YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari.
2. Yosh psixologiya fanining (qisqacha rivojlanish tarixi) asosiy metodologik tamoyillari.
3. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari.
4. Psixologik tadqiqotlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.
=== Taqdimot 3 ===
Mavzuning o‘quv maqsadi
Bo‘lajak pedagoglar tomonidan yosh psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari, tadqiqot metodlari o‘zlashtirilishini tashkil etish.
Fanining predmeti, bo‘limlari, tadqiqot metodlari bilim, malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.
Mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.
=== Taqdimot 4 ===
Yosh psixalogiyasi fani
Psixik rivojlanish;
Bolalik;
O‘smirlik;
O‘spirinlik;
Yetuklik.
=== Taqdimot 5 ===
Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish mumkin
1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi muammosi.
2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi.
3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.
=== Taqdimot 6 ===
Yosh psixologiyasining predmeti
Inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
=== Taqdimot 7 ===
Yosh psixologiyasi sohalari
01.
Bolalar psixologiyasi
02.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi
03.
O‘smir psixologiyasi
04.
Ilk o‘spirinlik psixologiyasi
05.
Katta yoshdagilar psixologiyasi
06.
Gerontopsixologiya psixologiyasi
=== Taqdimot 8 ===
Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish.
2. Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.
3. Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.
4. Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi.
=== Taqdimot 9 ===
Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Pedagogik psixologiya – ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
=== Taqdimot 10 ===
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar
1. Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi.
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi.
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari.
4. Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri muammosi.
=== Taqdimot 11 ===
Pedagogik psixologiyada qo‘llaniladigan barcha metodlar quyidagilarga bo‘linadi:
Tashkiliy metodlar.
Sharhlash metodlari.
Baholash metodlari.
Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari.
=== Taqdimot 12 ===
Fanning tarixi haqida
Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asari katta rol o‘ynaydi.
=== Taqdimot 13 ===
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer
Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.
=== Taqdimot 14 ===
Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar
Ular qatoriga P.Y,Galperin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojets, G.S.Kostyuk, A.N.Leantov, N.A.Manchin, B.G.Ananiyev va boshqalar kiradi.
=== Taqdimot 15 ===
Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlari
M.G.Davletshin
E.G‘.G‘oziyev
M.Vohidov
=== Taqdimot 16 ===
Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlari
R.I.Sunnatova
Z.T.Nishonova
=== Taqdimot 17 ===
Fanning tamoyillari
Determinizm tamoyili.
Ong va faoliyat birligi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi.
=== Taqdimot 18 ===
Fanning tamoyillari
Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi о‘zgarishiga qarab о‘zgarishini anglatadi.
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan tamoyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan о‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bо‘lsagina, u tо‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin.
=== Taqdimot 19 ===
D.B. Elkonin bo‘yicha yoshni davrlashtirish
Gо‘daklik.
Ilk bolalik.
Kichik va о‘rta maktabgacha yosh davri.
Katta maktabgacha yosh davri.
О‘smirlik davri.
Ilk о‘spirinlik davri.
Bevosita emotsional muloqat.
Predmetli faoliyat.
О‘yin faoliyati. Rolli-syujetli.
О‘qish faoliyati.
Muloqot.
О‘quv – kasbiy faoliyat.
0-1 yosh
1-3 yosh
3-5 dan 5-7 yosh
7-11 yosh
11-15 yosh
15-18 yosh
=== Taqdimot 20 ===
E.G‘. G‘oziyev bo‘yicha
Chaqaloqlik va gо‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha.
Ilk bolalik davri –1-3 yoshgacha.
Maktabgacha yosh davri–3-6 yoshgacha.
Kichik maktab yosh davri–6-10 oshgacha.
О‘smirlik davri–10-11yoshdan 14-15 yoshgacha.
Ilk о‘spirinlik davri –15-18 yoshgacha.
О‘spirinlik davri –18-22 yoshgacha (talabalik).
=== Taqdimot 21 ===
Yoshlik davri – 23-28 yoshgacha.
Yetuklik davri 1-bosqichi –28-35 yoshgacha.
Yetuklik davri 2-bosqichi –36-55 (60) yoshgacha.
Keksayish davri – 61 (56)- 74 yoshgacha.
Keksalik– 75-90 yoshgacha.
Uzoq umr kо‘ruvchilar –90 dan yuqori.
E.G‘. G‘oziyev bo‘yicha
=== Taqdimot 22 ===
Z.Freyd bo‘yicha psixoseksual rivojlanish bosqichlari
1. Oral bosqich. (tug‘ilgandan 1– 1.5 yoshgacha) Bu davrda gо‘dak og‘iz va lab sohalarining stimulyasiyasidan qoniqish va lazzat oladi.
2. Anal bosqich. (1 – 1.5 yoshdan 3 yoshgacha) chiqaruv funksiyasi orqali qoniqish oladi.
3. Fallik bosqich. (3 yoshdan 5 – 6 yoshgacha) erogen zona genitaliy sohasida joylashgan (Edipov kompleks yoki elektro kompleksi).
4. Latent bosqich. (5 – 6 yoshdan 12 yoshgacha). Bunda jinsiy mayllar ikkinchi darajaga о‘tib, о‘zini namoyon qilmaydi.
5. Genital bosqich. (12 yosh va undan yuqori) jinsiy mayllar pubertat va о‘smirlik davrida yana 1 darajaga о‘tadi.
=== Taqdimot 23 ===
Psixik taraqqiyotning quyidagi qonuniyatlarini farqlash mumkin
U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bо‘lgan yosh davrlari senzitiv davr deyiladi.
L.S.Vigotskiy
A.N.Leontev
=== Taqdimot 24 ===
Psixik taraqqiyotning quyidagi qonuniyatlarini farqlash mumkin
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati. Ta’lim-tarbiya sharoitida bolaning psixikasini maqsadga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati nerv sistemasining ana shu plastikligiga asoslanadi.
I.P. Pavlov
=== Taqdimot 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK RIVOJLANISH VA UNI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar