Atmosfera, gidrosfera va biosfera geokimyosi

4000 so'm


Atmosfera, gidrosfera va biosfera geokimyosi

 

 

Slayd 1

Atmosfera, gidrosfera va biosfera geokimyosi

Slayd 2

Yer atmosferasi qatlamlari
Gidrosfera geokimyosi
Odam organizmida makro va mikroelementlar
Kimyoviy elementlarning organizm tomonidan oʻzlashtirilishi
Odam organizmida biogen elementlarning joylanishi
Organizmdagi kimyoviy elementlarning biologik oʻrni
Reja:

Slayd 3

Yer bir necha geosferalardan: magnitosfera. Atmosfera, gidrosfera, litosfera, mantiya va yadrodan iborat. Yerning tashqi qobigʻi magnitosfera atmosferadan farqli Yer bilan birgalikda uning oʻqi atrofida aylanmaydi.
Yer atmosferasi bir necha qatlamdan iborat. Yer yuzasiga eng yaqini troposfera sanalib, u atmosfera massasining 80% ni va qalinligi ekvatorda 16 – 18 km ni, qutblarda esa 8 – 10 km ni tashkil etadi. Troposfera harorati har 100 metrga 0,60 K ga pasayib boradi.
Yuqoriroqda stratosfera, uning kesimida 50 – 55 km da ozon qatlami joylashgan, maʼlumki bu qatlam Quyoshning ultrafiolet nurlarini oʻziga yutadi. Stratosferadan yuqorida mezosfera (55 – 80 km); soʻng termosfera (80 – 1000 km) va ekzosfera (1000 – 2000 km) joylashgan. Undan yuqorida – kosmos.

Slayd 4

Yer yuzasidagi asosiy energiya manbai Quyoshning elektromagnit nurlanishidir. Yer Quyoshdan 1,7-1017 Dj/s energiya oladi, lekin Yer yuzasigacha buning 48% etib keladi, qolgani atmosferada yutiladi va magnitosferada qaytariladi. Stratosfera va troposferada infraqizil diapazondagi nurlanishlar suv bug* lari va karbonat angidrid gazlari yordamida yutiladi. Termosfera qatlamining (ionosferada) quyi qatlamida radiotoʻlqinli diapazondagi nurlanish qaytariladi, ultrabinafsha nurlanish esa ozon qatlamida Yerdan 15-60 km yuqorida yutiladi. Quyoshning qisqa to6Iqinli rentgen va gamma nurlanishlari atmosferaning barcha qatlamlarida yutiladi va Yerga deyarli yetib kelmaydi. Lekin atmosfera elektromagnit nurlanishlar va radiotoʻlqinlami bemalol oʻtkazib yuboradi.

Slayd 5

Kimyoviy elementlaming yer qobigʻida tarqalishi turlicha. Yer qobigʻini nisbatan kam elementlar hosil qilgan. Yer qobigʻining 50% ni kislorod, 25% ni kremniy tashkil etadi. Oʻn sakkizta element – kislorod, kremniy, alyuminiy, temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy, vodorod, titan, uglerod, xlor, fosfor, azot, oltingugurt, marganes, ftor, bariylar yer qobigʻi massasining 99,8% ni tashkil etadi, qolgan barcha elemetlarning massa ulushlari birgalikda 0,2 % ga teng. Tirik organizmlar yer qobigʻida kimyoviy elementlaming qayta taqsimlanishida faol qatnashadi.
Tabiatda biogen elementlaming tarqalishi

Slayd 6

Yer yuzasida tirik organizmlar faoliyati natijasida turli miqdorda minerallar, tabiiy kimyoviy moddalar hosil boʻladi. Masalan, suyakli tirik organizmlar atrof-muhitdan kalsiyni ajratib olib oʻz tanasiga yigʻadi. Togʻjinslari, masalan temir rudasi hosil boʻlishida mikroorganizmlar faoliyati natijasi ekanligi aniqlangan. Oʻz navbatida yer qobigʻining utski qismida roʻy berayotgan oʻzgarishlar tirik organizm kimyoviy tarkibiga ham taʼsir qiladi.

