CO2 ko’payishi va parnik effekti muammolari
4000 so'm

Slayd 1
Co2 ko’payishining muammolari. Parnik effekti.
Slayd 2
Karbonat angidrid kimyo sanoati uchun eng yaxshi potensial xom ashyodir.Biz neft, gaz va ko’mir qazib olish bilan, yillar davomida to’plangan ko’mirdan bo’shatamiz. Uglevodorodlarning qazilmalarini qayta ishlash natijasida va ularning yoqilishidan, parnik effekti stsenariyasinining bosh qaxramonlaridan biri karbonat angidrid hosil bo’lishi muqarrar. Haqiqatdan ham, ob- havoning isishini insonlarni atmosferaga antropogen ta’siri va eng avvalo, atmosferada parnik gazlarining konsentratsiyalarini ortishi bilan bog’laydi. Galogenlangan uglevodorodlardan farqli, stratosferada azon qavatini kamayishini chaqirmaydi, biroq uchuvchan opganik 2Co moddalardan farqli troposfera azonining hosil bo’lishiga mas’ul faktor bo’lolmaydi.Troposferada azon havfli: o’pkaga ziyon yetkazadi, ko’krakda og’riq vayo’talni chaqiradi,o’simliklar hayotini buzadi ularni toksikantlarga, kasallikka va hashorotlarga nisbatan zaifqiladi. Karbonat angidrid atmosferaning quyi qatlamlarida to’planadi. Yerdan chiqayotganissiqlik nurlanishni yutadi,ya’ni planeta yuzasidagi issiqlikni ushlab qoladi.
Slayd 3
Natijada harorat ortadi va global iqlimli o’zgarishlar sodir bo’ladi, masalan qutub muzlari eriydi,dengiz va okeanlarning sathi ko’tariladi. Biroq ular shunchalik qo’rqinchlimi? Keyingi yuz yilda shimoliy yarimsharida temperatura 0,6 C ga ko’tarildi. Keyinchalik esa nima bo’ladi? Keyingi yuz yilda temperaturaning 1,5-5,8 C°ga ortishi kutilmoqda, ya’ni temperatura 2,5-3C°gato’liq ortishi mumkin .
Bunday qaraganda isishidan Rossiya faqat yutishi mumkin-masalan, uy joylarni isitish uchun kam yoqilg’i talab etiladi, o’simliklarning o’sish davri ortadi.Biroq hammasi bunday oddiy emas. Amalda temperatura hatto 20° ga ko’tarilsa ham bu yerda palmalar o’sadi degani emas. Subtropik flora uchun yaroqli tuproq va boshqa sharoitlar kerak, ular o’nlab ming yillarda taxlanadi (Yoki umuman taxlanmaydi: quyosh kuni qanchalik qisqa bo’lsa shundayligicha qoladi). Qanchalik issiqlik bo’lmasin, o’rta kengliklarda janubiy o’simliklarning ko’karishi va ko’nikishiga juda katta vosita talab qiladi.
Slayd 4
Yer yuzida Co2 miqdori qishloq xo‘jaligi rivojlanganidan beri eng yuqori cho‘qqiga yetdi. Bu haqda Korrespondent. Net xabar berdi. Gavayi orolidagi Mauna Loa vulqonining yuqori qismida joylashgan AqsH Milliy okean va atmosfera boshqaruvi observatoriyasi (Noaa) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 11 may kuni sayyorada eng yuqori darajadagi karbonat angidrid miqdori qayd etilgan.Yer atmosferasida har bir millionta Co2 da (ppm) 415 ta zarracha qayd etildi. Bu har bir kubometr havoda kamida 415 millilitr karbon dioksid gazi mavjudligini anglatadi.Olimlarning aytishicha, bu nafaqat tarix hujjatlashtiri boshlangandan beri, balki 10 ming yil avval qishloq xo‘jaligi rivojidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taxminan 3 million yil ilgari, Pliosen davrida karbonat angidrid konsentrasiyasi 310 dan 400 ppmgacha bo‘lgan.Yangi tarixda ilk marotaba 2013 yilda Co2 miqdori 400 ppmga etdi.
