Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari
5000 so'm

Slayd 1
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari
Slayd 2
Reja:
1.
Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish.
2.
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish.
3.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasida muntazаmlilik uslubiy prinsipi.
4.
Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi.
5.
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o‘zgartirib qo‘llash) tamoyili.
6.
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi.
Slayd 3
Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadigan “Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi”, “Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi”, “Shaxsni har tomonlama rivojlantirish”dek nazariy (ayrim adabiyotlarda umumiy deb ham ataladi) prinsiplaridan tashqari jismoniy madaniyat ta’lim jarayonida foydalaniladigan uslubiy tamoyillar ham mavjud.
Slayd 4
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari
“Onglilik va faollilik(aktivlik)”
“Ko‘rgazmalilik”
“Munatazamlilik”
“Kuchiga yarashalik va individuallashtirish”
“Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”
Slayd 5
Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish
O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik prinsipi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan.
Slayd 6
Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish
Har bir bola bajarayotgan harakatlarini tahlil qilish orqali nazariy bilimlarni, harakat faoliyatlarini egallashi maqsadga muvofiq degan g‘oyani ilgari surdi. U “Jismoniy mashq bilan shug‘ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikning ko‘rsatkichlarini oshiradi”, – deb tushunish qo‘pol xatolardan biri deb ta’kidladi.
Slayd 7
Onglilik va faollilik tamoyili — bu o‘quvchi yoki sportchi jismoniy mashqlarni anglab, ya’ni ularning maqsadi, foydasi va bajarish texnikasini tushunib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishini nazarda tutadi. Ya’ni sportchi mashqni shunchaki takrorlamaydi, nega va qanday qilib uni to‘g‘ri bajarish kerakligini biladi.
Slayd 8
Faollik
O‘quvchi yoki sportchining mashg‘ulotlarda faol ishtiroki, tashabbusi va qiziqishi.
Ongli va faol ishtirok orqali jismoniy, aqliy va irodaviy sifatlar uyg‘un rivojlanadi.
Onglilik
Mashqning maqsadini, harakat tuzilishini va natijasini tushunib bajarish.
Natija
Tamoyilning mohiyti
Slayd 9
Pedagogik ahamiyati:
O‘quvchi mashqlarni anglab bajaradi, bu esa to‘g‘ri texnikani shakllantiradi.
Faol ishtirok qilish o‘quvchining ichki motivatsiyasini oshiradi.
Ongli mashg‘ulotlar orqali xavfsizlik, tartib-intizom va mustaqillik rivojlanadi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik va ishonch mustahkamlanadi.
Slayd 10
Sport mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi:
Texnik tayyorgarlikda:
Sportchi har bir harakatni nima uchun bajarishini tushunadi.
Taktik tayyorgarlikda:
Sportchi harakatning mazmunini anglab, raqibga qarshi ongli qaror qabul qilishni o‘rganadi.
Psixologik tayyorgarlikda:
Ongli ishtirok sportchini irodaviy jihatdan mustahkamlaydi.
Musobaqalarda:
Sportchi faqat natijaga emas, harakatning to‘g‘riligiga ham e’tibor beradi.
Slayd 11
Amaliyotda yuqori malakali sportchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy maqomda bajarishni maqsad qilib qo‘yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko‘r-ko‘rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq energiya sarflashga, shug‘ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ongli tahlil – o‘zi bajargan harakatini baholashga o‘rgatadi, ta’lim jarayoni cho‘zilib ketishining oldini oladi.
Slayd 12
Misol 1. Yugurish mashqi
Onglilik: O‘quvchilarga to‘g‘ri yugurish texnikasi (qadam uzunligi, nafas olish, holat) tushuntiriladi.
Faollik: O‘quvchilar o‘z tezligini o‘lchab, kimning natijasi yaxshilanganini tahlil qiladi.
Misol 2. Gimnastika mashqlari
Onglilik: Mashqning qaysi mushak guruhlarini ishlatishini tushuntirish.
Faollik: O‘quvchilar harakatni mustaqil bajaradi, xatolarini o‘zi tuzatishga harakat qiladi.
Slayd 13
Jismoniy tarbiya va sport ta’limida onglilik va faollilik tamoyili — bu mashg‘ulotni faqat jismonan emas, balki aqliy, irodaviy va emotsional jihatdan ham samarali qilishning asosi. O‘quvchi yoki sportchi nima qilayotganini tushunib, faol ishtirok etganida, natijalar yanada barqaror va foydali bo‘ladi.
Slayd 14
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish
Slayd 15
Ko‘rgazmalilik tamoyili — bu ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va harakatlarni o‘quvchilarga ko‘rish, eshitish yoki his qilish orqali aniq namoyon etib o‘rgatish prinsipidir.
