Hayvonot olami va uning tabiatdagi o’rni
4000 so'm

Slayd 1
Hayvonot olami va uning tabiatda tutgan o‘rni
Slayd 2
Reja:
Hаyvоnоt dunyosining хilmа-хilligi va sistemаtikаsi.
Bir xujayrali va ko’p xujayrali organizmlar.
3. Uy va yovvoyi hayvonlar.
Hаyvоnlаrni muhоfаzа qilish
Slayd 3
Slayd 4
Zoologiya so‘zi zoon – hayvon va logos – ta’limot, ya’ni fan degan ikkita grekcha so‘zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilma-xilligi, tuzilishi, hayvonlarning hulq-atvori, ko‘payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini, shuningdek, ularning tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o‘rganadi.
Slayd 5
Bir hujayralilar
Bir hujayralilarning kelib chiqishi. Dastlabki tirik organizmlar bundan 3 – 3,5 mlrd yil oldin dengizlarda paydo bo‘lgan. Ular eng sodda tuzilgan hujayrasiz organizmlar bo‘lib, dengiz suvida erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlangan.
Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega bo‘lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va luizm qilish vakuolalari, harakatlanishli organoidlari va yadrosi bo‘ladi. Soxta oyoqlilar sinfi.
Slayd 6
Amyoba to‘kilgan barglar va xascho‘plar bilan ifloslangan ko‘lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 MM, shaffof bo‘ladi. Amyoba hujayrasining shakli doimo o‘zgarib turadi
Slayd 7
Amyoba bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organikqoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o‘tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha – hazm qilish vakuolasi paydo bo‘ladi.
Amyoba ikkiga bo‘linish yo‘LI bilan jinssiz ko‘payadi
Slayd 8
Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Yashil evglena ko‘lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. Evglena qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida yorug‘likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug‘ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.
Slayd 9
Hasharotlar sinfi
Hasharotlar – tabiatda juda keng tarqalgan bo‘g‘imoyoqlilar. Tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo’limlaridan iborat. Oyoqlari 3 juft, boshida bir juft mo‘ylovlari, ko‘zlari va jaglari bor. Ko‘krak bo’limida qanotlari va oyoqlari joylashgan. Ayirish organi – malpigi naychalari, traxeya orqali nafas oladi .Yuragi naysimon, ko‘p kamerali, 40 ga yaqin turkumlari bor.
Slayd 10
Slayd 11
QushlaR
Qushlar-tanasi pat bilan qoplangan, issiqqonli hayvonlar. Ulaming tuzilishi va xatti-harakati uchishga moslashgan. Tanasi suyri shaklida; oldingi oyoqlari qanotga, jag‘lari muguz tumshuqqa aylangan; barcha skelet suyaklari yengil va pishiq. Qushlaming yuragi to‘rt kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan.
Yer yuzida 9000 ga yaqin turi ma’lum.
Slayd 12
Qushlar
Voha qushlari
Chumchuqsimonlar
Kaptarsimonlar
Cho’l qushlari
Tuvaloqlar
Suv havzalari va sohil qushlari
Tuyaqushsimonlar
Slayd 13
Chumchuqsimonlar turkumi
Bu turkumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchuq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ulaming erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z ichiga oladi.
Slayd 14
Chumchuqsimonlar turkumi
Bu turkumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi.
Ularning erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib turadi.
Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z ichiga oladi.
Slayd 15
Kaptarsimonlar turkumi.
Ko‘k kaptar to‘kilgan donlar, yovvoyi o‘tlaming urug‘ini terib yeydi: jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Ko‘k kaptar xonaki kaptar zotlarining nasl boshi hisoblanadi. Musichalar ko‘pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylarga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalarning urugiari bilan oziqlanadi; juft bo‘lib yashaydi; yil davomida 5 marta bola ochadi.
Slayd 16
Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlari skeletidan iborat. Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida havo bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi.
Slayd 17
Nafas olish sistemasi. Qushlarning o‘pkasi murakkab tuzilgan bo‘lib, havo saqlovchi juda ko‘p mayda pufakchalardan iborat. Pufakchalar devorida joylashgan mayda kapillyarlar orqali qonga kislorod o‘tadi. Nafas olishda havo pufaklari ham ishtirok etadi. Pufaklar ichki organlar orasida joylashgan va o‘pka bilan bog‘langan. Uchayotgan qush qanotlarining ko‘tarilib tushirilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Bunda gaz almashinuvi ikki marta: havo o‘pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotganda sodir bo‘ladi. Qush qancha ko‘p qanot qoqsa, o‘pka orqali havo aylanishi shuncha tez boradi
Slayd 18
Tuyaqush-simonlar turkumi
Tuyaqushlar – eng yirik qushlar bo‘lib, qanotlari uchishga moslashmagan; patlari yelpig‘ich hosil qilmaydi; toj suyagi ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ular uchmaydi, ammo kuchli va uzun oyoqlari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli.
Slayd 19
Tuvaloqlar turkumi.
Tuvaloqlar – yirik, tez yuguradigan qushlar, 0‘zbekistonda uchraydigan yo‘rg‘a tuvaloqning patlari yer rangida bo‘lganidan uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. U yovvoyi o‘simliklar bargi, novdasi, urug‘lari, yer osti tuganaklari, har xil hasharotlar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; juft bo‘lib yashaydi
Slayd 20
G‘ozsimonlar turkumi.
Bu turkumga o‘rdaklar, g‘ozlar va oqqushlar kiradi. Ular tumshug‘ining qirrasi bo‘ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tumshug‘ining uchi esa kengaygan. G‘ozsimonlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalari urg‘ochisi orqasidan ergashib yuradi.
Slayd 21
Sutemizuvchilar
Sutemizuvchilar – yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlar. Ulaming tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi, sut va ter bezlari bo‘ladi. Lablari yumshoq bo‘lib, bolasini sut bilan boqadi. Ko‘pchilik sutemuzuvchilar tirik bola tug‘adi. Bosh miya yarimsharning po‘stlog‘ida ilonizi burmalari rivojlangan.
Slayd 22
Bo‘risimonlar oilasi.
Bu oilaga bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, korsak va yenotsimon it kiradi. Ular hidni juda yaxshi sezadi; o‘ljasini ta’qib qilib tutib oladi. Bo’rilar yil bo‘yi juft bo‘lib yashaydi. Ular kunduzi biror pana joyga bekinib olib, kechasi ov qiladi.
Slayd 23
Mushuksimonlar oilasi
Mushuksimonlaming ilmoqqa o‘xshab egilgan va o‘tkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. 0‘Ljasini timoqlari yordamida tutib, tishlari bilan ushlab turadi. Ko‘pchilik mushuksimonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi. Ular o‘ljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksimonlar oilasiga, yo‘lbars, gepard, qoplon, silovsin, ilvirs, mushuklar kiradi
Slayd 24
Ayiqsimonlar oilasi
Ayiqlar – baquvvat va yirik hayvonlar 0‘zbekiston tog‘larida qo‘ng‘ir ayiq uchraydi. U o‘simliklar ildizi va nihollari bilan oziqlanadi. Ba’zan hasharotlar va sug‘urlami tutib yeydi, yozda esa mevalar bilan oziqlanadi.
Slayd 25
Tuyoqli sutemizuvchilar
Qo’ychi-lik
Yilqichi-lik
Qoramolchilik
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.