Slayd 7

Yer qobigʻi, tuproq, dengiz suvi, oʻsimliklar, hayvonlar kimyoviy tarkibini oʻrganish Shuni koʻrsatadiki, yer qobigʻi va dengiz suvi tarkibidagi barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlarda ham uchraydi. Demak, yer qobigli va tirik organizmlaming kimyoviy tarkibi bir-biriga oʻxshashdir. A. P. Vinogradov boʻyicha kimyoviy elementlarning (mass. %) yer qobigʻida, tuproqda, dengiz suvida, oʻsimliklar va hayvonlar tarkibidagi miqdori quyidagicha:

Slayd 8

Slayd 9

Kimyoviy elementlar odam organizmiga turli yoʻllar bilan kiradi. Tirik organizmdagi mavjud elementlar yer qobigʻida ham koʻp tarqalgan. Lekin baʼzan chetlanish roʻy bergan. Masalan, yer qobigʻida kremniyning massa ulushi 27,6% boMsa, tirik organizmda uning miqdori 1*10-5 % ga teng. Alyuminiy ham yer qobigʻida 7,45% boʻlgan holda tirik organizmda juda kam (1*10-5 %). Kimyoviy elementlaming organizm tomonidan oʻzlashtirilishi, shu element tabiiy birikmasining suvda eruvchanligiga bogʻliqdir. Kremniy va alyuminiyning tabiiy birikmalarining suvda erimasligi, ularning oʻzlashtirilishiga toʻsqinlik qilsa kerak. Aksincha uglerodning yer qobigʻidagi miqdori kam bolishiga qaramay (0,15%) organizmdagi miqdori ikkinchi oʻrinda (21%) turadi.

Slayd 10

Odam organizmida makro va mikroelementlar
Odam organizmidagi kimyoviy elementlarni sinflarga ajratishning bir necha turlari mavjud. V. I. Vernadskiy kimyoviy elementlarni tirik organizmdagi massa ulushlariga binoan kuyidagi uch guruhlarga boʻldi:
Makroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-2 % dan yuqori. Ularga O, H, C, N, P, S, Ca, Mg, Na, K va CL kiradi;
Mikroelementlar. Ularning organizmdagi massa ulushi 10-5 % dan 10-2 % gacha boradi. Bu elementlarga Fe, I, Cu, As, F, Br, Sr, Ba, Co kiritiladi;
-Ultramikroelementlar. Ularning organizmdagi miqdori 10-5 % dan kam boʻladi. Bu elementlarga Hg, Au, U, Th, Ra kabi elementlar kiritiladi

Slayd 11

Hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizmdoimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradilar: S, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, CL, I, Fe, Mn, Cu, Co, Zn, Mo, V. Bu elementlaming yetishmasligi kishi organizmi faoliyatining buzulishiga olib keladi; – aralash elementlar. Ular odam va hayvon organizmida har doim bor, ulaming biologik ahamiyati toʻla oʻrganilgan emas: Ga, Sb, Sr, Br, F, B, Be, LI, Si, Sn, Cs, Al, Ba, Ce, As, Pb, Ra, Bi, CD, Ni, Ti, Ag, Th, Hg, U, Se. – Odam va hayvonlar organizmida topilgan, lekin miqdori va biologik ahamiyati aniqlanmagan elementlar: Sc, Ti, In, La, Pr, Sm, W, Re, Th va boshqalar.

Slayd 12

Kovalskiy kimyoviy elementlami ularning hayot uchun muhimligi jihatidan uch guruhga boʻldi: – hayot uchun eng zarur elementlar. Ular odam organizm doimo mavjud. Ular fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradilar: S, H, N, P, S, Ca, Mg, Na, K, CL, I, Fe, Mn, Cu, Co, Zn, Mo, V. Bu elementlaming yetishmasligi kishi organizmi faoliyatining buzulishiga olib keladi; – aralash elementlar. Ular odam va hayvon organizmida har doim bor, ulaming biologik ahamiyati toʻla oʻrganilgan emas: Ga, Sb, Sr, Br, F, B, Be, LI, Si, Sn, Cs, Al, Ba, Ce, As, Pb, Ra, Bi, CD, Ni, Ti, Ag, Th, Hg, U, Se. – Odam va hayvonlar organizmida topilgan, lekin miqdori va biologik ahamiyati aniqlanmagan elementlar: Sc, Ti, In, La, Pr, Sm, W, Re, Th va boshqalar.

Slayd 13

Odam organizmida biogen elementlaming joylanishi. Odam organizmining toʻqimalarida va aʼzolarida makro va mikroelementlar turli miqdorda toʻplanadi. Koʻpchilik mikroelementlar suyak, jigar va muskul toʻqimalarida yigʻiladi. Bu aʼzolar organizmning mikroelementlar saqlovchi zaxiralari hisoblanadi. Elementlar maʼlum aʼzoga nisbatan moyillik ko6rsatadi va ulaming konsentratsiyasi yuqori boʻladi. Maʼlumki rux oshqozon osti bezida, yod qalqonsimon bezda, ftor tish emalida, alyuminiy, mishyak, vannadiy soch va timoqlarda, kadmiy, simob, molibden buyrakda, qalay ichak toʻqimalarida brom, marganes, xrom gipofiz bezida yigʻiladi.

Slayd 14

Organizmda mikroelementlar bogʻlangan holda ham erkin ion xolida ham uchraydi. Kremniy, alyuminiy, mis va titan bosh miya toqimalarida oqsil komplekslari tarkibida, marganes esa ion shaklida boʻlishi aniqlangan. Vodorod va kislorod makroelementlardir. Ular odam organizmida oʻrtacha 65% ni tashkil qiladigan suv tarkibiga kiradi. Suv kishi tanasida turlicha taqsimlangan. Oshqozon shirasida, soʻlakda, qon plazmasida, limfada suvning massa ulushi 90-99,5 % gacha boradi. Siydikda, miyaning oq moddasida, jigarda, terida, orqa miyada, muskullarda, oʻpkada, yurakda 70-80% suv bor. Suvning suyakdagi massa ulushi 40%ga etadi.

Slayd 15

Uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi makroelementlar organizmdagi oqsil, nuklein kislotalari va boshqa biologik faol moddalar tarkibiga kiradi. Oqsilda uglerodning massa ulushi 51-55%, kislorodniki 23-24%, azotniki 15-18%, vodorodniki 6,5-7% oltingugurtniki 0,3-2,5 %, fosforniki esa 0,5% ga yaqin boʻladi. Oqsilning eng koʻp miqdori taloqda, oʻpkada, muskullarda joylashgan. Suyak va tishda esa uning miqdori eng oz (24%). Uglerod, vodorod va kislorod uglevodlar tarkibiga ham kiradi. Lekin uglevodlaming organizmdagi miqdori koʻp emas, taxminan 2 % ga yaqin. Bu elementlar lipidlar tarkibiga kiradi. Fosfolipidlar tarkibida fosfor boʻladi. Eng ko4p lipidlar bosh miyada (12%), soʻngra jigarda (5%) va kon tarkibida (0,6%) bor.

Slayd 16

Slayd 17

Fosfoming asosiy qismi suyak toʻqimalarida toʻplangan. Bu odam organizmidagi barcha fosforning 85 % ini tashkil etadi. Fosfor tishning qattiq toʻqimalarida Ca5 (P04) 3 X shaklda yigʻiladi (X=F, CL, Oh). Kalsiy asosan suyak va tish toʻqimalarida yigʻiladi. Natriy va xlor asosan tashqi xujayraviy suyuqlikda yigʻiladi. Ftoridlar xolatida natriy va kaliy suyak va tish toʻqimalari tarkibiga kiradi. Magniy esa fosfat xolatida tishning qattiq toʻqimaIari tarkibiga kirishi aniqlangan. Tirik organizm uchun zarur boʻIgan 10 ta metall » hayot metallari» deb nom olgan. Massasi 70 kg boʻIgan odamda hayot metallarining miqdori quyidagicha: 1700g-Ca, 250 g-K, 70 g-Na, 42 g-Mg, 5 g-Fe, 3 g-Zn, 0,2 g-Cu, 0,1 g yaqin Mn, Mo, va C oboʻladi. Katta odam tanasida 3 kg ga yaqin mineral tuzlar bollib uning 2,5 kg suyak toʻqimalariga toʻgʻri keladi.

Slayd 18

Organizmdagi kimyoviy elementlarning biologik oʻrni. Organizmda makroelemetlammg asosiy vazifasi toʻqimalarni hosil qilish, Shuningdek osmotik bosimni, ion va kislota-asos tarkibini meyorida ushlab turishdir. Mikroelementlar esa fermentiar, gormonlar, vitaminlar, biologik faol moddalar tarkibiga kompleks hosil qiluvchi yoki faollashtiruvchi sifatida kirib modda almashinish, toʻqimaning nafas olishi, zaxarli moddalarning zararsizlantirishi kabi jarayonlarda qatnashadi. Mikroelementlar qon hosil boʻlish, oksidlanishga>tarilish, aʼzo va toʻqimalaming oksidlanuvchanligi kabi jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatadi. Kalsiy, fosfor, ftor, yod, alyuminiy, kremniy kabi makro va mikroelementlar suyak tosqimalarinmg shakllanishini taʼminlaydi.