Ya’ni o‘quvchi mashq yoki harakatni ko‘rish orqali tushunadi, shundan so‘ng uni mustaqil bajaradi.
Ma’nosi: “Eshitganimni unuturman, ko‘rganimni eslab qolaman, bajarganimni esa tushunaman.”
Slayd 16
Tamoyilning mohiyati
O‘quvchi yoki sportchi yangi mashqni faqat eshitib emas, balki ko‘rib, kuzatib, his qilib o‘rganadi.
Harakatlar ko‘rgazmali vositalar (namoyish, rasm, video, model, texnik ko‘rsatma) yordamida oson o‘zlashtiriladi.
Bu tamoyil ko‘rish, eshitish, sezish kabi analizatorlarni birgalikda ishlatib, tezroq va to‘g‘ri o‘rganishni ta’minlaydi.
Slayd 17
Tamoyilning pedagogik ahamiyati:
Harakat texnikasini tushunishni osonlashtiradi.
Xatolarni tez aniqlab, to‘g‘rilashga yordam beradi.
Yangi mashqlarni o‘rganishda ko‘rish orqali anglash imkonini beradi.
O‘quvchining e’tibori va qiziqishini oshiradi.
Slayd 18
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish
O‘zlashtirish jarayonining asosiy omili hisoblangan ko‘rgazmalilikdan ikki ko‘rinishi foydalaniladi: mashqni ijrosini aynan bajarib ko‘rsatiladi yoki uni vositalar yordamida ko‘rsatiladi.
Slayd 19
Misol 1. Yugurish texnikasini o‘rgatish
O‘qituvchi to‘g‘ri yugurish holatini o‘zi bajarib ko‘rsatadi.
So‘ngra surat yoki videoda yugurish bosqichlarini ko‘rsatadi.
O‘quvchilar kuzatib, keyin o‘zlari bajaradi.
➡️ Bu jarayon ko‘rish–tushunish–bajarish zanjirini hosil qiladi.
Slayd 20
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “harakat sathi, chegarasini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo‘ljal olish”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalilikning uslublaridandir.
Slayd 21
Ko‘rgazmalilik tamoyili — jismoniy tarbiya va sport ta’limining eng samarali prinsiplaridan biridir.
U orqali o‘quvchi harakatni ko‘rib, tushunib, eslab va bajarib o‘rganadi.
Bu esa darsni aniq, qiziqarli va samarali qiladi.
Xulosa:
Slayd 22
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasida munatazamlilik uslubiy prinsipi
Slayd 23
Muntazamlilik tamoyili — jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muntazam, izchil, belgilangan oraliqda va ma’lum tizim asosida olib borilishini talab qiladigan tamoyildir. Mashqlar orasidagi tanaffuslar juda uzoq bo‘lmasligi kerak, aks holda o‘quvchilar organizmidagi rivojlanish jarayoni susayadi yoki yo‘qolib ketadi.
Slayd 24
Tamoyilning mohiyati
Jismoniy rivojlanish barqaror bo‘lishi uchun mashg‘ulotlar doimiy va davomli bo‘lishi zarur.
Tana harakat faoliyati muntazam bo‘lmaganda mushaklar, tezlik, chidamlilik va koordinatsiya rivojlanmaydi.
Har bir mashg‘ulot oldingisining mantiqiy davomi bo‘lishi kerak.
Mashq qilinmagan ko‘nikmalar asta-sekin yo‘qoladi (regressiya).
Slayd 25
Tamoyilning pedagogik ahamiyati:
O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi izchil rivojlanadi.
Organizmning moslashuv mexanizmlari mustahkamlanadi.
Mashqlar barqaror odatga aylanadi.
O‘quvchilarda intizom, mas’uliyat va sog‘lom turmush tarzi shakllanadi.
O‘quvchi o‘zining jismoniy holatidagi natijalarni tezroq his qiladi.
Slayd 26
Jan-Batist Per Antuan de Mone Shevale de Lamark
J.Lamark fikricha, “Tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o‘sadi, mashq qildirilmagani o‘z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi”.
Slayd 27
Mashqlarni izchil o‘rgatish. Har bir yangi mashq avvalgi mashqning davomi bo‘lishi kerak. Masalan, yugurishda: sekin yugurish → o‘rtacha yugurish → sprint
Doimiy mashg‘ulotlar. Darslar haftasiga kamida 2–3 marta bo‘lishi kerak.
Bosqichma-bosqich yuklama berish, mashg‘ulot bir xil qolib ketmasligi, ammo haddan ortiq oshmasligi kerak.
