Chiqindi va ekosistema buzilishining atrof-muhitga ta’siri

4000 so'm


Chiqindi va ekosistema buzilishining atrof-muhitga ta'siri

 

 

Slayd 1

Chiqindi va zararli mahsulotlarni hosil bo’lishini

Slayd 2

Reja:
Chiqindi va zararli mahsulotlarni hosil bo’lishini kamaytirish va oldini olish yo’llari
Atmosferaning ifloslanishi va atrof-muhitga ta’siri.
Ekosistema va uning buzilishining atrof-muhitga ta’siri.

Slayd 3

Chiqindilarni oldini olish. So‘nggi yuz yillikda dunyo aholi soni muntazam o‘sib bormoqda, shu bilan barobar ular hayoti uchun zarur bo‘lgan uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarga bo‘lgan ehtiyojlari ham o‘smoqda. Yana bir muhim jihati shundaki, inson omilining atrof tabiiy muhitga ta’siri keskin oshishi maishiy va sanoat chiqindilarining yil sayin ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Bugungi kunda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’yektlari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, chiqindilar ekologiya uchun zararli bo‘lishi barobarida arzon xomashyo hamdir. Ya’ni, chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi.

Slayd 4

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi chiqindilarning 85 % qayta ishlash mumkin ekanini ko‘rsatmoqda. Masalan, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarning 34 % , shisha buyumlarning 43 % , qog‘oz va kartonning 54 % chiqindilarni qayta ishlash evaziga olinar ekan. Xitoyliklar esa alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 % ni , jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 % ni turli chiqindilarni qayta ishlash hisobiga oladi. Ayrim davlatlarda chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xom-ashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri katta bo‘lib, energiya va xom-ashyoni sezilarli darajada tejaydi.

Slayd 5

Mamlakatimizda hozirda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ekologik muammolardan biri chiqindilar mauammosi bo’lib, bugungi kunda chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida atrof muhitga, fuqarolar hayoti va sog’lig’iga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklariga xavf tug’dirmoqda. Bunday sharoitda, hosil bo’layotgan chiqindilarni to’plash, saqlash, tashish, yo’q qilish, ko’mib tashlash, utilizatsiya qilish, ularni turlarga ajratish va qayta ishlash masalasi ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Slayd 6

Chiqindi muammosi bo‘yicha yangi choralar belgilandi
O‘zbekistonda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Prezident bu sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. 500 Ta maxsus transport sotib olinadigan bo‘ldi.

Slayd 7

Tahlillarga ko‘ra, deyarli barcha davlatlarda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib bormoqda. Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy o‘sish hisobiga bu ko‘rsatkich 7 million tonnaga yetib, yiliga 2 foizdan o‘smoqda.
Lekin ularni yig‘ish, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emas. M: Qoraqalpog‘istonda 10 foiz, Farg‘ona va Qashqadaryoda 20 foiz chiqindi qayta ishlanadi, xolos. 781 Ta mahallada chiqindilarni olib chiqish masalasi hal etilmagan. Aholining bu sohadagi xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorligi ham ko‘p.

Slayd 8

Maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilar ekan, buning uchun imkoniyat ham yaratildi. Xususan, endi import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yil muddatga ozod etiladi. Saralash va qayta ishlash texnikalari xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi. Bu ishlar uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘lari hisobidan 5 yil muddatga bosqichma-bosqich 500 milliard so‘m kredit ajratiladi.
Qayta ishlash quvvati bor klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilandi. Buning evaziga ularga o‘z hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 foizga olib chiqish talabi qo‘yildi.

Slayd 9

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish yuzasidan qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunda chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish munosabatlari tartibga solinadi. Shuningdek, qonunda chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlash to‘g‘risida gapirib o‘tiladi.

Slayd 10

Oliy Majlis 1995 yil qabul qilgan «Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasiga qo‘shilishi haqida» qarori bilan O‘zbekiston Bazel konvensiyasiga qo‘shilgan. Mamlakatimizda 1996 yildan kuchga kirgan ushbu Konvensiyaning ijrosini ta’minlashning huquqiy mezonlari Vazirlar Mahkamasining «Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni hududdan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berilgan.

Slayd 11

O‘zbekistonda chiqindilar to‘liq qayta ishlanmaydi, u yo‘qolib ketmaydi, shunchaki «dafn qilinadi». Qutiga tashlangan chiqindining harakatini tahlil qilib ko‘ramiz. Mahallalardagi chiqindixonalardan «Maxsustrans» mashinalari qayta yuklash stansiyalariga olib boradi hamda (Toshkent shahridagi uchta ─ Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida qayta yuklash stansiyalari mavjud) maxsus konteynerlarga zichlab joylashtiriladi va oxirgi manzil ─ Ohangaron poligoniga yetkaziladi. O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini Birlashgan Millatlar Tashkiloti tadqiqotchilarining ma’lumotlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Tadqiqot natijalari ko‘ra, 2021 yilda mamlakat poligonlarida 26 trillion dollarlik elektron chiqindilar borligini ko‘rsatgan.

Slayd 12

Albatta, yurtimizda ham chiqindilarni qayta ishlash uchun ajratib yig‘ish tajribasi o‘tkazilgan. 2012 Yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, Toshkent aholisi uchun majburiy chiqindilarni ajratib topshirish majburiyati yuklatilgan. Aholining noroziligi sabab bu qaror ijrosi bekor qilingan.

Slayd 13

Rivojlangan mamlakatlar 20-30 yillar vaqt sarflab, chiqindilarni saralab ajratish, ularni qayta ishlab chiqishga erishishgan. Bizda bu ishlarga 15 kunlik muddat belgilangani tajribaning muvaffaqiyatsiz yakuniga sabab bo‘lgan. Yaponiya va boshqa qator rivojlangan davlatlar chiqindilarni yo‘q qilish va qayta ishlash bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega. Yaponiyada ekologiya tizimi samaradorligining asosiy sabablaridan biri sifatida shu sohaga oid qonunlarning mukammalligi, jumladan, chiqindi va atrof-muhit to‘g‘risidagi asosiy qonunlardan tashqari, qayta ishlab chiqishga mo‘ljallangan har bir chiqindi uchun alohida maxsus qonun hujjatlari ishlab chiqilganligini ta’kidlash mumkin.

Slayd 14

Masalan, bugungi kunda Yaponiyada velosipedni, plastik chiqindilarni qayta ishlab chiqarish yoki elektron chiqindilarni qayta ishlashga oid alohida qonun hujjatlari mavjud. Yaponiyaning «Chiqindilarni yo‘q qilish to‘g‘risida»gi qonunining asosiy maqsadi chiqindilarni to‘g‘ri taqsimlash, saqlash, yig‘ish, tashish, qayta ishlash va yo‘q qilish, shuningdek, yashash muhitini toza saqlash orqali yashash muhitini yaxshilashga qaratilgan.

Slayd 15

Ushbu qonunda chiqindilarning har bir turiga, masalan, ishlab chiqarish chiqindilari, maxsus nazorat qilinadigan sanoat chiqindilari kabi alohida ta’riflar berilgan. Xususan hukumat qarorida «ko‘rsatilgan portlovchi, zaharli, yuqumli yoki boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan, inson salomatligi yoki yashash muhitiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilar, maxsus nazorat qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar toifasiga kirishi» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur qonunning 2-moddasida Yaponiyada hosil bo‘ladigan chiqindilar imkon qadar mamlakat hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilinishi kerak, degan qoida o‘rnatilgan. Shuningdek, ushbu qonun keyingi qonunosti hujjatlar uchun asosiy baza sifatida xizmat qiladi.

Slayd 16

Yaponiyada davlat tomonidan chiqindilarni qayta ishlash inshootlarini milliy subsidiyalash orqali qo‘llab-quvvatlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, zamonaviy standartlarga javob beradigan chiqindilarni qayta ishlash oby’ektlarni qurish imkoniyatini berdi va bu tizim hozirgacha o‘z samarasini berib kelmoqda. Yaponiyada chiqindilar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislar tayyorlash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, chiiqindilarni qayta ishlash inshootlarining texnik va ifloslanishni nazorat qiluvchi menejerlar ilg‘or bilim va ko‘nikmalar asosida tayyorlanadi. Ular o‘z navbatida tozalash inshoot va texnikalarini to‘g‘ri saqlash va boshqarishni ta’minlaydi.

