Adabiy jarayon va ijodiy metod oqimlar
8000 so'm

Slayd 1
Adabiy jarayon.
Ijodiy metod va oqimlar
Slayd 2
Reja:
1. Metod va uslub tushunchasiga ta’rif
2. Ijodiy metod va oqim xakida ma’lumot
3. Adabiy oqim va maktab
4. Oqim va yo’nalish haqida tushuncha.
Slayd 3
Slayd 4
Adabiyotshunoslikda “adabiy jarayon” istilohi tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Keng ma’noda qo’llanganida u umuman badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom qilib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. Tor ma’noda esa ushbu istiloh ostida hududiy va davriy jihatdan chegaralab olingan adabiy jarayon, ya’ni muayyan bir hududdagi malum davr adabiyotining mavjudligi va rivoji bilan bog’liq barcha narsa-hodisalar va jarayonlar tushuniladi. Ya’ni tor ma’noda qo’llanganida “adabiy jarayon” istilohi hamma vaqt hududiy va davriy mansubiikni anglatuvchi aniqlovchisi bilan keladi. Masalan, “XX asr boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni” deyilganda o'sha davr adabiy-ijtimoiy hayoti (ya’ni unda faoliyat ko'rsatgan ijodkorlar, ularning o‘zaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilgan g'oyalar, ijtimoiy maqsad-intilishlar va b), davrning xarakterli adabiy-estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, voqea bo’lgan adabiy asarlar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo bo’lishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi yoki uzoqlashuvi, ijtimoiylashuvi yoki individuallashuvi va b.), adabiyotning u yoki bu yo'nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy- ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik munosabati)
qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador boigan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Slayd 5
Agar adabiyotning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, uning kishilik jamiyati taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy rivojlanishi bilan baqamti kechayotgani ko'riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini o'rganganida ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tiborga olishi kerak, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar ko‘p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy-tarixiy sharoit deganda jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy holati tushuniladiki, bular bari badiiy adabiyot taraqqiyotining tashqi omili sanaladi. Ma’lumki, jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyot darajasi o'zaro farq qilib, bu milliy adabiyotlar taraqqiy darajasida ham o‘z aksini topadi. E’tiborli jihati shuki, umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga xos ijtimoiy-tarixiy sharoit alohida olingan har bir konkret jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida mohiyatan o‘xshash tarzda takrorlanadi.
Slayd 6
Adabiyot — fikr, tuygʻularimizdagi toʻlqinlarni soʻzlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu toʻlqinlarni yaratmoqdir. bu taʼrif adabiyotning toʻgʻri taʼrifidir.shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.
– “Fitrat”
Slayd 7
Shunga bog'liq holda milliy adabiyotlar taraqqiyotining muayyan bosqichlari ham mohjyatan o‘xshash bo‘ladiki, ilmda buni milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuntiladi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Masalan, XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoiti milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga nechog‘li ta’sir qilganini yorqinroq tasawur qilish uchun, fiknmizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar jadidchilik harakati o‘zining ko‘p jihatlari bilan XVIII asrda Yevropada keng quloch yoygan ma’rifatchilik harakatiga o'xshashligini ko'rsatadi. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Awalo shuki, har ikki harakat ham jamiyatda feodal asosiar yemirilib, ulaming o'mida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan vaqtda maydonga kelgan.
Slayd 8
Ya’ni har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy-tarixiy sharoit o‘xshash va ayni hoi ulardagi mushtaraklikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan farqli o'laroq, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir a’zosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Zero, yangi sharoitda insonning taqdiri, jamiyatdagi o‘mi va maqomini endi kelib chiqishi — nasl-nasabiyu ijtimoiy mansubligi emas, o‘zining aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi belgilaydi. Ko'rinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o‘zgartirdi, u endi o‘zini ijtimoiy shaxs sifatida – jamiyatning va o'zining hayotiga faol ta’sir ko'rsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs maqomining o‘zgarishi bilan esa feodal-monarxik tartibotlarning eskirgani, jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan ko‘zga tashlana boradi. Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga kelganida maydonga chiqqan harakat ma’rifatchilik harakatidir.
