XIX-XX asr boshlarida okean, Arktika va Antarktida tadqiqotlari

4000 so'm


XIX-XX asr boshlarida okean, Arktika va Antarktida tadqiqotlari

 

 

Slayd 1

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Dunyo okeanlari, Arktika va Antarktidada olib borilgan geografik tadqiqotlar tarixi

Slayd 2

Reja:
Dunyo okeanlarining geografik tadqiq etilish tarixi
Arktikaning geografik tadqiq etilish tarixi
Antarktidaning geografik tadqiq etilish tarixi

Slayd 3

Okeanologiya sohasida yangi davr U.Tomson ekspeditsiyasidan
(1872 – 1876) maxsus jihozlangan «Chelenjer» kemasida kompleks ilmiy tadqiq etila boshlandi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlari tubining birinchi xaritasi tuzildi, chuqur suvosti hayvonlarining birinchi kolleksiyasi to’plandi.

Slayd 4

Umumiy ma’Lumotlar
Okeanning dengizlar bilan birga maydoni – 178 700 000 km²
Suv hajmi – 710 400 000 km³
O‘rtacha chuqurligi – 3 960 m
Maksimal chuqurligi – Mariana cho‘kmasi, 11 022 m
Dengizlar soni – 26
Eng yuqori suv ko‘tarilishi – Penjin qo‘ltig‘i, 13,2 m
Eng katta qo‘ltiq – Alyaska, 384 000 km²
Tinch («Pasifico») okeani

Slayd 5

Tinch okeanini o’rganiLIsh tarixi 3 davrga bo’linadi:
Qadimgi sayohatlardan 1804 yilgacha
(Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi, okean chegaralari, uning boshqa okeanlar bilan bog’liqligi aniqlangan);
1804 yildan 1873 yilgacha (okean suvining fizik xossalari, chuqur joylari o’rganildi);
1873 yildan keyingi davrni o’z ichiga oladi (maxsus ekspeditsiyalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi).

Slayd 6

Atlantika okeani
Umumiy Ma’lumotlar
Okeanning dengizlar bilan maydoni – 91 700 000 km²
Suv hajmi – 330 000 000 km³
O‘rtacha chuqurligi – 3 926 m
Maksimal chuqurligi – Puerto-Riko cho‘kmasi, 8 742 m
Dengizlar soni – 20
Eng yuqori suv ko‘tarilishi – Fandi qo‘ltig‘i, 18 m
Eng katta qo‘ltiq – Meksika, 1 555 000 km²

Slayd 7

Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan ma’lum bo’lgan: miloddan 1200 yil oldin finikiyaliklar, 300 – 100 yil oldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shimoliy Afrika qirg’oqlariga yaqin qismlarida, 9–10-asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15-Asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yoʻllarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 −1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vaskoda Gama (1498) sayohatlari alohida o’rin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo bo’ylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan o’tgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida ma’lumot berdi. Atlantika okeanini o’rganishda Xalqaro geofizika yili davrida o’tkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shundan so’ng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkor-liqda o’rgana boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan o’rganilmoqda.

Slayd 8

Hind okeani
Maydoni 76 170 000 km², kattaligi jiqatdan 3-o’rinda.
Suv hajmi 282 700 000 km3, o’rtacha chuqurligi 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond novi). Bu yerda qo’ltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va boshqalar) va dengiz (Qizil, Andaman, Timor, Arafura va boshqalar) ko’p. Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning o’rta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqa bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan tog’larida marjon orollar ko’tarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqa

Slayd 9

Hind okeani haqidagi lastlabki tasavvurlarga uning sohillarida yashagan xalkdar ega bo’lganlar. Ular savdo va harbiy maqsadlarda Hind okeanining turli qismlarida suzishgan. Miloddan avvalgi 5-4 ming yilliklarda Mesopotamiyada yashagan shumerlar Fors qo’ltigi va Arabiston dengizida suzganlar. Finikiyaliklar esa miloddan avvalgi 4-asrda Qizil dengizdan chiqib, Afrikaning sharqiy va janubiy qirg’oqlari bo’ylab aylanib chiqqanlar. O’rta dengiz bo’yida yashagan xalqlar okeanla musson shamollardan foydalanib suzishgan. Yunop va rimliklar Ben-galiya qo’lgigi orqali Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoy bilan aloqalar o’rnatganlar. Arablar 1-8 asrlarla okean to’g’risida juda ko’p ma’lumot to’plashgan. 1441 yilla Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga dengiz orqali sayohat qilgan. Hind okeani va uning sohillari va Hindiston to’g’risida go’plagan ma’lumotlarini «Ikki saodatli yulduzning balqishi va ikki dengizning qo’shilishi» asarining 2 bobida bayon etgan. Undan 27 yil keyin Hind okeaniga Afanasiy Nikitin, 56—57 yildan so’ng portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama borgan. Ibn Mojid ham o’z asarlarida Qizil dengiz, Fors qo’ltig’i, Hind okeanida kemalarning suzish yo’nalishlarini tavsif-lab bergan.
Hind okeani qirg’oqlarini aniqpash, geografiyasini o’rganishga bagishlangan dengiz ekspeditsiyalari 18-asr oxirlaridan boshlandi. 1772—75 yillarda J.Kuk, 1803—06 yillarda I.F.Kruzenshtern va Yu.F.Lisyanskiy, 1815-16 va 1823-26 yillarda O.Ye.Kotsebu tadqiqot ishlari olib borishdi. 19—20 Asr boshlarida Hind okeanini o’rganish ishlari kengaydi. 1857—69 yillarda Arabiston dengizi va Bengaliya qo’ltig’ida suv osti telegraf kabellarini o’tkazish maqsa-dida okean tubi o’rganildi. 1898-1899 yillarda Germaniya tashkil etgan chuqur suv ostini o’rganish ekspeditsiyasi Sharqiy Hindiston va Arabistoi – Hindiston suv osti tog’larini kashf etdi. 1906 yilda yana bir nemis kemasida olib borilgan o’lchash ishlari natijasida Yava botig’i kashf etildi. 20-Asrda Hind okeanini Xalqaro geofizika yili dasturi asosida «Ob», «Lena» kemalarida tashkil etilgan ekspeditsiya o’rgandi. 1959—60 yillarda Aqsh okeanshunoslari G’arbiy Hind sun osti tizma tog’laripi kashf etdilar. 1960-65 yillarda Hind okeanida Xalqaro ekspsditsiya bo’lib, uning dasturiga okeapni har tomonlama to’liq o’rganish kirtildi, unda 20 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etdi. Ekspeditsiya 2000 dan ortiq okeanologik stansiya tashkil qildi. Hozirgi vaqtda suv osti apparatlari yordamida ham kuzatish ishlari olib borilmoqda. 2004 yil dekabrda ro’y bergan zilzilalar va sunamidan keyin oke-anni o’rganish yana ham kuchaytirildi.

Slayd 10

Shimoliy muz okeani
Umumiy Ma’lumotlar
Okeanning dengizlar bilan maydoni – 14 100 000 km²
Suv hajmi – 18 000 000 km³
O‘rtacha chuqurligi – 1 225 m
Maksimal chuqurligi – Grenlandiya dengizidagi uzilma, 5 527 m
Dengizlar soni – 10
Eng yuqori suv ko‘tarilishi – Mezen qo‘ltig‘i, 10 m

Slayd 11

Shimoliy muz okeani – Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo’g’ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel.
Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o’sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.

Slayd 12

Arktikadagi tadqiqotlar Frans – Iosif Yeri arxipelagining kashf etilishi F.Nansen, R.E.Piri, F.A.Kuk, N.A.E.Nordensheld. R.Amundsen sayohatlari asosida olib borildi.

Slayd 13

Arktika basseyni va shimoliy muz yo’lini o’rganish tarixida faxrli o’rin professor-geolog N.A.Nordensheld rahbarlik qilgan «Vega» paroxodida amalga oshirilgan shved ekspeditsiyasiga tegishli. Nordensheld 1878 yil 19 avgustda Geteborg portidan yo’lga chiqdi. Yugor Shari bo’g’ozi orqali Kara dengiziga chiqib Dikson orolini va Chelyuskin burni, Tiksi ko’rfazidan o’tib, 28 sentabrda Bering bo’g’oziga 200 km yetmasdan Sharqiy Sibir dengizida paroxod muzlar orasida qolib ketdi. 18 Iyul 1879 yilgacha suzish to’xtatildi. Muzlar erishi bilan «Vega» suzishni davom ettirdi va 2 kundan keyin Dejnev burnini aylanib o’tib, Osiyoning sharqiy va janubiy qirg’oqlari bo’ylab Suvaysh kanali orqali 1880 yil mart oyida Shvetsiyaga qaytib keldi.
N.A.Nordensheld sayohatlari

Slayd 14

XIX asrning 90 – yilarida Antarktidaga qiziqish kuchayib, K.Borxgrevink, E.G.Sheklton, R.Skott, R.Amundsen, D.Mouson ekspeditsiyalari uyushtirildi.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“XIX-XX asr boshlarida okean, Arktika va Antarktida tadqiqotlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar