Geografik maydoncha va tirik tabiat burchagi

4000 so'm


Geografik maydoncha va tirik tabiat burchagi

 

 

Slayd 1

Geografik maydoncha, o‘lkashunoslik burchagi, tirik tabiat burchagi

Slayd 2

Reja:
Geografik maydoncha.
O‘lkashunoslik burchagini tashkil etish.
Tirik tabiat burchagini tashkil etish

Slayd 3

Moddiy baza ta’lim samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ko‘rgazmali vositalar tabiatshunoslik kabineti, tirik tabiat jismlari va o‘quv-tajriba uchastkasi moddiy bazaning tarkibiy qismlaridir. Tirik obyekt hamda tasviriy ko‘rgazmalami mavjud bo‘lishi o‘quvchilami turli xil mustaqil va amaliy ishlarga jalb qilish imkonini beradi. Ko‘rgazmali vositalar. Tabiatshunoslik darslarida turli ko‘rgazmalikdan foydalanish ularni diqqat bilan tanlash va tayyorlanish talab etadi. Ko‘rgazma vositalar va tirik tabiat o‘quv jarayonida qadimdan foydalanib kelinayotir, masalan, XVII asrdayoq amosskiy ko‘rgazmalilik muhim tamoyil sifatida belgilab berilgan edi. «Buyuk didaktika» kitobida. Nemis metodisti listerveg ham ko‘rgazmalik roliga katta baho bergan edi: «ko‘rgazmalik yo‘lidan tashqari boshqa hech qanday yo‘l bilan odam bilim olishi mumkin emas» degan edi.

Slayd 4

Keyinchalik K.D. Ushinskiy bu nazariyani rivojlantirib, ko‘rgazmalikni ahamiyatini quyidagicha asoslab berdi: «bolaga qanday bo‘lmasin, besh noma’lum so‘zni o‘rgating va u uzoq vaqt behuda qiynaladi: ammo suratlar bilan bog‘lasangiz, 20 ta shunday so‘zni u go‘yo (uchgandek) yengil o‘zlashtiradi», deb yozgan edi. Ushinskiy o‘z asarlarida turli so‘zlar va bilimlarni bolalar shakllar, ranglar, hajm va tovushlar vositasida idrok qiladi va tasavvurlar shakllanadi, deb qayd etadi. Tabiatshunoslik o‘qitishda quyidagicha ko‘rgazma vositalar qo‘llaniladi: 1. Tabiiy yoki predmetli ko‘rgazma qo‘llanmalar. Tirik mavjudotlar – barcha tirik o‘simlik va hayvonlar; gerbariylar, tulumlar; kolleksiyalar-o‘simliklar, urug‘lari, mevalari, hayvonlar kolleksiyalari, foydali qazilmalar, tog‘ jinslari, mineral moddalar, tuproq namunalari, o‘g‘itlar, torf. To‘garak mashg‘ulotlari, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ular o‘quvchilar tomonidan tayyorlanishi ham mumkin. Ho‘1 preparatlar, quruq preparatlar o‘simlik va hayvonlar qismlarini tabiiy holda quritilgani. Ularga donli, texnik va sabzavot ekinlari yig‘malari kiradi. O‘simliklarning vegetativ qismlari va gul preparatlaridir. Daryo qisqichbaqasining skeleti / bo‘limlarga bo‘lingan/ umurtqali hayvonlar skeletlari, suyaklar to‘qimi shu guruhga mansubdir. Hajmi va bog‘lamli gerbariylar tabiiy ko‘rgazmalar namunasidir.

Slayd 5

Tasviriy ko‘rgazmalar
Ular tayyor holda magazinlarda sotiladi, sotuvchilaming mustaqil o‘rganishlari va namoyish qilishda foydalaniladi. Ular to‘plam holida tayyorlanadi. Fabrikalarda, maktablar esa zaruriy miqdorda sotib oladilar. Hajmli ko‘rgazma vositalariga qo‘ydagilar mansubdir: model – bu 3 o‘lchamli ko‘rgazma qurol bo‘lib, jism yoki uning alohida qismlarini ko‘rinishini aks ettiradi. Model faqat tashqi ko‘rinishni emas, ichki mazmunni ham aks ettirib, tabiiy jismga yaqinlashtiradi. U ishlash prinsipini ham ko‘rsatishi kerak, masalan, elektrostansiya yeming o‘qi atrofidagi harakati, quduqning ishlashi, suv tegirmoni jonsiz tabiat modellariga globus, tog‘lar modellari kiradi. Ularni namoyish qilish uchun foydalaniladi.

Slayd 6

Tirik tabiat burchagi
Tirik tabiat burchagi boshlang‘ich sinflar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 0 ‘Quvchilar bu yerda tirik mavjudotlar bilan doimiy munosabatda bo‘ladilar. Ular ustida kuzatish va tajribalar o‘tkazadilar, shuningdek, o‘simlik va hayvonlami yetishtirish va parvarish qilish ishlarini muntazam ravishda amalga oshiradilar. Shu jarayonda ular mustaqil qobiliyat, topshirilgan ishga nisbatan mas’uliyat, tabiatga esa muhabbat tuyg‘ulari shakllana boradi. O‘simlik va hayvonlami uzoq kuzatishlar jarayonida ularda o‘sish va rivojlanishi nimaga bog‘liqligi, tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligini tushunishga imkon beradigan bilimlar o‘quvchilarga yig‘ila boradi. Bu esa dunyoni ilmiy hamda moddiy tushunishlarga asos bo‘ladi. Jonli tabiat burchagi hamda o‘quv tajriba maydonchasida «qizil kitob»ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlaming parvarish qilish g‘oyat muhimdir. Bu esa mahalliy o‘lka tabiatini muhofaza qilishga ham yo‘nalgan bo‘ladi. Ayniqsa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida muhofazaga muhtoj. Tabiat jismlarini o‘rganish va ko‘paytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Slayd 7