Slayd 9
Ma’rifatchilik harakatining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan uzviy bog‘liqligini shundan ham ko‘rsa bo‘ladiki, uning g‘oyalari Yevropa mamlakatlarining hammasiga bir paytda emas, navbati bilan – har bir konkret mamlakatda buning uchun mos ijtimoiy shart-sharoit yetilgandagina yoyilgan: awal Angliyada, keyinroq Fransiyada, so‘ng Germaniyada (ma’lumki, jadidchilik g'oyalarining Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston hududlariga yoyilishida ham shunga o‘xshash holni kuzatish mumkin: ularning har birida g’oyaning o‘zlashishi va ommalashuv darajasi turlicha bo’lgan). Xuddi jadidchilikka o'xshab, Yevropa ma’rifatchiligining ham yagona harakat dasturi bo’lgan emas, har ikki harakat ichida ham qarashlar turlichaligi (biroz konservativroq qarashlardan to radikal qarashlargacha) mavjud edi. Ma’rifatchilar eskirgan ijtimoiy asoslami tamomila inkor qilib, yangi – inson tabiatiga mos, “aql”ga muvofiq jamiyat qurish g'oyasi bilan chiqqanlar. Jadidchilarga o‘xshab, ular ham ijtiirioiy islohni amalga oshirishda ma’rifat yoyishni asosiy vositalardan biri deb bilganlar. O'z g'oyalarining imkon qadar keng doirada yoyilishini istagan ma’rifatchilar nashriyot-matbaa ishlariga katta ahamiyat berganlar, kichik hajmli va arzon risolalar chop etib tarqatganlar. Maiumingizki, jadidchilik harakatining qator ko'zga ko'ringan namoyandalari (Behbudiy, Munawar qori, Ibrat va boshq.) faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri noshirlik boigan, ular bu ishga alohida ahamiyat berib, u bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Jadidlarning shu yo’ldagi sa’y-harakatlari o‘zbek milliy matbuotining shakllanishiga olib kelgani hozirda umume’tirof etilgan haqiqat sanaladi.
Slayd 10
Mutaxassislar Yevropa ma’rifatchiligini “falsafiy, ijtimoiy, axloqiy konsepsiya”, yangicha dunyoqarashga asos boigan MAFKURA deb hisoblaydilar. Yangi mafkuraning asosida “inson aqlu zakovatigina dunyoni o‘zgartinshi mumkin” degan qarash yotadi. Darhaqiqat, ma’rifatchilik g'oyalan ijtimoiy ongning keyingi taraqqiysiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi: XVIII asrdan boshlab moddiyunchilik qarashlari tobora ko‘proq kishilaming ongini zabt eta boradi. Muayyan ijtimoiy sharoit mahsuli sifatida dunyoga kelgan bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalarida, ayniqsa, adabiyot va san’atda tub burilishlar yasadi. Yevropada ma’rifatchilik g'oyalari ta’sirida yangicha estetik prinsiplarga tayangan adabiyot shakllandiki, uning asosida “dunyoni va insonni o‘zgartirishga qodir g'oyaviy adabiyot kerak”, degan aqida yotadi. Ya’ni, boshqacha aytsak, ma’rifatchilarning ijtimoiy ideali – “inson tabiati va “aql”ga muvofiq jamiyat qurish” ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga aylandi, adabiyot shu idealni ro‘yobga chiqarish vositasi deb tushunildi. Bu esa adabiyotning-da shunga muvofiq o‘zganshini taqozo qildi. Mazkur o'zgarishlar orasida eng muhimi – idealning “erga tushgani”dirki, buning natijasida badiiyat, go‘zallik tushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi.
Slayd 11
Ijodiy metod xakida umumiy tushuncha. Metod-xayotni estetik uzlashtirish, badiiy ifondalash va baxolash tamoyillari majmui ekanligi. Ijodiy metod, dastavval, «yozuvchining xayotga, vokelikka estektik munosabati» (Izzat Sulton). Ijodiy metodning dunyokarash, iste’dod, estetik ideal, maxorat bilan uzviy aloqada bo‘lishi. Ijodiy metod va individual uslub. «Metodda, eng avvalo, yozuvchining boshqa, o‘ziga yaqin yozuvchilar bilan bog‘laydigan umumiy narsalar ko‘zga tashlanadi, uslubda esa ularni bir-biridan ajratib turadigan tomonlarning shaxsiy tajribasi, iste’dodi, nutq ohangi va xokazolar ko‘zga tashlanadi» (L.I.Timofeyev). G.L. Abramovich fikricha, agar metod yozuvchining hayot haqidagi konsepsiyalari bo‘lsa, uslub uning konkret badiiy ifodasi…
Badiiy metod- tarixiy-estetik kategoriya. U jamiyat tarixining muayyan bosqichida shu davrning estetik talablari taqozosi bilan tug’ilishi, rivojlanishi va boshqa sharoitda o‘z o‘rnini yangi ijodiy metodga bo’shatib berishi. Yangi metod-yangi muxit maxsuli. Ijodiy metodlarning o’rin almashib turishi -adabiyot taraqqiyotining obyektiv konuniyatlaridan biri ekanligi. Badiiy adabiyotda romantizm va realizm ijodiy metodlarining keng tarqalgani va o‘zbek arslik tarixga egaligi.
Slayd 12
Metodni da’vo etuchi boshqa qator oqimlar ham mavjud bo’lib bular: realizmning oqimlari sifatida mavjud bo’lgan klassisizm. sentementalizm, va naturalizm. Bular ayni vaqtda metod bo’lsada avval oqim sifatida mavjud bo’lishgan. Oqim o’zi nima?
Oqim ijodiy metod taraqqiyoti natijasiga yuzaga keladigan uning shaxobchasidir. Biroq oqim ijodiy metod shakllanishidan oldin ham paydo bo’lishi mumkin. Qachonki oqim rivojlanib yozuvchilar shu oqim g’oyalari bilan sug’orilgan asrlarni ko’proq yozishsa, u oqimdan metodga aylanadi.
Masalan: sentimentalizm oqimi nima uchun ijodiy metod darajasiga ko’tarilmadi? Sentimentalizm frantsuzcha sezuvchan so’zidan olingan bo’lib dastlab Angliyada payda bo’lgan.
XVIII asr boshlarida oxiri, XIX asr boshlarida Yevropada bir oqim sifatida paydo bo’ldi. Unda dvoryan aristokratiyasiga qarshi uning buzuk axloqiga qarshi norozilik tasvirlandi. Bu oqim namoyondalarining asarlarida xunarmandlar savdogarlar va dehqonlar hayotidan olingan ayanchli holatlar aristokratlar hayotiga qarama-qarshi qo’yilar edi., feodalizm qoralanar edi. Sentimentalizm uchun kishining psixologiyasini tasvirlash birinchi o’rinda turadi. Kishilarning hayoti ayrim o’rinlarda bo’rttirilib ko’rsatilar edi. Bunday asarlar sirasiga Karamzining "Bechora Liza" asarini kiritishimiz mumkin. Inson ruhiyatini o’ta bechora holatini tasvirlanishi, har doim ham hayotdan nolish ham insonning kyelajagiga hyech narsa bormasligi mumkin. Shuning uchun syentimyentalizm bir oqim sifatida qolib kyetdi u metod darajasiga ko’tarilmadi.
Slayd 13
Hozirda adabiy jarayon javharida yotuvchi jihatlarni nazarda tutgan holda adabiyot taraqqiyotining uchta stadiyasi (bosqichi)ni ajratish, garchi ular turlicha nomlansa-da, tarixiy poetikada ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan. Jumladan, sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat mualliflar guruhiga ko‘ra “badiiy tafakkurning eng umumiy va barqaror uchta:
• arxaik yoki mifopoetik,
• traditsionalistik yoki normativ,
• individual-ijodiy yoki tarixiy (ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslanuvchi) tiplari”4 mavjud
Slayd 14
Arxaik bosqich tosh asridan boshlab antik Yunonistonda to mil. aw. VII-VI asrlar, Sharqda milodiy I asrgacha belgilanib, asosiy xususiyati sifatida sinkretiklik ko‘rsatiladi. Istiloh yunoncha “farqlamaslik” so'zidan olingan bo’lib, o'zi anglatadigan tushuncha mohiyatiga mos. Zero, bu o'rinda eng awal tafakkurdagi sinkretiklik, ya’ni olamni yaxlit – tabiat bilan insonni, so'z bilan u anglatgan narsani, “men” bilan “o‘zga”ni, hayotiy amal bilan san’atni farqlamasdan qabul qiladigan, hali abstrakt fikrlash va refleksiya (o'zini anglash)ga qobil bo'lmagan ongga xos tafakkur nazarda tutiladi. Shu bilan bog’liq tarzda san’atlar, adabiy turlar sinkretik (ya’ni hali bir-biridan ajralmagan, farqlanmagan) holda mavjud, asosiy shakl bo’lmish xorda muallif, qahramon va o'quvchi qorishiq yashaydi – ular ham hali farqlanmagan. Shuningdek, badiiy tafakkur mexanizmlari shakllanmagan, ong hali o'xshatish amaliga qobil emas, parallelizm asosida fikrlaydi. Xullas, arxaik davr sinkretizm bag'rida badiiy tafakkurga xos asosiy xususiyat va mexanizmlar ibtidoiy ko'rinishida shakllangan, obrazli til, subyekt formalari, syujet arxetiplari, tur va janrlaming kurtaklari uzoq vaqt mobaynida asta-sekin yetilgan bosqichdir.
Slayd 15
Traditsionalizm yoxud normativ poetika bosqichi Yevropada antik Yunonistondagi mil. aw. VI-V asrlardan XVIII asr o'rtalarigacha, Sharqda esa milodiy I asrdan XIX asr oxiri – XX asr boshlariga qadar bo'lgan davmi, qariyb ikki yarim ming yilni o'z ichiga oladi. Awalo, bu bosqichda adabiyot (poeziya) alohida soha oiaroq ajraldi, uni anglashga intilish natijasida adabiyot nazariyasi vujudga keldi. Bu adabiyot nazariyasi an’ana, namuna va me’yor tushunchalarini asos qilib oldi. Zero, traditsionalizmmng mohiyati sara namunalarga ergashishda namoyon bo'ladi, bu esa ijodkorning namunani yaratishda tayanilgan muayyan me’yorlarga qat’iy amal qilishini taqozo etadi.
Ta’kidlash kerakki, nechog'li muhim bo'lmasin, an’anaviylik va me’yoriylik tushunchalarining o'zi adabiyot taraqqiyotining qariyb ikki yarim ming yillik davrini to’la tavsiflash uchun kamlik qiladi. Shu bois ham uni boshqa xususiyatlariga tayanib tavsiflash harakati hanuz davom etib keladi. Jumladan, ayrim mutaxassislar buni kanoniklik, boshqalari reflektivlik, tag'in birlari ritoriklik kabi xususiyatlar asosida olib amalga oshirishga harakat qilishgan.
Slayd 16
Shu o’rinda yana bir muhim nuqtaga alohida to'xtalib o’tishga zarurat seziladi. Gap shundaki, Yevropa adabiyotidagi ikkinchi bosqich o‘z ichida ikkita davrga ajratiladi:
1) qadimgi davr va o‘rta asrlar hamda
2) ilk Yangi davr — Uyg'onish, barokko, klassitsizm. Sharq adabiyotidagi ikkinchi bosqichni esa o‘rta asrlardangina iborat deb bilish ommalashgan.
• Holbuki, masalan, N. I. Konrad mohiyat e’tibori bilan G‘arb adabiyotidagi kabi bosqichlar Sharq adabiyotida ham kechganini ta’kidlaydi1. Darhaqiqat, agar Uyg‘onish davri Yevropada yangi shakllanayotgan millatlarning o‘z tilida adabiyot (madaniyat) yaratishga harakati ekan, u holda X-XI asrlarda boshlangan turkiy tilda adabiyot yaratish harakatlari ham xuddi shunday Uyg‘onish deb atalishi kerak emasmi?! Yoki adabiyotda islomiy gumanizm ruhining kuchayishi, tasawuf taiimotiga koia botliqm Haqning tajallisi sifatida anglash va unga muhabbat qo‘yish – bular ham Uyg‘onish g‘oyalariga hamohang emasmi?! Ko‘rib turganimizdek, adabiyotimizning taraqqiyot yoiini ushbu masala nuqtai nazaridan oiganib, oydinlashtirish zarur boigan ko‘p!ab masalalar mavjud.
Slayd 17
Individual-ijodiy badiiy tafakkur bosqichi Yevropada XVIII asr o‘rtalaridan, Sharqda XIX asr oxiri – XX asr avvalidan boshlanib hozirda ham davom etayotir. Awalo, jamiyatdagi kabi shaxsning badiiy ijoddagi maqomi ham o’zgardi: arxaik davrda muallif yo‘q edi, keyingi bosqichda mudom an’ana soyasida qolib keldi, uchinchi bosqichga kelib esa u markaziy o‘rinni egalladi. Endi muallif mavjud namunaga ergashish, belgilangan me’yorlarga ogishmay rioya qilish majburiyatidan xalos boidi. 0 ‘zi va olamni anglash yoiida ijodkor so‘zdan erkin foydalanishi, unga shaxsiy sezimlari bilan bogiiq xususiy ma’nolarni yuklashi mumkin boidi, natijada so‘z an’ana asosida anglanuvchi ma’nolariga qaraganda koiamliroq ko‘p ma’nolik kasb etdi: “ritorik so‘z” o’rnini “muallif so'zi” egalladi. Janr kanonlari yemirildi, ijod amaliyotida “har bir badiiy asar – o‘z holicha alohida janr” (F.Shlegel) tamoyili amal qiladigan bo‘diki, natijada adabiyot janriy-uslubiy jihatdan tubdan yangilandi. Adabiyot reallikka yaqinlashdi, nafaqat realistik, balki norealistik yo'nalishdagi asarlarda ham reallik izlari yaqqol seziladigan bo‘ldi. Awalgi bosqichdagidan farqli o’laroq, obraz o‘zi ifodalayotgan g‘oyaga nisbatan ham, aks ettirayotgan predmetiga nisbatan ham avtonomlik kasb etadi – tom ma’nodagi badiiyat hodisasiga aylandi.
Slayd 18
Mazkur hol uchinchi bosqichda Yevropada kuzatilgan ma’rifatchilik, romantizm, realizm, modernizm, postmodernizm singari hodisalarni anglashda tabiiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Sababi, Yevropaning har bir mamlakatidagi ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar ham, ularning milliy adabiyotlarda o‘ziga xos, chunki ular bevosita ijodkor shaxsiyati orqali akslanadi. Ikkinchi tomoni, bu bosqichda Yevropa adabiyoti boshqa mintaqalardagi milliy adabiyotlar uchun lokomotiv bo’lib qolganini ham e’tiborda tutish kerak. Ya’ni Yevropa adabiyotida kechgan jarayonlar boshqa milliy adabiyotlarda ham u yoki bu darajada kuzatiladi. Jumladan, yuqorida nomi zikr qilingan jamoaviy maqolada aytilishicha, “Sharq adabiyotlarida traditsionalistik tafakkurning yemirilishi adabiyotdagi ma’rifatchilik, romantizm va realizmga xos tendensiyalarning chatishuvi asosida kechadi”. Darhaqiqat, e’tibor qilinsa, XX asming 10 – 20-yillarida adabiyotimizda ma’rifatchilik realizmi, romantizm va realizmga xos xususiyatlar qorishiq holda mavjud boiganini ko'rish mumkin. Mazkur jarayonlarni kuzatganda, eng awal G'arbda ikki asr davomida kechgan jarayonlar milliy adabiyotimizda atigi 15-20 yil ichidayoq amalga oshgani ko‘zga tashlanadi. Albatta, bunda ijtimoiy hayotda kechgan o‘zgarishlarning shiddati ham muhim, biroq Yevropa adabiyoti tajribasini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak.
Slayd 19
Ya’ni milliy adabiyotimiz tayyor tajribaga tayanish imkoniga ega edi. Yana bir muhim jihati, bu holda yangiliklaming sinovga dosh berib, badiiy tafakkurga singishib ketgan qismini olib, qolganidan voz kechish mumkin. Masalan, modemizmning har bir oqimi maydonga chiqqan vaqtida keskin bahslarga sabab boigan boisa, vaqt o'tib, unga xos nomaqbul jihatlar inkor etilib, maqbullari umumbashariy estetik bisotga qo'shilib ketadi. 0‘zbekadabiyoti modemizmning ayni shu jihatlarini o‘ziga oldi, shu bois ham bu boradagi bahslar bizda u qadar keskin tus olgani yo‘q. E’tibor qilinsa, adabiy jarayonni davrlashtirish uni ilmiy o'rganish uchun zaruriy amal ekani, aniqrogi, ushbu amal u haqda yaxlit ilmiy tasawur hosil qilishning yagona vositasi ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashtirish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin bo’ldikki, bunda har bir davrning o‘ziga xos umumiy jihatlari (topika) diqqat markaziga qo‘yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masalada qarashlar turlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko‘rishga ega: birinchisi adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib davrlashtirishni ko'zda tutadi. Albatta, bu o'rinda har ikki tomonni ham to’la yoqlash yoki to‘la inkor qilish maqbul emas, aksincha, oraliq mavqeni egallash to‘g‘riroq bo’lur edi. Chunki, yuqorida ham ko‘rdik, ijtimoiy- tarixiy sharoitning o‘zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo’ladi.
Slayd 20
Deylik, insonning ijtimoiy lashuv darajasi kuchli boimagan davrlarda (Evropada XVIII asrgacha, bizda XX asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o‘zgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydi, bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning o‘zi yo‘qdek Demak, bu bosqichni davrlashtirishda har bir konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tiborga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning badiiy-estetik tomonlari)ga ko‘rsatgan ta’sirini yaqqol ko‘rsatish zarur boiadi. Adabiy jarayonni davrlashtirishda adabiy davr, adabiy asr, adabiy avlod tushunchalari bilan ish ko’riladi. Awalo, bundagi vaqt (masalan, asr tushunchasi) astronomik vaqtga har vaqt ham to‘g‘ri kelavermasligini aytish kerak. Ya’ni terminlar ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosidan farqlanadiki, ularning har biriga to‘xtalganda bunga amin bo’lish mumkin. Endi sanalgan tushunchalarga tayangan holda adabiyotimizning taraqqiyot yo’lini – qadim zamonlardan beri uzluksiz kechib kelayotgan adabiy jarayonni davrlashtirish masalasiga muxtasar to'xtalib o'tamiz.
Slayd 21
Adabiyotimiz jahon adabiyotining ajralmas tarkibiy qismi ekanini nazarda tutgan holda eng awal yuqorida tavsiflangan uchta stadiya (bosqich)ga mos keladigan uchta adabiy davrm ajratamiz:
1. Eng qadimgi adabiyot — eng qadimgi zamonlardan milodiy X asrgacha
2. Mumtoz adabiyot davri — X asrdan XX asrning 10-yillariga qadar.
3. Yangi ozbek adabiyoti – XX asrning 10-yillaridan boshlangan.
• Yuqorida uchta stadiya (bosqich)ning o'ziga xos xususiyatlari haqida ancha mufassal to'xtaldikki, ular mos ravishda mazkur davrlar uchun ham xosdir. Jumladan, ilk davr uchun sinkretiklik, ikkinchisi uchun traditsionalizm, uchinchi si uchun individual-ijodiy badiiy tafakha- belgilovchi xususiyat boiib, ulaming boshqa jihatlari shu bilan bogiiq izohlanadi.
Slayd 22
Klassisizm lotincha soʻz boʻlib, «namuna», «ibrat» degan maʻnoni anglatadi. Bu metod vakillari oʻtmish adabiyoti namoyandalari asarlarini oʻzlari uchun mezon, ibrat namunasi deb qaraganlar. Klassisizm nazariyotchilaridan biri fransuz adibi va adabiyotshunosi N. Bualo (1636-1711): «Adabiyot saroy va shahar uchun yaratilishi kerak» deydi. Klassisistlar taʻbiricha, adabiyotda hamma narsa aniq va qatʻiy qoida asosida koʻrsatilishi lozim. Klassisizm estetikasining talablaridan yana biri «uch birlik»dir. Yaʻni, dramada gavdalantirilayotgan hodisa bitta yaxlit sujet tarzida gavdalantirilishi («harakat birligi» talabi), voqea bir joyda boʻlib oʻtishi zarur («joy birligi» talabi), voqea yigirma toʻrt soat ichida yuz berishi («vaqt birligi» talabi) lozim.
Sentimentalizm.
«Sentimentalizm oqimi», «naturalizm oqimi», «modernizm oqimi» atamalari ham keng qoʻllanadi. «Modernizm yoʻnalishi ratsionalizm, abstraksionizm, simvolizm, syurealizm, futurizm, kubizm kabi oqimlarga boʻlinadi» deyiladi. Shuro siyosati hukmron davrda bitilgan aksariyat tadqiqotlarda modernizm yoʻnalishi qoralanadi. Ekzistensiyachilik taʻlimoti yirik namoyandalaridan biri fransuz adibi, Nobel mukofoti sovrindori (u bu mukofotni olishdan oʻz ixtiyori bilan voz kechgan) Jan Pol Sartr (1905-1980) bu xususda shunday deydi.
Klassisizm.
Slayd 23
Adabiy oqim ijodiy metod san’atning maqsad va vazifalariga qarashlarning turlichaligi tufayli paydo bo’ladigan yozuvchilar guruhlari. Adabiy oqim ijodiy metodlar tarkibidagi ichki bo’linishdir. Bir myetodga mansub yozuvchilarning o’zaro g’oyaviy yaqinliklaridir. Romantizm myetodi ichidagi oqimlarga mutaassib romantizm, taraqqiyparvar romantizm, inqilobiy romantizmlar kiradi.
Adabiy oqim va maktab: Adabiy oqim dunyoqarashi va qiziqishlari birligi tufayli shakllangan uyushmadir. Mashhur adabiy maktablar haqida Byelinskiy asos solgan “Natural maktab” haqida to’xtalib o’tdik. Shunday uyushmalar qatoriga jadidlar tashkil qilgan "Chig‘atoy gurungi" va "Kizil qalam" uyushmalarini ham kiritilishimiz ham mumkin. Furqat, Muqimiy, Zavqiy va boshqa ijodkorlarimiz asos solgan ma’rifatparvarlik oqimi haqida ham to’xtalib o’tishimiz mumkin.
Adabiy oqimdan adabiy yo’nalish tubdan farq qiladi. Oqim myetod ichidagi g’oyaviy yaqinlik bo’lsa, yo’nalish myetoddan tashqaridagi myetodlar o’rtasidagi g’oyaviy hodisadir. U o’zida ko’plab myetod va oqimlarni birlashtiradi. Jumladan, tasavvuf adabiy yo’nalish sifatida shakllandi va adabiyotlar taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Jumladan ,modernistik oqim vakillari adabiy ijodda zamonaviylikka, yangilikka erishishni targ’ib qiladilar. Ayniqsa shakldagi bezakdorlikka alohida e’tibor byeradilar. Xususan, hozirgi zamon Amerika va Angliya adabiyotida bu oqimning ta’siri kuchli.
Slayd 24
Tabiiyki, eng umumiy xususiyatlar mushtarak bo’lgani holda, qator farqli jihatlar ham mavjud, Jumladan, yaqqol ko'zga tashlanadigan farq – Yevropa adabiyotiga nisbatan davriy chegaralarning sezilarli siljigani: ilk bosqich qariyb o'n besh asr, ikkinchi bosqich esa yuz ellik yil keyin nihoyalanadi. Shuningdek, adabiy davr ichidagi hodisalar ham jiddiy farqlanadi. Masalan, ikkinchi davr Yevropada o'rta asrlar, Uyg'onish, klassitsizm, barokko tarzida izchil bo'linsa, adabiyotimizda bunday izchillik kuzatilmaydi. Masalan, Uyg'onish epkinlari bizda X-XII asrlarda ham, Hazrat Navoiy davrida ham, XIX—XX asrlar chegarasida ham esib turgan, shu bilan birga, ulaming barida o'rta asrlarga xos xususiyatlar ustuvor boigani ham shubhasiz. Shu sababli ham ikkkinchi davmi asrlarga ajratmoqchi bolsak, turli variantlami mulohaza qilib ko'rgach, beixtiyor yana quyidagilarda to'xtayveramiz:
1) turkiy sulolalar davri adabiyoti;
2) mo'g'ul istilosi davri adabiyoti;
3) temuriylar davri adabiyoti;
4) xonliklar davri adabiyoti.
Slayd 25
Albatta, adabiyotni davrlashtirishga taxt egalari almashinishining asos qilib olingani e’tiroz uyg'otishi tabiiy. Biroq bu adabiy jarayonda ijtimoiy-tarixiy omillarga hal qiluvchi ahamiyat berayotganimizdan emas, balki shunga majburligimizdan. Sababi, bu davr adabiyotidagi o'zgarishlar Yevropa adabiyotidagi singari bo'rtib ko'zga tashlanmaydi. Yuqoridagicha davrlashtirish esa, har holda, davr adabiyotini muayyan izchillikda kechgan jarayon o’laroq tasawur qilish imkonini beradi. Shundan bo'lsa kerak, hozirga qadar davrlashtirish masalasiga to'xtalganki mutaxassislarning aksariyati sulolalarni u yoki bu darajada asos qilib oladi. Hatto nomlashda sulola tilga olinmasa ham, belgilangan tarixiy davr aynan u yoki bu sulola hukmronligi nazarda tutilayotganini anglatib turadi.
Slayd 26
Agar ikkinchi bosqichni adabiy asrlarga ajratish bilan kifoyalangan boisak, uchinchi bosqichni davrlashtirishda unga qo'shimcha ravishda adabiy avlod tushunchasi bilan ham ish ko'nshga to‘g‘ri keiadi. Negaki, uchinchi bosqich, bir tomondan, insonning ijtimoiylashuvi kuchaygan va shuning natijasida ijtimoiy ruh-kayfiyatning ijodkor shaxsiyati orqali asarda akslanishi, ikkinchi yoqdan, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari benihoya tezlashganidan ijtimoiy ruh-kayfiyatning g‘oyat tez o‘zgarishi normaga aylangan davrdir. 0 ‘zgarishlar shiddati tufayli shaxs va ijodkor sifatida shakllanish davri atigi o‘n-o‘n besh yil bilan farqlanuvchi ijodkorlaming ijodiy-estetik qarashlari ham bir-biridan jiddiy farqlanishi mumkin boiadiki, bu hoi adabiy avlod tushunchasini zamralga aylantirib qo‘yadi.
Slayd 27
Fikrimizcha, yangi o ‘zbek adabiyoti davrida hozirga qadar uchta adabiy asr aniq farqlangani ko‘zga tashlanadi: 1) o'zbek jadid adabiyoti,
2) sho‘ro davri o‘zbek adabiyoti,
3) istiqlol davri o‘zbek adabiyoti.
E’tibor qilinsa, jadid adabiyotining Behbudiy, Ibrat, Choipon singari namoyandalarining ijodiy-estetik prinsiplarida sezilarli farqlar borligini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, yagona g'oyaviy asosda sobit turgani ulami boshqa- boshqa avlodlarga mansub etishga izn bermaydi. Bundan farqli oiaroq, ikkinchi adabiy asr — sho‘ro davri o‘zbek adabiyoti doirasida 20-yillar, 60- yillar va 70-yillar adabiy avlodlari yaqqol ajralib turadi. Ta’kidlash kerakki, adabiy avlodga mansublik maium guruh ijodkorlarining bir davrda tugilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib kelgani bilan emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayanishi bilan belgilanadi,
Slayd 28
Slayd 29
NAZORAT SAVOLLARI:
• Metod nima?
• Uslub-chi:?
• Ular o’rtasida qanday farq bor?
• Nima uchun myetodni kyeng tushuncha dyeb hisoblaysiz?
• Oqim nima?
• Qanday oqimlarni bilasiz?
• Ijodiy maktab dyeganda nimani tushunasiz?
• Yo’nalish nima?
• Ijodiy myetodning adabiyot taraqqiyotida qanday ahamiyati bor?
Slayd 30
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.