Yer litosferasi va relyef shakllari 2
4000 so'm

Slayd 1
Yerning Litosfera qavati va yer yuzasi relyefi.
Slayd 2
Reja:
Litosfera haqida tushuncha.
Yer sharining ichki tuzilishi.
Yer yuzasining relyef shakllari.
Tog’hosil bo’lishi. Zilzilalar va vulkanlar.
Slayd 3
K.A.Barsukov, V.S.Urusov, V.S.Milnichuk, M.S.Arabadji ma’lumotlari asosida
Slayd 4
Yerni o’rab turgan o’rab turgan qattiq qatlam Litosfera deb ataladi.
Litosferani tashkil etgan jinslarning ximyaviy xossalari yaxshi o’rganilgan emas. Faqat uning ustki qismini tashkil etuvchi yer po’sti ozmi ko’pmi tekshirilgan.
A.P.Vinogradovning ma’lumotiga ko’ra yer po’stining ximiyaviy tarkibi quyidagicha:
Butun yer po’stining 99,79 foiz kislorod
(47,2 foiz), kremniy
( 27-60 foiz), Alyuminiy
(8.60 foiz ) temir
(5,1 foiz),Kalsiy
(3.60 foiz ),Magniy
(2.1 foiz ), Vodorod (0.15 foiz) kabilardan qolagan 0.21 foizi esa I.D.Mendeleyevning davriy sistemasidagi boshqa barcha elementlarga to’g’ri keladi.
Slayd 5
Endogen energiya geografik qobiqqa ta’sir etib, u vulqonlarning otilishi,zilzila va yer po’stining tektonik harakati ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Lekin endogen energiyaning ta’siri Yer yuzasidan chuqurlashgan sari otib boradi:
Agar 10 km yerning chuqurlik qismida temperatura
180 ̊C bo’lsa,
u 20 km dan 270 ̊C ga,
50 km da 620 ̊C ga ,
100 km da 1250 ̊C ga yetadi.
Slayd 6
Litosfera – tosh qobig’i
Yer po’sti Yer yuzasidan Moxo chegarasigacha bo’lgan joylarni o’z ichiga olib, butun Yer hajmiing 0.8% ini, Yer massasining 0.4% tashkil etadi. Yer po’stining qalinligi materiklarda 40-80 km, okeanlar tubida 5-10 km dir.
Moxo chegarasidan 2900 km chuqurlikgacha bo’lgan joylar mantiya deb atalib, u ximiyaviy tarkibi va seysmik to’lqinlarni taqrqalish tezligiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi kabi qatlamlarga bo’linadi. Mantiya butun yer hajmining 83 foizini, Yer massasining 68 foizini egallaydi.
Slayd 7
Yer po’sti tuzilishi
Materik yer po’sti
Cho’kindi
Bazalt
Okean yer po’sti
Granitli-metamorfik
Slayd 8
Yer po’sti tuzilishi jihatidan
Magmatik tog’ jin slar
Cho’kindi tog‘ jinslari
Metanwrfik tog‘ jinslari
Slayd 9
Yeryadrosi 2900 kmdan 6371 km gacha bo’lgan chuqurliklarni o’z ichiga oladi.
Yeryadrosi planetamiz hajmining 16,2 % ini, yer massasining 31,6 %ini tashkil etadi.
Yer po’stida-Yer yadrosida harorat 4000-5000 (gradus) ga yetadi.
Slayd 10
Slayd 11
Kembriy
Ordovik
Mezozoy
Trias
Yura
Kaynazoy
Poleogen
Neogen
Arxeozoy
Proterazoy
Sillur
Perm
Karbon
Devon
Antropogen
Bo’r
Poleozoy
Slayd 12
Karbon — C (65 mln y.) Yirik pasttekisliklarda botqoqlashgan yerlar, iqlimi issiq va nam bo‘ladi. Gersin burmalanishi shiddatli kechadi: Appalachi, Ural, Tyanshan, Avstraliya, Qozog‘iston, Oloy tog‘lari, G‘arbiy Sibir platformasi paydo bo‘ladi.Daraxtsimon paporotniklar, qirqbo‘g‘imlar keng tarqaladi.Ko‘mir va neft eng ko‘p, rudali qazilmalar.
Devon — D (60 mln y.) Davr oxirida Gersin burmalanishi boshlanadi. Dengiz maydonlari kamayadi. Issiq iqlimli muhit, cho‘llar, sahrolar paydo bo‘ladi. Qadimgi platformalar cho‘kadi, yoriladi, yoriqlardan lavalar chiqadi. O‘zbekiston hududida dengiz bo‘lgan.Suv va quruqlikda yashaydigan hayvonlar, baliqlar paydo bo‘ladi.Tuz va neft, gaz, rangli metallar.
Silur — S (30 mln y.) Kaledon burmalanishi davom etadi. Qozog‘iston yassi tog‘ligi, Appalachi, Oltoy, Sayan, Xitoyning janubi-sharqiy, Sharqiy Avstraliya paydo bo‘ladi.Quruqlikda dastlabki o‘simlik paydo bo‘ladi. Jag‘oyoqlilar, birinchi korallar paydo bo‘ladi.Rangli metall rudalari.
Ordovik — O (60 mln y.) Kaledon burmalanishi davom etadi. Dengiz maydoni qisqaradi. Iqlim qurg‘oqchil tomonga o‘zgaradi. Gondvana muzlanishi bo‘ladi.Dastlabki umurtqasiz hayvonlar paydo bo‘ladi. Dengiz molluskalari taraqqiy etadi.Cho‘kindi jinslar, marganes, oltin, poli-metallar.
Kembriy — E (70 mln y.) Kaledon burmalanishi boshlanadi. Davr boshida Baykal burmalanishi davom etadi. Davr oxirida katta maydonlarni suv qoplaydi. Arxey, proterozoyda ko‘tarilgan tog‘lar yemirilib, tekislikka aylanadi. O‘zbekiston hududi suv ostida bo‘lgan.O‘simlik va hayvonlar quruqlikka chiqadi. Dengiz umurtqasizlari taraqqiy etadi.Boksit, fosforit, tosh tuzi.
Proterozoy erasi — Pr (2000 mln y.) Era oxirida Baykal burmalanishi boshlanadi. Baykal tog‘lari, Arabiston yarimoroli, Braziliya yassi tog‘ligi, Kongo, Zambezi daryolarining yuqori oqimi va Namib cho‘LI mintaqasidagi tog‘lar ko‘tariladi. Vulqon otilishi kuchayadi, lava oqimlari keng tarqaladi. Quyi proterozoyda Pangeya – 1 supermaterigi paydo bo‘ladi, oxirida parchalanadi. Guron muz bosish hodisasi kuzatiladi.Bakteriya va suv o‘tlari davri. Dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar paydo bo‘ladi.Temir rudalar sluda, granit, rangli metall rudalari, qimmatbaho toshlar va metallar.
Arxey erasi — Ar (1800 mln y.)Yerda okean katta maydonni egallaydi. Vulqonizm kuchayadi, lavalar oqib chiqadi. Yer po‘sti shakllanadi. Qadimgi platformalar paydo bo‘ladi.Primitiv bakteriya va suv o‘tlari paydo bo‘ladi.Temir rudalari.
Slayd 13
Yer yuzasi relfining shakllari
Yer yuzasi bir xil va tekis bo’lmasdan u okean va materiklardan tashkil topgan.
Okeanlarda chuqur cho’kmalar,yoriqlar,suv osti tog’lari, materiklarda esa botiqlar,pasttekiliklar,tekisliklar plato va qirlar,yassi tog’lar baland tog’lar mavjud.
Yer sirtining o’sha tekis bo’lmagan yuzasini bir nom bilan uning relyefi deb ataladi.
Yer yuzasi relefi esa uning ichki va tashqi dinamik jarayonlarining o’zaro ta’siri va aloqasi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Slayd 14
Yerning qattiq po’sti ustida suv va quruqliklarning taqsimlanishi va jiylashishi uning hamma qismida ham bir xil emas.
Chunki yerning shimoliy yarim sharida quruqlik janubiy yarim shardagiga nisbatan ko’proq.
Shimoliy yarim sharning 39 % quruqlik,61 % suv ishg’ol qilsa.
Slayd 15
Janubiy yarim sharda quruqlik 19 prosent,suv esa 81 prosentdir.
Yer sharidagi quruqlik maydonini 100 prosent desak,shuning 67.5 prosenti shimoliy, 32.5 prosenti esa janubiy yarim sharda joylashgan.
Quruqlik shimoliy yarim sharning o’rtacha kengliklarida ko’proq,janubiy yarim sharning o’rtacha kengliklarida esa kamroq maydonni egallaydi.
Slayd 16
Qit’alar Maydoni(mln,kv km)
Osiyo 43.45
Amerika42.53
Afrika 30.30
Antraktida 13.97
Yevropa10.0
Avstraliya va okeaniya 8.89
Slayd 17
Slayd 18
Slayd 19
Yer yuzasi relyefi ta’sir etuvchi kuchlar
Ekzogen kuchlar
Fizik nurash
Organik nurash
Endogen kuchlar
Tektonik harakatlar bilanbog’liq bo’lgan tog’ hosil bo’ishi, vulqonlarning otilishi, zilzila
Kimyoviy nurash
Slayd 20
Baykal tog‘
Shimoliy Qozog’iston, qisman Ural tog’lari, Baykal bo’yi, Baykalorti tog’ tizmalari, Sayan tog’lari, Braziliya yassi tog’ligi, Koreya yarim orolidagi ba’zi tog’lar, Janubiy Afrikadagi tog’lar
Kaledon tog‘
Grenalandiya, Britaniya orollari, Skandinaviya, Qozog’iston past tog’larining g’arbiy qismi, Shimoliy Tyan’shan, Oltoy, G’arbiy Sayan, Shimoliy Monogoliya, Janubi-sharqiy Xitoy, Appalachi, Sharqiy Avstraliya tog’lari
Gersin
Britaniya orollaridagi Kembriy tog’lari, Kornoul yarim orolidagi tog’lar, Reyn slanesli tog’lari, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun, Sharqiy Avstraliya, Appalachi, Atlas tog’lari, Qozog’iston past tog’lari
Mezozoy
Kimmeriy – Verxoyansk-Kolima tog’LI o’lkasi, Shimoliy Amerikada Kordilera tog’larining katta qismi Laramiy bosqich- Shimoliy Amerikadagi qoyali tog’lar, Uzoq sharqdagi Sixota-Alin, Saxalin tog’lari
Alp
Lp-Himolay mintaqasiga asosan materiklarda ko’tarilgan tog’larga: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apennin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindiqush, Himolay tog’lari kiradi; – Tinch okean mintaqasiga Tinch okeanida joylashgan orollarda ko’tarilgan tog’lar kiradi: Koryak. Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiyadagi tog’lar, And tog’lari, Aleut orollaridagi tog’lar va h.k
Asosiy tog’ hosil bo‘lish bosqichlari
Slayd 21
Baykal tog‘
Shimoliy Qozog’iston, qisman Ural tog’lari, Baykal bo’yi, Baykalorti tog’ tizmalari, Sayan tog’lari, Braziliya yassi tog’ligi, Koreya yarim orolidagi ba’zi tog’lar, Janubiy Afrikadagi tog’lar
Kaledon tog‘
Grenalandiya, Britaniya orollari, Skandinaviya, Qozog’iston past tog’larining g’arbiy qismi, Shimoliy Tyan’shan, Oltoy, G’arbiy Sayan, Shimoliy Monogoliya, Janubi-sharqiy Xitoy, Appalachi, Sharqiy Avstraliya tog’lari
Gersin
Britaniya orollaridagi Kembriy tog’lari, Kornoul yarim orolidagi tog’lar, Reyn slanesli tog’lari, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun, Sharqiy Avstraliya, Appalachi, Atlas tog’lari, Qozog’iston past tog’lari
Mezozoy
Kimmeriy – Verxoyansk-Kolima tog’LI o’lkasi, Shimoliy Amerikada Kordilera tog’larining katta qismi Laramiy bosqich- Shimoliy Amerikadagi qoyali tog’lar, Uzoq sharqdagi Sixota-Alin, Saxalin tog’lari
Alp
Lp-Himolay mintaqasiga asosan materiklarda ko’tarilgan tog’larga: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apennin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindiqush, Himolay tog’lari kiradi; – Tinch okean mintaqasiga Tinch okeanida joylashgan orollarda ko’tarilgan tog’lar kiradi: Koryak. Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiyadagi tog’lar, And tog’lari, Aleut orollaridagi tog’lar va h.k
Asosiy tog’ hosil bo‘lish bosqichlari
Slayd 22
Zilzilalar geosinklinal hududlarda, ya’ni yer po’stining qatlamlariyosh, yer yoriqlarida mavjud bo’lib, ular siljib turadiganjoylarda sodir bo’ladi. Bunday joylarni seysmik hududlar deb ataladi.Shu sababli zilzilalar asosan nisbatan yosh tog’lar hisoblangan And,Kordilera, Alp, Kavkaz, Pomir, Hindikush, Himolay, Tinch okeaninio’rab olgan hududlarda ro‘y beradi. Aksincha negizi qattiq jinslardantashkil topgan platformalarda (Rossiya, Kanada, G’arbiy Sibir vaboshq.) yer juda kam yoki umuman qimirlamaydi. Bunday joylarniaseysmik hududlar deyiladi.
Silkinish paydo bolgan zilzila o’chog’i gipotsentr deyiladi. Uning ustidagi zarb eng kuchli bo’ladigan joy epitsentr deyiladi.
Slayd 23
Seysmik to’lqinlar quruqlikka qaraganda havoda va suvda bir necha marta tez harakat qiladi. Zilzilaning kuchi har xil bo’lib,uning kuchi 12 balli shkala bilan o’lchanadi.
Bunda eng kuchsiz zilzila 1 ball, eng kuchlisi 12 ball deb qa’bul qilingan.
1 Ball. Bunda yerning tebranishini faqat sezgir asboblar qayd qiladi.
2 Ball. Juda kuchsiz bo’lib, uni asboblar qayd qiladi va tinch turgan kishi ba’zan bilishi mumkin.
3 Ball. Kuchsiz bo’lib tinch turgan odamlarning ko’pchiligi biladi.
4 Ball. O’rtacha kuchga ega bo’lib deyarli hamma sezadi. Deraza oynalari, eshik dirillaydi.
5 Ball. Ancha kuchli bo’lib hamma sezadi. Qandil qimirlaydi, pol g’ichirlaydi.
Slayd 24
6 Ball. Kuchli bo’lib uyqudagi ko’pchilik odam uyg’onadi, ba’zi binolarda yoriqlar vujudga keladi.
7 Ball. Juda kuchli bo’lib ,buyumlar ag’dariladi, mo’ri g’ishtlari qulaydi.
8 Ball. Xavfli bo’lib xom g’ishtli binolar buziladi,pishiq g’isht devorlarida yoriqlar vujudga keladi.
9 Ball. Juda xavfli bo’lib, ba’zi binolar qulaydi. Yerda 10 sm keladigan yoriqlar paydo bo’ladi.
10 Ball. Vayronagarchilikka olib keladi,juda ko’p binolar qulaydi. 1 M keladigan yoriqlar paydo bo’ladi, ba’zi tog’lar qulab tushadi.
11 Ball. Xalokatli (fojiali) bo’ladi. Butun binolar qulaydi.
12 Ball. O’ta harakatli bo’ladi. Barcha inshoot va buyumlar ag’dariladi, daryo o’zani o’zgaradi, tog’lar qulab relef shakli o’zgaradi.
Slayd 25
Yerning ichki qismidagi o‘ta qiziganjismlar (magma) va turli gazlar yoriqlar orqali kuchli bosim ta’sirida yer ustiga otilib chiqishiga vulqonlar deyiladi. Vulqonlar otilib chiqayotgan joy – krater, kraterdan chiqayotgan niahsulot lava deb ataladi. Lavalar atrofga chiqib to’planaveradi, natijada vulqon tog’lari,cho’qqilari hosil bo’ladi. Kavkaz tog’laridagi Elbrus, Kazbek, Ararat,Kamchatka yarim orolidagi Klyuchi-Sopkasi, Gavai orolidagi MaunaLoa, Afrikadagi Kilimanjaro, Italiyadagi Etna va boshqa cho’qqilar qadimiy vulqon cho’qqilaridir.
Yerning ichki qismidagi yuqori harorat mantiyadagi moddalarningerigan holatda bo’lishiga sababchi bo’ladi va ular magma deyiladi.
Slayd 26
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI RIVOJLANISHI HAQIDA NAZARIYA VA QONUNLAR. AHOLINING TARKIB TOPISHI. AHOLINING HUDUDIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen tusdagi xavflar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholi sonini hisoblash va tahlil qilish. Mehnat resurslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.