Slayd 17

Yaponiyada mahalliy hokimiyatning qonunosti hujjatlari asosida, yuqorida qayd etilgan inshootlarning xom-ashyosi bo‘lgan maishiy chiqindilarni yonuvchan va yonmaydigan turlariga ajratish, plastmassa va kauchuklardan hamda boshqa chiqindilardan ajratish tartibi shart etib belgilandi. Kunchiqar mamlakatda chiqindi tashlash uchun alohida rangli qutilar ajratilganligi bilan bir qatorda, ularni to‘plash uchun maxsus kunlar belgilab qo‘yilgan. Qayta ishlanadigan chiqindilarni saralab yig‘ish 1970 yillarning oxirida Numazu Siti va Xirosima shaharlarida boshlangan. 1980 Yillarning oxiriga kelib butun mamlakat bo‘ylab bu tajriba tarqaldi va chiqindilarni saralab yig‘ish tartibining yo‘lga qo‘yilganligi natijadasida ularni qayta ishlash xarajatlari sezilarli darajada kamaydi.

Slayd 18

Atmosfera haqida umumiy tushuncha.
Atmosfera so’zi yunoncha tildan olingan bo’lib, (atm-bu, sfera-qobiq) ya’ni havo qobig’i degan ma’noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta’minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera yerning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobii bo’lmaganida edi, yer yuzida kunduzi +1000 C va kechqurun -1000 C harorat kuzatilgan bo’lar edi. Unda bulutlar paydo bo’ladi, yomg’ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo’ladi, shuningdek yerga namlik berib, tovush o’tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.

Slayd 19

Atmosfera qobig’i quyidagi qatlamlarga bo’linadi.
1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha
Stratosfera – 15-50 km gacha
Mezosfera – 50-80 km gacha
Termosfera – 80-800 km gacha
Ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori

Slayd 20

Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so’z bilan aytganda havo tarkibiga begona moddalar va qo’shimchalarni me’yoridan ortiq to’planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yoki sun’iy (antropogen) bo’lishi mumkin

Slayd 21

Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum MIqdorda changlar bo’ladi. U tabiatda sodir bo’ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo’ladi. Bunday changlarni 3 turga: mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Toғ jinslarining emirilishi va nurashi, vulkanlarning otilishi, tuqay va o’rmonlarga o’t ketishi, dengiz suvlarini parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o’simlik urug’lari, o’simlik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo’ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o’tish vaqtida yongan qoldiqlaridir.

Slayd 22

Ekologiya buzilishi
Atmosfera Ifloslanishi

Slayd 23

Antropogen ifloslanish asosan transport vositalarida, sanoat korxonalarida va energiya ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda organik yonilg’ilardan foydalanish natijasida hosil bo’ladigan chiqindilar va ajratmalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo’ladi. Atmosfera havosining ifloslanish muammosi butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bu muammo, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda eng o’tkir muammolardan bo’lib turibdi. Atmosfera havosining ifloslanishidan insonlarga yetkazilayotgan zarar, sanoat va maishiy chiqindilarni ochiq suv havzalariga tashlashdan yetkaziladigan zarardan kam emas.

Slayd 24

Slayd 25

Atmosfera havosi bitmas-tugalmas resurslar kategoriyasiga kiradi. Ammo, insonlarning xo’jalik faoliyati atmosferaga ta’sir ko’rsatadi va uning tarkibini o’zgartirib yuboradi. Bunday o’zgarishlar ko’pincha shunday katta va turg’un ahamiyatga egaki, uni himoya qilish choralarini ko’rishga to’g’ri keladi.
Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildan-yilga ko’payib borishi, turli yonilg’ilardan foydalanish, shuningdek, o’rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod MIqdori keskin kamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari MIqdorining o’shishi kuzatilmoqda.

Slayd 26

Slayd 27

Agar havo tarkibida karbonat angidridi miqdori oshib boraversa, uning ifloslanishini oldi olinmasa, yana 50 yildan so’ng, yer yuzasi harorati o’rtacha 1,5-3,0°C ga oshishi mumkin. Natijada, muzliklarning erishi, okean suvlari sathining ko’tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi, geografik muhitning o’zgarishi sodir bo’ladi.
Akademik A.P.Vinogradov va Francua Ramada ma’lumotlariga ko’ra, hozirga kelib atmosferadagi uglerod (II)-oksidi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat yonish hisobiga yuqolgan kislorod miqdoriga mos tushadi. Yer yuzida inson paydo bo’lib olov hosil qilishni bilgandan boshlab, toki shu kunga qadar yondirilgan yonilg’ilar uchun sarf bo’lgan kislorod 273 milliard tonnani tashkil qilgan. Shundan 246 milliard tonnasi yoki 90 foizi keyingi 100 yillikka to’g’ri keladi.