Slayd 5
Co2 ning atmosferaga chiqishi hajmi o‘sishda davom etyapti. Atmosferaga karbonat angidrid chiqarilishi pandemiya davridagi pasayishning o‘rnini to‘ldirishda davom etmoqda. Agar hozirgi tendensiya davom etsa, 9-10 yil ichida global haroratning o‘sishi belgilangan me’yordan oshadi. Qazib olinadigan yoqilg‘ilar – ko‘mir, neft va tabiiy gazning yonishi natijasida karbonat angidrid (Co2)ning atmosferaga chiqarilishi hajmi o‘sishda davom etmoqda. Bu haqdagi hisobot 10 noyabr kuni Misrning Sharm al-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida (Cop27) Global Carbon Project xalqaro tadqiqot loyihasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan.
Slayd 6
Mutaxassislarning fikricha, qazib olinadigan yoqilg‘ilarni yoqish natijasida 2022 yilda 2021 yilga nisbatan Co2 1 foizga ko‘p ajralib chiqadi. Qizig‘i shundaki, Xitoyda tegishli ko‘rsatkich 0,9 foizga, Yevropada esa 0,8 foizga kamayadi. Ammo AQSh da ular 1,5 foizga, Hindistonda 6 foizga, dunyoning qolgan qismida esa 1,7 foizga oshadi. Joriy yilda ko‘mir yoqilishi natijasida atmosferaning uglerod bilan ifloslanishi o‘tgan yilga nisbatan 1 foizga oshadi. Neft va neft mahsulotlarini yoqish samarasi 2 foizga oshadi, tabiiy gazni yoqish samarasi esa, aksincha, 0,2 foizga kamayadi. Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda Co2 chiqarilishining taxminan 40 foizi ko‘mirni yoqish, 33 foizi neft va 22 foizi gazni yoqish natijasida yuzaga keladi.
Slayd 7
Parnik gazlarning chiqarilishi global hajmi 10-15 yil oldingiga qaraganda sekinroq o‘sib bormoqda. Biroq, ular hali ham ko‘tarilishda davom etyapti, ya’ni global haroratning oshishini sanoat davri boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan 1,5 darajadan pastroq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi. Bu 2015 yilda Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida belgilangan maqsaddir.
«1,5 Daraja belgisini ushlab turish vaqti tugayapti», deydi Ekseter universiteti iqlimshunosi va hisobotning yetakchi muallifi Per Fridlingsteyn. «Bu shuni anglatadiki, biz ushbu belgidan oshib ketishga va dunyoni hali ko‘rmagan tarzda o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», deydi uning Prinston universitetidan bo‘lgan hamkasbi Maykl Oppengeymer, u tadqiqotda ishtirok etmagan. Har ikki mutaxassisning so‘zlarini Ap agentligi keltirgan.
Slayd 8
Global haroratning ko‘tarilishi dunyo okeanlari sathining yanada oshishiga olib keladi, bu millionlab odamlarni uy-joyidan mahrum qilishi, shuningdek, qurg‘oqchilik, haddan tashqari issiqlik, sunami, suv toshqinlari va ko‘chkilar kabi falokatli tabiiy ofatlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Hisobot mualliflari umumiy holatni murakkablashtirgan ikkita omilni ta’kidladilar. Ulardan birinchisi Covid-19 pandemiyasi bo‘lib, u 2020 yilda global Co2 chiqarilishining 5 foizdan ortiq pasayishiga olib keldi. Biroq, o‘shandan beri bu ko‘rsatkich ancha oshdi. Bu qisman, turli mamlakatlarda pandemiya cheklovlarining bir qismi olib tashlanganidan so‘ng, yakkalanishdan chiqqan odamlar ko‘proq sayohat qilishni boshlagani bilan bog‘liq – bu transport chiqindilarini ko‘paytirdi.
