NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI
9000 so'm

Slayd 1
Nafas a’zolarining tuzilishi.Ayirish a’zolarining tuzilishi
Slayd 2
Tayanch tushunchalar:
Nafas olish a’zolari, odam va hayvonlar nafas olishi, burin bo‘shlig‘i, hiqildoq
Traxeya, bronx, bronxiallar, O‘tkazuvshi nafas olish yo`llari.
O‘tkazmaydigan nafas olish yo`llari, O‘pka, O‘pka alveolalari.
Buyraklar, nefron, filtratsiya jarayoni, reabsorbsiya jarayoni, siydik nayi, qovuq, tashqi chiqaruv yo‘llari, erkaklik jinsiy bezlari, urg‘ochilik jinsiy bezlari va organlari.
Slayd 3
1
2
Reja:
Nafas olish a’zolari haqida ma’lumot.
Nafas olish a’zolarini tuzilishi.
Ayirish a’zolarining tuzilishi.
3
Slayd 4
Nafas olish yo‘llari
3
1
5
4
2
burun
bo‘shligi
bronx
traxeya
hiqildoq
bronxialla
Slayd 5
O‘tkazmaydigan nafas olish yo‘llari
O‘pka
O‘pka alveolalari
O‘pkalar odamda chap va o‘ng tomonda joylashgan ikkita o‘pka bo‘ladi.
O‘pka alveolalari pufakchalar bo‘lib kapiliyar qon tomirlardan iborat
Slayd 6
Burun bo‘shlig‘i
Burun tеshiklari orqali havo kiradigan kеng bo‘shliqdir. Uning pastki yuqorigi va 2 yon dеvori bor. Burun bo‘shlig‘ining suyak dеvorini: burun to‘sig‘ining tog‘ayi, yon dеvorining tog‘aylari to‘ldirib turadi. Burun bo‘shlig‘ining butun ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan.
Slayd 7
Burun bo‘shlig‘i
Slayd 8
Halqum
Ularning hammasi shilimshiq bezlar kam bo‘lgan yupqa shilimshiq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining orqasida halqumning yuqori bo‘limi joylashgan. Yuqorida aytib o‘tilgandek, halqum mushagi naycha bo‘lib, u orqa tomondan umurtqalar tanasiga yondashib turadi, yuqorida esa ensa suyagining asosiy qismiga etadi. Halqum burun, og‘iz va hiqildoq bo‘shliqlari bilan tutashadi.
Slayd 9
Hiqildoq
Halqumning oldida bo‘yinning oldingi qismida til osti suyagining ostida bo‘yining 4-5 umurtqalari sathida joylashgan. Uning teshigi Halquming pastki Hiqildoq qismiga ochiladi. Hiqildoq bo‘yinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab bevosita teri ostida joylashgan.
Slayd 10
Hiqildoqda tovush hosil bo‘lishi
Hiqildoqning shilimshiq pardasi qorincha va tovush paylarini urib turadigan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil qiladi. Hiqildoq muskullari ko‘ndalang tarang muskul to‘qimasidir. Bu muskullar qisqarishi natijasida
Hiqildoq tog‘aylari harakatga keladi, buning oqibatida tovush tezligi kengayishi va torayishi mumkin. Tovush paylari esa taranglashadi va bo‘shashadi. Natijada tovush hosil bo‘ladi.
Slayd 11
Traxеya
Traxеya ya’ni nafas olish tomog‘i, Hiqildoq halqasimon tog‘ayidan pastda joylashgan, 10-13 sm chamasi uzunlikdagi katta odamlarda pastga tushib turuvchi naychadir.Traxеya gialin tog‘ayning 16-20 yarim halqalaridan hosil bo‘lgan, u halqalarning birinchisi. Halqasimon tog‘ay bilan traxеya o‘rtasidagi pay yordamida halqasimon tog‘ayga birikkan, traxеyaning yarim halqalari zich tolali biriktiruvchi to‘qima bilan birikkan.
Slayd 12
Bronxlar
Bronxlar tuzilishiga ko‘ra traxеyani eslatadi va orqa tomondan mеmbrana yordamida bir-biri bilan qo‘shilgan tog‘ay yarim halqalardan tuzilgan. O‘ng bronx uzunligi 3 sm chamasidan ancha kalta va kеngaygan naycha bo‘lib, 4-7 ta yarim halqalardan tuzilgan.Chap bronx uzunligi 4-5 sm bo‘lgan ancha uzun va ingichka naycha bo‘lib 7-12 ta yarim halqalardan tuzilgan.
Slayd 13
Alveolalar
Alveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orqali gazlar almashinadi – havodan qonga kislorod, qondan alveolaga esa karbonat angidrid va suv bug‘lari o‘tadi. O‘pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi. Jismoniy ish ta’sirida alveola devorlari cho‘ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi.
Slayd 14
O‘pkalar
O‘pkalar odamda chap va o‘ng tomonda joylashgan ikkita o‘pka bo‘ladi. Bu ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining o‘rta qismidan tashqari dеyarli hammasini ishg‘ol qilib turuvchi kеng hajimli a’zolardir.
Har bir o‘pkaning diafragmaga yondoshib turadigan pastki kеng qismi asosi deb ataladi. O‘pkaning asosida diafragma gumbaziga mos kеladigan chuqurcha bor.
Slayd 15
Diofragma va muskullar
1. Diafragma.
2. Suyak va muskullar.
3. Plevra pardalari.
Slayd 16
Ayirish a’zolarining tuzilishi
Slayd 17
Buyrak
Buyraklar juft a’zolar bo‘lib, shakli loviyaga o‘xshaydi. Uning tashqi qirg‘og‘i qavariq, ichki qirg‘og‘i botiq bo‘ladi. Ichki botiq qirg‘og‘ida chuqurcha bo‘lib, ana shu yerda buyrak darvozasi shakllanadi.
Slayd 18
Buyrakning joylashishi
Buyraklar qorin bo‘shlig‘i orqa devorining ichki yuzasida, umurtqa pog‘onasining XII ko‘krak va I – II bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan. O‘ng va chap buyrak bir tekis darajada turmaydi, chap buyrak o‘ng buyrakka nisbatan 1-1,5 sm yuqoriroq turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6sm, og‘irligi 120-200g.
Slayd 19
Buyrakni tuzilishini va funksiyasini tasavvur qilish uchun uning qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini bilish lozim. Bir sutka davomida buyrak arteriyasidan va buyraklardan 1500 l qon o‘tadi. Diametri 7-9 mm teng bo‘lgan buyrak arteriyasi qorin aortasidan boshlanib, buyrak darvozasi sohasida 5-6 shoxlarga tarmoqlanib ketadi. Shoxlangan qon tomirlar buyrakni yuqorigi, quyi qutblariga va markaziy qismlarga qarab yo‘naladi.
Slayd 20
Nefron-buyrakning morfo-funksional birligi
Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan qo‘shilib nefronlar hosil qiladi. Nefronlarning miqdori buyrakda 1 mln. bo‘ladi.
Nefron – buyrakning struktur va funksional birligidir.
Slayd 21
Siydik hosil bo‘lishi
Shunday qilib, nefronda siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat: filtratsiya va reabsorbsiyadan. Filtratsiya jarayoni koptokchali qismida o‘tib, natijada birlamchi siydik 60-80 l miqdorda hosil bo‘ladi. Reabsorbsiya jarayoni kanalchali qismida o‘tib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l miqdorda hosil bo‘ladi.
Slayd 22
Siydik chiqaruv yo‘llari
Siydik yo‘li. Siydik yo‘li uzunligi 25-30 sm gacha bo‘lgan muskulli naychadir. U buyrak jomidan pastga tomon tushib qovuqqa ochiladi. Siydik yo‘li qorinpardadan tashqarida joylashgan. Siydik yo‘li, joylashishiga ko‘ra 2 qismga bo‘linadi: qorin va chanoq qismlarga. Chanoq bo‘shlig‘iga kirgan siydik yo‘li qiya xolda qovuq bo‘shlig‘iga ochiladi.
Slayd 23
Qovuq
Qovuq kichik tos bo‘shlig‘ida, qov simfizi orqasida joylashgan ichki kovak toq a’zodir. Qovuqning hajmi 350 ml dan 0,5 l gacha bo‘ladi. Qovuq uch qismga bo‘linadi: cho‘qqisi, tanasi va tubi bo‘ladi. Yuqori tomonida cho‘qqisi joylashgan. Pastdagi qismi keng bo‘lib qovuq tubi deb ataladi.
Slayd 24
Xulosa
Xulosa qilib aytganda nafas a’zolarining tuzilishi. Ayirish a’zolarining tuzilishi. O‘pkaning tuzilishi. Buyrak va qovuqning tuzilishi hamda ularning siydik chiqarish yo‘llari bilan tanishdilaringiz. O‘pkada nafas olish va chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamni nafas a’zolarining tuzilishi, ayirish a’zolarining tuzilishini va ayirish jarayonlarini ko‘rdik.
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.