Slayd 28

Slayd 29

Uglerodning aylanma harakatining buzilishi va atmosferada Co2 ni yig’ilishi yerdagi kimyoviy muvozanatga katta ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi asosan yonilg’i resurslaridan foydalanish ko’lamining o’sishi hisobiga ifloslanadi. Hozirgi kunga kelib yonilg’i resurslaridan foydalanish 22 milliard tonna shartli yonilg’i birligiga yetdi.

Slayd 30

Buning yarmidan ko’pi rivojlangan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Yonilg’ilar yondirilganda atmosferaga asosan uchuvchan qurum, oltingugurt va azot oksidlari chiqadi. Ba’zan gazlar vanadiy, ftor birikmalari, chala yongan mahsulotlarni o’zida saqlagan bo’ladi. Sanoat korxonalari va transport vositalarining jadal suratlarda rivojlanishi va katta miqdorda yonilg’ilarning yondirilishi natijasida atmosferadagi erkin kislorod zahiralari tez sur’at bilan sarf bo’lmoqda va uglerod(II)-oksidining miqdori keskin oshmoqda. Oqibatda, tabiatda uglerodning aylanma harakati buzilmoqda.

Slayd 31

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, atmosferaga dunyo bo’yicha 50 million tonna har xil uglevodorodlar, 260 million tonna oltingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2 million tonnadan ortiqroq, chang va ko’lsimon moddalar tashlanmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yiddan-yilga bunchalik ifloslanib borishida avtotransportlarning «aybi» borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha 500 milliondan ortiqroq, avtomobil mavjud bo’lib, ular yiliga 3 milliard tonnadan ortiq, uglevodorod yoqilg’isini sarflamoqda, uning yonishi natijasida atmosferaga juda katta miqdorda zararli gazlar ajralib chiqmoqda.

Slayd 32

Hisob-kitoblarga ko’ra, yer yuzasidagi barcha avtomobillar bir sutka davomida atmosferaga 0,5 million tonna uglerod oksidi, 1000 tonna uglevodorodlar, 26 ming tonna azot oksidlari va benzin bug’lari chiqaradi. 100 Km yurgan bitta avtomobil, bir kishi bir yil davomida nafas olish uchun sarf bo’ladigan kislorodni yoqib yuboradi. 1 Ta engil avtomobil bir yilda atmosferaga 297 kg zaharli is gazi, 39 kg uglevodorodlardan iborat konserogen moddalar, 10 kg zaharli azot oksidlari, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt oksidi va nihoyat 0,5 kg o’ta zaharli qo’rg’oshin birikmalarini tashlamoqda. Korbyuratorli dvigatellar bilan ishlovchi avtomobillarning sundirgichlaridan chiqadigan asosiy zaharli gazlar uglerod va azot oksidlari, uglevodorodlar hisoblansa, dizel yonilg’isiga ishlovchi dvigatellarda azot va oltingugurt oksidlari hamda qurumdir.

Slayd 33

Shuni ham ta’kidlash joizki, avtomobillardan chiqadigan qo’rg’oshin zarrachalarining 40 foiz diametri 5 mkm dan kichik bo’lgan zarrachalardir. Ular uzoq, muddat davomida muallaq, holatda turish va havo orqali hayvonlar va insonlar organizmiga kirish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQSh va Yaponiyada atmosferani ifloslantiruvchi manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosferasini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar va azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70% ini tashkil qilsa, Respublikamizda bu ko’rsatkich 35 foizni, ayrim shaharlarda (Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent) esa 80 foizni tashkil qiladi.

Slayd 34

Dizel dvigateli bilan ishlaydigan traktor va kombaynlar ham atmosferani ifloslaydi. Bu mashinalar katta maydonlar bo’ylab tarqoq holda ishlasada, ulardan chiqqan zararli gazlar tezlik bilan havoga tarqaladi. Shuning uchun ulardan foydalanilganda yonilg’i ta’minoti va yonish tizimlarini so’zlab, to’g’ri ekspluatasiya qilish lozim. Ko’plab benzin va kerosinlar ularni saqlash, avtomashinalardan traktor va kombaynlarga qo’yish vaqtida bug’lanadi.

