UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA

7000 so'm


UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya — o‘quvchilarning sog‘lom, jismonan baquvvat va irodali shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu fan nafaqat jismoniy mashqlarni o‘rgatadi, balki o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzining mohiyatini anglatadi va harakat madaniyatini shakllantiradi.

1. Davlat ta’lim standarti va uning tarkibi

Jismoniy tarbiya fani Davlat ta’lim standarti asosida o‘qitiladi. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:

  • Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
  • O‘quv dasturi;
  • Malaka talablari;
  • Baholash tizimi.

Tayanch o‘quv reja — fan bo‘yicha o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan minimal bilim, ko‘nikma va malakalarni belgilaydi. 1–11-sinflarda jismoniy tarbiya haftasiga 2 soatdan o‘tiladi.

2. Malaka talablari

Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari — o‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni belgilaydi. Bu talablar quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  • O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va tushuntirish;
  • Bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
  • Notanish vaziyatlarda mustaqil fikr yuritish va yangi bilim hosil qilish;
  • Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyani amaliyotda qo‘llay olish.

3. Jismoniy tarbiya fanining maqsadi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena, sport madaniyati va irodaviy sifatlarni rivojlantirishdan iborat.

4. Jismoniy tarbiya fanining vazifalari

Fan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

  • Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushuntirish va amalda qo‘llash;
  • Jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, koordinatsiya) rivojlantirish;
  • Sport anjomlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
  • Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi ko‘nikmalarni shakllantirish.

5. Asosiy kompetensiyalar

A1 bosqich talablari:

  • Kun tartibi va chiniqtiruvchi mashqlarni bajarish;
  • Saflanish, yurish, harakatli o‘yinlar qoidalarini bilish;
  • Jismoniy mashqlarning sog‘liqqa foydasini tushunish;
  • Shaxmat o‘yinining asosiy qoidalarini bilish.

A2 bosqich talablari:

  • Gigiyenik qoidalarga rioya qilish;
  • Gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalanish;
  • Sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini bilish (basketbol, futbol, voleybol);
  • Qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajarish;
  • Kurash elementlarini bajarish;
  • Shaxmat va shashka o‘yinlarini bilish va amalda qo‘llash.

6. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz foydalanish

O‘quvchilar jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay olishlari, shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilishlari zarur. Gimnastika anjomlari bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish majburiydir.

7. Jismoniy tarbiya fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar

Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalarni rivojlantiradi:

  • Sog‘lomlashtiruvchi kompetensiya — sog‘lom hayot qoidalarini bilish va amalda qo‘llay olish;
  • Faol harakat kompetensiyasi — jismoniy mashqlarni izchillikda bajarish;
  • Xavfsizlik kompetensiyasi — mashg‘ulotlarda texnika xavfsizligini ta’minlash va birinchi yordamni bilish.

8. Xulosa

Umumiy o‘rta ta’limda jismoniy tarbiya — bu sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi fan. U o‘quvchilarni jismonan chiniqtiradi, intizomli, fidoyi va sog‘lom fikrlovchi inson bo‘lishga tayyorlaydi. Shu bois jismoniy tarbiya ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.

=== Taqdimot 1 ===
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01
Davlat ta’lim standarti va mazmuni.
02
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari.
03
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi.
=== Taqdimot 3 ===
DAVLAT TA’LIM STANDARTI QUYIDAGI TARKIBIY QISMLARDAN IBORAT:
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
Baholash tizimi.
=== Taqdimot 4 ===
TAYANCH O‘QUV REJASI
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimal hajmini belgilaydi.
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim maktablarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
=== Taqdimot 5 ===
2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan jismoniy tarbiyaning tayanch o‘quv rejasi
=== Taqdimot 6 ===
1-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 7 ===
2-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 8 ===
3-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 9 ===
4-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 10 ===
5-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 11 ===
6-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 12 ===
7-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 13 ===
8-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 14 ===
9-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 15 ===
10-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 16 ===
11-Sinf Jismiy tarbiya
=== Taqdimot 17 ===
Jismoniy tarbiya 1-11 sinflarda 2 soatdan, haftasiga 22 soatga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 18 ===
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING MALAKA TALABLARI
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
=== Taqdimot 19 ===
O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish.
O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.
Bilim
Ko‘nikma
Malaka
Kompetensiya
Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
=== Taqdimot 20 ===
Davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
BAHOLASH TIZIMI
=== Taqdimot 21 ===
MALAKA TALABLARI. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O‘RGANISH BOSQICHLARI
=== Taqdimot 22 ===
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA O‘QUV FANINI O‘QITISHNING ASOSIY MAQSADI
O‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat.
=== Taqdimot 23 ===
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA O‘QUV FANINI O‘QITISHNING ASOSIY VAZIFALARI:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish;
Jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
Sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;
Sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
=== Taqdimot 24 ===
1. SOG‘LOMLASHTIRUVCHI MASHQLARNI BAJARISHNI TUSHUNISH VA QO‘LLAY OLISH KOMPETENSIYASI. A1 TALAB
Kun tartibi qoidalariga rioya qila oladi;
Ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara oladi;
Saflanish va yurish qoidalarini bajara oladi;
Harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini biladi;
Jismoniy mashqlarni inson salomatligiga ta’sirini biladi;
Shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini biladi.
=== Taqdimot 25 ===
A2 TALAB
Jismoniy mashqlarni bajarishda gigiyenik qoidalarni biladi;
Gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana oladi;
Yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini biladi;
Basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini biladi;
Kurash elementlari hamda usullarini bajara oladi;
Qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara oladi;
Shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini biladi;
O‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini biladi.
=== Taqdimot 26 ===
JISMONIY MASHQLAR MAJMUASINI KETMA-KETLIKDA TO‘G‘RI BAJARISH ORQALI JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYASI. A1 TALAB
Jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bog‘lay oladi.
Mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘ladi.
Mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi.
=== Taqdimot 27 ===
A2 TALAB
Saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila oladi.
Hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘ladi.
Fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay oladi.
=== Taqdimot 28 ===
SPORT ASBOB-ANJOMLARIDAN XAVFSIZ USULLARDA FOYDALANISH KOMPETENSIYASI. A1 TALAB
Jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila oladi.
Jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay oladi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila oladi
=== Taqdimot 29 ===
SPORT ASBOB-ANJOMLARIDAN XAVFSIZ USULLARDA FOYDALANISH KOMPETENSIYASI . A2 TALAB
Gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana oladi.
O‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


🏫 To‘liq “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya” taqdimotini Slaydchi.uz saytida o‘qing.

Slaydchi.uz — o‘qituvchilar va talabalarga mo‘ljallangan ta’limiy va metodik materiallar platformasi.

Boshqa fanlar bo‘yicha slaydlar: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar