FONETIKA

4000 so'm


FONETIKA

Slayd 1

FONETIKA

Slayd 2

REJA:
1. Nutq tovushlari va ularning hosil qiluvchi a’zolar.
2. Tovush va harf tushunchasi.
3. Unli tovushlar tasnifi.
4. Undosh tovushlar tavsifi.
5. Bo‘g‘in va urg‘u.

Slayd 3

Fonetika so‘zi fone “tovush” “tika” quti degan ma’noni bildirib, og‘zaki nutqning tovush tomoni o‘rgangan bo‘lim hisoblanadi. Yozma nutqning xususiyatlarini (yozuvni) o‘rganadigan bo‘lim grafika deb ataladi.

Slayd 4

Inson talaffuz qiladigan va boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birliklari nutq tovushlari deb ataladi. Bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a’zolari nutq a’zolari deb yuritiladi.

Slayd 5

NUTQ A’ZOLARI
Burun bo‘shlig‘i
Lablar
O‘pka
Tanglay
tovush paychalari
Og‘iz bo‘shlig‘i
Tog‘aylar
Tishlar
Til

Slayd 6

Nutq tovushlari so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: Masalan: mol, hol, sol, chol, tol; yoki toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tosh, tog‘ kabilar ko‘rinyaptiki, bu so‘zlar o‘zaro bitta tovush bilan farq qilyapti. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi.

Slayd 7

Nutq tovushlarining farqlovchi va biriktiruvchi belgilari mavjuddir. Ikkita tovushni qiyoslaganda, ularni bir-biridan ajrab turuvchi belgilar farqlovchi belgilar hisoblansa, bu tovushlarning har ikkalasida ham mavjud bo‘lgan ular uchun umumiy bo‘lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi. Ana shu belgilar asosida nutq tovushlari ikki bo‘lish mumkin:
1. Unli tovushlar .
2. Undosh tovushlar.

Slayd 8


Unli tovushlar
Undosh tovushlar
1
Unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi.
Undosh tovushlilarni hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi.
2
Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin.
Undoshlarni cho‘zib talaffuz qilib bo‘Imaydi.
3
Unlilar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi.
Undoshlar talaffuzida tovush paychalari titrashi ham (jarangli va senorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.
4
Unlilar bo‘g‘in hosil qilib biladi: a-ka, o-i-la, mu-do-fa-a.
Undoshlar bo‘g‘in hosil qilib bilmaydi.

Slayd 9

Unli tovushlar faqat un(ovoz)dan hosil bo‘ladi. Ular jami 6 ta bo‘lib, 6 ta ( a, o, u, o‘, i, e) harf bilan ifodalanadi. Unli tovushlar quyidagicha guruhlarga ajratiladi:
Tilning yotiq harakatiga ko‘ra
Tilning tik harakatiga ko‘ra
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
Old qator
Orqa qator
Yuqori tor unlilar
O‘rta keng unlilar
Quyi keng unlilar
Lablangan
Lablanmagan
i, e, a
u, o‘, o
i, u
e ,o‘
а, о

Slayd 10

Hosil bo‘Iish usuliga ko‘ra
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
Hosil bo‘Iish o‘rniga ko‘ra
Lab undoshlari
Til undoshlari
Lab-lab
Lab- tish
Til oldi
Til o‘rta
Til orqa
Chuqurtil orqa
Bo‘g‘iz undoshi
Portlov­chilar
Jarangli
b, m
d, n
g, ng
Jarangsiz
p
t
k
q
Sirg‘aluvchilar
v
z,j,r, l
у
g‘
f
s, sh
x
h
Qorishiqlar
ch
dj

Slayd 11

Nutq tovushlari ba’zi o‘zgarishlarga uchraydi. Bular asosan uch xil bo‘ladi.
Tovush almashishi
Tovush tushishi
Unlilar
Undoshlar
Son-sana ong-angla sayla–saylov o‘qi–o‘quv
yutuq–yutug‘i Kurak-kuragi Tug-tukkan ketdi-ketti maktab-maktap
shahar– shahri qorin–qorni burun–burni ocha oladi–ocholadi
men-mening past-pasay sust-susay g‘isht–g‘ish farzand-farzan kelsa–kesa

Slayd 12

BO‘G‘IN VA UNING TURLARI
O‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g‘in deyiladi: Masalan: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in deyiladi. Masalan: daf-tar, gul-don. Ochiq bo‘g‘in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g‘in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

Slayd 13

BO‘G‘INNING AMALIY AHAMIYATI
Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi;
2. Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida amalga oshiriladi;
3. She’riy misralarda bo‘g‘inlar soni teng bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.

Slayd 14

BO‘G‘IN TIPLARI
O‘zbek tilida bo‘g‘inlarning quyidagi tiplari mavjud:
Bir unlidan iborat bo‘g‘in: Chizmasi V (V lotincha “vokalis” unli, C “consonant” undosh degan ma’noni bildiradi) o-na,
Bir unli iborat bo‘g‘in: o-i-la bir unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in: CV yoki VC ol-ma…
Bir unli ikki undoshdan iborat bo‘g‘in: SVS, VSS, CCV suv-lar, ayt, erk, ilm, ost, sta-kan, pre-zi-dent…
Bir unli uch undoshdan iborat bo‘g‘in: CVCC, CCVC stol, stul, fikr, hukm, qasr….
Bir unli to‘rt undoshdan iborat bo‘g‘in: SSVSS, CVCCC, VCCC – punkt, trans-port, tekst, front, ernst…

Slayd 15

So‘z bo‘g‘inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi.
Urg‘u ikki xil bo‘ladi:
So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi ayrim unli tovushning kuchliroq aytilishidir: qalam–qalamdon– qalamdonda. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Qo‘shimcha qo‘shganda ko‘chadigan urg‘u dinamik deyiladi. Ko‘chmaydigan urg‘u turg‘un urg‘u deyiladi.

Slayd 16

Urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar mavjud:
Ravish yasovchi –cha, -day, -dek
Bo‘lishsizlik qo‘shimchasi –ma
Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -da, -u, -yu
Dona va chama son qo‘shimchasi –ta, -tacha
Bundan tashqari ayrim boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarga ham urg‘u oxiriga tushmaydi. Masalan: ammo, lekin, biroq.

Slayd 17

So‘z urg‘usi so‘z ma’nosini farqlash vazifasini ham bajaradi. Masalan: Olma fe’l, olma ot.
Gap (mantiqiy, logik, ma’no) urg‘usi gap tarkibidagi ayrim so‘zlarning kuchliroq aytilishidir; gap urg‘usini olgan so‘z har doim kesim yonida joylashadi:
Biz ertaga kinoga boramiz. – Kinoga borish haqida.
Biz kinoga ertaga boramiz. – Ertaga borishimiz haqida.
Kinoga ertaga biz boramiz. – Biz borishimiz haqida.

Slayd 18

E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 19

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“FONETIKA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar