Temur va temuriylar davrida madaniy hayot
4000 so'm

Slayd 1
Temur va temuriylar davrida madaniy hayot
Slayd 2
Temur va temuriylar davri mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqi-mizning soнibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning mar-kazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Slayd 3
Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san‘a-tni, falsafa va adabiyotni nozikta‘b tushungan, o’zlari xam bu soнalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jaнon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she‘r yozma-gan, adabiy mashqlar qilmagan, fanmadaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak.
Slayd 4
Amir Temur ibn Tarag’ay Baнodir (1336-1405) Kesh (Shaнrisabz) shaнri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro nizolariga barнam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta‘minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o’zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatildi.
Slayd 5
Amir Temur moнir нarbiy sarkarda sifatida nom qozon-di. U o’z нayotini Movarounnaнr xalqining farovonligi, yurt obodonchiliti uchun sarfladi, uning davrida нashamatli binolar, qurilish inshootlari, go’zal bog’lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, Mamlakatimiz Sharqning go’zal нududiga aylandi.
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan нomiysi sifatida mashнur bo’ldi, o’z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to’pladi. Ular saroyda ilm-fan va ba-diiy ijod bilan mashg’ul bo’ldilar.
Slayd 6
Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha davrda Samarqand eng go’zal shaнar edi. Ispan sayyoнi R. G. Klavixo Samarqd-ning go’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur нukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Bir qancha davlatlar bilan alo-qalarning kuchayipsh Temur saltanati qudratini oshirdi.
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e‘tibor berildi. Islom dini o’sha davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan soнasidagi maqsad va vazi-falarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib xizmat qildi. Temur o’z faoli-yatida unga tayanib ish ko’rdi.
Temur davri
Нindiston
Rusiya
Arab mamlak
Xitoy
Slayd 7
Temuriylar davrida tasavvuf ta‘limoti keng quloch yoydi. Soнibqiron tasavvuf qoida-laridan mamlakatdagi salbiy illat-larni yo’qo-tishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilish-da, нaqiqat va adolat o’rnatishda, insonpar-varlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to’g’ri va sofdil bo’lish, zino va faxsh ishlar bilan shug’ul-lanmaslik, xarom-xarish ishlardan qochish, нalol meнnat qilish, biror kasbni egallash, muxtojlarga me-xr-shafqat ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi.
Slayd 8
Naqshbandlik tari-qatining yirik shayx-lari Temurning pirlari bo’lib, soxibqiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Saiyd Amir Kulol,
Shayx Abu Bakr
Tayobodiy
Mir Sayyid Baraka
Slayd 9
Temuriylardan Shoxrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirida uning an‘analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me‘morchilik san‘agi yuksak darajaga ko’tarildi.
Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, Shoнizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (SHaxri-sabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G’ijduvonda mad-rasalar qo’rildi, Bibixonim masjidi, Go’ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi.
Slayd 10
XIV-XV asrlarda Movarounnaнr va Xu-rosonda ilm-fanning ko’p soнalarida yuksalish yuz berdi. Jaнonga mashнur olimlar tabiat-shunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogaka, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e‘tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o’sha davrning muнim ijtim-oiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olga surildi.
Slayd 11
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo’shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muxammad Tarag’ay Ulug’bek (1394-1449) matematika va fala-kiyot soнasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning o’g’li Shoxrux Mirzo edi. Ulug’-bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bulsa xam, madaniyat va ilm-fan ravnakiga kup kuchini sarfladi, matema-tika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa soxalarda ilmiy tadkikotlar olib bordi. Olimning dun-yoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muxam-mad Xorazmiy, al Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muxim o’rin egalladi.
Slayd 12
Manbalarda keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, Ulug’bek buyuk mutafakkirlardan Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi Yunon olimlari: Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Gipparx (Gippokrat), Ptolomeylarning klassik asarlari bilan xam tanishadi. Ulug’bek Movarounnaxr shaxarlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma‘rifat dargoxiga aylantirishga intiladi.
Slayd 13
Uning farmoni bilan ,
1417 yilda Buxoroda
1417—1420 yillarda Samarqandda va
1433 yilda G’ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Xatto Buxorodagi madrasaning darvozasiga:
“Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir”
degan kalima yozib quyiladi. Movarounnaxrning bu uchta qadimiy shaxarlarida barpo etilgan ilmgoxlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi.
Slayd 14
Ushbu Madrasalarda iloxiyot ilmlari , xadis, tafsir, fiqx (din va shariat konun-koidalari) bilan birga ri-yoziyot (matematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay‘at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar xam o’qitilardi. Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik xujrali bo’lgan. Har bir xujra uch xona:
qaznoq (omborxona)
• yotoqxona va
• darsxonadan iborat bo’lgan.
Slayd 15
Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, madrasada yuzdan ortiq, talaba istiqomat qilgan va ta‘lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridai mavlono Shamsuddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris bo’lgan. Mashur olimlardan Qozizoda Rumiy, G’iyosuddin Jamshid Koshoniy hamda Mirzo Ulug’bekning o’zi va uning sho-girdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar.
XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiy-ning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsuddin Muhammad Xavofiy o’qigan. Darsda olimlardan to’qson nafari qatnash-gan, lekin darsning ma‘nisiga Ulug’bek Mirzo bilan Qozizoda Rumiydan boshqa xech kim tushunmagan.
Slayd 16
Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda, madrasada ilmi xay‘at (astronomiya) darsning Qozizoda Rumiy o’tgan. Xatto fors-tojik mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Abdurax-mon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga kelib, Qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidai saboq, olganligi ma‘lum. Madrasada kamida 15 — 16 yil taxsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha asosiy fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad — shahodatnoma yozib berilgan.
Slayd 17
Shunday shaxodatnomalardan biri Ulug’bekning Samarqan-ddagi madrasasida qariyb 16 yil tahsil .ko’rgan balxlik Sham-suddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o’rtalarida Qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib berilgani ma‘lum.
Slayd 18
Ulug’bek 1424—1428
Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga, matematika, geografiya va as-tronomiya buyicha amaliy masalalar bilan xam shu-g’ullanadilar. Rasadxona qurilib ishga tushirilgunga qadar osmon yoritgichlarining holatini kuzatish ish-lari ma‘lum darajada mana shu madrasada na Ulug’-bek tomomonidan qurdirilgan Muqatta‘ masjidida olib borilgan edi.
Slayd 19
Ulug’bek 1424—1428
yillarda Samarqandda o’z atrofida to’plangan olimlarning bevosita ishtiroki bilan shaxar yaqinidagi Obiraxmat anxori bo’yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino «qilingan bu o’lkan imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m bo’lgan.
Slayd 20
Tarixiy manbalardan ma‘lum bo’lishicha, bu oliy imorat xonalarining devorlarida osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylanishi va o’zaro munosabati, sayyoralarning orbita-lari, sobita (qo’zg’almas) yulduzlar, xamda dengiz va okeanlar, tof va dashtlar, iqlim min-taqalariga bo’lingan yer kurrasi va xokazolar tasvirlangan. Xullas, rasadxona ichki devorla-rida koinotu yer kurrasining umumiy manzara-si tasvirlangan bo’lib, shu tufayli bu mavzu mahalliy aholi o’rtasida «Naqshi jahon» deb yuritilgan.
Slayd 21
Rasadxona qurilishida samoviy yoritgichlarni kuzatish va o’rganish borasida xizmat qiluvchi uning asosiy qismi — sudsi faxriy qurilmasiga va uni max-sus o’lchov asbob-uskunalar bilan jixozlashga alohi-da e‘tibor beriladi. Sekstant G’iyosuddin Jamshid mutasaddiligida o’rnatiladi.
Slayd 22
Samarqand sekstanti o’sha davrda Sharqda ma‘-lum bo’lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ali Qushchi uning balandligini Istambuldagi mashxur Avliyo Sofiya ibodatxonasining balandligiga (qariyb 50 m)I qiyos qilgan. Ayni vaqtda Ulug’bek rasadxona qoshida boy kutubxona ham tashkil etib, unda fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o’n besh ming jild kitob saqlagan.
Slayd 23
Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik xujralar quriladi. Uning etagida esa Ulug’bek o’zi uchun Bog’imaydon va Chinnixona chorbog’larini barpo etadi.
Ulug’bek rasadxonasining qaerda joylash-ganligi tarixiy manbalarda aniq, ko’rsatilga-niga qaramay, afsuski uni uzoq, vaqtgacha topib o’rganilmadi. Rasadxona asrlar davomi-da qarovsiz qolib, vayronaga aylangan, so’ngra oddiygina tepalik manzarasini olgan edi.
Slayd 24
Mahalliy aholi o’rtasida Naqshi jahon nomi bilan mashhur bo’lgan bu tepalikda qazish ishlari olib borgan arxeolog V.L.Vyatkin 1908 yilda Ulug’bek rasadxonasining xarobalarini topib, uning sekstanti yer osti qismini kavlab ochadi.Ulug’bek rasadxonasi Movaraunnahrda o’z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jixozlangan oliy darajadagi ilmgoxga aylangan edi.
Rasadxonada Ulug’bek bilan birga mashxur matematik va astronomlardan zamondoshlari o’rtasida «Aflotuni zamon» faxriy nomini olgan Saloxiddin Muso ibn Muxammad Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o’z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuxrat qozongan Alouddin Ali ibn Muxammad Ali Qushchi va ko’pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug’bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.
Slayd 25
Samarqandda Ulug’bek rahbarligida bar-po etilgan bu ilmiy dargox matematika, ayniq-sa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olam-shumul ahamiyat kasb etgan natijalariga erish-adi.Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo’g’almas) yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi.Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab joylashgan 683 geografik punktlarni Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalar belgilab chiqildi.
Samarqand rasadxonasida olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarni o’zida mujassam-lantirgan va uni yangi dalil isbotlar – boyitgan shox asar Ulug’bekning «Ziji Jadidi Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali ») nomli kitobidur.
Slayd 26
Bu asar 1437 yilda yozib tugallangan bo’lsa xam unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida kuzatishlar va qo’shim-chalar kiritib boradi.
«Ziji Jadidi Ko’ragoniy » asosan ikki qismdan keng muqaddima va 1018 sobita yulduzlarning o’rni va holati aniqlab berilgan. Jadvallardan iborat. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil xisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralar naza-riyasi hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag’ishlangandir.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.