Slayd 35

Havoning ifloslanishi va uning oqibatlari
Atmosfera havosi ifloslanishi inson va tabiatga quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatadi:
Inson salomatligiga ta’siri
Odam sutkasiga o’rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi.
Havo tarkibidagi chang, qurum va zaharli gazlar vaqt o’tishi bilan organizmda to’planadi.
Oqibatda teri va ko’z kasalliklari, jigar sirrozi, gipertoniya (qon bosimi oshishi), surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi hamda o’pka saratoni kabi xastaliklar ko’payadi.
Bolalar o’rtasida umumiy kasallanish ko’rsatkichi ortadi.
Havodagi oltingugurt oksidi bronxit va gastrit kasalliklarini keltirib chiqaradi.
O’simliklar va tabiatga ta’siri:
Zaharli moddalar barglar hamda tuproq va suv orqali ildizga so’riladi.
O’simliklarda modda va energiya almashinuvi buziladi, natijada qishloq xo’jalik ekinlari hamda mevali daraxtlarning hosildorligi pasayadi.
Sanoat va transport gazlari fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda transpiratsiyani 3 barovargacha kamaytiradi.

Slayd 36

Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xojalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda parrandachilik va chorvachilik komplekslari, gosht kombinatlari, kimyoviy oitlar, zararli ximikatlar koproq ta’sir etadi. Bulardan tashqari kanalizasiya shaxobchalaridan, avtomobil ildiraklaridan, oyoq kiyimidan, oshxonalardan va boshqalardan chiqqan chang, gazlar, hidlar ham atmosferani ifloslaydi.

Slayd 37

Qayrag‘och dalalarda 300–400 yil yashasa, shahar parklarida 120–220 yil, avtomobil yo‘llari atrofida esa 40–50 yil yashaydi.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta’sir etib, ularning zaharlanishiga va nobud bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Hayvon turlarining qirilib ketishida urushlarning, xususan AQShning Vyetnam va Laosda olib borgan urushlarida kimyoviy qurollarni qo‘llashi oqibatida 170 qush turidan 24 tasi, 55 sutemizuvchi turidan esa bor-yo‘g‘i 5 tasi qolgan.
Atmosferaga milliard tonnalab So₂ gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o‘rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,5 °C ga oshgani aniqlangan. Agar atmosferadagi So₂ miqdori ortib boraversa, uning ulushi 0,0379 % ga yetishi mumkin, bu esa Yer haroratini 1,8 °C gacha ko‘taradi. Haroratning oshishi muzliklarning erishiga hamda suv sathining ko‘tarilishiga olib keladi — bu esa ekin maydonlarini kamaytirib, yog‘ingarchilik miqdori va iqlimni o‘zgartiradi.

Slayd 38

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar
Tabiiy ifloslanish:
Tog‘jinslari emirilishi
Kosmik changlar
Vulqon otilishi
Shamol va bo‘ronlar
Vulqon aerozollari
Zilzila oqibatlari
Suv toshqinlari

Sun’iy (antropogen) ifloslanish:
Sanoat korxonalari
Energetika
Transport
Maishiy chiqindilar
Qishloq xo‘jalik faoliyati
Kimyo sanoati
Demografik ifloslanish
Radiaktiv ifloslanish

Slayd 39

Ekosistema va uning buzilishi. Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyasiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, biogeotsenoz – bir-biriga bog‘liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir.

Slayd 40

Biosferadagi barcha o‘simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda ular o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug‘lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biosenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o‘simlik birgalikda qavm bo‘lib yashasa fitotsenoz bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo‘lib yashashiga zootsenoz deyiladi. Biotsenozdagi barcha tur populyasiyalari organik moddalarni hosil qiluvchi, iste’mol qiluvchi va to‘plovchilar sifatida faollik ko‘rsatadi. Biotsenozdagi turlarning bunday faoolik ko‘rsatishi ekonisha deb ataladi. El’tonning tarifiga ko‘ra, ekonisha turining tirik organizmlar orasida to‘tgan o‘rni uning ozuqa va dushmanlariga bo‘lgan munosabatidan iborat.

Slayd 41

Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o‘sha joyda o‘sib unadigan o‘simlik va hayvonlar bir-biriga monand va o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraqqiy etib va o‘zgarib turadi.

Slayd 42

A.Tеnsli ta’rifiga ko’ra ekosistеma ichki va doiralarda moddalar va enеrgiya almashinuviga ega bo’lgan tirik va jonsiz komponеntlarning chеksiz barqaror sistеmasi. Shunday qilib, ekosistеma mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvakdagi o’simlik. Tirik jamoa va notirik tabiat bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular birgalikda ekosistemani hosil qiladilar. Biotsenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik qismi bo‘lib hisoblanadi. Biom – bu katta regional subkontinental biosistema bo‘lib, u qandaydir bitta o‘simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o‘ziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi.

Slayd 43

Dunyoda quyidagi biomlar uchraydi:
1. Namli tropik biomlari.
Subtropik cho‘llar.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi o‘rmonlari.
Mo‘tadil dasht mintaqasi.
Cho‘llar mintaqasi.(gil tuproqli , gipsli , sho‘rhok )
Chuchuk suv o‘simliklari.
Arktik tundra mintaqasi.

Slayd 44

Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: Avtotroflar va geterotroflar. Avtotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli quyosh energiyasini o‘zlashtirib oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburug‘lar, bakteriyalar kiradi. Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va o‘z hayot faoliyati jarayo­nida ularni oddiy birikmalargacha parchalaydi.

Slayd 45

Biotsenoz quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
Produtsentlar (hosil qiluvchilar):avtotrof organizm bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil o‘simliklardan tashkil topgan.
Konsumentlar(iste’mol qiluvchilar): organik moddalarning bir qismi (o‘txo‘r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, keyingilari esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redutsentlar-yoki destruktorlar (parchalovchilar): ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topgan

Slayd 46

O’rmon ekosistemasi.

Slayd 47

Suv ekosistemasi.

Slayd 48

Shunday qilib uzoq evalyutsiya jarayonida vujudga kеlgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlangich ozuqa moddalardan enеrgiya va moddalarni birin kеtin olib turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy xaraktani ta’minlaydi. Organizmlar quyosh enеrgiyasini kimyoviy, mеxanika issiqlik enеrgiyalarga aylantiriladi. Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilingan enеrgiyani 4-6 bug’in orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlangich enеrgityaning sarflanish yo’LI hisoblanib, ozuqa zanjiri dеb ataladi.
Masalan: O’simlik →kiyik→bo’ri.
Tariq → xashorat→ qurbaqa → ilon → burgut.

Slayd 49

Energiyani bir manbadan boshqalariga bir qancha organizmlar orqali o’tkazilishi oziqlanish zanjiri deyiladi.
Barcha tirik organizmlar energetik munosabatlar orqali o’zaro bog’langan. Ularning biri ikkinchisi uchun oziq bo’ladi. Masalan, yashil o’simliklar (avtotroflar) o’txo’r hayvonlar (1-konsumentlar) uchun, etxo’r hayvonlar maydaroq yirtqichlar (2-konsumentlar) uchun, ular esa yirikroq yirtqichlar (3-konsumentlar) uchun oziq bo’ladi. Ana shu yo’l bilan produtsentlar va konsumentlardan iborat oziqlanish zanjiri hosil bo’ladi. Bu zanjirdagi barcha organizmlar har xil darajada redutsentlar bilan munosabatga kirishadi.

Slayd 50

Ekologik xavf bugungi kunda tobora keng tus olib, yer yuzidagi barcha mamlakatlarni bu haqda chuqurroq o’ylashga majbur etmoqda. Jahon yovvoyi tabiat (Wwf), Global Footprint Network jamg’armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, 1970 yildan buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52 foiz (havo va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76 foiz, er usti va suvda kun kechiradiganlar soni 39 foiz) qisqargan. Har yili 11 million gektar tropik o’rmon kesilmoqda. Yo’qotishlar o’rmonlarni tiklash ishlariga nisbatan 10 barobar ko’pdir. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilishi dunyo okeanidagi suv sathining ko’tarilishiga olib kelmoqda.

Slayd 51

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 52

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Chiqindi va ekosistema buzilishining atrof-muhitga ta’siri” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar