=== Taqdimot 1 ===
Temperament
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Temperament haqida tushuncha.
01
Temperamentning fiziologik asoslari.
02
Temperament tiplarining tavsifnomasi.
03
Faoliyatning individual uslubi va temperament.
04
=== Taqdimot 3 ===
Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo‘lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o‘zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.
=== Taqdimot 4 ===
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
=== Taqdimot 5 ===
Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Uning mulohazasicha:
O‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.
Qonning xususiyati – issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
Qora o‘tning xususiyati – namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir.
Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati – sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovitib turishdan iboratdir.
=== Taqdimot 6 ===
Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu 4 xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi.shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.
Gippokratning 4 xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda.
=== Taqdimot 7 ===
Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari nerv sistemasi xususiyatlari mohiyatidandir.
=== Taqdimot 8 ===
Unga ko‘ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko‘rsatadi:
qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi.
=== Taqdimot 9 ===
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan iborat.
Kuchli, muvozanatli, epchil;
Kuchli, muvozanatsiz, epchil;
Kuchli, muvozanatli, sust;
Kuchli, muvozanatsiz sust.
=== Taqdimot 10 ===
Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin.
=== Taqdimot 11 ===
Senzitivlik (lotincha Sensus – sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
=== Taqdimot 12 ===
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishga qarab fikr yuritiladi.
Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 13 ===
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur’atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir.
=== Taqdimot 14 ===
Ekstravertlik va introvertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan kechinmalarga bog‘liq, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.
=== Taqdimot 15 ===
Temperament tiplarining tavsifnomas
Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi.
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
Sangvinik
Yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson.
=== Taqdimot 18 ===
Diqqatini tez bir joyga to‘playdi. Sust tirishqoq beqaror barqaror intro ekstra-kirishuvchan kirishuvchan asabiy tashvishli xavotirli pessimist vazmin sekin kirishuvchan tashvishli jizzaki notinch qiziqqon qo‘zg‘aluvchan beriluvcha n faol kirishuvchan ochiq sergap iltifotli chaqqon beg‘am qulaylikni yoqtiruvchi tashabbuskor o‘ychan tinchliksevar yo‘nalganlik ishonchli xotirjam Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak.
Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi.
=== Taqdimot 19 ===
Xolerik
Xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.
=== Taqdimot 20 ===
Flegmatik
Senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz, g‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi.
=== Taqdimot 21 ===
Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
=== Taqdimot 22 ===
Melonxolik
Yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust, o‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib g‘o‘ya qoladi. G‘ayratsiz qat’iy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
=== Taqdimot 23 ===
Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz. Temperamentlardan qay birining ustunligi haqidagi masalani ko‘rishga zaruriyat tug‘ilmaydi. Har bir temperament o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Xolerikning ehtirosliligi, faolligi va quvvati, sangvinikning ta’sirchanligi va shayligi, melanxolik hislarining chuqurligi va barqarorligi, flegmatikning xotirjamlikligi va shoshqaloqligining mavjud emasligi – bularning barchasi nomlari zikr etilgan temperamentlarining ijobiy tomonlari.
=== Taqdimot 24 ===
Shu bilan birga, ularning salbiy tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sangvinik temperamenti yengil tabiatlikka moyillik, hislarning etarlicha chuqur va barqaror emasligiga olib kelishi mumkin.. Xolerik temperamenti insonni cho‘rtkesar, o‘zini tiya olmaslik, muntazam “portlashlarga” moyil qilib qo‘yishi mumkin. Melanxolik temperamenti odamda o‘z kechinmalariga o‘ta berilganlik, o‘ta uyatchanlik yuzaga kelishi mumkin. Flegmatik temperamenti odamni lanj, harakatsiz, hayot taassurotlarning barchasiga befarq qilib qo‘yishi mumkin.
=== Taqdimot 25 ===
Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib orttiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.
=== Taqdimot 26 ===
Temperament xususiyatlarining o‘ziga xos yig‘indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida namoyon bo‘ladi. Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalarga ham bog‘liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug‘ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin.
=== Taqdimot 27 ===
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o‘ziga xosligidadir. Shu ma’noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, stanokchi, to‘quvchilarning ishini kuzatish natijalari muhim sanalgan. Ma’lum bo‘ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko‘ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko‘p e’tibor berishi bilan ajralib turadi.
=== Taqdimot 28 ===
E’toborngiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.