Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi
5000 so'm

Slayd 1
Yusuf Xos Hojib
(XI asr)
Slayd 2
Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek (turkiy xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf – asl ismi.
Yusuf hozirgi Qirg‘izistonning Talas vodiysi hududidagi qadimiy Bolosog‘un shahrida tug‘ilgan. Bolosog‘uniy deyilishi shundan. Ba’zi manbalarda bu shahar Quzo‘rda deb ham tilga olinadi.
Slayd 3
Aynan «Qutadg‘u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo‘lgani uchun muallifga «xos hojib», ya’ni eshik og‘asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga qo‘shib olgan.
Slayd 4
Shoirning qabri va maqbarasi
Slayd 5
Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat.
Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg‘u bilig» asari yetib kelgan. Shoir hayotiga oid ma’lumotlarni ham faqat shu dostondangina topamiz. Asar hijriy 462, ya’ni milodiy 1069-1070-yili Koshg‘arda yozib tugallangan.
Slayd 6
Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri edi. Yuqori Chindan Kaspiy dengiziga qadar bo‘lgan juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida bo‘lgan.
Koshg‘ar (ikkinchi nomi O‘rdukent) shu ulug‘ saltanatning poytaxti edi. Bolosog‘un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisoblanardi.
Slayd 7
Asar tuzilishi
Asar nasriy hamda she’riy muqaddimadan tashqari, 71 maxsus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko‘proq savol-javob, munozara olib boriladi.
So’ng Allohga “hamd”(maqtov) va payg’ambarga na’t» qismlari keladi. Hukmdor Bug’raxon tavsifiga maxsus bob bag’ishlangan. Undan keyin olamning qurilishi, bilim ta’rifi, til odobi haqida ham alohida-alohida boblar bor. So’ng muallifning o’z-o’ziga murojaati, ezgulik amallari, uquv-idrok foydalari, kitobga nom berilishi haqida so’z yuritilib, gap elig (podsho) Kuntug’diga kelib taqaladi. Uning odil hukmdor sifatidagi ta’rif-tavsifidan so’ng, 12-bobdan e’tiboran asar voqeasi boshl’anadi.
Slayd 8
Bebaho sovg’a
Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig) Tavg‘achxon Ulug‘ Bug‘ra Qoraxonga taqdim etadi.
Asarning bor-yo‘g‘i uch nusxasigina saqlanib qolgan:
1. Vena nusxasi.
2. Qohira nusxasi.
3. Namangan nusxasi.
Slayd 9
1. Vena nusxasi
U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy tavalludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan. (Uyg‘ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantirilgan sof turkiy yozuv edi.)
Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan.
Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi.
1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee(Amadee) bu buyuk asar haqida ma’lumot chop etib (e’lon qilib), uni ilm ahliga tanishtiradi.
Slayd 10
2. Qohira nusxasi
1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko‘chirilgan nusxasi Qohirada topildi.
Slayd 11
3. Namangan nusxasi
Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg‘ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo‘lida «Qutadg‘u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi.
Buyuk o‘zbek olimi (atoqli adabiyotshunos) Abdurauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo‘lyozmani olishga muyassar bo‘ladi.
Slayd 12
Mashhur doston
«Qutadg‘u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo‘lsa ham, muallif uning o‘z davrida mashhur ekanini yozadi:
• Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar odobi»);
• Mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omonliklari»);
• Sharq elining ulug‘lari «Ziynat ul-umaro» («Amirlar ziynati»);
• Eronliklar esa «Shohnomayi turkiy» («Turkiy shohnoma»);
• Turonliklar «Qutadg‘u bilig»;
Ba’zilar esa «Pandnomayi muluk» («Podshohlar pandnomasi») deb atayotgani qayd etiladi.
Slayd 13
Doston nomining ma’nosi
«Qut» — baxt, saodat, «bilig» esa — bilim degani.
Shunga ko‘ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga yo‘llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin.
Abdurauf Fitrat uni «Baxtliklanish bilimi» deb o‘girgan.