Slayd 9
Ikkinchi omil – Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi natijasida yuzaga kelgan global energetika inqirozi. U ko‘plab mamlakatlarni energetika sohasiga e’tiborini o‘zgartirishga majbur qildi. Misol uchun, Germaniya Rossiya gazini yetkazib berishni to‘xtatish kontekstida 2030 yilgacha ko‘mir energetikasini bosqichma-bosqich to‘xtatish rejalaridan voz kechishi va ilgari to‘xtatilgan ko‘mir elektr stansiyalarini qayta ochishi kerak edi.
Slayd 10
Hozirgi kunda atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalariga — barcha sanoat korxonalari, avtotransport, issiqlik elektr stansiyalari, yoqilg‘i yoqish shohobchalari, chorva komplekslari va shu kabi manbalar kiradi. Har bir manbada o‘ziga xos chiqindi gazlar hosil bo’ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Masalan, qora metalluigiya korxonalarida rudalarni tayyorlash va ularni eritish jarayonida —oltingugurt angidridi (So2), changlar; rangli metallurgiya korxonalarida — oltingugurt angidridi (So2), changlar, vodorod florid (Hf); kimyo korxonalarida — noorganik, organik birikmali changlar, uglerod dioksidi (Co2), uglerod oksidi (Co), ammiak (Nh3),
Oltingugurt angidridi (So2), azot oksidlari (No, N2O , No2 N2O, N2O), vodorod florid (Hf), vodorod xlorid (HCl), vodorod sulfid (H2S) va shu kabi boshqa gazlar; avtomobil transportidan lOO dan ortiq turh ko‘rinishdagi zaharli chiqindi gazlar, shu jumladan kanserogen uglevodorodlar, tetraetil qo‘rg‘oshin birikmalari hosil bo‘ladi va atmosfera havosiga tashlanadi.
Slayd 11
Atmosferaga tashlanadigan chiqindi gazlar uzluksiz, davriy, zarb bilan yoki bir lahzada tashlanishi mumkin. Bir lahzada tashlanadigan holatda qisqa vaqt ichida atmosfera havosiga juda katta miqdorda zaharli birikmalar tashlanishi mumkin. Bunday ko’rinishdagi tashlamalar ko’pincha avariya holatlarida, ishlab chiqarishda tez yonuvchan chiqindilarni maxsus maydonlarda yoqilganda hosil bo‘ladi. Ba’zan avariya natijasida bir lahzali tashlamalar sekundning yuzdan bir ulushida juda yuqoriga tashlanib, atmosfera havosini keskin ifloslaydi.
Slayd 12
Ozon (qadimgi yunoncha:»hid tarqatuvchi»), O3 — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. Ozonni ilk bor 1785-yilda gollandiyalik fizik Martin van Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksidlovchi xossaga ega boʻlishligini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qaynash temperaturasi — 111,8°C, suyuqlanish temperaturasi — 192,4°C. Kuchli oksidlovchi va bekaror modda. Kaliy yodidning neytral eritmasiga ozon taʼsir etganida, kaliy yodid oksidlanib, yod hosil boʻladi. Qora tusli qoʻrgʻoshin sulfid ozon taʼsirida oksidlanib, oq tusli qoʻrgʻoshin sulfatiga aylanadi. Ozon baʼzi bir anorganik va organik moddalar bilan birik-kanda, ozonidlar (qarang Peroksidlar) vujudga keladi. Ozon hosil qilish uchun maxsus asbob — ozonator ishlatiladi. Ozon havoda juda oz miqdorda (1 m3 da 1 m2) boʻladi. Yer yuzasidan uzoklashgan sayin ozon miqdori ortib boradi va 20-25 & nbsp;km balandlikda maksimumga yetadi.
