
Slayd 1
Mavzu: Usmon Nosir she’rlari
Slayd 2
USMON NOSIR
She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
“Yana she’rimga”
Slayd 3
USMON NOSIR (1912-1944)
Namangan
Ota vafoti
Nosir hoji
Qo‘qon
Internat
Samarqand davlat dorilfununi (1931)
Slayd 4
18 – 24 YOSH ORALIG‘IDAGI IJOD
SHE’RIY TO‘PLAMLAR
“Safarbar satrlar”
“Quyosh bilan suhbat”
“Traktorobod”
“Yurak”
“Mehrim”
“Norbo‘ta”
“Naxshon”
Dramalar:
“Atlas”
“Zafar”
“So‘nggi kun”
“Dushman”
Slayd 5
TARJIMALARI
Dobrolyubov “Haqiqiy kun qachon keladi?”
Pushkin “Bog‘chasaroy fontani”
Lermontov “Iblis”
Kirshon “Ulug‘ kun”
Hayne, Gyote, Bayron she’rlari
Slayd 6
XALQ DUSHMANI
Bargdek uzilib ketsam Unutmas meni bog‘im. Ishimni hurmat qilur, Gullardan haykal qurur.
She’rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog‘im…
Slayd 7
“YURAK”
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak, Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen ey, sen – o‘ynoqi dilbar, Zafardan izla yoringni.
To‘lib qayna, toshib o‘yna, Tirikman, kuyla boringni.
Itoat et! Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘Isa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..
Slayd 8
“NIL VA RIM”
Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh –
Ko‘tarilar. Nil oqadir – qullar to‘kkan yosh. .
Slayd 9
“NIL VA RIM”
Kimga yig‘lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, quruq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida bel yo‘q, hayhot!
Fir’avn uni chumoliday ezadi: voy dod!..
Fir’avnning hukmi qattiq, fir’avn – xo‘jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin. Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo‘ylab Nil oqadur — “qullar to‘kkan qon!”
Slayd 10
“NIL VA RIM”
To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari,
“Malika qiz” – Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib… yana uzoq, yana ko‘p yillar,
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo‘llar.
Slayd 11
“NIL VA RIM”
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon
Katta sirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
Tishlarini irjaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi…
O, bechora, qoch! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u,
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv…
Chapak chaldi. “Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?”
Slayd 12
“NIL VA RIM”
Chapak chaldi. “Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?”
Slayd 13
“NIL VA RIM”
Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman,
o‘sha qonman va o‘sha shonman!!!
Slayd 14
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ:
1. “Yurak” she’rini yod oling.
2. A.Oripovning “Olomonga” she’rini topib o‘qing. Bu she’rdagi olomon bilan “Nil va Rim”da yo‘lbars changalida parchalangan gladiatorning o‘limiga chapak chalayotgan xalqni taqqoslang.
3. Sizningcha, xalq qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni yozing.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.