- Savatga boshqa "AMERICANISMS IN MODERN ENGLISH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI
9000 so'm

NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI
Nafas olish va ayirish a’zolarining tuzilishi
Nafas olish va ayirish tizimlari inson organizmining muhim hayotiy tizimlari hisoblanadi. Nafas olish tizimi tanani kislorod bilan ta’minlaydi, ayirish tizimi esa ortiqcha moddalar va toksinlarni tanadan chiqaradi. Ushbu maqolada ikkala tizimning tuzilishi, funksiyasi va ularning o‘zaro bog‘liqligi haqida so‘z yuritamiz.
Nafas olish a’zolari
Nafas olish yo‘llari ikki turga bo‘linadi:
- O‘tkazuvchi yo‘llar: burun, burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronx va bronxiolalar.
- Gaz almashinadigan yo‘llar: o‘pka va alveolalar.
Burun va halqum
Burun bo‘shlig‘i havo kiradigan asosiy yo‘l bo‘lib, u chang va mikroblarni tozalaydi, havo haroratini muvozanatlaydi. Burun bo‘shlig‘ining orqa qismida joylashgan halqum mushakli naycha bo‘lib, u burun va og‘iz bo‘shlig‘ini hiqildoq bilan bog‘laydi.
Hiqildoq va traxeya
Hiqildoq til osti suyagi ostida joylashgan bo‘lib, unda tovush paylari mavjud. Tovush paylari tebranishi natijasida inson ovoz hosil qiladi. Hiqildoqdan pastda joylashgan traxeya (nafas yo‘li) 10–13 sm uzunlikdagi tog‘ay halqalardan tashkil topgan naychadir. U ikki bronxga bo‘linib, o‘pkalarga havo yetkazadi.
O‘pka va alveolalar
Insonda ikkita o‘pka mavjud: o‘ng va chap. O‘pkaning ichida millionlab alveolalar joylashgan. Alveolalar devori orqali kislorod qonga o‘tadi va karbonat angidrid chiqariladi. Shu tarzda gaz almashinuvi amalga oshadi. Nafas olish jarayonida diafragma va qovurg‘alararo muskullar faol ishtirok etadi.
Ayirish (siydik ajratish) tizimi
Ayirish tizimi organizmdan ortiqcha suv, tuz, azotli birikmalar va zaharli moddalarni chiqaradi. Bu tizim quyidagi a’zolardan iborat:
- Buyraklar – asosiy filtrlovchi a’zolar;
- Siydik yo‘li – buyraklardan siydikni qovuqka olib o‘tuvchi nay;
- Qovuq – siydik to‘planadigan joy;
- Siydik chiqarish yo‘li – siydikni tashqariga chiqaruvchi yo‘l.
Buyrak va uning tuzilishi
Buyraklar loviyaga o‘xshash juft a’zolar bo‘lib, orqa bel qismida joylashgan. Har bir buyrakda 1 millionga yaqin nefron mavjud — ular qon tarkibini tozalovchi asosiy funksional birliklardir. Buyraklar orqali kuniga 1500 litrga yaqin qon o‘tadi.
Nefron va siydik hosil bo‘lish jarayoni
Siydik hosil bo‘lish ikki bosqichda amalga oshadi:
- Filtratsiya: qon tarkibidagi keraksiz moddalar nefron koptokchalarida ajratiladi (60–80 litr birlamchi siydik hosil bo‘ladi);
- Reabsorbsiya: suv va foydali moddalarning qayta so‘rilishi (yakuniy 1–1,5 litr siydik hosil bo‘ladi).
Siydik chiqarish yo‘llari
Siydik yo‘llari buyrak jomidan qovuqka siydikni olib boradi. Uning uzunligi 25–30 sm. Qovuq esa kichik tos bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, 0,5 litrgacha suyuqlikni saqlay oladi. Qovuq to‘lgach, refleks tarzda siydik chiqarish jarayoni boshlanadi.
Xulosa
Nafas olish tizimi organizmni kislorod bilan ta’minlab, gaz almashinuvini amalga oshiradi, ayirish tizimi esa ortiqcha moddalarni chiqarib, ichki muvozanatni saqlaydi. Har ikki tizimning sog‘lom faoliyati inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 1 ===
Nafas a’zolarining tuzilishi.Ayirish a’zolarining tuzilishi
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar:
Nafas olish a’zolari, odam va hayvonlar nafas olishi, burin bo‘shlig‘i, hiqildoq
Traxeya, bronx, bronxiallar, O‘tkazuvshi nafas olish yo`llari.
O‘tkazmaydigan nafas olish yo`llari, O‘pka, O‘pka alveolalari.
Buyraklar, nefron, filtratsiya jarayoni, reabsorbsiya jarayoni, siydik nayi, qovuq, tashqi chiqaruv yo‘llari, erkaklik jinsiy bezlari, urg‘ochilik jinsiy bezlari va organlari.
=== Taqdimot 3 ===
1
2
Reja:
Nafas olish a’zolari haqida ma’lumot.
Nafas olish a’zolarini tuzilishi.
Ayirish a’zolarining tuzilishi.
3
=== Taqdimot 4 ===
Nafas olish yo‘llari
3
1
5
4
2
burun
bo‘shligi
bronx
traxeya
hiqildoq
bronxialla
=== Taqdimot 5 ===
O‘tkazmaydigan nafas olish yo‘llari
=== Taqdimot 6 ===
Burun bo‘shlig‘i
Burun tеshiklari orqali havo kiradigan kеng bo‘shliqdir. Uning pastki yuqorigi va 2 yon dеvori bor. Burun bo‘shlig‘ining suyak dеvorini: burun to‘sig‘ining tog‘ayi, yon dеvorining tog‘aylari to‘ldirib turadi. Burun bo‘shlig‘ining butun ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan.
=== Taqdimot 7 ===
Burun bo‘shlig‘i
=== Taqdimot 8 ===
Halqum
Ularning hammasi shilimshiq bezlar kam bo‘lgan yupqa shilimshiq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining orqasida halqumning yuqori bo‘limi joylashgan. Yuqorida aytib o‘tilgandek, halqum mushagi naycha bo‘lib, u orqa tomondan umurtqalar tanasiga yondashib turadi, yuqorida esa ensa suyagining asosiy qismiga etadi. Halqum burun, og‘iz va hiqildoq bo‘shliqlari bilan tutashadi.
=== Taqdimot 9 ===
Hiqildoq
Halqumning oldida bo‘yinning oldingi qismida til osti suyagining ostida bo‘yining 4-5 umurtqalari sathida joylashgan. Uning teshigi Halquming pastki Hiqildoq qismiga ochiladi. Hiqildoq bo‘yinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab bevosita teri ostida joylashgan.
=== Taqdimot 10 ===
Hiqildoqda tovush hosil bo‘lishi
Hiqildoqning shilimshiq pardasi qorincha va tovush paylarini urib turadigan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil qiladi. Hiqildoq muskullari ko‘ndalang tarang muskul to‘qimasidir. Bu muskullar qisqarishi natijasida
Hiqildoq tog‘aylari harakatga keladi, buning oqibatida tovush tezligi kengayishi va torayishi mumkin. Tovush paylari esa taranglashadi va bo‘shashadi. Natijada tovush hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
Traxеya
Traxеya ya’ni nafas olish tomog‘i, Hiqildoq halqasimon tog‘ayidan pastda joylashgan, 10-13 sm chamasi uzunlikdagi katta odamlarda pastga tushib turuvchi naychadir.Traxеya gialin tog‘ayning 16-20 yarim halqalaridan hosil bo‘lgan, u halqalarning birinchisi. Halqasimon tog‘ay bilan traxеya o‘rtasidagi pay yordamida halqasimon tog‘ayga birikkan, traxеyaning yarim halqalari zich tolali biriktiruvchi to‘qima bilan birikkan.
=== Taqdimot 12 ===
Bronxlar
Bronxlar tuzilishiga ko‘ra traxеyani eslatadi va orqa tomondan mеmbrana yordamida bir-biri bilan qo‘shilgan tog‘ay yarim halqalardan tuzilgan. O‘ng bronx uzunligi 3 sm chamasidan ancha kalta va kеngaygan naycha bo‘lib, 4-7 ta yarim halqalardan tuzilgan.Chap bronx uzunligi 4-5 sm bo‘lgan ancha uzun va ingichka naycha bo‘lib 7-12 ta yarim halqalardan tuzilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Alveolalar
Alveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orqali gazlar almashinadi – havodan qonga kislorod, qondan alveolaga esa karbonat angidrid va suv bug‘lari o‘tadi. O‘pkalardagi alveolalarni soni 600-700 millionga yetadi. Jismoniy ish ta’sirida alveola devorlari cho‘ziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi.
=== Taqdimot 14 ===
O‘pkalar
O‘pkalar odamda chap va o‘ng tomonda joylashgan ikkita o‘pka bo‘ladi. Bu ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining o‘rta qismidan tashqari dеyarli hammasini ishg‘ol qilib turuvchi kеng hajimli a’zolardir.
Har bir o‘pkaning diafragmaga yondoshib turadigan pastki kеng qismi asosi deb ataladi. O‘pkaning asosida diafragma gumbaziga mos kеladigan chuqurcha bor.
=== Taqdimot 15 ===
Diofragma va muskullar
1. Diafragma.
2. Suyak va muskullar.
3. Plevra pardalari.
=== Taqdimot 16 ===
Ayirish a’zolarining tuzilishi
=== Taqdimot 17 ===
Buyrak
Buyraklar juft a’zolar bo‘lib, shakli loviyaga o‘xshaydi. Uning tashqi qirg‘og‘i qavariq, ichki qirg‘og‘i botiq bo‘ladi. Ichki botiq qirg‘og‘ida chuqurcha bo‘lib, ana shu yerda buyrak darvozasi shakllanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Buyrakning joylashishi
Buyraklar qorin bo‘shlig‘i orqa devorining ichki yuzasida, umurtqa pog‘onasining XII ko‘krak va I – II bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan. O‘ng va chap buyrak bir tekis darajada turmaydi, chap buyrak o‘ng buyrakka nisbatan 1-1,5 sm yuqoriroq turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6sm, og‘irligi 120-200g.
=== Taqdimot 19 ===
Buyrakni tuzilishini va funksiyasini tasavvur qilish uchun uning qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini bilish lozim. Bir sutka davomida buyrak arteriyasidan va buyraklardan 1500 l qon o‘tadi. Diametri 7-9 mm teng bo‘lgan buyrak arteriyasi qorin aortasidan boshlanib, buyrak darvozasi sohasida 5-6 shoxlarga tarmoqlanib ketadi. Shoxlangan qon tomirlar buyrakni yuqorigi, quyi qutblariga va markaziy qismlarga qarab yo‘naladi.
=== Taqdimot 20 ===
Nefron-buyrakning morfo-funksional birligi
Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan qo‘shilib nefronlar hosil qiladi. Nefronlarning miqdori buyrakda 1 mln. bo‘ladi.
Nefron – buyrakning struktur va funksional birligidir.
=== Taqdimot 21 ===
Siydik hosil bo‘lishi
Shunday qilib, nefronda siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat: filtratsiya va reabsorbsiyadan. Filtratsiya jarayoni koptokchali qismida o‘tib, natijada birlamchi siydik 60-80 l miqdorda hosil bo‘ladi. Reabsorbsiya jarayoni kanalchali qismida o‘tib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l miqdorda hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Siydik chiqaruv yo‘llari
Siydik yo‘li. Siydik yo‘li uzunligi 25-30 sm gacha bo‘lgan muskulli naychadir. U buyrak jomidan pastga tomon tushib qovuqqa ochiladi. Siydik yo‘li qorinpardadan tashqarida joylashgan. Siydik yo‘li, joylashishiga ko‘ra 2 qismga bo‘linadi: qorin va chanoq qismlarga. Chanoq bo‘shlig‘iga kirgan siydik yo‘li qiya xolda qovuq bo‘shlig‘iga ochiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Qovuq
Qovuq kichik tos bo‘shlig‘ida, qov simfizi orqasida joylashgan ichki kovak toq a’zodir. Qovuqning hajmi 350 ml dan 0,5 l gacha bo‘ladi. Qovuq uch qismga bo‘linadi: cho‘qqisi, tanasi va tubi bo‘ladi. Yuqori tomonida cho‘qqisi joylashgan. Pastdagi qismi keng bo‘lib qovuq tubi deb ataladi.
=== Taqdimot 24 ===
Xulosa
Xulosa qilib aytganda nafas a’zolarining tuzilishi. Ayirish a’zolarining tuzilishi. O‘pkaning tuzilishi. Buyrak va qovuqning tuzilishi hamda ularning siydik chiqarish yo‘llari bilan tanishdilaringiz. O‘pkada nafas olish va chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamni nafas a’zolarining tuzilishi, ayirish a’zolarining tuzilishini va ayirish jarayonlarini ko‘rdik.
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Foydali havolalar
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.