Slayd 13
Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni oʻldiruvchi xossalarga ega boʻlganligi uchun ichimlik suvini tozalashda, oziqovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yogʻ va qogʻozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5—10 % dan oshmasligi kerak, chunki ozon is gazi So ga nisbatan ham zaharlidir. Ozon qatlamining qalinligi 0.2-03 MM. Oddiy sharoitlarda ozon koʻk rangga ega gaz,suyultirilganda u tõq binafsharang suyuqlikka aylanadi,qattiq holatda quyuq kõk,deyarli qora kristalldir.Ozon suvda kisloroddan yaxshiroq eriydi.
Ozon uch kislorod atomidan (O3) tashkil topgan va tabiiy ravishda Yer atmosferasida uchraydigan gazdir. Yer yuzasidan 10-50 kilometr balandlikda joylashgan stratosferada ozon Yerni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Slayd 14
Ozon quyosh ultrabinafsha nurlanishining katta qismini o’ziga singdiradi va filtrlaydi, sayyoradagi barcha tirik organizmlarni teri saratoni va katarakta kabi ultrabinafsha nurlanishining zararli ta’siridan himoya qiladi. Biroq, yer sathida ozon havoning zararli ifloslantiruvchisi bo’lib, astma va bronxit kabi nafas olish muammolariga olib kelishi mumkin. Yer darajasidagi ozon NOx (azot oksidi) va Voc (uchuvchi organik birikmalar) quyosh nuri ta’sirida reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladi. Bu ifloslantiruvchi moddalar avtomobillar, fabrikalar va boshqa inson faoliyati natijasida chiqariladi. Shu sababli, jamoat transportidan foydalanish, avtomashinalarda harakatlanish va energiya tejovchi qurilmalardan foydalanish kabi bu ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirish choralarini ko‘rish muhim.
Slayd 15
Atmosfera ozoni – atmosferada kislorodga Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siridan hosil boʻladigan gaz. Kislorodning uch atomi birikma-sidan iborat. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida ikki atomli kislorod mole-kulasi atomlarga bulinadi. Bu atomlar boʻlinmay qolgan kislorod molekulasiga qoʻshilib, uch atomli kislorod, ya’ni ozon hosil boʻladi. Atmosfera ozoni Kuyoshdan keluvchi, koʻpgina organizmlar uchun xavfli bulgan ultrabinafsha nurlarni yutadi. Atmosfera ozoni Yer sirtidan to 55 km balandlik-kacha bulgan xavo katlamida uchraydi. Asosiy qismi 20 km bilan 35 km orasidagi balandlikda joylashgan. Agar atmosferadagi barcha ozonlar bir katlamga keltirilganda edi, 1,5 – 4,5 MM qalinlikdagi qatlam hosil bulardi. Oʻzbekiston hududi ustidagi atmosferada ozonning kalinligi yil davomida urta hisobda 1,9 dan 2,7 MM oraligʻida oʻzgarib turadi. Atmosferada aprel oyida eng koʻp, oktabr oyida eng kam ozon boʻladi.
Slayd 16
O‘ta global muammo: ozon qatlami tuynuklari
Ozon qatlami tuynuklarining kengayishi va ko‘payib ketishi insoniyatning eng yangi global muammolaridan biridir. Bu masalaga 25 yil oldin britaniyalik olimlar jahon afkor ommasi e’tiborini qaratdilar. Ko‘pchilik «osmondagi bir gap» deya e’tibor bermayotgan paytda ozon qatlamining ahamiyati, uning ona sayyoramiz hayotidagi o‘rni naqadar muhimligi olimlar tomonidan qayta-qayta isbotlandi.
Ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o‘rtacha 15-50 km. Balandlikda joylashgan. Qutblarda esa bu bor-yo‘g‘i 8 km. Balandlikdan boshlanadi. 20-Kilometrdan 25 km.gacha oraliqdagi 5 km.da ozon eng zich joylashgan. Juda katta qatlamni tashkil etsa-da, ozonning zichligi juda past, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 MM.LI juda yupqa plyonka hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ozonning ahamiyati beqiyos.
