=== Taqdimot 1 ===
Xalq cholg‘ulari turlari
=== Taqdimot 2 ===
Fanning maqsadi va vazifasi
ansambli turlari;
ansamblda badiiy ijro etish;
musiqaning rivojlanish xususiyatlarini anglash yakka ijrochilik mahorati ustida ishlash;
klassik bastakor va kompozitorlarning yaratgan merosini o‘rganish va ijro etish;
chet el musiqa madaniyatining ilg‘or an’analaridan foydalanish haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak;
=== Taqdimot 3 ===
cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha tanlagan sozida xalq kuylari, o‘zbek bastakorlarining mashhur asarlarini ijro eta olishni ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
nota o‘qib ijro etish malakalarini shakllantirish;
cholg‘uda mukammal ijro etish bilim va malakalariga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan musiqa asarini umumiy tahlil eta bilish;
cholg‘uda ansambl va xor jamoasiga jo‘r bo‘la olish malakalarini egallash;
cholg‘uda musiqa asarini badiiy ijro va talqin etish ko‘nikmalarini egallay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning maqsadi va vazifasi
=== Taqdimot 4 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriMadaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Dutor
01
Do‘mbira
02
Doira
03
Tanbur
04
Rubob
05
G‘ijjak
06
Nay
07
=== Taqdimot 6 ===
Fortepiano
Fortepiano (italyancha: forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — royal va pianinolarning umumiy nomi. XVIII asr boshlarida ixtiro qilingan. Keyinchalik cholg’uning mexanizmi va shakli ko’plab ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush klavishlarni bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida hosil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi bilan farq qiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Fortepiano uchun ilk asarlarni Gaydn, Motsart, Betxoven va boshqalar ijod qilgan. Fortepiano oʻzining keng ijroiy texnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.
=== Taqdimot 9 ===
Sitar
Sitar — udga oʻxshash chertib chalinadigan torli cholgʻu asbobi, hind klassik musiqasini ijro etish uchun ishlatiladi.
Sitarda 7 ta asosiy tor mavjud (beshta melodik va 2 ta burdon). Bundan tashqari, sitarda, taraf (orkestr) deb ataluvchi, yana 9-13 ta jarangdor torlar ham mavjud. Sado beruvchi torlar, asosiylarining tovushlariga javoban, sitarni boshqa asboblardan ajratib turadigan oʻziga xos tovushni yaratadi. Tovushlar koʻrsatkich barmogʻiga taqiladigan “mizrab” deb nomlangan maxsus mediator yordamida chiqariladi.
=== Taqdimot 10 ===
Nomi, ehtimol, Sharqning koʻplab torli cholg‘u asboblarining avlodi bo‘lgan forscha “setar” dan olingan bo‘lishi mumkin. Sitar Hindistonda XIII asrda musulmonlar taʼsiri kuchaygan davrda paydo boʻlgan va dastlab oʻzining yaqin qarindoshi tojik setoriga oʻxshab ketgan, ammo u uch torli boʻlgan (se uch degani). Sitar paydo boʻlgunga qadar Hindiston xalqlari qadimiy torli cholgʻu asbobini chalishgan, uning tasvirlari eramizning II-III asrlariga oid qadimiy manbalarda saqlanib qolgan.
Rok musiqasida birinchi marta sitorni Jorj Xarrison tomonidan 1965-yilda yozib olingan The Beatles Rubber Soul albomida “Norwegian Wood (This Bird Has Flown)” qoʻshigʻida ishlatgan.
=== Taqdimot 12 ===
Skripka
Skripka – Torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari boshqa ko’plab cholg‘ular orasida (alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uzunligi — 600 mm. Skripkaning klassik shakli XV-XVI asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholg‘u ansambllar asosini tashkil qiladi. XVII-XVIII asrlardan skripkada yakkanavozlik san’ati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda.
=== Taqdimot 14 ===
Doira
Musiqa sohasida, O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari qatori, o‘zbek usullari, ya’ni ritmik yo‘llari va ularning rivojlanish usullari alohida o‘rin egallaydi. Eng ko‘p tarqalgan urma zarbli musiqa asboblaridan, O‘zbekistonda, Tojikistonda va Uyg‘ur xalqlari, shu bilan bir qatorda, Sharqda o‘zining shirali ovoziga ega bo‘lgan, musiqa cholg‘u asbobi Doira hisoblanadi.
=== Taqdimot 15 ===
Doira iborasi ba’zan “Dapp”, “Childirma”, “Chirmanda” deb yuritiladi. Xorazmda dapp, childirma ijrochini esa “Dappchi”-childirmachi deb aytadilar, Buxoroda Doiradast, Farg‘onada chirmandachi, Samarqandda esa Doirachi deb yuritiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Saksofon
Belgiyalik musiqa cholgʻulari ustasi Adolphe Sax ixtiro qilgani uchun uning nomi bilan atalgan. Turli metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Yorqin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan saksofon jazz musiqasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Damli sozlar orkestri, estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi.
=== Taqdimot 18 ===
Yakkanavoz konsert musiqa cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda. Oʻzbekistonga XIX asrning oxirgi choragida rus harbiy orkestrlari bilan birga kirib keldi. Hozirda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarkibidan oʻrin olgan.
=== Taqdimot 20 ===
Balalayka
Uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. XVIII asr boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi. XIX asr oxirida rus musiqachisi, mohir balalaykachi V. V. Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq Balalaykasini qayta ishlab, katta va kichik turlarini yaratgan. Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Balalayka cholg‘usining nota matni
=== Taqdimot 22 ===
Ijrochilik mahoratini oshirish uchun metodik tavsiyalar
Cholg‘u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi o‘xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba’zi musiqa asarlarida fortepiano cholg‘uchi (solist)ga jo‘r bo‘lish vazifasini bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg‘u bilan fortepianoning partiyalari bir-birga teng va ma’lum darajada mustaqil xarakterga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.