Badiiy asar sujeti turlari va komponentlari
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy asar sujeti
Slayd 2
Sujet haqida tushuncha.
Sujet turlari.
Sujet komponentlari.
Reja:
Slayd 3
Sujet (frans. — predmet, "asosga qo'yilgan narsa") badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy asardagi birbiriga uzviy bog'liq holda kechadigan, qahramonlarning xattiharakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, sujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo'lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham sujet mavjuddir. Faqat shunisi borki, har bir turda, janrda sujet o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, aksariyat lirik she'rlarda voqealar tizimi mavjud emas, biroq ularda o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning sujetini tashkil qiladi. Shuningdek, ba'zan kichik hajmli hikoya va novellalardagi sujet ham "voqealar tizimi" degan ta'rifga muvofiq kelmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o'sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: Cho'lponning "Taraqqiy", A.Qahhorning "Bemor" hikoyalari). Shu xil holatlarni ko'zda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet turlari ajratiladi.
Slayd 4
Prolog — muqaddimada yozuvchining niyati va maqsadi yoki tasvirlamoqchi bo'lgan voqealarining qisqacha, siqiq tarzdagi izhori beriladi.
Ekspozitsiya — dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealarning o'rni, joyi, asar qahramonlarining harakatlariga turtki beruvchi dastlabki voqealar tasvirlanadi.
Tugun — badiiy asardagi harakatning boshlanishi, konfliktning “urug'i”. U ilk tarzda, “urug'” shaklida ko'ringan qarama-qarshilikni kuchaytiradi.
Voqea rivoji — Tugundan boshlab to kulminasion cho'qqigacha tasvirini topgan voqealar — voqea rivoji hisoblanadi.
Slayd 5
Xronikali sujet qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko'rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ham katta epik asarlarda ko'proq xronikali sujet qo'llaniladi. Sujetning mazkur turi epik ko'lamdorlikni ta'minlashga ham katta imkon yaratadi. Zero, bunda asosiy sujet bilan yondosh holda yordamchi sujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyatlari mavjud. Xronikali sujetda asarning "badiiy vaqt"i istalgancha kengaytirilishi mumkin: unda "parallel vaqt"da kechayotgan voqealarni tasvirlash, retrospeksiya usulidan — zamonda ortga qaytish usulidan foydalanish imkoniyatlari ancha keng. Shunindek, xronikali sujetga qurilgan asarga sujetdan tashqari unsurlar, muallif mushohadalari, tafsilotlarni tabiiy ravishda kiritish, badiiy matnga singdirib yuborish mumkin. Sanalgan xususiyatlarni, masalan, S.Ayniyning "Qullar", P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlarida kuzatish mumkin bo'ladi. Konsentrik sujet voqealari bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi bilan xarakterlanadi. Xronikali sujetdan farq qilaroq, bunda voqealar yetakchiligi kuzatiladi. Sababi, konsentrik sujet konflikt asosida sujetning shiddat bilan rivojlanishini, uning yechimga tomon intilishini taqozo qiladi.
Slayd 6
Kulminasiya — Bu “choʻqqi”dan turib qarasak, asarda ishtirok etuvchi hamma obrazlarning qismati aniq koʻrinadi: ular xarakteri toʻla-toʻkis ochiladi.A
Yechim — asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi. Tugun yechiladi. Kurash xotima topadi. “Oqilona hayot” oʻzining adolatli hukmini chiqaradi.
Epilog — xotima syujetning asosiy voqealari tamom boʻlsa-da, hamon taqdiri aniq boʻlmagan baʻzi qahramonlarning qismati xotima topadi.
Slayd 7
1. Sujet borasidagi qarashlar turlichaligi haqida nimalarni bilasiz? Sujetning har bir adabiy tur, janrda o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishini izohlang? Sujetning badiiy asardagi funksiyasi nimalardan iborat deb bilasiz?
2. Harakatning ikki turiga asoslanuvchi sujetlar haqida tushuncha bering. Voqealar orasidagi munosabatga ko'ra sujetning qaysi turlari ajratiladi? Bu xil ajratishning shartliligi nimada?
3. Sujetning asosiy unsurlari qaysilar? Ularga ta'rif bering? Prolog, epilog, «oldingi tarix» va «keyingi tarix» kabi unsurlarni sujet elementi hisoblagan ma'qulmi yoki kompozitsiya elementi deb hisoblagan ma'qulmi? Boshqa o'quv qo'llanmalar, lug'atlardan bular haqidagi fikrlarni o'rganib, o'zingiz ma'lum bir xulosaga kelishga harakat qiling.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.