O‘lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari

4000 so'm


O‘lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari

 

 

Slayd 1

O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari

Slayd 2

Reja:
O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari
O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan
O’lkashunoslik manbalari

Slayd 3

O’lkashunoslik o’z tug’ilgan va yashaydigan joyi qahidagi bilimlar majmuasi bo’lib, juda uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar ham o’z yashash joylari tabiatini juda yaxshi bilishgan, ular o’zlarining eng sodda bilimlarini toshlarga chizib ketishgan. Bunday rasmlarning anchagina qismi hozirgachasaqlanibqolgan.
Insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan o’lka to’g’risidagi ma’lumotlar ham to’plana boshladi. Natijada yozma yodgorliklar va manbaalar vujudga kela boshladi. Antik davrda va o’rta asrlarda turli xil o’lkalarni tabiati, xo’jaligi, tarixi va madaniyatiga bag’ishlangan asarlar vujudga keldi. O’lkamiz haqidagi ma’lumotlar Al-Xorazmiyning «Kitob – Surat – al Arz»asaridakeltirilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Al-Beruniy XI-asrda «Hindiston» «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» Zaxriddin Muxammad Boburning «Boburnoma» asari o’lkashunoslikka qo’shilganulkan xissasi hisoblanadi.
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan o’lkashunoslik fanining doirasi toraya va chuqurlashaverdi. XX-asrga kelib o’lkashunoslik deganda o’z turar joyi, xo’jaligi, tarixi va madaniyati tushunila boshlandi. Natijada alohida viloyatlar, tumanlar va shaharlarga bag’ishlangan o’lkashunoslik asarlari vujudga keldi. Masalan «Xonobod», «Andijon viloyati», «Samarqandviloyati», «Xorazmgeografiyasi» va x.z.
O’zbekistonning xar bir viloyatining tabiiy va iqtisodiy xaritalari nashr qilindi. Xozirgi paytda xar bir viloyatning geografik va o’lkashunoslik atlaslarini yaratish loyixalari tuzilm O’lkashunoslikning ob’yekti bo’lib tabiat, axoli, xo’jalik, tarix, san’at va madaniyat hisoblanadi. Mazkur ob’yektlar turli fanlar tomonidan o’rganiladi. Ammo barcha fanlarning o’rganish predmeti bittadir, ya’ni o’lka. «O’lka» shartli tushuncha bo’lib, uning miqiyosi kim va qanday maqsadda o’rganishiga bog’liq. Masalan maktab, akademik litsey yoki kasb–xunar kollejlari uchun maktab atrofi, maxala, qishloq, tuman, shaxar bo’lishi mumkin. O’lkashunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud: tabiiy yoki geografik o’lkashunoslik, iqtisodiy o’lkashunoslik, tarixiy, etnografik o’lkashunoslik, madaniy va san’at o’lkashunosligi. Tabiiy yoki geografik o’lkashunoslik o’lka tabiatini, ya’ni o’lkaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog’i, o’simligi va xayvonot dunyosi xamda landshaftlarini o’rganadi.
Iqtisodiy geografiya va iqtisodiy o’lkashunoslik o’lka axolisini, shaxar va qishloqlarini, ishlab chiqarish korxonalarini, transport tizimini va tashqi iqtisodiy aloqalarini o’rganadi.
Tarixiy o’lkashunoslikning maqsadi o’lka tarixini, tarixiy voqealarni, arxeologik yodgorliklarni, tarixiy yodgorlikl San’atshunoslik o’lkashunosligining maqsadi o’lkaning xalq ijodini o’rganishdir, ya’ni muxim axamiyatga ega bo’lgan san’at asarlarini, tarixiy joylarni (mashxur kishilarni ijodi va xayoti bilan bog’liq bo’lgan) o’rganishdir.

Slayd 4

Geografik o’lkashunoslik o’lkani tabiati va xo’jaligini o’rganish bilan bog’liq. Geografik o’lkashunoslik o’quvchilarga va talabalarga o’z o’lkasini o’rganishga va bilishga imkon yaratadi xamda fanlarni yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi, abo’lish ruxida tarbiyalaydi. Geografik o’lkashunoslik ikkita yirik tarmoqdan iborat: tabiiy geografik yoki tabiiy o’lkashunoslik; iqtisodiy geografik yoki iqtisodiy o’lkashunoslik. Tabiiy o’lkashunoslik ekologiya va tabiatni muxofaza qilishni zamonaviy muammolarini global, milliy, mintaqaviy va maxalliy jixatlarini o’rganishni ta’minlaydi. Atrofdagi landshaftlar bilan yaqindan tanishish, tabiat qonunlarini o’rganish o’quvchilarda ilmiy ishlarga qiziqishni rivojlantiradi va kelajakda yetuk mutaxassis yoki olim bo’lib yetishish uchun zamin tayyorlaydi. Tabiatning tarkiblarini qonuniy uyg’unligi yer yuzasida turli o’lchamlarga ega bo’lgan tabiiy xududiy komplekslarni keltirib chiqaradi. Eng yirik tabiiy xududiy kompleks bo’lib geografik qobiq xisoblanadi. Geografik qobiq turli kattalikdagi tabiiy xududiy komplekslarga bo’linib ketadi (materiklar va okeanlar, tabiiy geografik o’lkalar va provintsiyalar, zonalar va x.k). O’lkashunoslik ishlari odatda bitta landshaft doirasida olib boriladi. Geografik landshaft deganda aniq tabiiy chegaraga, bir xil geologik, geomorfologik asosga, bir xil gidrotermik sharoitga, tuproq va o’simlik qoplamiga ega bo’lgan xudud tushuniladi. Geografik landshaftning o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganilishi quyidagi tartibda olib boriladi.

Slayd 5

Slayd 6

O’lka geologik tuzilishini, relefi va foydali qazilmalarini o’rganish.
O’lka iqlimini o’rganish
Ichki suvlarini o’rganish
Tuproq qoplamini o’rganish
O’simlik qoplamini o’rganish
Hayvonot dunyosini o’rganish
Landshaftlarini o’rganish
Yuqoridagi tabiiy geografik tavsiflar tabiatni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganishni asosiy yo’nalishlarini tashkil qiladi. Iqtisodiy geografik yoki iqtisodiy o’lkashunoslik o’lkani axolisini va xo’jaligini o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganadi, ya’ni iqtisodiy o’lkashunoslik o’lkaning xozirgi iqtisodiy – ijtimoiy xayotini o’rganadi. Iqtisodiy o’lkashunoslikning ob’yektlari bo’lib o’lka axolisi xo’jaligi, shaxarlari, qishloqlari, alohida sanoat korxonalari (fabrikalari, fermer xo’jaliklari, ilmiy va madaniy tashkilotlar, dam olish korxonalari, ta’lim muassasalari va x. k)
Topografik ishlar.

Slayd 7

O’lkaning geografik joylashuvi
O’lka aholisi
O’lka tabiiy boyliklari
O’lka xo’jaligining rivojlanish tarixi
O’lka sanoatining asosiy tarmoqlari
O’lka sanoatining asosiy tarmoqlari
O’lka transporti
O’lkaning tashqi iqtisodiy aloqalari
O’lka aholisi va xo’jaligi quyidagi tartibda o’rganiladi

Slayd 8

Ma’naviy yodgorliklar
Qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar, bitik, qo‘lyozma kitob va arxiv hujjatlari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy manbalardan iboratdir.

Slayd 9

Arxeologik manbalarikki turga bo’lib o‘rganiladir
Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) – inson va hayvon suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo‘lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o‘rganadi.
Inson tomonidan yaratilgan moddiy manbalar, ulaming mehnat qurollari, yarog‘-aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-ziynat buyumlari, yozuv va hokazolar.
Arxeologik manbalar ikki turga bo’lib o‘rganiladi:r

Slayd 10

Arxeologiya
Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi boiib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Arxeologiya iborasi “arxaios” – qadimgi, “logos” fan degan ikkita yunoncha so‘zning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni beradi. Lekin oldingi davrlarda arxeologiyani fanning qaysi sohasiga qo‘shish to‘g‘risida bahs va munozaralar bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni qadimgi san’at haqidagi fan, yana bir toifadagilar esa sopol buyumlami o‘rganuvchi fan, degan fikrni bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali fan deb tushunganlar.

Slayd 11

(Yunoncha “topos” – joy, “onoma” – nom) – joy nomlari to‘g‘risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini o‘rganadigan fan, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi tushuniladi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Toponimika xalqlaming tarixi) o’tmish xususiyatlarini jonlantirishga, ulaming joylashish chegaralarini belgilashga, tillaming o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va shahar, qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam beradi.
Toponimika

Slayd 12

Antropologiya
Arxeologik qazishmalar jarayonini, yangi paleoantropologik ma’lumotlar yig‘ish va ulami tadqiq etishni talab etadi Ma’lumki, antropologlar turli tarixiy davrlarga oid odam suyaklarini o‘rganishlari natijasida ularning tashqi qiyofalarini tiklab, qaysi antropologik irqqa oid ekanligini aniqlaydilar. Antropologiya odamning kelib chiqishi va evolutsiyasi, odamzod irqining paydo boiishi haqidagi fan hisoblanadi. Antropologiyaga oid ma’lumotlar bundan bir necha ming yil oldin bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshladi.

Slayd 13

Etnografiya
(Yunoncha, «etnos» – xalq, «grapho» – yozaman, xalq haqida ma’lumotlar; xalqshunoslik) xalq urf-odatlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, xo‘jaligi, diniy e’tiqodlari, folklor va hokazolarni o‘rganadi. Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning tadqiqot obyekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning o‘zaro o‘xshashligi va tafovutlari, kelib chiqishi va joylashishi, madaniy-maishiy aloqalari, ijtimoiy va oilaviy turmush kabi ma’lumotlarning tahlilini qiladi.

Slayd 14

Geografik o’lkashunoslik nimani o’rganadi?
Geografik o’lkashunoslik qanday tarmoqlardan iborat?
Geografik landshaftlarni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganish qanday tartibda olib boriladi?
Iqtisodiy o’lkashunoslik nimani o’rganadi?
Iqtisodiy ob’yektlar o’lkashunoslik maqsadlarida qanday tartibda o’rganiladi?
Tabiiy va iqtisodiy o’lkashunoslik orasida bog’liqlikni aniqlang.
Savol va topshiriqlar

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar