzsa, she’r yozsa ham “ul tizdi” deyiladi. Agar bu hol Firdavsiy va Yusuf Xos Hojiblarning fikrlari bilan qiyoslansa, masala yanada oydinlashadi. Chunki shu asrda yashagan shoirlar ham “suxan”, “so‘z”larni she’r va badiiy ijod ma’nosida qo‘llagan edilar. Shunday qilib, Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy xalqlar she’rshunosligidan keltirgan qatra xabarlari bizgacha to‘liq yetib kelmagan she’rshunoslikning namunalari sifatida diqqatga sazovordir.
Slayd 20
Osiyoda muayyan mavqega ega bo‘lgan tohiriylar, safaviylar, va, ayniqsa, somoniylar sulolasi davrida fors tilidagi adabiyotshunoslik katta sur’atlar bilan rivojlandi, bu o‘z navbatida badiiy adabiyotning yuksalishiga sabab bo‘ldi. She’riyatda shakllangan “Xuroson uslubi”ga xos jihatlar adabiyotshunoslikda ilmiy jihatdan o‘rganila boshlandi. Rudakiydan yangi o‘zanga solingan fors she’riyatini Firdavsiy kengaytirdi, boshqa masnaviylar ham bu jihat shakllanib, uning ayrim xususiyatlari nasrga ko‘chdi. X asrda nasriy “Shohnoma”lar yaratishga intilish kuchaydi.
Slayd 21
Nizomiy Aruziyga shoirligi emas, balki adabiyotshunoslik sohasidagi faoliyati ko‘proq shuhrat keltirdi. Bunga uning “Majmu an-navodir” (Nodir hikoyatlar) yoki “Chahor maqola” (To‘rt maqola) deb yuritiladigan asari sabab bo‘ldi. Mazkur kitob 1156-yilda yozilib, aslida dasturulamal mohiyatiga ega. U to‘rt maqola – qismdan tashkil topib, birinchisida dabirlar (kotiblar) va ularning fazilatlaridan so‘z yuritilsa, ikkinchisi she’r va shoirlikka bag‘ishlangan, uchinchisi nujum va munajjimlardan bahs yuritsa, to‘rtinchisida tib ilmi va tabiblar to‘g‘risida gapirilgan.
Slayd 22
“Chahor maqola”ning ikkinchi bobida “She’r ilmining mohiyati va shoirning salohiyati haqida” sarlavhasi ostida shunday fikrlar bor: “Shoirlik shunday san’atki, (shoir) bu san’at orqali hayajonlantiruvchi tushunchalarni hosil qiladi va ta’sirchan qiyoslarni bir-biriga ulaydi. U shunday yo‘l bilan, masalan, kichik ma’noni kattaga, katta ma’noni esa kichikka aylantiradi, chiroylini xunuk libosda ko‘rsatadi, xunukni esa chiroyli suratda jilvagar etadi. Ilhom sarfati bilan g‘azab hamda hissiy quvvatlami qo‘zg‘atadi, natijada kishilar tabiatida qayg‘u yoki xurramlik paydo bo‘ladi. Bu esa ulug‘ kishilar faoliyatida olamni tartibga solib turish uchun xizmat qiladi”.
Slayd 23
Xuddi shu davrda adabiyot nazariyasi, jumladan, she’rshunoslik sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni umumlashtiruvchi “Kitob ul-mo‘jam fi maoyiri ash’or il-Ajam” asari ham maydonga keldi. Mazkur kitobning muallifi Shamsiddin Muhammad bin Qays Roziy XII asrning ikkinchi yarmida Ray shahrida dunyoga kelib, keyinchalik Xuroson, Movarounnahr, Xorazm, Iroq, Fors o‘lkalarini kezib chiqdi. U adabiy va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, adabiyotshunoslikka doir bir qancha asarlarni yaratdi.
Slayd 24
Xulosa qilib aytganda, adabiyotshunoslik va adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyotining birinchi bosqichi shakllanish davri bo‘lib, unda turli yo‘sinlarda badiiy ijodga doir mulohazalar bayon etildi. Shunisi muhimki, ana shu davrdan boshlab, badiiy adabiyotning ijtimoiy vazifasi, mazmuni va badiiyligi, tasvir uslubi, shoirning fazilatlari, adabiy jarayon uchun muhim bo‘lmish muammolar o‘sha davr tushunchasiga ko‘ra ifoda etildi. Mazkur davr adabiy-tanqidiy qarashlari qiziqish ko‘lamining kengligi uning muhim kuchga aylana borganidan dalolat beradi. Bu hol esa adabiy- tanqidiy qarashlar taraqqiyotining yangi bosqichiga zamin tayyorladi.
Slayd 25
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.