Slayd 19

Odam organizmida kimyoviy elementlar miqdorining yosh oʻtishiga qarab olzgarishi aniqlangan. Masalan, buyrakda kadmiy miqdori, jigarda molibden miqdori yosh ulgʻayishi bilan ortar ekan. Organizmda ruxning miqdori jinsiy kamolotga etishish davrida maksimal qiymatga etadi, soʻngra yosh ulgʻayishi bilan kamayib boradi. Yosh ulgʻayishi bilan organizmdagi xrom, vannadiy kabi mikroelementlar miqdori ham kamayishi kuzatiladi. Organizmda mikroelementlarning etishmasligi yoki ortiqcha toʻplanishi hisobiga vujudga keladigan turli xil kasalliklar aniqlangan. Ftoming etishmasligi tish kariysiga, yodning etishmasligi endemik boʻqoq kasalligiga, molibdenning ortiqchaligi endemik padagra kasalligiga olib keladi. Bunday qonuniyat odam organizmida hayot uchun zarur boʻlgan mineral moddalar konsentratsiyasi oshganda zararli taʼsir koʻrsatadi.

Slayd 20

Gidrosfera geokimyosi. Dengiz va okeanlardagi suvning 200 – 300 m chuqurlikdagi yuza qismi harorati oʻzgaruvchan boʻlib, u geografik kenglikka va yil fasliga bogʻliq. Ekvatorial mintaqalarda suvning oʻrtacha yillik harorati 250 S. Shimoliy mintaqalar tomonga qarab harorat 0°S gacha pasayib boradi. Haroratga mos ravishda qutb oikalarda suvning zichligi maksimal, ekvatorda minimaldir. Gidrosfera suvlarida kimyoviy elementlaming deyarli barchasi mavjud, lekin vodorod, kislorod, xlor va natriy koʻproq. Okean yer yuzidagi Quyosh energiyasini qabul qiluvchi va yigʻuvchi ulkan akkumulyator. U haroratni oʻzgarishini barqarorlashtirib turadi. Suv yuzasining haroratini toʻsatdan bir necha gradusga oʻzgarishi atmosferadagi jarayonlarga kuchli taʼsir etadi.

Slayd 21

Oʻrta va qutb kengliklarida okean suvlari yozda issiqlikni akkumulyasiya qilib, qishda bu issiqlikni atmosferaga beradi. Tropik mintaqalarda suv yil boʻyi isiydi va konveksiya tufayli bu yerda sovuq va issiq oqimlar paydo boʻladi. Shu erlarda suv va atmosfera haroratlari orasidagi katta farq tufayli siklonlar vujudga keladi. Siklonlar geografik kenglikning 5-20 graduslarida, asosan yoz oylarida, okean yuzasida past bosimli zona mavjud boʻlganda hosil boʻladi. Sunday holat suv va havo haroratlarini farqi yuqori boʻlganda (23–26 S) roʻy beradi. Hosil boʻlgan lokal havo oqimlari Koriolis kuchlari taʼsirida spiralsimon shakl olib aylanma harakatga keladi. Issiq nam havo tepaga harakat qiladi, u shudring hosil boʻlish nuqtasidan o4tib, tomchilarga kondensatsiyalanadi. Asta sekin issiq nam havo juda yuqoriga koʻtariladi.

Slayd 22

Tinch okeanining ekvatorial qismida diametri 200 – 400 km ga etadigan anomal yuqori yoki past haroratli dogʻlar – oqimlar vujudga keladi Bunday oqimlar har ikki -uch yilda hosil boʻladi. Nag bir bunday xodisaning energiyasi, Xirosimaga tashlangan atom bombasi energiyasidan million barobar katta8. Okean osti zilzilalarida baʼzi xollarda chuqurlikdagi sovuq suvlami okean yuzasiga chiqib qolishi kuzatiladi. Bu sovuq suvlar diametri 500 km gacha etishi mumkin. Bu oqimlar sutkadan koʻproq vaqtgacha saqlanib, atmosferada har hil xodisalarga sabab boʻladi. Oy va Quyoshning gravitatsion taʼsiri natijasida dengiz va okeanlarda Oy va Quyosh quyilishlari (prilivlar) hosil boʻladi.

Slayd 23

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 24

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Atmosfera, gidrosfera va biosfera geokimyosi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

seventeen − 15 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar