Badiiy asarda konflikt turlari
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy asarda konflikt
Slayd 2
Badiiy asarlarda konflikt
Badiiy konfliktning asarda yuzaga kelish omillari
Konflikt va uning turlari.
Tayanch tushunchalar:
Konflikt, ichki konflikt, tashqi konflikt, konflikt turlari, xarakterlar konflikti, tuyg'ular konflikti, ijtimoiy konflikt.
Reja:
Slayd 3
Badiiy asar sujeti voqealardan, voqealar esa personajlarning xattiharakatlari, o'zaro murakkab munosabatlari, ziddiyatlaridan tarkib topgani bois ham uni hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar sistemasi sifatida ta'riflanadi. Sujet bilan konflikt orasida ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, sujet konfliktlarni umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt sujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko'rinadiki, sujet va konflikt badiiy asarda uyg'unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Konflikt (lot. to'qnashuv) deganda badiiy asar personajlarining o'zaro kurashlari, qahramonning o'z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi.
Slayd 4
“Asarning syujetli bo'lishi uning estetik qimmatining eng muhim shartlaridan biridir. Syujetsizlik badiiysizlikka olib keladi”(N.Chernyshevskiy)
– syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta'sirdorligini, qiziqarligini, ko'lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi:
Psixologik (ruhiy) konflikt — qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi;
Ijtimoiy konflikt — asar qahramonlari bilan ular yashayotkan sharoit o'rtasidagi kurash;
Shaxsiy – intim konflikt — bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o'rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi
Konflikt
Slayd 5
Shu nuqtayi nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi: 1. Xarakterlararo konflikt. 2. Qahramon va muhit konflikti. 3. Ichki(psixologik) konflikt. Aytish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda zuhur etadi va o'zaro uzviy aloqada bo'ladi: biri ikkinchisiga o'tadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisi orqali ifodalanadi va h. Ya'ni, qahramonning muhit bilan konflikti uning boshqa personajlar bilan to'qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli jarayonlar tasviri orqali ochib beriladi. Masalan, Cho'lponning "Kecha" romanidagi Miryoqub — o'z muhiti bilan ziddiyatga kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning Akbarali bilan o'zaro ziddiyatli munosabatlari fonida yetishadi, ayni shu munosabatlar qahramon ruhiyatidagi murakkab jarayonga — o'yfikrlar kurashiga turtki beradi. Konfliktning barcha turlari ham qahramonni muayyan bir harakatga undaydi, ayni shu narsa konfliktni sujetni yurgizuvchi kuch sifatida talqin qilishga imkon beradi.
Slayd 6
Otabek Kumushga uylanadi. Kumushdan benasib qolgan homid tuhmat uyushtiradi: uning chaqimchiligi natijasida Otabek va Qutidor qamoqqa olinib, dorga osishga hukm qilinadilar. Gunohsizligi oshkor boʻlib, dor yonidan qaytadilar. Oʻzbek oyim tazyiqi (toʻgʻrirogʻi orzusi) tufayli Otabek Zaynabga uylanadi. homid Otabek nomidan “taloq xati”ni uyushtiradi.
Otabek bilan homidning hayot-mamot kurashining yakuni, yaʻni Kumushni oʻgʻirlashga urinish kechasi Otabek tomonidan avval Mutal polvonni, soʻng Sodiq tomtesharni, keyin homid xotinbozni oʻldirilishi – kulminasiya sanaladi.
“oʻtkan kunlar”da homid va uning hamtovoqlarining ayanchli oʻlimi, Kumushning vafoti, Otabekning shahid boʻlishi – yechimga dalolatdir
Slayd 7
Konfliktning sujet rivojidagi o'rni va ahamiyati qanday?
Konflikt turlari va ularning bir-biriga bog'liq holda namoyon bo'lishini tushuntiring.
Nima uchun «dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori» iste'dod darajasini belgilashda muhim deb hisoblaymiz? Kompozitsiyaning shakl unsurlari orasidagi mavqei haqida nima deya olasiz?
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.