Kichik yoshli o‘quvchilar turli mazmundagi amaliy va tadqiqot ishlarini bajara olib, o‘z bilimlarini amaliyotda tatbiq etib va tabiatshunoslik darslari jarayonida ulardan foydalanadilar. Mazkur bilim va amaliy ko‘nikmalar ulaning kelajagida kasb egallashlari tomon yo‘naltiradi. Tirik tabiat burchagida qo‘yiladigan talablar shu bilan belgilanadiki, ular: tirik tabiat burchagi xonasi, yaxshi yaratilgan o‘simlik va hayvonlar uchun talab darajasidagi sharoit yaratilishi lozim. Doimiy harorat, ya’ni optimal-qulay muhit bo‘lishi talab etiladi. Bo‘yi baland boigan o‘simliklar orqaroqda, past bo‘yli o‘simliklar ekologik guruhlarga ko‘ra joylashtiriladi; bu guruhlarga yorug‘sevar, issiqsevar, soyasevar, sovuqqa chidamli va hokazo. Tirik tabiat burchagida quyidagi xona o‘simliklarini o‘stirish maqsadga muvofiqdir: aloe, asparagus, aspidistra, agava, koleus, begoniya, xinagul, kaktusning bir necha turlari, kiparis, monstera, pelargoniya – erongul, paparotnik, sak-severya, tradeskansiya, uzun barg, binafsha, suv o‘simliklaridan elodiya, vallisneriya, rdeet, richchiya yoki suv moxi, xara va boshqa hayvon turlaridan akvarium baliqlari – karas, qizil qanot, gambuziya, gubpi – sovuqsevar baliqlar.

Slayd 8

Akvarium baliqlari – molluska, gidra, suv qo‘ng‘izlarini saqlab, ulaming biologiyasini o‘rganish o’quvchilarda katta qiziqish o‘yg‘otadi. Molluskalar bir hujayrali hayvonlar bilan ovqatlanadi. Shu yo‘l bilan suvni toza saqlanishiga yordam beradi, suv sanitari hisoblanadi. Tirik tabiat burchagida suvda ham, quruqlikda yashovchi – baqalar; sudralib yuruvchilardan – toshbaqa; qushlardan – kanareyka, to‘tiqush, kaklik, bedana, kurka va hokazo. Sutemizuvchilardan – tipratikan, quyon, oq sichqon va boshqalar. Umuman o‘quvchilar tirik tabiat burchagida parvarish qilinayotgan hayvonlami kuzatadilar, axloqlarini o‘rganadilar, ovqat beradilar, tagliklarini tozalaydilar, suv beradilar, o‘simliklami oziqlantiradilar, sug‘oradilar, ostiga ishlov beradilar, barglami yuvadilar, tozalaydilar. Ko‘chirib o‘tkazadilar, urug‘laridan namuna, kolleksiyalar to‘playdilar, gerbariylar tayyorlanadi. Shu jarayonda mazkur o‘simlik va hayvonlar haqidagi bilimlari oydinlashadi.

Slayd 9

Tabiatshunoslik kabineti – o‘quv moddiy bazasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kabinetda ko‘rgazmali qurollar, sayohat jihozlari, mehnat yoki tajriba – maydonchada qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, sayrlar, jihozlar saqlanadi. Ular foydalanish uchun olinganda qulay joyda turishi oson topilishi lozim. Buning uchun maxsus shkafda bo‘lishi, ko‘rgazma qurollaming nomi aks etgan ro‘yxat tuzilishi darkor, ular nomerlanadi va shkaf oynasi oldida ilib qo‘yiladi. May da preparatlar shkafda, jadvallar sandiq yoki maxsus yashikda, ekran qo‘llanmalari esa xonaning oxirida joylashtirilgan baland – yirik stol ustiga qo‘yiladi. Xona gullari maxsus tagliklar, /metall/ yoki deraza tagligida, terrarium esa deraza tomonda – yerda – polda, akvarium esa balandroq stol ustida -akvariumda qo‘yiladi.

Slayd 10

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga borishi bilanoq o‘z joylarini o‘rganishga kirishadilar. Tabiat ashyolari bo‘yicha kuzatishlar olib boradilar. O‘quvchilar tomonidan sayohat, kuzatishlar davrida boy tabiiy jismlar to‘planadi, ularda esa o‘quv jarayonida foydalaniladi. – To‘plangan materiallar asosida o‘lkashunoslik burchagi tashkil etiladi. Burchak tabiatshunoslik burchagi kabineti yoki alohida xonada tashkil etilishi mumkin. U yerda uch bo‘lim tashkil qilinishi mumkin: – «bizning o‘lka» nomli stend tashkil etilib, u quyidagi ma’lumotlami yoritib boradi: – o‘z aholi punktining nomi, joyi ifodalangan xaritasi; – o‘z joyining nomi ko‘rsatilgan O‘zbekiston tabiiy xaritasi; – maktab joylashgan joy ko‘rsatilgan aholi punktining rejasi; – o‘z yashash joyining fotosuratlari; – mahalliy o‘lka sanoat ishlab chiqarishini erituvchi materiallar; i/ch-gan mahsulotlari; – qishloq xo‘jalikni aks ettiruvchi materallar /k/ x o‘simliklari gerbariy va fotosuratlar; – turgan joyidagi daryo, svu omborlari haqida ma’lumotlar; – joy tropigi; – o‘lka o‘simliklari; o‘lka hayvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar /fotosurat, rasmlari/ joy oladi.
O‘lkashunoslik burchagi

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Geografik maydoncha va tirik tabiat burchagi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar