=== Taqdimot 1 ===
YASHASH UCHUN KURASH
VA TABIIY TANLANISH
=== Taqdimot 2 ===
Sizlar kundalik hayotda qoqio‘t, ituzum, uy pashshasi, baqalar va boshqa hayvonlar, o‘simliklar o‘zidan ko‘p nasl qoldirishini kuzatgansizlar. Ko‘p hollarda qoldirgan naslning barchasi voyaga yetmay nasl berishga ulgurmaydi. Ularning ko‘pchiligi shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida nobud bo‘ladi.
=== Taqdimot 3 ===
NOBUD BO‘LISH SABABLARI HAR XIL
=== Taqdimot 4 ===
Binobarin, har bir tirik mavjudot yashash uchun va nasl qoldirish uchun doimo kurashadi. Darvin yashash uchun kurash iborasini keng ma’noda, ya’ni organizmlarning o‘zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlarini, shuningdek, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan.
=== Taqdimot 5 ===
YASHASH UCHUN KURASH TURLARI
Bir turga mansub organizmlar orasidagi kurash
Xar xil turga mansub organizmlar orasidagi kurash
Organizmlarning onorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash
=== Taqdimot 6 ===
HAR XIL TURLARGA MANSUB
ORGANIZMLAR ORASIDAGI KURASH
=== Taqdimot 7 ===
BIR TURGA KIRUVCHI ORGANIZMLAR
O‘RTASIDAGI KURASH
=== Taqdimot 8 ===
ORGANIZMLARNING ANORGANIK TABIATNING NOQULAY SHAROITLARIGA QARSHI KURASHI
=== Taqdimot 9 ===
=== Taqdimot 10 ===
ORGANIZMLAR ORASIDAGI MUNOSABATLARDAN
INSONLARNING FOYDALANISHI
Bir turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi. Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo etilayotganda tuproqqa zamburug‘ gifalari solinib, mikoriza hosil qilinadi.
=== Taqdimot 11 ===
Yirtqich hayvonlar – bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ularning sanitarlik roli, ya’ni o‘ljalar orasida nimjon, kasal individlarni ko‘plab yo‘qotishi hisobga olinadi.
=== Taqdimot 12 ===
Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi. Ular madaniy o‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun (piyoz, sabzi, rediska va boshqalar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos. Zararkunanda hasharotlar xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va
qarshi kurashda, mikrofanus, tillako‘z, trixogramma, afelinus,
tugmachaqong‘izlardan (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi.
=== Taqdimot 13 ===
TABIIY TANLANISH VA UNING TURLARI
Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi.
=== Taqdimot 14 ===
Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi.
=== Taqdimot 15 ===
Ch. Darvin tabiiy tanlanish jarayonini sun’iy tanlash bilan taqqosladi. Agar sun’iy tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun’iy tanlanishni o‘tkazishda inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson manfaati uchun xizmat qiladigan belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi.
=== Taqdimot 16 ===
HOZIRGI VAQTDA TABIIY
TANLANISHNING 3 TURI FARQLANADI
Harakatlantiruvchi
Stabillashtiruvchi
Dizruptiv
=== Taqdimot 17 ===
STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH
Bu tanlanish populyatsiyaning o‘zgaruvchanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populyatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populyatsiya yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘zgaruvchanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi moslashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi.
=== Taqdimot 18 ===
BEMPES TAJRIBASI
Fenotipik keskin o‘zgargan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populyatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomonidan chumchuqlar ustida o‘tkazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi,normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan.
=== Taqdimot 19 ===
Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2-3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.
=== Taqdimot 20 ===
HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH
Tabiiy tanlanishning bu turi populyatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi. Harakatlantiruvchi tanlanish o‘zgargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Ot evolutsiyasi harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.
=== Taqdimot 22 ===
DIZRUPTIV TANLANISH
Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir tur ga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individlar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohida shakli bo‘lgan dizruptiv tanlanish natijasidir.
=== Taqdimot 23 ===
Chunonchi, ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘izida mavsumiy polimorfizm hodisa sini ko‘rish mumkin. Bu qo‘ng‘izning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi va yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish orqali bu ikki xil tugmacha qo‘ng‘iz guruhlari o‘z naslini saqlab kelmoqda.
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.