Slayd 14
Dostonning asosiy qahramonlari
Dostonda to‘rt asosiy qahramon bor:
• Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor. U adolat ramzi bo‘lib kelgan;
• Oyto‘ldi (to‘lgan Oy) – vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi;
• O‘gdulmish aqlga to‘lgan)- vazirning o‘g‘li. U aql va zakovat ramzi yanglig‘ tasvirlangan;
• O‘zg‘urmish (uyg‘ongan) – vazirning qarindoshi. U asarda qanoat, ofiyat, ya’ni sog‘lomlik ramzi sifatida qalamga olingan.
Slayd 15
Qisqa satrlarda asar voqealari
Elig Kuntug’dining adolati haqidagi gaplar butun dunyoga taraladi. Har tomondan uning huzuriga odamlar kela boshlaydilar. Shular qatorida ko’p mashaqqatlar chekib Oyto’ldi nomli oqil va mard kishi ham keladi. Kuntug’di uni har tomonlama sinab ko’rib, adolati va sadoqatiga ishonch hosil qilgach, o’ziga vazir qilib oladi. Yurtda nizom va qoida ustuvor bo’lib, shu darajada adolat qaror topadiki, xazina oltinga to’lib, qo’zi bo’ri bilan yonma-yon omonlikda yashay boshlaydi. Lekin kunlardan bir kun Oyto’ldi xastalanib vafot etadi. O’limi oldidan o’g’li O’gdulmishga Kuntug’di xizmatiga borishini vasiyat qiladi. O’g’li ulg’ayib, kamolga yetgach, podsho huzuriga borib, uning e’tibor va hurmatiga sazovorbo’ladi. Oyto’ldidan ham oqil va tadbirli chiqib, el-yurtni yashnatib yuboradi. Tabiiyki, el-yurt kengayib, ishlar ko’payib boraveradi…
Slayd 16
BEGLIKKA SAZA BO‘LG‘UTEK BEG NEKUTEK KERAKIN AYTUR
Darslikdagi parcha Qayum Karimov tabdilidir.
«Beklikka loyiq bek qanday bo‘lishini aytadi» qismi asarning 31-bobi bo‘lib kelgan. Unda jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya’ni bekka muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir beklikka loyiq shaxsda qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi lozimligi masalasini atroflicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi. Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom etadi.
Slayd 17
4 ustun
Beklik mustahkam bo‘lishi uchun to‘rt narsaga:
• Kuchli lashkarga;
• Kuchli lashkarni saqlash uchun ko‘p boylikka;
• Ko‘p boylikni to‘plash uchun badavlat xalqqa;
• Boy-badavlat xalqqa ega bo‘lish uchun adolatli siyosat yuritishga katta ehtiyoj bor.
Slayd 18
5 illat
Vazir — bek mana bu besh illatdan ehtiyot bo‘lmog‘i zarur:
• Shoshqaloqlik;
• Ochko‘zlik;
• Jaholat (aql bilan emas, jahl bilan ish ko‘rish, bilimsizlik);
• Buzuq fe’llilik;
• Yolg‘onchilik.
Slayd 19
Bilimingizni sinang!
1. Y. X. Hojib qachon qayerda yashab ijod etgan?
2. “Qutadg’u bilig” qachon yozilgan?
3. “Qutadg’u bilig”ning nechta nusxasi yetib kelgan?
4. “Qutadg’u bilig”ni kim sotib olgan?
5. “Qutadg’u bilig”ning Namangan nusxasi haqida ma’lumot bering.
6. “Qutadg’u bilig” qanday shaklda va qanday vaznda yozilgan?
7. “Qutadg’u bilig”ni “Baxtliklanish bilimi” deb tarjima qilgan olim kim edi?
8. “Qutadg’u bilig”ning qahramonlarini sanang?
“Qutadg’u bilig”da beklik mustahkam bo’lishi uchun to’rt narsaga ehtiyoj borligi aytilgan. Shu to’rt narsa nima edi?
10. “Qutadg’u bilig”da vazir, ya’ni bek o’zida shunday ko’p fazilatlarni kamolga yetkazish bilan birga besh illatdan ehtiyot bo’lmog’i zarurligi aytilgan. Bu besh narsa nima edi?
11. “Qutadg’u bilig”ni she’riy yo’l bilan ommabop qilib o’zbekchalshtirilgan olim kim?
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.