Faol hayot tarzini rag‘batlantirish, o‘quvchilarga tanaffuslarda, uyda yoki bo‘sh vaqtlarda yengil mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya darsida qo‘llanishi:
Slayd 28
Muntazamlilik tamoyili — jismoniy tarbiyaning asosiy poydevoridir.Bu tamoyil asosida: jismoniy sifatlar izchil rivojlanadi,sog‘liq mustahkamlanadi,o‘quvchilarda intizom va barqarorlik shakllanadi,mashg‘ulotlar samaradorligi oshadi.
Xulosa:
Slayd 29
Kuchiga yarashalik va individuallashtirish
Slayd 30
Bu tamoyil jismoniy tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining yoshi, jismoniy imkoniyati, sog‘lig‘i, tayyorgarlik darajasi va shaxsiy xususiyatlariga qarab mashqlarni moslashtirishni nazarda tutadi.
Ta’rifi: Kuchiga yarashalik tamoyili — o‘quvchi bajarishi mumkin bo‘lgan, uning jismoniy imkoniyatiga mos yuklamalarni berish.
Individuallashtirish tamoyili — har bir o‘quvchi uchun alohida yondashuv, ya’ni yuklama, mashq turi, temp, takrorlar soni shaxsiy xususiyatlarga qarab belgilanadi.
Slayd 31
Tamoyilning mohiyati
Mashg‘ulotlar individual yondashuv orqali ko‘proq samarali bo‘ladi.
O‘quvchilarning sog‘lig‘i, qiziqishi, sport tayyorgarligi hisobga olinadi.
Yuklama organizmning moslashuv darajasiga mos bo‘lishi lozim.
Mashqlar haddan tashqari qiyin yoki juda yengil bo‘lmasligi kerak.
Har bir o‘quvchi bir xil jismoniy imkoniyatga ega emas.
Slayd 32
O‘quvchi sog‘lig‘ini saqlaydi, ortiqcha yuklama olmaydi.
Har bir o‘quvchida qiziqish oshadi — mashqlar unga mos bo‘ladi.
Natija tezroq va sifatli ko‘rinadi.
Kuchli o‘quvchilar uchun murakkab mashqlar, yangi o‘rganayotganlar uchun yengil variantlar beriladi.
Darsda xavfsizlik ta’minlanadi.
Tamoyilning pedagogik ahamiyati:
Slayd 33
Misol 1: O‘tirib–turish mashqi
1-guruh (yengil): 10 marta
2-guruh (o‘rtacha): 15 marta
3-guruh (kuchli): 20–25 marta
→ Har kim o‘zining kuchi yetadigan variantni bajaradi.
Jismoniy tarbiya darsida qo‘llanishi (amaliy misollar):
Slayd 34
Kuchiga yarashalik va individuallashtirish tamoyili — jismoniy tarbiya darslarini xavfsiz, samarali va har bir o‘quvchi uchun qulay qilishning eng muhim tamoyillaridan biridir.Bu tamoyil orqali: yuklama moslashadi, har bir o‘quvchi o‘z sur’atida rivojlanadi, natijalar yaxshilanadi, motivatsiya oshadi.
Xulosa:
Slayd 35
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o‘zgartirib qo‘llash) tamoyili
Slayd 36
Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik – qayta bajarish muhim ahamiyatga ega. I.P. Pavlov va A.N. Krestovnikov ko‘rsatganidek, harakat malakasining fiziologik asosi hisoblangan dinamik stereotipni ko‘p marotaba takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas.
Slayd 37
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o‘zgartirib qo‘llash) tamoyili
Har qanday jismoniy ko‘nikma yoki malaka (masalan, yugurish, sakrash, to‘p uloqtirish) bir martalik bajarish bilan o‘zlashtirilmaydi.
Uni takror-takror bajarish natijasida tanada harakatni bajarish mexanizmi mustahkamlanadi.
Biroq bir xil shaklda takrorlash tezda charchoq va zerikishga olib keladi. Shu sababli mashq variatsiya qilinadi — ya’ni tezligi, sharoiti, uslubi yoki vositasi o‘zgartiriladi.
Shu yo‘l bilan nafaqat malaka mustahkamlanadi, balki harakatning moslashuvchanligi va universalligi oshadi.
Slayd 38
Tamoyilning pedagogik maqsadi
Zerikishning oldini olish va qiziqishni saqlab qolish.
Mashqlarni turli sharoitlarda ham to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish.
O‘quvchi yoki sportchining harakat qobiliyatini rivojlantirish.
O‘rgangan harakatni mustahkamlash.
Slayd 39
Takroriylik va variatsiyalash tamoyili — o‘rgatish samaradorligini oshiruvchi eng muhim didaktik asoslardan biridir. U orqali o‘quvchi harakatni mustahkam o‘zlashtiradi, uni turli sharoitda bajara oladi va jismoniy rivojlanish doimiy bo‘lib boradi.
Slayd 40
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 41
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.