Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni Tarbiya qonuniyatlari
6000 so'm

=== Slayd 1 ===
TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI. JAMOA TARBIYA OBYEKTI VA SUBYEKTI SIFATIDA
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida.
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti.
3. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
4. Tarbiya jarayoni, uning maqsad va vazifalarini aniqlashtirish.
5. Milliy tarbiyaning o‘ziga xosligi va mezonlari.
=== Slayd 3 ===
Tarixdan ko‘pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan. ”Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so‘zlaridan ham tarbiya naqadar muhim ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash san’atining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati
=== Slayd 4 ===
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta’lim muassasalaridagi uzluksiz ta’lim–tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya – yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
=== Slayd 5 ===
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo‘lsa-da, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi. Bola yoshligidan o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o‘zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo‘lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
=== Slayd 6 ===
Jamoa deganda nimani tushunasiz?
1. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda “jamoa” tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
=== Slayd 7 ===
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir.
=== Slayd 8 ===
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi. Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
=== Slayd 9 ===
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
=== Slayd 10 ===
Demak, jamoa o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi Majburiy, mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi Saylangan umumiy rahbariy organga egalik Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
=== Slayd 11 ===
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikro guruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikro guruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
=== Slayd 12 ===
Nima deb o‘ylaysiz: Sizningcha o‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichma-bosqich yondashuvni talab etadimi?
2. O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi.
=== Slayd 13 ===
Bugungi kunda o‘qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo‘ladilar:
jamoani dastlabki jipslashtirish;
jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;
jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Jamoa hayotida muhim o‘rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.
=== Slayd 14 ===
03.
jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik
04.
jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik
01.
major – doimiy tetiklik, o’quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari
02.
O‘z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash
A.S.Makarenko jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratadi:
=== Slayd 15 ===
tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik
hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko‘nikmasi
06.
05.
=== Slayd 16 ===
3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. Sizningcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan qanday talablar jamoani jipslashuviga xizmat qiladi? O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi: 1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. 2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim. 3. Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim. 4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
=== Slayd 17 ===
4. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: a) kundalik faoliyat an’analari; b) bayram an’analari. Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 18 ===
Nima uchun o‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi? An’anaviy bayramlar o‘quv muassasalarida turlicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lsalargina uning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi. An’analarning yuzaga kelishida o‘quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag’ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo‘ymasligi zarur. Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘qituvchilar jamoasi yoki o‘qituvchi tomonidan ushbu jarayonda o‘quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga o‘rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.
=== Slayd 19 ===
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‘ra, u o‘z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo‘ygan.
Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari
=== Slayd 20 ===
Bular:
Kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
Jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
Tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bo‘lishga va ularni ravnaq toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;
O‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
Ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir.
=== Slayd 21 ===
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga san’at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko‘ra, ushbu jarayonni insonning o‘zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan.
=== Slayd 22 ===
San’at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan. San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
=== Slayd 23 ===
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, Degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o‘zaro aloqasini hatto tashqi ko‘rinishi ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
=== Slayd 24 ===
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib, u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o‘z navbatida o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
=== Slayd 25 ===
Tabiat – estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib yetishishiga monelik ko‘rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
=== Slayd 26 ===
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati.
Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
=== Slayd 27 ===
Sport-estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi.
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Keyingi kunlarda O‘zbekiston ko‘plab sport turlari bo‘yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‘tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko‘zga ko‘rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi”, degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
=== Slayd 28 ===
Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘i vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli holdir.
=== Slayd 29 ===
Bu targ‘ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug‘i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
=== Slayd 30 ===
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholanki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o‘rganuvchi ilm” deb ta’rif bergan bo‘lsa, sharq allomalari bu borada “risolai fil farosa” (X asr), “farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.
=== Slayd 31 ===
Did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo‘lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka, did, go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iborat. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o‘zgartirib, go‘zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o‘ziga mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.
=== Slayd 32 ===
Shu o‘rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo‘lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin.1. Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg‘ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo‘lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos.
=== Slayd 33 ===
2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‘ladigan joylar (bozorlar, ko‘chalar va hokazo)ga o‘rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo‘lgan qiziqish reklamada ko‘rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.3. Tashviqot. Ong osti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham xaridorlarni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.
=== Slayd 34 ===
4. Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko‘pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo‘lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo‘l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “agar bir insonga davomli ravishda “qo‘shningni o‘ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo‘l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 4 ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi.
=== Slayd 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.