Slayd 17
Bu qatlamning yemirilish sabablari bo‘yicha bir necha nazariyalar bor. Avvaliga olimlar yuqori balandlikda uchuvchi raketalar, samolyotlar ta’sirida ozon yemiriladi, degan fikrni ilgari surishgan. Keyinchalik kimyo zavodlarining atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlari — freonlar — xlorftoruglerodlar ozonning eng xavfli kushandalari sifatida e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, xlor va bromning zararli ta’siri natijasida stratosferadagi ozon miqdori 10 foiz kamaygan, degan taxmin ham mavjud. Ozon qatlamining yemirilishiga nafaqat insoniyatning, balki tabiiy jarayonlarning ham o‘ziga yarasha salbiy ta’siri bor. Vulqonlar uyg‘onishi, yer qa’ridagi gazlarning ajralib chiqishi bu qatlamdagi tuynuklarni kengaytiradi.
Slayd 18
Atmosfera tarkibidagi ozonning umumiy 0.0001 foizdan ham kamroq. Lekin shu miqdorning 1 foizgagina kamayishi xavfli ultrabinafsha nurlarining yer yuziga yetib kelishini 2 foizga oshiradi.
Bu holat o‘z navbatida quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
— qatlamning yemirilishi natijasida katta miqdordagi quyosh radiatsiyasi yer yuziga yetib keladi;
— insoniyatda teri saratoni bilan kasallanish keskin ortib ketadi. Shifokorlar bu turdagi saratonlarni davolash juda murakkabligi haqida ogohlantirishmoqda;
— insonning kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimida susayish kuzatiladi;
Slayd 19
— Odamning eng muhim a’zolaridan biri — ko‘zlar zararlanadi;
— hosildorlik pasayib ketadi. Daraxtlar parvarish qilinganiga qaramay, qurib qolaveradi. O‘simliklarning barglari kichrayadi. Bu o‘z navbatida kislorod manbai bo‘lgan barglarda fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
— qattiq ultrabinafsha nurlar dunyo okeanidagi jonzotlar va o‘simliklarni ham zararlaydi. Ayniqsa, oziq zanjirining yetakchi bo‘g‘inlarida muhim o‘rin tutadigan, radiatsiyaga juda ta’sirchan bo‘lgan planktonlar ko‘p nobud bo‘ladi. Yuza qatlamlardagi suvo‘tlar ham zararlanadi.
Slayd 20
Jahon hamjamiyati Ozon qatlamini saqlab qolishning ahamiyatini tushunib yetgan holda bir qancha choralarni ko‘rgan va ko‘rmoqda. 1987-Yilda qabul qilingan Monreal dalolatnomasida eng xavfli xlorftoruglerodlar ro‘yxati tuzib chiqilgan va bu moddalarni ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni o‘z zimmalariga olganlar. 1990-Yilning iyunida bu dalolatnomaga qo‘shimcha kiritilgan. Unga ko‘ra 1995-yilda freon ishlab chiqarishni ikki barobarga qisqartirish, 2000 yilda batamom to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Lekin bu boradagi ishlar hammasi ko‘ngildagiday ketgan taqdirda ham, birinchi ijobiy natija, qilingan mehnatning samarasi 2050-yilga boribgina ko‘rinadi. Chunki atmosferaga chiqarib yuborilgan millionlab tonna xlorftoruglerodlar tugagunlariga qadar ancha zarar yetkazib ulgurishadi. Atmosferadagi xlor ozon parchalinishida o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘taydi va reaksiyalarga qaramay, uning miqdori deyarli kamaymaydi. Tugab bitguniga yoki atmosferaning ozon bo‘lmagan quyi qatlamlariga qaytib tushguniga qadar bitta xlor atomi 100 000 ta ozon molekulasini parchalab tashlashi mumkin.
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.