Asqad Muxtorning Chinor romani tahlili

8000 so'm


Asqad Muxtorning Chinor romani tahlili

 

 

Slayd 1

Asqad Muxtorning

“Chinor” romani

Slayd 2

Iste'dodli yozuvchi Asqad Muxtor adabiyotning deyarli hamma janrlarida mahorat bilan ijod qilgan.

Adib 1920-yili 23-dekabrda Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida dunyoga kelgan, bolalar uyida tarbiyalangan.

Slayd 3

A.Muxtorning badiiy ijodi 1938-yildan boshlanadi. U dastlab “Tilak” “Tong edi”, “Qasam” , “abadiyat” kabi ilk she'rlarni , “Bizning avlod ” birinchi dostonini nashr ettirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yosh shoirning harbiy mudofaa mavzusidagi “Bugunning xitobi”, “Jangchining bayram kechasi”, “G‘alaba ishonchi”, “Vatan”, “Yevropadan xat”, “Nur oshiqlari”, “G‘alaba” singari she'rlar yozib, o‘sha janovar davr talablariga javob berdi.

Slayd 4

Asqad Muxtor —tarjimon sifatida ham mashhur. A. Pushkin, M. Lermontov, M. Gorkiy, T. Shevchenko, V. Mayakovskiy, A. Blok, K. Simonovning bir qancha poetik va dramatik asarlarini, Sofokl, V. Shekspir, F. Shiller, A. Korneychuk, A. Isaakyan, A. Safronovning ba'zi pyesalarini, R. Tagor, P. Pavlenko, V. Vasilevning ayrim qissalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Slayd 5

A.Muxtor o‘z hayoti davomida xilma-xil mavzularda ko‘plab rang –barang she'rlar yaratdi.

Uni mikroblardan ehtiyot qiling,

Muhabbat kashf etdi balki kimyoni ,

Har go‘dakni mojiza deb biling’

Qutqarishi mumkin dunyoni!

Slayd 6

«Qoraqalpoq qissasi»da adib xarakter yaratishda ruhiyat tahlilidan foydalana olish va hayotiy sujet to‘qish malakasini egallaganligini namoyish etdi. «Qoraqalpoq qissasi»dagi bu yutuq «Buxoroning jin ko'chalari», «Bo‘ronlarda bordek halovat» qissalarida yanada mustahkamlandi.

Slayd 7

A. Muxtor qissalaridagi ko‘p fazilatlar adibning «Opa-singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1960), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amu» (1985) romanlariga ham tegishlidir. Chunki bu romanlarda hayot haqiqati ko‘p hollarda bevosita obrazli tarzda tadqiq etilgan.

Slayd 8

Chinor romani

Slayd 9

Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, «Chinor» asari muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o'ziga qadar yaratilgan o'zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.

Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi – asar voqea-hodisalarining o'zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go'yo bir-biri bilan bog'lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo'ysunmaydi. Masalan, roinan yaratilgan davr (o'tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yiiz bcrgan fojialar tafsilotiga o'rin beriladi…

Aytishimiz kerakki, bu «g'alatilik» faqat tashqi tomondan – yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz -93 yoshli Ochil bobo taqdirigaborib bog'lanadi.

«Chinor» romani

Slayd 10

Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif (demak, o'quvchi ham!) oiis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safer asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.

Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani – azim Chinorni vujudga keltiradi…

«Chinor» romanining o'ziga xos jihatlaridan yana birini Sizga eslatib o'tmaslikning iloji yo'q.

Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, czgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab

Insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.

Slayd 11

Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to'g'ri yo'lga solib yuborish»dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangani rus va g'arb adabiyoti tamoyiHarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho'chimaganiga guvoh bo'lamiz. Hozirgi paytda o'zbek adabiyotshunosligida ko'p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko'rinishlarini Asqad Muxtor o'tgan asrning 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir…

Endi, Ochil bobo – Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo'rt bir barg» – Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o'qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik.

Slayd 12

E'tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Asqad Muxtorning Chinor romani tahlili” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar