Yer litosferasi va relyef shakllari

4000 so'm


Yer litosferasi va relyef shakllari

 

 

Slayd 1

Yerning Litosfera qavati va yer yuzasi relyefi

Slayd 2

Reja:
Litosfera haq’ida tushuncha.
Yer sharining ichki tuzilishi.
Tog’hosil bo’lishi. Zilzilalar va vulkanlar.
Yer yuzasining relyef shakllari.

Slayd 3

Yerning ustki qattiq qatlamiga litosfera deb aytiladi. Litosferaning qalinligi yer sharining hamma qismida bir xil emas. Tog’li hududlarda litosfera ancha qalin bo’lsa, okelanlar ostidaaksincha, yupqa bo’ladi. Litosfera asosan bazalt va granitdantashkil topgan. Yer shari vujudga kellgan 4,5 mlrd. Yillik taraqqiyoti tarixi jarayonida uning ba’zi yerlari cho’kkan, ba’zi yerlari ko’tarilib qolgan. O’sha cho’kkan joylari suv bilan to’lib okelanlar hosil qilgan. Yer shari yuzasining umumiy maydoni 510 mln km2 bo’lib, Shundan 361 mln km2 ni okelanlar, 149 mln km2 ni esa quruqlik egallagan.Yer sharida suv va quruqliklarning taqsimlanishi va joylashishi uning hamma qismida ham bir xil emas. Masalan, shimoliy yarim sharida quruqlik janubiy yarim sharidagiga nisbatan ko’proq. Shimoliy yarim sharda quruqlik 39 %, suvlik 61 % ni tashkil etsa, janubiy yarim sharda esa quruqlik 19 % ni, suvlik esa 81 % ni tashkil etadi. Yer sharidagi quruqlik maydonini 100 % desak, shuning 67,5 % i shimoliy, 32,5 % i esa janubiy yarim sharda joylashgandir.Yer yuzasida suv va quruqliklarning bunday taqsimlanishi tasodifiy bo’lmay, balki Yerdagi ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri natijasidir.

Slayd 4

Yevrosiyo (54 mln km2),
Afrika (30,3 mln km2)
Shimoliy Amerika (24 mln km2)
Janubiy Amerika (18 mln km2)
Antarktida (14 mln km2)
Avstraliya (7,6 mln km2)

Oltita qit’a:
Osiyo
Afrika,
Amerika
Yevropa,
Antarktika,
Avstraliya bor.
Yer sharida oltita materik:

Slayd 5

Yer shari qattiq, suyuq va gazsimon moddalardan iborat bo’lib, ular solishtirmaog’irligiga qarab turlicha joylashgan. Solishtirmaog’irligi kattaroq bo’lgan moddalar yerning yadro qismida, aksincha yengilroqlari esa yer yuziga yaqin joylashgan.Yer sharining ichki qismidagi moddalarning joylashishiga va ularning fizik, ximiyaviy xossalariga ko’ra yer po’sti, mantiya va yerning yadrosi deb uch qismgaajratiladi. Yer po’sti (litosfera) silikatli yengil jinslardan hamda yoriqlar orqali Yerning markaziy qismidan ko’tarilib chiqqan temirga boy jinslardan iboratdir. Yer po’stining 2G’3 qismi dengiz vaokelanlar ostida joylashgan bo’lib, uning qalinligi okelanlar tubida 6-15 km ni, tog’li rayonlarda esa 40-80 km ni tashkil etadi. Yer po’stining quyi chegarasida yuqori harorat va kuchli bosim ta’sirida jinslar plastik holatda bo’ladi. Bunday plastik jinslar Yer qimirlash natijasida ro’y beradigan to’lqinlarni tez o’tkazadi. Uni birinchi bo’lib, 1909 yili Yugoslaviyalik olim S. Moxorovichaniqlagan. Shu sababli o’sha Yer po’stining quyi chegarasini Moxorovich yoki qisqacha Moxo chegarasi deb ataladi. Yerning «Moxo» chegarasidan pastda bo’lgan qismi mantiya deb ataladi va u 2900 km chuqurlikkacha davom etadi.

Slayd 6

Mantiya ximiyaviy tarkibiga, seysmik to’lqinlarning tarqalish tezligiga va haroratiga ko’ra 3 zona (qavat) ga: yuqori, o’rta va quyi zonalarga bo’linadi.
Yuqori zona 400 km chuqurlikkacha davom etadi va magniy, temirga boy bo’lgan silikatli jinslardan iborat, harorati 1000 – 1500 0S dir.
O’rta zona 900 km chuqurlikkacha davom etib, harorati 28000 ga yetadi.
Nihoyat, quyi zona 2900 km chuqurlikgacha davom etadi, harorati 3600 0 gacha boradi.Yer yadrosi yerning 2900 km dan to markazgacha bo’lgan qismini o’z ichigaoladi, harorati 4000-50000 s, bosimi 3,5 mln atmosferagacha yetadi. Yer yadrosi 5100 km dan chuqurlikda ichki yadroga bo’linadi.

Slayd 7

Yer sharidagi tog’ tizmalari hosil bo’lishi jihatidan burmali, burmali-palaxsali va palaxsa tog’larga bo’linadi. Biror tekis yerdan oquvchi daryoning tik qirg’og’ini kuzatsangiz undan jinslarning (yotqiziqlarning) gorizontal holda yotganligini, tog’ yonbag’irlarida esaaksincha, jins qatlamlarining bukilganligini, egilganligini ya’ni burmalanganligini ko’rasiz. Qatlamlarning bunday burmalar hosil qilishigaasosiy sabab Yerning ichki qismidan ta’sir etuvchi g’oyat katta kuchga ega bo’lgan g’oyat katta bosim bilan ta’sir etishidir. Yon tomondan yoki Yerning ichki qismidan ta’sir etuvchi g’oyat katta kuchga ega bo’lgan bosim gorizontal holatda yotgan jinslarni egib burmalaydi va balandga ko’tarib yuboradi, natijada burmali tog’lar vujudga kelladi. BungaAlp, Himolay, Pomir, Kavkaz, And kabi tog’lar misol bo’ladi. Burmalanish natijasida vujudga kellgan tog’lar bir necha million yillar ichida tashqi kuchlar ta’siridaasta-sekin pasayadi, ba’zan tekislikkaaylanib keltadi. Lekin so’nggi tog’ paydo bo’lish jarayonida o’sha pasayib qolgan tog’lar yana qayta ko’tariladi, ko’p yerlarida yoriqlar vujudga kellib, ba’zi yerlari ko’tarilib qoladi. Bunday yo’l bilan ko’tarilgan tog’larni burmali-palaxsa tog’lar deb ataladi. Masalan, Sayan, Oltoy, Tyan-shan, Skandinaviya tog’ tizmalari.Yer qobig’ining cho’kindi yoki otqindi tog’ jinslari qotib qolgan qattiq joylarida Yerning ichki kuchlari ta’sirida palaxsa tog’lar vujudga kelladi. Bunga Sharqiy Sibir, Afrikaning sharqiy qismidagi tog’lar misol bo’ladi.

Slayd 8

Savol va topshiriq’lar
Litosfera qanday tuzilishga ega ?
Moxo chegarasi nima ?
Zilzilalar nima ?
Tekislik deb nimaga aytiladi ?
Tog’lar deb nimaga aytiladi ?

Slayd 9

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 10

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Yer litosferasi va relyef shakllari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar