Hujayra morfologiyasi va nazariyasi
4000 so'm

Slayd 1
Hujayralarning umumiy morfologiyasini o’rganish
Slayd 2
Reja:
Hujayranazariyasi
Hujayramorfologiyasi
Hujayradagibiologik jarayonlar
Slayd 3
Hujayra nazariyasi – barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.
Slayd 4
Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini «Mikrografiya» nomli asa-rida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.
Slayd 5
Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon boʻladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega boʻlgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi. Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil boʻlishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega.
Slayd 6
Hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. Ko‘p hollarda ular juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr (mkm, 1mkm – 0,001 MM) ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan: tarvuz hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. Eng katta hujayralarga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi. Elektron mikroskop orqali olib borilgan tekshirishlar bakteriyalar ,o‘simliklar va hayvonlar hujayrasida yupqa tashqi qobiq borligini aniqlash imkonini berdi. Bu qobiq hujayraning tashqi membranasi deb ataladi (lotincha «membrana» – qobiq, parda). Hujayra qobig‘i hujayrani tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan bog‘lab turishni ta’minlaydi. Shuningdek, u himoya, to‘siq, moddalarni tanlab o‘tkazish, retseptorlik vazifasini ham bajaradi. Hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig‘i juda yupqa va elastik bo‘ladi. Shuning uchun tayanch vazifasini bajara olmaydi.
Slayd 7
O‘simlik hujayrasining qobig‘i qalin bo‘lib, u asosan sellyulozadan iborat. O‘simlik hujayrasining qobig‘i tayanch vazifasini ham bajaradi. Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo‘lgan – biologik membranadir.
Slayd 8
Biologik evolyutsiyaning boshlanishi yerda hayotning hujayraviy shakllarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Hujayralar organizmning qaysi qismida uchrashidan qat’i nazar u barcha hujayralar uchun umumiy hisoblangan belgilar va xususiyatlarga ega bo‘ladi. Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Hujayraning fizik xossalari – hajmi, tarangligi suvga bog‘liq bo‘ladi. Tirik organizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasining zaruriy tarkibiy qismi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ularning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lar hosil qilib bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi.
Slayd 9
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 10
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.